Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana03.03.2020
Hajmi0.78 Mb.
  1   2   3   4   5

 



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI 

 

ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA 

INSTITUTI 

 

O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI FAKULTETI 



 

O‘ZBEK TILI  VA UNI O‘QITISH USLUBIYATI 

 KAFEDRASI 

 

 



“Himoya qilishga ruxsat beraman” 

O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti dekani 

___________ f.f.n. Haydarov Sh. 

“_____”_______________ 2013 y. 

 

 

514110-O‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 

bakalavr darajasini olish uchun 

 

 



“Boburnoma” asarida onomastik (kishi) nomlari”  

mavzusida bajargan 

 

BITIRUV MALAKAVIY ISHI  

 

Bajaruvchi:   Haydarova Zarnigor 



Ilmiy rahbar:     fil.f.n. Soipov Sunnat 

Taqrizchi ________f.f.n..Eshonqulova S 

 

 

 



“Himoyaga tavsiya etilsin”  

Davlat attestatsiya hay‘ati raisi

:  

O‘zbek tili  va uni o‘qitish uslubiyati  



kafedra mudiri:                                                       dots. Yadgarov Qahramon.   

 

 



 

 

JIZZAX-2013.  

 



Reja: 

 

Kirish  

I bobZahiriddin Muhammad Boburning adabiy merosi  

1.1. Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zbek xalqining buyuk zabardast allomasi  

1.2. “Boburnoma” buyuk qomusiy asar  

II bob. “Boburnoma”da onomastik nomlar  

2.1. Onomastika haqida ma’lumot 

2.2. ”Boburnoma” da qo‘llanilgan kishi nomlari  

2.3. Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi akademik litsey ikkinchi bosqich 

talabalariga o‘tilishi 



Xulosa  

 



                                            Kirish 



Ishning  dolzarbligi.  O‘zbekiston  Respublikasi  mustaqillikni  qo‘lga  kiritgandan 

so‘ng, milliy qadriyatlarni qayta baholash o‘ziga xos bir jarayon tusini oldi.   

Ayniqsa,  keyingi  yillarda  milliy  ma’naviyatning  tarkibiy  qismi  bo‘lgan,  o‘zbek 

tilshunosligi  tarixi  va  onomastikasini  bir  tarixiy  asar  tili  misolida    o‘rganish, 

yanada kuchayadi.  

Prezidentimiz  I.A.  Karimov  ta’kidlaganidek:  “Xalqning  ma’naviyati  va 

madaniyati,  uning  haqiqiy  tarixi  va  o‘ziga  xosligi  qayta  tiklanayotgan  sharoitda, 

jamiyatimizni yangilash va taraqqiy ettirish yo‘lidan muvoffaqiyatli ravishda olg‘a 

siljitishda hal qiluvchi ta’bir joiz bo‘lsa, belgilovchi   ahamiyatga egadir”

1

 



Bu,  ayniqsa,  tarixiy  haqiqatni  badiiy  aks  ettirgan  asarlarning  tilini    o‘rganish 

misolida yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Chunki adabiy manbalarni, ayniqsa ularning 

tilini      o‘rganish  o‘sha    millatning  azaliy,  qadimiy  merosi  va  asarlari  tilini  

o‘rganish      ana  shu    jihatdan  ham    qimmatlidir.    Boburning  “Boburnoma”  asari   

ilida  qayd  etib  o‘tishgan    tarixiy  shaxslar  nomlari  hozirgi    kungacha  ham  o‘zbek 

tili  onomastikasi  nuqatai  nazardan    maxsus      o‘rganilgan  emas.  Asar  tilida 

keltirilgan    kishi  nomlarini  Alloh  ismlari  va  diniy  tushunchalar    bilan  bog‘liq  

bo‘lgan  hamda    arabcha    va  qadimgi  yahudiycha  kabi  guruhlarga  bo‘lib 

tilshunoslik  nuqtayi  nazaridan    leksik-semantik  va  grammatik  tahlilini  amalga 

oshirish,  ular  xususida    umumlashma  ilmiy  xulosalar  chiqarish  o‘zbek 

onomastikasining dolzarb vazifalaridan biridir.  

“Boburnoma”da   keltirilgan  arabcha  ismlarni ma’no va tuzilishi jihatidan  

guruhlarga  bo‘lib,  ham  morfologik,  ham  sintaktik    tomonlarini  o‘zbek   

tilshunosligi  nuqtayi  nazaridan  o‘rganish  ushbu    bitiruv  malakaviy  ishining 

dolzarbligini belgilaydi.  

Zahiriddin Muhammad Bobur XVI asr adabiy jarayonida  katta iz qoldirgan 

va  o‘nlab  asarlar  yaratgan  ijodkor  bo‘lishiga  qaramay    uning  “Boburnoma”  asari 

adabiyotshunoslik  va  tilshunoslik  nuqtayi  nazaridan  maxsus    o‘rganilgan.  Lekin  

uning  mazkur  asari  nomshunoslik,  ya’ni  onomastika  yuzasidan    o‘rganilmagan. 

                                                 

1

 Karimov I.A. Bizdan ozod va obod vatan qolsin.–T.: O’zbekiston. 2002. 231-bet.  



 

Uning  “Boburnoma”  asarini    onomastik  nuqtayi  nazaridan  o‘rganish  va  undagi 



kishi  nomlarini  maxsus    guruhlarga  bo‘lib  ilmiy  tasnif      va  tavsifini  amalga 

oshirish o‘zbek tilshunosligining  dolzarb ilmiy muammolaridandir.  



Muammoning o‘rganilish darajasi.  

Zahiriddin  Muhammad  Bobur    XVI  asrda  yashab  ijod  etgan  buyuk 

mutafakkirlardan biri  bo‘lib,  uning ijodi o‘zbek  adabiyoti  tarixida munosib o‘rin 

egallaydi.  Bu sermahsul ijodkorning bizga  “Mubayyin”, “Risolai volidiya” nomli  

she’riy      hamda    jahonga    shuhrati  ketgan  qomusiy  “Boburnoma”  kabi  asarlari 

meros bo‘lib qolgan.   

U o‘z davrining Alisher Navoiydan  keyingi   taraqqiyparvar ijodkorlaridan 

bo‘lib,    o‘zbek  she’riyati  va  ayniqsa,  nasrining  eng  ilg‘or  an’analarini    davom 

ettirdi.  

Boburning  ijodi  O‘zbekistonda,  ba’zi  bir  istisnolarni  hisobga  olmaganda, 

XX  asrning  40-yillarigacha  o‘rganilmagan,  dastlabki  maqolalar  1940-yildan 

boshlab  chop  etila  boshlandi.  Ayrim  xrestomatiyalarga  uning  asarlari    kiritildi  va 

uning lirikasi bo‘yicha  ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirila boshlandi.  

Shuningdek,    Porso  Shamsiyev  va  Sodiq  Mirzayevlar  1948-1949-yillarda 

“Boburnoma”ning  ikki jildligi kirill yozuviga  tabdil qilinib, chop ettirganlar. 

Shu  yillarda    “Boburnoma”  sharqshunos  Mixail  Sale  tomonidan  rus  tiliga 

tarjima qilinib, kitob holiday bosilib chiqqan. 

2

 



  

1958 yilda Bobur tavalludining 475 yilligi nishonlandi. Shu munosabat bilan  

akademik  V.  Zohidovning  “O‘zbekiston  madaniyati”gazetasining  1958-  yil  12-

aprel  sonida  bosilgan  “Boburning  adabiy  faoliyati”,  “Sharq  yulduzi”  jurnalining 

1958-yil  11-sonida bosilgan  “Boburning  faoliyati va  adabiy-ilmiy  merosi  haqida” 

maqolalari muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.  

1959-yilda  Aziz  Qayumov  va  Sabohat  Azimjonova  tomonidan  “Bobur 

lirikasi” deb nomlangan risola nashr etildi.  

Aslida  “Boburiya”  deb  nomlangan  bu  qomusiy  shoh  asar  dunyo    tillariga 

yigirmadan ortiq nom bilan tarjima qilingan: “Voqeanomayi podshohi”, “Taboqoti 

                                                 

1

 Hasanov S. Zahiriddin Muhamma Bobur. O’zbekiston. T. 2011. 19-bet.  



 

Boburiy”, “Tuzuki Boburiy”,  “G‘aroyib tarjimai hol”, “Sharhlar, “Bobur xotiroti” 



ushbu nomlar asarning sirli qirralariga ishora qiladigan go‘yo 

3

.   



Jahon  adabiyotida  memuar  janrning  nodir  namunasi    hisoblangan 

“Boburnoma”  qomusiy  asar  sifatida  e’tibor    topgan.  Ta’kidlanishicha,  asar  to‘rt 

marta    forsiyda  va  ingliz  tilida,  bir  marta  golland,  italyan,  hind,  yapon,  polyak, 

uyg‘ur,  qozoq,  tillarida  chop  etilgan.  Tarjimalarni    amalga    oshirishda  Vitsen 

(Golland),  Velyam  Erekin  (ingliz),  Lyukas  Uayt  King  (Ingliz),  Jan  Lyui  Bakye 

Gramleok (fransuz), A. Nayzer (nemis), Rushan Oro Begim (fors), Rashit Rahmati 

Arat  (turk),  Mixail  Sale(rus),  Eyji  Mono  (yapon),    Mirzo  Nasriddin  Haydar 

Kuragoniy  (pokistonlik),  Rashid  Ahtar  Navdiy  (pokistonlik),  Said  Atkor  (hind) 

kabi  tarjimonlar faoliyat ko‘rsatganlar. Asar matnining aniqlash va tadqiq etishda  

D.Derbelo,  R.M.  Kaldekot,  F.G.Talbot,  A.Denison-Ross,  M.F.  Kurruluzoda, 

Ya.G‘ulomov, 

S.Azimjonova, 

S.Jalolov, 

R. 


Shamsiddinov, 

V.Zohidov, 

B.Valiho‘jayev,  A.Qayumov,  X.Yoqubov,  O.Sharafiddinov,  M.Sahyxzoda, 

A.Hayitmetov,  A.Ismoilov,  X.  Nazarov,  N.Kamilov,  S.Hasanov,  Yo.  Isoqov 

singari  tarixchi,  faylasuf,  filolog  va  tabiatshunos  olimlarning  xizmatlari  katta 

bo‘ldi.  Bobur  ijodi  “Boburnoma”ning  badiiy  va  g‘oyaviy  mazmuni  haqidagi 

X.Yoqubov, M.Shayxzoda, V.Zohidov izlanishlari e’lon qilindi.   

“Boburnoma” tilini o‘rganishga bo‘lgan dastlabki urinishlar  asarni tarjima qilish 

jarayonidayoq  kuzatila  boshlandi.  

“Boburnoma”  dagi  ko‘pgina  joy  nomlari,  o‘simlik  va  hayvonot  dunyosiga 

oid  terminlar  tarjimonlar    tomonidan  batafsil  sharhlab,  izohlab  berilgan.  Birgina 

Lyukas Uayt King tuzgan sharhlar to‘rt mingdan  ortiqdir.

4

 Ingliz boburshunosi, 



A.Beverij  tarjimalarida      Bobur  tili  va  uslubiga  alohida  e’tibor  beradi.  Asar  tili, 

xususan  grammatik  qurilishini  ilmiy  asosda  o‘rganish,  XIX  asrning  ikkinchi 

yarmida boshlandi. N.I Ilminskiy “Boburnoma” morfologiyasiga doir masalalar  

asarini  e’lon  qildi.  “Boburnama”  tilini  o‘rganish  bo‘yicha  X.Nazarovning  o‘n 

beshga yaqin ilmiy maqolasi, risolalari va lug‘ati nashr etildi. Asar tilining fonetik 

                                                 

1

 Xolmatov Z. “Boburnoma” leksikasi. T. Fan. 2007. 4-bet.  



2

 Buyuk qomusiy asar ”Boburnoma” T. Sharq. 2002. 19-bet.  



 

jihatlari  yuzasidan  ham  maqolalar  e’lon  qilindi.



5

  X.  Dadaboyev  “Boburnoma”da  

qo‘llangan  ijtimoiy-siyosiy,  harbiy  terminlarni  tadqiq  qildi.  A.  Ibrohimov  Bobur 

asarlaridagi o‘zlashma leksika tadqiqiga  bag‘ishlangan  doktorlik dissertatsiyasini 

tayyorladi.  Shuningdek,  ,  M.Olimovning  qator  maqolalari  asarda  qo‘llanilgan 

sinonimlar  lug‘ati  nashr  etildi.  Jumladan,  Boburning    so‘z  qo‘llash  mahorati 

mavzuida  “O‘zbek  tili  va  adabiyoti”  jurnalida  A.Ibrohimovning  maqolasi  chop 

etildi.  



Tadqiqotning  vazifalari.  BMI  maqsadidan  kelib  chiqqan  holatda  quyidagi 

vazifalarni bajarish talab etiladi:  

-Boburning  shoir  va  mutafakkir  sifatida  qilgan  ishlari,  asarlari,  ularning 

mazmunini tavsifiy aniqlash;  

-“Boburnama”ning  qomusiy  asar  sifatida  o‘zbek  va  jahon  adabiyotida    tutgan 

o‘rnini belgilash; 

-asarda keltirilgan kishi nomlarini tasniflash;  

-“Boburnoma”  tilida  qo‘llanilgan  Alloh  sifatlari  va  diniy  tushunchalar  bilan 

bog‘liq    bo‘lgan  kishi  nomlarini  leksik-semantik  va  grammatik  tahlilini  amalga  

oshirish;  

-asar  tilida  qayd  etilgan    arabcha    va  yahudiycha  ismlarni  ma’no  jihatidan  tahlil 

qilish va  ular xususida  umumlashma ilmiy-nazariy xulosalar chiqarish.  



Tadqiqotning  manbalari.    BMI  ga  quyidagicha  kitoblarni  asosiy  manba  qilib 

oldik:  


1. 

Nashrga  tayyorlovchi  Shamsiyev  P.  “Zahiriddin  Muhammad  Bobur”  T:, 

Yulduzcha, 1989.  

2. 


Begmatov  E.A.  O‘zbek  ismlari  ma’nosi:  (Izohli  lug‘at).  T:,  “O‘zbekiston 

milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti. 2007.  

3. 

Z.Rahim. Ism qo‘yish odoblari. T:, “Toshkent islom universiteti”  nashriyot 



matbaa birlashmasi. 2009 

4. 


Ya.Minajiyev, X.Azamatov, A.Abdurahmonov, E.Begmatov, “Ismingizning 

ma’nosi nima”? T:, 1968 

                                                 

1

Mahmudov K. 



Bobur-o’zbek tilining bilimdoni”. Adabiy meros. 1988-yil. 29-32-betlar.  



 

5.  N.Muhammadhoshim.  Ismlaringiz  hosiyati:  (ism  shariflarimiz  ma’nosi), 



G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot matbaa nashriyoti. 2003. 

6.   O.  Ismatullayev.  Ism-farzand  iqboli.  T:,  “Yangi  asr  avlodi”  nashriyoti. 

2010.  

 

BMIning  metodologiyasi  va  metodi.  Tadqiqotni  ”Boburnoma”  da  keltirilgan 



kishi  ismlarining  Shuningdek,    o‘zbek  tili  onomastik  sohasidagi  qilinishi  kerak 

bo‘lgan  hozirgi  kundagi  muammolar  tashkil  etadi.  Ishda  ilmiy  haqqoniylik  va 

tadrijiylikka  rioya qilinadi. Hozirgi o‘zbek tilshunosligining  onomastika  sohasida 

amalga oshirilgan monografik ishlar va ularning ilmiy xulosalari bitiruv malakaviy 

ishimizning  diqqat  markazida  turdi.  Tadqiqotda    E.Begmatov,  Z.Rahim, 

Ya.Minajiyev, 

X.Azamatov, 

D.Abdurahmonov, 

N.Muhammadhoshim, 

O.Ismatullayev,  N.Bekmurodov  singari  nomshunos  olimlarning  onomastika 

sohasidagi tadqiqotlarida erishilgan yutuqlardan istifoda etildi.  

Shuningdek,  ishda  tilshunoslikning  onomastika  sohasida  natija  berib 

kelayotgan usullardan foydalaniladi.  

Himoyaga olib chiqilayotgan  asosiy holatlar:  

1.  Boburning asarlari  va ularning mazmuni xususida ilmiy ma’lumotlar berish.  

2.  Qomusiy asar bo‘lmish, “Boburnoma”ning kompozitsiya  va uning yozilish  

uslubini o‘rganish.  

3.  O‘zbek  tilshunosligining  onomastika  sohasida    qilingan  ishlar  va  hozirgi 

kundagi  o‘zbek  onomastikasining  qo‘llashning  o‘ziga  xos  jihatlarini 

ko‘rsatish.  

4.  Boburning  “Boburnoma”  asarida  keltirib  o‘tilgan  kishi  nomlari  yuzasidan  

tasnifini amalga oshirish.   

5.  “Boburnoma”da qayd etilgan Alloh ismlari hamda diniy tushunchalar   bilan 

bog‘liq    bo‘lgan  kishi  nomlarini  leksik-semantik  va  grammatik  tahlilini 

amalga oshirish.  



 

6.   “Boburnoma”da  ta’kidlab o‘tilgan arabcha va qadimgi yahudiycha bo‘lgan 



kishi  nomlarini  lug‘atlar  va  tarixiy  manbalar  asosida  leksik,  grammatik  va 

etimologik tadqiq etish va ular xususida ilmiy-nazariy xulosalar chiqarish.  



Tadqiqotning  ilmiy yangiligi. Zahiriddin Muhammmad Boburning “Boburnoma” 

asari  tilida  qo‘llanilgan  kishi  nomlari  hanuzgacha    onomastik  nuqtayi  nazardan 

maxsus  ilmiy-tadqiqot  manbai  bo‘lmagan.  Shu  sababli,  mazkur  asar  tilida  qayd 

etib  o‘tilgan  diniy  tushunchalar  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  hamda    arabcha  va 

yahudiycha  iszmlarning  onomastik    nuqtayi  nazardan  tadqiq  etilishi  BMI  ning 

ilmiy  yangiligini  belgilaydi.  Ushbu  tadqiqotning  ilmiy  yangiligi,  yana 

quyidagilarda namoyon bo‘ladi:  

-tadqiqotda  birinchi  bor  Boburning  “Boburnoma”  asari  tilida  nomlari  kiritilgan 

kishi ismlari o‘rganildi, ilmiy tasnif va tavsif etildi

-Alloh ismlari bilan bog‘liq bo‘lgan kishi nomlari ma’no va so‘z turkum jihatidan 

o‘rganildi, ular xususida  ilmiy-nazariy xulosalar chiqarildi; 

-tadqiqotda  diniy  tushunchalar  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  ismlar  alohida  ajratilib, 

ularning yasalishi arab tili nuqtayi nazaridan o‘rganiladi;  

-arabcha  va  qadimgi  yahudiycha  kishi  nomlarining  etimologik,  leksik-semantik 

ma’nolari ilmiy tahlil etildi.  

 

Tadqiqot  natijalarining  ilmiy  va  amaliy  ahamiyati.    Ushbu  BMI  tarixiy 

asarlarda  qayd  etib  o‘tilgan  kishi  nomlarining  etimologik,  leksik-semantik  va 

grammatik 

tahlilini 

o‘rganishga  bag‘ishlangan  tadqiqot  ekanligi  bilan 

ahamiyatlidir.  Uning  natijalaridan  o‘zbek  onomastika  sohasining  quyidagi 

muammolarini yechishda istifoda etish mumkin:   

-o‘zbek  tilidagi  Alloh  sifatlari  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  kishi  nomlarini  ma’no 

jihatidan o‘rganishda;  

-o‘zbek  tilida    kishilarga  qo‘yiladigan  diniy  tushunchalar  bilan  bog‘liq    bo‘lgan 

arabcha  moslashgan  va  moslashmagan      aniqlovchili  so‘z  birikmasidan    yasalgan 

ismlarni  tilshunoslik  nuqtayi  nazaridan  o‘rganib  ular  xususida  ilmiy  xulosalar 

chiqarishdi;  


 

-o‘zbek  tilidagi  va  tarixiy  manbalarda  keltirilgan  kishi  nomlarini  ifodalovchi  asl 



arabcha va qadimgi yahudiycha bo‘lgan so‘zlarning leksik va semantik ma’nolarini 

chuqurroq tushunishda;  

-umum  ta’lim  maktablari,  akademik    litsey  va  kollejlarda  atoqli  otlarga 

bag‘ishlangan  mavzularni  o‘tishda,  diniy  tushunchalar  va  arabcha,  yahudiycha  

kabi kishi ismlarini ma’no jihatidan o‘quvchilarga tushuntirib berishda.  

 

Ishning tuzilishi va hajmi.  BMI  kirish, har bob ikki faslni o‘z ichiga olgan ikki 

asosiy  bob,  xulosa  20  nomdagi  foydalanilgan  adabiyotlar  ro‘yxatidan  iborat. 

BMIning umumiy hajmi 64 betni tashkil qiladi.  



 

10 


I bob. Zahiriddin Muhammad Boburning adabiy merosi 

1.1. Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zbek xalqining buyuk va zabardast olimi 

Zahiriddin  Muhammad  Bobur  XVI  asr  o‘zbek  adabiyotining  ko‘zga 

ko‘ringan  yirik  vakillaridan  biri  bo‘lib,  o‘z  ijodida    Nizomiy,  Xusrav  Dehlaviy, 

Lutfiy,  Navoiy  an’analarini  davom  ettirgan  buyuk  shoirdir.    Bobur      asarlari 

o‘zining  yuksak    g‘oyaviyligi,  chuqur      mazmundorligi  va  badiiy  ravonligi  bilan 

ajralib  turadi.  U  o‘zining  murakkab  hayot  yo‘li,  dunyoqarashi,  Shuningdek,    boy 

adabiy-ilmiy merosi bilan  o‘zbek adabiyoti tarixida munosib o‘rin egallaydi.  

“Bobur o‘zining 47 yillik umri mobaynida  kattagina  she’rlar to‘plami tuzdi, 

“Mubayyin”,  Risolai  volidiya”  nomli    she’riy  asarlar  yaratdi,  jahonga  shuhrati 

ketgan qomusiy asar “Boburnoma”ni yozdi, “Xatti Boburiy” deb nomlangan yangi 

alifbo  tuzdi,  aruz,    qofiya,  musiqa  va  harb  ishiga  oid  risolalari  bilan  ilmga  katta 

hissa  qo‘shdi.  Afsuski,  Boburning  qofiya,  musiqa  va  harb  ishiga    oid  risolalari, 

qo‘lyozmalarining miqdori hamon bizga nomalum.

6

  



Boburning  hozircha  o‘zbek  va  fors    tillaridagi  she’rlaridan  tarkib  topgan 

qator qo‘lyozma devonlarining  nushalari  mavjud bo‘lib, ular Fransiya, Hindiston 

va Eron kutubxonalarida saqlanmoqda.  

Boburning o‘zbek adabiyotida  lirik merosi hajman uncha katta bo‘lmasa-da, 

mavzu  doirasi,  g‘oyaviy  mohiyati  va  shakliy  takomili  bilan  ajralib  turadi.  Bobur 

lirikasi  ma’lum  darajada  shoirning    avtobiografiyasidir.  Uning  o‘ynoqi  va 

ta’sirchan,  sodda  va  ravon  tilda  aytilgan  she’rlari  hayotiy  hodisalar  va  turmush 

voqealari zaminida namoyon bo‘ladigan shoir qalb tug‘yonlarini ifodalaydi.  

O‘z hayoti davomida charxning ne-ne jabru jafolarini tortgan, “ahli jahondin 

yaxshilikni  kam  ko‘rgan,  sharoit  taqazosi  bilan”  o‘z  yurtini  qo‘yib,  hind  sorig‘a 

yuzlangan”  buyuk  bobokalonimiz  barakali  ijod  qilib,  insoniyatga  nodir  badiiy-

ilmiy asarlarini meros qoldirdi.  

Zahiriddin  Muhammad  Bobur  yoshligidan  badiiy    adabiyotga,  she’riyatga 

qiziqqan, Atoiy  va  Sakkokiy, Lutfiy  hamda  Navoiy  kabi  o‘zbek shoirlari:  Xusrav 

Dehlaviy, Xofiz, Sadiy, Jomiy kabi fors shoirlarining asarlarini qunt bilan mutolaa 

                                                 

1

Hasanov S. Zahiriddin Muhammad Bobur. T:, O’zbekiston. 2011.  



 

11 


qilgan.  U    1506-yilning  kuzida  Hirotda  bo‘lganida  Alisher  Navoiyning  uyida  

yashab,    ulug‘  shoir  qalamiga  mansub  bo‘lgan  “Xazoyinul-maoniy”ning  nodir 

qo‘lyozmasi  bilan  tanishib chiqqan  va undan  devon  ham  tuzgan edi.  

“Alisherbekning  uylarini  tayin  qildilar.  Hirdin  chiqquncha  Alisherbekning 

uylarida  edim”.

7

  “Odina  kuni,  oyning  yigirma  uchida  Alisherbekning  to‘rt 



devondin buhur va avzon tartibi bila g‘azallar va abiyotkim, intixob qililadur edi, it 

momig‘a yeti”.

8

  

Bobur  she’r  san’atini  ilhom  va  ishtiyoq  bilan  turli  mashhur  va  mo’tabar 



manbalar    orqali  sinchiklab  o‘rganadi  va  nazm  ishiga  bel  bog‘laydi. 

“Boburnoma”da 1500-1501 yil voqealarini bayon qilar ekan, u  shunday deydi:  

“Ul  fursotlarda  biror, ikkirar bayt aytur edim. Vale g‘azal tugatmaydur erdim”.

9

 



Bobur asta-sekin baytlardan tugallangan g‘azallar, ruboiylar, tuyuqlar, masnaviylar 

bitib, she’riy kamolot cho‘qqisiga ko‘tariladi.  “Boburnoma”ni ko‘chiruvchi   kotib 

kitob oxirida o‘z tilidan shunday yozadi:  

“Va  fazilat  bobida  kamlig‘i  yo‘q  edikim,  nazm  va  nasr  va  turkiy  va  forsiyni 

bebadal aytur edi. Alalxusus, turkiy devoni bordurkim, anda toza mazmunlar topib 

aytibdur…” 

Ma’lumotlarga qaraganda, Bobur umr bo‘yi  yaratgan lirik  asarlaridan ikki 

devon tuzgan. Ularning birinchisiga Movorounnahr va Afg‘onistonda, ikkinchisiga  

Hindistonda  yozgan  she’rlarini  kiritgan.  Bobur  hayot  paytidayoq  bu 

devonlarni  ko‘chirtirib,  o‘g‘illari  va  boshqa  kishilarga,  jumladan  Samarqand 

hokimi  Fulod  Sultonga  ham      yuborgan.  Bu  haqda  “Boburnoma”ning  925  hijriy, 

1519 milodiy yil voqealari bayonida shunday deyiladi:  

Hofiz  Mir  kotibning  og‘a-inisi  Samarqanddin  qolib  erdi,  bu  fursatga 

Samarqandg‘a ruhsat berib, Fo‘lod Sultong‘a devonimni yubordim”.

10

 

Boburning  bizgacha yetib kelgan nazmiy merosi 4000 misraga yaqin bo‘lib, 



ular g‘azal, ruboiy, turoq, qit’a, fard va masnaviylardan iborat.  

                                                 

1

 Nashrga tayyorlovchi Shamsiyev P. “Boburnoma”. 1989. 220-bet.  



2

 O’sha asar 72-bet 

3

 O’sha asar 228-bet 



 

 

12 


“Shoir  nazmiy  asarlariga    xos  umumiy  xususiyat  shundan  iboratki,  ular 

mumtoz adabiyotimiz an’analari asosida yaratilgan bo‘lsa ham, uslubining  sodda 

va ravonligi, hajmining ixchamligi, ko‘proq real hayotiy voqea-hodisalar zaminida 

maydonga  kelgani  bilan  ajralib  turadi.  Natijada,  uning  she’rlarida  tarixiylik  bilan 

realizm,  hayotiylik  bilan  badiiylik,  hissiy  kayfiyat    bilan  haqqoniy  ifoda  o‘zaro 

uyg‘unlashib  boradi.  Bu  holat  shoir  ijodiy  uslubini  o‘ziga  xosligini  ham 

belgilaydi”.

11

 



Shoirning nazmiy asarlarining markazida muhabbat mavzusi, insonning pok 

sevgisini  ulug‘lash,  visol  orzusi,  vafodorlik  motivlari  turadi.  Shoir  yor  visoliga 

erishishda  har  qanday  qiyinchiliklarga  bardosh  berajagini  ta’kidlaydi.  Yorsiz, 

seviklisisiz  hayotni    tasavvur  qila  olmaydi  sevgi  muhabbat  yo‘lida  o‘zini,  butun 

borliqni qurbon qilishga tayyorligini samimiyat bilan ifoda etadi. 

Bobur  tushunchasidagi    sevgi-sadoqat,  vafodorlik,  oliyjanoblikdir.  Shoir 

ishq-muhabbatini  molu  dunyo,  mansab  va  dunyodagi  barcha  huzur-halovatlardan 

yuqori  qo‘yadi.  Bobur  o‘zining  ajoyib  g‘azallarida  orginal  badiiy  vositalar  orqali 

mahbuba qiyofasini ma’naviy go‘zal, mazmunan boy, zoxiran mislsiz chiroyga ega 

qilib tasvirlaydi:  

Jonima o‘t soldi ul ruhsorayi zebo yana,  

Ko‘nglima ul zulf bo‘ldi moyayi savdo yana.  

Ko‘rsatib ruhsoru zulfin ul pariy paykar manga,  

Jonu ko‘nglimni qilubdur vo lovu shaydo yana.  

Yor qo‘ynidagi tom sensan manga pushtu panoh,  

Soyayi lutfingni sol, mun sanga keldim to yana.  

Shodlikniyu farog‘atni qo‘yub oshiq bo‘lub,  

Mehnatu g‘amni qilibmen o‘zuma paydo yana,  

Yorg‘a qulmen degach Boburni rasvo ayladi,  

Tengri mendek bandasini qilmasun rasvo yana.  

Bobur  ishqning  eng  nozik  hissiyotlarini,  insoniy  sevgining  barqarorligini 

kuylar  ekan,  u  o‘z  davrida    jamiyat  illatlariga  dadillik  bilan  qarshi  chiqadi. 

                                                 

11

 Hasanov S. Zahiriddin Muhammad Bobur. T:, 2011. 12-bet.  



 

13 


Ularning  kirdikorlarini  fosh  qiladi.  Shoir    she’rlarida    hayotiy  tor  ma’noda 

tushunuvchilar qattiq tanqid ostiga olinadi.  Ularning o‘rinsiz ta’na va da’volariga 

qarshi  o‘tkir  qalami  qaratiladi.  Shoir  yor  hajrida  barcha  huzur-halovatidan  ham  

voz kechadi va bu borada shunday yozadi:  

Hajr o‘lturdi meni,  onglasam erdi muncha,  

Do‘stlar, yordin ayrilmas edim o‘lguncha.  

Zohida, do‘zax o‘tidin meni ne qo‘rqutasen,  

Hajr o‘ti qoshida ko‘rmasmen oni uchquncha.  

Ul quyosh mehrini bir zarra menga ko‘rguzmas,  

Kavkabi ashk  to‘kub bo‘lsam agar gardunga.  

Husnda ortuq agar bo‘lsa yuzi Laylodin,  

Men taqi bomen aning ishqida yuz Majnuncha.  

Rindlar oldida hayvon suyini ko‘p o‘chasen,  

Ey Xizr, bormu ekin ul su mayi gulguncha.  

Boburo, she’ringga gar solsa quloqul shohing,  

Bo‘lg‘usidir so‘zingga qadr duri maknuncha.  

Shuni  alohida  ta’kidlash  lozimki,  Bobur  asarlarida    haqqoniy  tasvir  uslubi 

hissiy  tasvir  uslubidan  ustunlik  qiladi.  Misol  uchun,  shoirning  quyidagi  g‘azalini 

olaylik:  

Xazon yafrog‘i yanglig‘ gul yuzing hajrida sarg‘ardim,  

Ko‘rub rahm aylagil, ey lolaruh bu chehrayi  zardim. 

Sen, eygul, qo‘ymading sarkashligingni sarvdek hargiz,  

Oyog‘ingg‘a tushub, bargi xazondek muncha  yolbordim.  

Latofat gulshanida gul kibi sen sabzu xurram qol,  

Men archa dahr bog‘idin xazon yafrog‘idek bordim.  

Xazondek qon yoshim, sorig‘ yuzumdin el tanaffurda, 

Be har range, bihamdulloh, ulusdin  o‘zni qutqordim.  

Ne toledur mangakim, antari baxtim topilmaydur,  

Falak avroqini har nechakim daftardin axtardim.  

Ulusning  ma’nu ta’rifi menga, Bobur barobardur,  



 

14 


Bu olamda o‘zumni gun yamon-yaxshidin o‘tkardim.  

Mazkur 


g‘azal  oshiqona  mavzuda  bo‘lib,  shoir  ma’shuqaning 

iltifotsizligidan    shikoyat  qiladi.  Oshiq    ma’shuqaning  gul  yuziga  yetishish  

ishtiyoqida  xazondek  sarg‘ayganligini  ta’kidlab,  lolaruh  mashuqadan  uning 

sarg‘aygan  chehrasini  ko‘rib  iltifot  qilishini  so‘raydi.  Ma’shuqaning  iltifotiga 

sazovor  bo‘lmagan  oshiq  hayotdan  kechishga  ham  rozi,  lekin  bunda  ma’shuqani 

qoralamaydi, aksincha, unga baxt va ”latofat gulshanida   xurramlik” tilaydi.  

G‘azalning  bu  avvalgi  uch  baytida  an’anaviy  ta’sir  usullari  orqali  (tazod, 

tashbehi  muzmar)  oshiqning    ma’shuqa  iltifotsizligidan  kechirgan  ruhiy  holatlari 

talqini  berilgan bo‘lsa, keyingi uch baytda,  xususan, beshinchi, otinchi baytlarda 

shoirning  shaxsiy  hayoti  bilan    bog‘liq  misollar  yoritiladi.  Bobur  o‘zining  baxti 

kulmagani,  o‘z  toleini  hayot  dasturi    varaqlaridan  izlab  topa  olmagani,  umrini 

yaxshi  va  yomon  ishlar  bilan    o‘tkazgani,  shuning  uchun  ham  unga  kishilarning 

ta’rif  va  an’anasining  ahamiyati  yo‘qligini  bayon  qiladi.    G‘azaldagi  ruhiy 

kechinmalar  talqini  shuni  ko‘rsatadiki,    shoir  unda    an’anaviy  muammolarni  aks 

ettirish  bilan  birga,  aniq  shaxs,  ya’ni  o‘z  hayoti  bilan  bog‘liq  haqqoniy 

kayfiyatlarini  tasvirlay  olgan,  hayotiy  kayfiyat  bilan  hayotiy  haqiqatni  mushtarak 

yorita olgan.  

Boburning  aksariyat  she’rlarida  ona  diyor  ramzi  vositasida  yurtga  bo‘lgan 

sog‘inch, ayriliqdan o‘kinch hislari ifoda etiladi:  

G‘urbatda ul oy hajri meni pir qilibtur,  

Hijron bila g‘urbat menga ta’sir qilibtur.  

Maqdur boricha qiluram sa’yi visoling,  

To  tengri bil manki, ne  taqdir qilibtur.  

Taqdirdur ul yonu bu yon solguchi, yo‘qsa,  

Kimga havosi Sanbalu, tatyir qilibtur.  

Bu Hind yeri hosilidin ko‘p ko‘ngul oldim,  

Ne sudki, bu yer meni dilgir qilibtur.  

Sendin bu qadar qoldi yiroq o‘lmadi Bobur,  

Ma’zur tut, ey yorki, taqsir qilibtur.  


 

15 


Bobur  o‘z  she’riyatida  adolat  tuyg‘usini  bosh  mavzulardan  biri  sifatida 

talqin etib, bu  borada  ancha ilg‘or ijtimoiy fikr va  g‘oyalarni ilgari surgan. Ular 

ko‘proq ruboiylarda  o‘z aksini  topgan.  

Xususan,  shoir  insonga  xos  yuksak  va  tuban  tuyg‘ular  to‘g‘risida    fikr 

yuritib,  oliyjanoblik  taqdirlashga,  pastkashlik  esa  jazolashga  loyiq  ekanini 

ta’kidlaydi:   

Har kimki, vafo qilsa, vafo topqusidir,  

Har kimki, jafo qilsa, jafo topqusidir.  

Yaxshi kishi ko‘rmagay yamonlig‘ hargiz,  

Har kimki, yomon bo‘lsa, jazo topqusidir.  

Bobur  ijodidagi ana shu hayotiylik xususiyati uning boshqa she’rlarida ham  

mahorat bilan tarannum etilgan.  

G‘ofil o‘lsa, ey soqiy, gul chog‘in g‘animat tut,  

Vaqti aysh  emas boqiy, ol chog‘ir, ketur, bot tut.  

Bu nasihatim angla, ne bilur kishi yongla,  

Ne bo‘lur ekin tongla, sen bu kun g‘animat tut.  

Albatta  ,  Bobur  dahriy  bo‘lgan  emas,  u  dinni,  diniy  aqidalarni  qoralagan 

ham  emas.  Lekin  uning  bu  sohadagi  teran  fikrlari,  o‘zi  yashagan  sharoit  nuqta  -

nazardan    qaraganda,  favqulodda  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  hodisa  edi.  Bunday 

yondashuv  Bobur  lirikasi  uchun  muhim  ahamiyatga  ega    bo‘lib,  shoir  ijodiga 

o‘ziga xos ma’no-mazmun va joziba  bag‘ishlaydi.  

Bobur  ijodida  g‘azal,  ruboiy,  qit’a,  tuyuq,  fard  janrlaridan  tashqari, 

masnaviy  janridagi    kichik  asarlar  ham  bo‘lib,  ular  o‘z  xususiyati  jihatidan 

adabiyotimiz  tarixidagi  noma  janriga  yaqin  turadi.  Chunki      ularning   

ko‘pchiligida  soboga  murojaat  etilib,  yorga  salom  yetkazish  iltimosi  va  iltifotsiz 

yordan gina qilish kayfiyati asosiy o‘rin tutadi:  

Savbo, ul gul  harimig‘a guzar qil,  

Mening holimdin ul gulga xabar qil.  

Yoki:  

Ey  sabo ,yelkamni qo‘yg‘il, jazm qil,  



 

16 


Sarvinozim kuyi sori azm qil.  

Shuni  ham    ta’kidlash  kerakki,  Bobur  bu  janrga  faqat  oshiqona  his-

tuyg‘ularni ifodalash  vositasi deb qaramagan. Uning  ayrim  nomalari tarjimai   hol 

xususiyatini ham kasb etgan. Bu,  albatta, shoir nazmining o‘ziga xos jihatlari bilan 

izohlanadi.  

Bobur  asarlarida  o‘zi  yashagan  muhitdan,  zamondan  norozilik,  taqdir 

o‘yinlariga qarshi achchiq nolishlar baralla   eshitilib turadi.  

Bularning    barchasi  uning    she’riyatiga  falsafiy  teranlik  va  ijtimoiy  ruh 

bag‘ishlaydi.  

Bobur  poetikasida  vatan  mavzusi  alohida  o‘rin  tutadi.  Uning  aksariyat 

g‘azallaridagi  hijrondan  shikoyat,  ona      yurtga  bo‘lgan  muhabbat,  vatanni 

qo‘msash kabi dil sadolari o‘quvchini   chuqur o‘yga soladi. Shoirning g‘urbat va 

hijron  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  voqeiy  kechinmalari  qator    ruboiylarida    ham  o‘z 

ifodasini  topgan.  Ular  orqali  biz  vatanga  bo‘lgan    cheksiz  muhabbat  tuyg‘ulari 

bilan dardlashamiz:  

Hijron qafasida jon qushi dam qiladur,  

G‘urbat bu aziz umrni kam qiladur.  

Ne nav bitay firoqu g‘urbat sharhin,  

Kim, ko‘z yoshi nomaning yuzin nam qiladur.  

Bobur  she’riyatida  inson    kamolotidagi  ahloqiy  va  ma’naviy  masalalarga 

ham  keng  o‘rin  berilgan.  Shoir  insonni  ulug‘laydi,  unga  hurmat  nazari  bilan 

qaraydi,  inson  qadr-qimmatini  yuqori    ko‘taradi.  U  do‘stlik,  birodarlik,  vatanga 

sadoqat  kabi  sifatlarni  olqishlaydi.  Boburning  fikricha,  xudbinlik,  xasislik, 

riyokorlik, kabi yaramas illatlar insonni halok etadi. U kishining  hayoti yahshilik, 

kabi ezgu maqsadlarga qaratilishi kerak deb biladi.  U mansab va davlatga erishib 

g‘ururlanmaslik,  kamtarin  bo‘lish  kabi  insoniy    fazilatlarning  kamol  topishiga 

undaydi.  Ota-ona  bilan  farzand  o‘rtasida  mehr-muhabbat,  ehtirom    kabi  insoniy 

fazilatlar barqaror bo‘lishini istaydi:  

Otani chunki qibla debturlar,  

Qibla yanglig‘ anga nazar qilg‘il.  



 

17 


Ota og‘ritma, ey otam zinhor.  

Ota ozoridin hazar qilg‘il.  

Bobur ahloq-tarbiya masalasiga alohida e’tibor bergan,  shoirning ma’naviy-

falsafiy  qarashlarini  va  ijtimoiy  mavzularga  bo‘lgan  munosabatini  aniqlashda  

uning, ayniqsa, muammolarini o‘rganish katta ahamiyatga egadir:  

Xulqingni rost qilg‘il har  sarig‘akim borsang,  

Ahsanta der bori el gar yaxshi ot chiqar sang.  

Boburning  yuqoridagi  muammosi  zaminidagi  mazmun  va  insoniy  his-

tuyg‘ular  ulug‘  so‘z  san’atkori  tomonidan  yuksak  mahorat  bilan  ifoda  etilgan. 

Shoir  haqiqiy  inson  nomiga      ega  bo‘lish  uchun  ahloqning  barcha  normalariga  

rioya  qilish  kerakligini,  shundagina  kishi  el  hurmati  va  baxtga  sazovor  bo‘lishini 

uqtiradi.  

Bobur  ahloq-tarbiya  mavzusidagi  boshqa  asarlarida  ham  o‘z  hayotida  yuz 

bergan  hodisalar,  boshidan  o‘tkazgan  kechinmalari  asosida  o‘quvchi  uchun  ham 

katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan xulosalar chiqaradi.   

Umuman,  Bobur  she’riyati  o‘zining  janr  xususiyatlari,  mavzu  doirasi  bilan 

o‘zbek  adabiyotining  nodir  namunalari  qatoridan  faxrli  o‘rin  egallaydi.    Ularda  

hayot  va  insonni  qadrlash,  go‘zallikdan  bahramand  bo‘lishga  intilish  haqida 

nafaqat  oshiq  va  orif  insonning,  balki  muallifning  shaxsiy  qarashlari  ham  o‘z 

aksini  topgan.  Shuning  uchun  ham  Bobur  she’riyatini  ul  zot  yashab  o‘tgan 

murakkab davrning o‘ziga xos badiiy ko‘zgusi deyish mumkin.  


 

18 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling