Abdulla Qodiriyning "Baxtsiz kuyov"


Download 16.97 Kb.
Sana03.12.2020
Hajmi16.97 Kb.
#157176
Bog'liq
Aynur hoca Çağdaş Özbek edebiyatı


Çağdaş Özbek edebiyatı

Nargizakhon Sultonova

19910404

Abdulla Qodiriyning “Baxtsiz kuyov” dramasi haqida

To’ylar, turli marosimlar bilan bog’liq muammolar, isrofgarchilik va dil xiraliklar hamma vaqt asosiy muammo bo’lib kelgan. Bunga sabab, insonlarning tor dunyoqarashi, atrofdagi odamlarning gapiga qarab ish qilishi va albatta haddan ortiq orzu-havasga berilishidir. Bunday insonlar nafaqat o’zini balki, boshqalarni ham qiyin vaziyatda qoldirishi, hattoki hayotiga zomin bo’lishi ham mumkin. Jadidchilik harakatining yirik namoyondasi hisoblangan Abdulla Qodiriy o’zining “Baxtsiz kuyov” nomli dramasida aynan shu kabi muammolarni ko’targan. Muallif qoloq odatlardan biri – hashamatli to’y ortiqcha sarf-xarajatlar va ularning ko’ngilsiz oqibatlarini yoritadi.

Asarning bosh qahramoni Solih ismli uylanish yoshiga kelib qolgan yigit. Ota-onasidan ajragan bir yetim. Ozgina maoshga kun ko’rib yuradigan, amakisidan boshqa hech kimi bo’lmagan bola. Amakisining maslahati bilan Solih katta qarz ko’tarib dabdabali to’y qilib, boy xonadon qiziga uylanadi. Ellikboshi yangicha fikrlaydigan, vaziyatdan, shariatdan kelib chiqib qaror qabul qiladigan kishi. Solihni vaziyatini tushunib, uni qo’llaydigan yagona inson, ammo ming afsuslar bo’lsin-ki, uni gapini hech kim nazarga ilmaydi.

Domla imom esa mavqeiga mos bo’lmagan qahramon. Achinarlisi, domla imom bo’laturib, shariatni pisand qilmasligi, insonlarni fikri bilan yashashi. Aslida, asarni fojeaviy yakun topishiga shu domla va Solihning qaynotasi aybdor. Bitta to’y qilish uchun Solih uyini garovga qo’yib, qarz olishga majbur bo’ladi. Vaqtida qarzini uzolmay garovga qo’yilgan hovli-joyidan ajralish oldida sharmandalikdan o’zini-o’zi o’ldiradi.



Qahramonimiz garchi o'zi shohona to'y qilishlikni istamasada, atrofidagilarning o'sha davrdan boshlab asta-sekinlik bilan insoniyat qalbiga kirib borayotgan dabdabali to'ylar muhabbati sababli majbur qoladi. Insonlarning o'z boshliqlariga itoatsizliklari natijasi naqadar ham yomon natijalarga olib kelishi ochiq-oydin keltirilgan. Solihning yakkayu yagona qarindoshi bo'lmish amakisi ham bu holatda chetta turib qolaveradi. Bo'lajak kelin erning yoninda turish o'rniga, o'zining nafsi tomon qadam tashlashi ham bu hikoyaning ayanchli holda tugashiga turtki bo'lganini payqash qiyin emas. Bo'lajak qaynota kuyovining og'ir ahvolda ekanligini bila turib, o'z obro'-e'tibor uchun shariat belgilagan to'ydan voz kechib, dabdali to'yni tanlagani kishini hayratga solmay qo'ymaydi. Solih ota hovlisi o'zi uchun qanchalik qadrli bo'lishini bila turib, bisotidagi bor yo'g'ini boy odamdan qarz olishlik uchun kafolat o'laroq topshirishi ham, o'quvchilarning aqlini chertmasdan o'tmaydigan holatdir.

Xulosa o'laroq bu asarni o'qir ekanman muallif go'yoki zamonimizga ishora qilayotgandek tuyulaverdi. O'zbek to'ylaridagi isrofgarchilik, kim o'zarga pul sarflashlik, hashamatta musobaqa o'ynashlikdek qora nuqtalarini xuddiki o'sha zamonning o'zidayoq ko'rgandek . Agar kimda-kim bu hikoyani diqqat bilan o'qisa, nafaqat qahramonlar balki, muallifning ham insonlarga aytolmagan dilidagi gaplarini qog'ozga tushirganini payqaydi.
O'qish asnosida kishi o'ziga-o'zi benihoya savol beradi – “Nahotki…bir kunda o'tib ketadigan to'yga, bu darajada e'tibor, bu darajada ehtimomning nima keragi bor?”.

Ajabmaski, muallif o'quvchilar uchun aynan shu savolni berishlikni maqsad qilgan bo’lsa.
Download 16.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling