Abdullayeva Lola
Download 31.41 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqLola didaktika
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Pedagogika ta`limi fakulteti Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi 410-guruh talabasi Radjabova Muazzamning Boshlang`ich ta`limda didaktik asarlar orqali kitobxonlikni shakllantirish usullari fanidan tayyorlagan mustaqil ta`limi “Saodat Saroyining kaliti” asarida quyidagi fikrlar ham o`z o`rniga egadir: Shunday banda bor, chiroyli xulqi bilan jannatning baland darajalariga yetadi, garchi obid bo’lmasa ham. Shunday banda bor, yomon xulqi sababli do’zaxning eng quyi qavatlaridan joy oladi, garchi obid bo’lsa ham. Anas ibn Molik Bandalarimizning ibodatlari ichida menga suyumlirog`i- mening yo`limda yaxshi amallarga targ`ib hamda xolis nasihat qilishdir. Hadisi Qudsiydan Yo, Alloh, meni go`zal axloqqa xidoyat qil. Sendan o`zga meni chiroyli xulqqa xidoyat qilolmas. Yo, Alloh, yomon xulqni mendan uzoqlashtir. Sendan o`zga buni qilolmas Payg`ambarimiz allayhissalomning namozni boshlashlaridan oldingi duolari Xonadonda farzandning tug`ilishi – ulug` ne’matga ega bo`lish beqiyos baxt hisoblanadi. Siz tug`ilgan onda otangiz bilan onangizning, bobongiz bilan buvingizning va boshqa qarindoshlaringizning qalblarida shirin bir umid ham turilgan. Siz asta-asta ulg`aydingiz, atak-chechak qildingiz. Endi qaddingizni dadil tutib yuruvchi polvon yigitchalarga, go`zal qizchalarga aylandingiz. Xonadoningiz esa siz bilan birga tutilgan, kelajakda ushalajak umid bilan yashayapti. Bu umid duolarda dildan tilga kuchadi: «Farzandimiz falon-falon martabalarga erishsin...» kabi niyatlar aytiladi. Siz ulg`aya borganingiz sayin qalbdagi umid qanotlarini keng yoyaveradi. Umidimiz yulduzlari, o`smirlik olamiga o`tayotganingizda, ehtimol, sizning ongingizda ham shunday fikrlar uyg`ongandir. Lekin dildagini tilga ko`chirishga uyalgandirsiz. Turli uchrashuvlarda katta yoshdagilar o`smirlar va yoshlarni tanqid qilib ulardan noliydilar. Men esa ajablanaman: biz nima uchun sizlarni yomonlashimiz kerak? Agar siz yomon bo`lsangiz, demak, avval boshda biz yomon ekanmiz. Chunki siz bizning farzandlarimizsiz. Odamning umr yo`li uzun. Bir odamning yo`li ikkinchisiga o`xshamaydi. Hatto aka-ukalar, opa-singillarnikida o`xshashlik yo`q. Umr yo`li, xoh, uzun, xoh, qisqa bo`lsin, silliq, atrofi gulzor chiroyli emas. Toshli yo`llar, tikonli yo`llardan ba’zan yalang oyoq yurishga to`g`ri keladi. Bu azobga ko`pincha odamning uzi sababchi bo`ladi. Umr yo`lida bitta burilish nuqtasi mavjuddir. Qaysi yo`lga burilishga hatto bir quvonchli yoki noxush voqea turtki bo`lishi mumkin. Bilishingiz joizki, hech bir ota-ona farzandining yomon yo`llarda sang`ishini istamaydi. Diqqat qilaylik-chi, hayot yo`lining qaysi nuqtasida noxush burilish sodir buldi? Bu burilishni kim birinchi bo`lib payqashi, kim birinchi bo`lib chora ko`rmog`i joiz edi? Ota-onami, maktabmi, militsiyami yo qo`ni-qo`shnilarmi? Yomonlardan xoli hayot beqiyos darajada go`zaldir.Ammo afsus shuki, bu gulshan orasida tikanaklar ham mavjud. Diyonat olami bilan yonma-yon shaytanat olami ham yashaydi. Ular orasida mustahkam devor yo`q. Adashgan banda, ayniqsa, yosh chog`ida shaytonlar yetovidagi olamga qiziqib qolishi mumkin. Bu olamning faqat bitta yo`lagi bor. Bu yo`lak har qanday odamni xorlik dashtidagi o`lim changaliga olib boradi. Gapimning isboti uchun diqqatingizni bir manzara bayoniga qarataman: Kuyosh qayerdadir tog` ortidan, qayerdadir cho`l adoridan, qayerdadir asriy muzlar orasidan bosh ko`taradi. Qayerdadir daraxt kokillarini o`ynab, billuriy buloq suvlariga to`yib olgach, xonadonlarga muzlaydi. Qayerdadir qurib-qaqshab yotgan tikonlarni, chanqoq qum barxanlarni yalab utib, odamlar yashaydigan yerlarga oshiqadi. Qayerdadir asriy muzliklar orasida panox; topolmay, odamzotga duch kelishdan o`ziini uzib, tezroq ko`z yumishga oshiqadi. Hazrat Abu Xomid Razzoliy ≪Muqoshafat ul- qulub ≫ (Qalblar kashfiyoti) kitoblarida deydilarki: ≪Bilki, Allox bir bandasiga xayr ato etmoqchii bulsa, unga o`z nafsining qusur va ayblarini ko`ra oladigan basirat beradi. Kimningki basirati o`tkir bulsa, qusur va ayblari o`ziga, albatta, ko`rinajak. Kishi o`z ayblarini bilganda esa ularni davolash imkoniga ega bo`ladi. Donishmandlar hikoya qiladilar: «Bir odam cho`lda ketayotib badbasharani quradi va undan «Sen kimsan?», deb so`raydi. Badbashara «Men sening yomon amallaringman», deydi. U odam: «Sendan qutulishning iloji bormi?», deb so`raganida, u: «Bor, buning uchun payg`ambarimiz Muxammad (s.a.v.)ning go`zal axloqiga ega bo`lishing va unga salotu salom yollashing kerak!», deb javob bergan ekan. Test 1.Umidimiz yulduzlarining hozirgi holatini ilmiy tilda nima deb atash mumkin? A)o`tish davri B)yurish davri D)o`yin davri 2.Odamning …… uzun? A)qo`li B)yo`li D)umri 3.”Daydi” filmi qaysi millatga tegishli? A)hind B)o`zbek D)rus 4.O`g`rining bolasi ….. Bo`ladi? A)o`g`ri B)to`g`ri D)odam 5.”Bizning roman” qissasi kimga tegishli? A)M.Ismoiliy B)T.Malik D)O`.Hoshimov Download 31.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling