Abdullayev Lazizxon Sabdimuxammadxo’jayevich 15- umumiy orta ta’lim maktabi


Download 82.5 Kb.
bet1/2
Sana21.03.2022
Hajmi82.5 Kb.
#611160
  1   2
Bog'liq
Abdullayev Lazizxon
IAKTT fanidan test savollari, ЎРҚ-661 12.01.2021, Harflar, "VARIANT-23" 2021-06-03-23-37-28, "VARIANT-23" 2021-06-03-23-37-28, bfbefgfg, hgiygi, an\' analar , AGROBANK bnk, 667c80b9-be16-45de-acf7-7560246d3d55 (2), 667c80b9-be16-45de-acf7-7560246d3d55 (2), test grammarway 1

Abdullayev Lazizxon Sabdimuxammadxo’jayevich
15- umumiy orta ta’lim maktabi
Tarix fani o’qituvchisi
Toshkent viloyati Angren shahar
Tarix fani
Mavzu: Islom dini va Arab xalifaligi.
Sinf: 7-sinf.
o’quvchilar soni: 23 ta.
elektron pochta: angrenmk15@inbox.uz
Fan: O’zbekiston tarixi.
Sinf: 7A– sinf.
Mavzu: Islom dini va Arab xalifaligi.
Darsning maqsadi:

  1. Ta’limiy: O’quvchiarga Isom dining vujudga kelishi haqida batafsil ma’lumot berish.

  2. Tarbiyaviy: O`quvchilarni vatanga muhabbatini oshirish va ajdodlarga munosib voris qilib tarbiyalash.

  3. Rivojlantiruvchi: Arablarning harbiy yurishlari haqida bilimlarini boyitish orqali erkin fikrlashga undash .

Dars tipi : Yangi biim beruvchi.
Dars usubi: ko’rgazmali amaliy.
Dars usuli: Noanaviy.
Dars jihozi: Darslik, xarita, o’quv qurollari, kompyuter, vidyeoproektor, ekran.

Dars sxemasi:



T/r

Darsning bosqichlari

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3

2

Guruhlarda o’tilgan mavzuni takrorlash

10

3

Yangi mavzuni tushuntirish

15

4

Interfaol usullarda yangi mavzuni mustahkamash

13

5

O’quvchiarni baholash

2

6

Uyga vazifa berish

2

Darsning shiori:Tarixiy xotirasiz, kelajak yo’q.


Darsning borishi:



  1. Tashkiliy qism (3 minut).

a) Salomlashish, sana.
b) Davomatni va ob-havoni aniqlash,
d) Dars mavzusini va maqsadini e’lon qilish.
v) Darsning oltin qoidalarini ishlab chiqish.
1) O’zaro hamkorlik.
2) Do’stlik.
3) Topqirlik.
4) Tezkorlik.
5) Zukkolik.
6) Hamjihatlik.

Baholash mezoni: “Ofarin”, “Barakallo”, “Harakat qil”.










  1. Guruhlarda o’tigan mavzuni takrorlash (10 daqiqa)

Mavzuni 4 rejasi so’raladi, o’quvchiar qisqacha gapirib beradi.


“Aqliy hujum “ mashqini o’tkazamiz . Har ikkala guruh javob beradi.

  1. Ilk o’rta asrlarda yurtimizda qanday yozuvar mavjud bo’lgan.

( sug’d, xorazm, toxar, turkiy, rum)

  1. VI-VII asrlarda O’rta osiyoda qanday dinlar mavjud bo’lgan.

(zardushtiyik, buddaviylik, nasroniylik, moniylik, shomoniylik)

  1. Moniy dinining arkoni nimalar hisoblangan.

( idodat, ro’za, sadaqa)

  1. Arkon so’zini ma’nosi nima?

(dindagi eng muhim vazifa, suyanchiq,ma’muriyat)

  1. Qam-shamon nima?

( ko’k tangriga sig’inuvchi yakka xudolik dini)

  1. Tasviriy san’at qaysi yunalish ravnaq topgan?

(rassomlik va haykaltaroshlik)

  1. Devoriy suratlar, ganchkori naqshlar qayerdan topigan?

(Surxon voxasidan, Zarafshon vodisida, Farg’ona vodisida).

  1. 12 metri budda xaykali qayerda topilgan?

( Farg’onani Ajintepa voxasidan)

  1. O’rta osiyoda san’atni qaysi turlari rivojlangan?

( musiqa , raqs, qoshiqchilik, qiziqchilik va dovosozlik)

  1. Qanday raqs Xitoyayonlarini maftun etgan?

( Choch va Doira raqsi).

III. Yangi mavzu bayoni:15 daqiqa


Rejasi.


  1. Islom dininig vujudga kelishi.

  2. Movorunnahr tomon yurishlar.

  3. Movorunnahrni zabt etilishi.

  4. Choch va Farg’onaning zabt etiishi.

O’qituvchi mavzuni reja asosida bayon etadi.


Farg‘ona, So‘g‘d, Tohariston va Xorazm qurol ishlab chiqarish bo‘yicha shuhrat qozongan edi. Ko‘plab usta-hunarmandlar turli xil qurol-yarog‘lar tayyorlash bilan band bo‘lishgan.
Ilk o‘rta asrlar davri jangchilari hujum quroliga ega bo‘lganlar. Ular olis va yaqin masofadan turib jang qilishda qo‘llangan. Bular o‘q-yoy, nayza, xanjar va jangovar boltalardir. Mudofaa anjomlari qalqon, jubba, sovut va dubulg‘adan iborat bo‘lgan.
Qo‘shinni otliq va piyoda qismlar tashkil etardi. Otliqlar og‘ir va yengil qurol-yaroqqa ega bo‘lganlar. Ular raqib ustiga selday yoprilib, unga nayza uloqtirib, kamondan bexato otganlar. Kamon o‘qlariga yirik temir uchlar o‘rnatilgan edi. Piyodalar yaqindan bo‘ladigan janglarda xanjar va qilichni mohirona qo‘llay bilganlar.
Shahar va manzilgohlar mudofaasi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Shahar devorlariga borish yo‘lini suv to‘lg‘azilgan, chuqur va keng xandaqlar to‘sib turgan. Devorlardagi jangovar maydonchalar va burjlardan kamon o‘qlari uchib, toshlar irg‘itib turilgan. Dushman ustiga qaynab turgan suv ag‘darilgan. Qal’alarga hujum qilish chog‘ida palaxmon va devorbuzar qurollar-manjaniqdan foydalanilgan.
Amudaryo va Sirdaryo oralig‘idagi yerlar VII asr o‘rtalarida Movarounnahr (arabchada «daryoning narigi tomoni») deb atalgan. Arablar bosqini arafasida bu yerlar ko‘plab mayda mulklardan iborat bo‘lgan. Ularning hukmdorlari turk hoqoniga bo‘ysunishgan. Ularning o‘rtasida birlik bo‘lmagan.
VII asr o‘rtalarida arablar sosoniylar Eronini tor-mor keltirdilar. Sosoniylarning oxirgi shohi Yazdigird III Marv shahriga (uning xarobalari hozirgi kunda Turkmanistonning Bayramali shahri yaqinida) qochishga majbur bo‘ladi. 651-yili arablar Marvni egallaydilar. Bu O‘rta Osiyoda bosqinchilar tomonidan egallangan dastlabki yirik va boy shahar edi.
Marvda boy o‘ljalarni qo‘lga kiritgan arablar to‘xtab qolmadilar. Ularning nigohi ko‘plab yirik shaharlar va gullagan dehqonchilik vohalariga ega bo‘lgan Movarounnahrga qaratilgan edi. Shu boisdan arablarning Movarounnahrga qilgan dastlabki yurishlari talonchilik xususiyatiga ega edi.
667-yili arablar Chag‘oniyonga dastlabki hujum uyushtiradilar. Xalifaning Xurosondagi (Eron) noibi Ubaydulloh ibn Ziyod o‘z qo‘shini bilan Amudaryoni kechib o‘tadi. U Romitanni egallab, Poykandni qamal qiladi, so‘ng esa Buxoroga yetib keladi, ammo bu yerda qattiq qarshilikka uchrab, buxoroliklar bilan sulh shartnomasi tuzadi.
Buxoro malikasidan katta hadya: qurol-yaroq, oltin, kumush va ko‘plab mohir kamonboz asirlarni qo‘lga kiritgan arablar Movarounnahrni tark etadilar.
676-yili Xurosonning yangi noibi Said ibn Usmon yana Buxorga hujum qiladi. Bu yerda u ulkan tovon va Buxoro zodagonlaridan 80 kishini garov sifatida qo‘lga kiritadi. So‘ngra arablar Samarqandga yuradilar. Jang bir oydan oshiq davom etadi. Arablar So‘g‘ddan o‘lja bilan ortga qaytayotib Termizni egallaydilar.
Said ibn Usmon asirga olingan so‘g‘dliklarni qul qiladi. Erksevar buxoroliklar o‘z ahvollariga ko‘nikishni istamaydilar. Narshaxiyning yozishicha, ular Saidning saroyiga bostirib kirib, eshiklarni tambalaydilar va noibni o‘ldiradilar, shundan so‘ng o‘zlarini ham halok qiladilar.
Arablarning g‘alabasi ularning faqatgina harbiy qudrati bilan izohlanmaydi. Movarounnahr bu paytda siyosiy nuqtay nazardan parchalangan ahvolda edi. Bu yerda kuchli markazlashgan hokimiyat yo‘q edi. Shaharlar ko‘pincha faqat o‘z kuchlariga tayangan holda himoyalanardilar. Movarounnahrdagi mulklarning hukmdorlari o‘zaro tez-tez yovlashib turardilar. Bu hol arablarga qarshi kurashda kuchlarni birlashtirishga imkon bermadi.

Download 82.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling