Abdullayeva shahnozaning “farg’ona viloyati geografik o’rni, aholisi, qishloq xo’jaligi, transporti va shaharlari”


Download 199.5 Kb.
bet1/3
Sana12.01.2020
Hajmi199.5 Kb.
#94038
  1   2   3
Bog'liq
Abdullayeva shahnozaning “farg’ona viloyati geografik o’rni, aho
report 2020-1-1 00:28:28, Arsenal FC - Detailed squad 19 20 Transfermarkt, 4x7T3miyx3HdUYZhq-JHzmgXcXp-BNVn, 2 5357569976288937767, dqwe, 7-a sinf ochiq dars ishlanmasi., biologiya-botanika-6sinf, c builder tilining komponentalari, Axborotlarni himoya qilish usullari va axborot xavfsizligi, 3 mavzu, 1-ai kte, 1-ai kte, 1-ai kte, 2 5291962018675297428



FARG’ONA VILOYATI QO’QON SHAHAR

42-UMUMTA’LIM MAKTABINING GEOGRAFIYA

FANI O’QITUVCHISI

ABDULLAYEVA SHAHNOZANING




“FARG’ONA VILOYATI GEOGRAFIK O’RNI, AHOLISI, QISHLOQ XO’JALIGI, TRANSPORTI VA SHAHARLARI”


mavzusidagi.

MALAKAVIY ISHI


Ilmiy raxbar: M.Payzieva


Farg’ona 2012


РЕЖА:


  1. Kirish.

  2. Asosiy qism

3. Geografik o`rni.

4. Aholisi.

5. Qishloq xo`jaligi.

6. Transporti.

7. Yirik shaharlari.

8. Xulosa.


Viloyatga vodiyning tekislik qismi, Oloy va Turkiston tizmalarining tog` oldilari kiradi. Viloyatda Andijon viloyatiga nisbatan qish biroz sovuq, yozi issiq va quruq, g`arbida yog`in miqdori yil davomida 100 mm dan oshmaydi, tez-tez garmsel esib turadi. Isfayram, Shohimardon, So`x, Isfara daryolarining dehqonchilikda ahamiyati katta. Norin bilan Qoradaryodan bir necha sug`oruv kanallari chiqarilgan.

Farg`ona haqida so`z ketar ekan uning paydo bo`lish tarixiga ham bir nazar tashlasak. Ibrat ozining “Farg`ona tarixi” kitobida shunday yozadi: - “Ajoyib ul-buldon”da masturdurki, Farg`oa iborati “har xona”dir. Hazrati Iskandar zamonlarida aqsoyi sharqg`a borganlarida Farg`ona yerida bir-iki forsistondan muhojir bo`lib kelib o`lturgan bechora, dehqoni bodiyanishinlar bor ekan. Podshohga arzi ahvol qilmoq bo`lib, peshkash uchun non-u tuz o`rniga bisotlarindagi tovuqlarini pishirub hazrati Iskandarga tutgan ekanlar. Anda hazrati Iskandar savol qilibdurlarki, bu nimadur deb. Anda arz qiluvchilar forsiy lafzda javob beribdurlarki, marg`-u non ya`ni tovuq birla non deganlarida, podshoh Iskandar arzlaring nimadur deganlarida “Arzimiz bul turgan joyimizni shahar qilib bersangiz!” deganlarida, umarolari ichidan bir bafarosat sohibi aql kishisini tayin qilib shahar qurmoqqa amr qilgan ekanlar. Ul kishining oti Farg`ona bahodir ekan. Ul kishi necha yil harakat qilib, har shahardan va har xonadondan odam olib, o`tquzib, oti “har xona” deb qo`yub, “har xona”ni “Farg`ona” o`qub, parxona, parg`ona deb o`qib va ham ul muassis kishining ismi qaviyroq bo`lib, Farg`ona shuhrat topgan. Farg`onaning suyi serob, havosi toza, mevasi pokiza, yerlari

mahsuldordur….

“Mulhaqot us-Suroh” asarida esa Farg`onaga shunday ta`rif beriladi: “Farg`ona mamlakati hosildor va keng diyor, bog`lari ne`matga to`la, qishloqlari soz, havosi toza, mevalari barakali, mozorlari muqaddas bo`lib, unda tog` bor” deb yoziladi.

Aholisi. Farg`ona viloyati aholisining soni, zichligi va ishchi kuchlarining salmog`i jihatidan mamlakatimiz iqtisodiy geografik rayonlari orasida birinchi o`rinda turadi. Aholi asosan tabiiy ko`payish hisobiga, yiliga o`rtacha 100 ming kishiga ko`paymoqda. Aholining tez ko`payayotgani va yangi o`zlashtiriladigan maydonlarning cheklanganligidan ishchi kuchi ortiqchaligi kuchayib bormoqda. Buni bartaraf etish uchun ijlimoiy soha korxonalarini ko`paytirish, ko`p mehnat talab ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish, shuningdek, aholining muayyan qismini ishchi kuchi yetishmayotgan viloyatlarga ko`chirish mumkin.

Iqtisodiy-tarixiy omillar tufayli bu yerda aholi azaldan tlihoyatda zich yashaydi. Bu yerda yirik shahar va shaharchalar, qishloqlar ko`p. Ishchi kuchlari tarkibida malakali kadrlar salmog`i boshqa rayonlardagiga nisbatan ko`p. Tog`lar tomon borilganda aholi manzillari kamayib va kichiklashib boradi. Aholi Markaziy Farg`onada ham siyrak joylashgan. Rayon aholisining 1/3 qismi shaharlarda yashaydi.

Viloyat yalpi sanoat mahsulotiga ko`ra mamlakatimizda faqat Toshkent viloyatidan keyinda turadi. Aholi soni jihatidan esa barcha viloyatlardan oldinda.

Qishloq xo`jaligi. Farg`ona viloyati qishloq xo`jaligi paxtachilik va pillachilikka ixtisoslashgan. Barcha ekin maydonining 32 foiziga paxta ekiladi. Bahorikor yerlarda bug`doy va arpa, zaxkash yerlarda sholi yetishtiriladi.

Makkajo`xori, oq jo`xori va beda hamma tumanlarda paxta bilan almashlab ekiladi. Bog`dorchilik, uzumchilik uchun viloyatda sharoit qulay. Ko`proq danakli mevalar yetishtiriladi. Viloyat anori va anjiri bilan dong chiqargan.



Farg`ona viloyatida yaylovlar Andijon viloyatidagiga qaraganda ancha ko`p. Chorva mollari asosan qo`y va echkilardan iborat. Viloyat mamlakatda yetishtiriladigan pillaning 20 foizga yaqinini beradi.






Katta Farg`ona kanali viloyat qishloq xo`jaligini suv bilan ta`minlovchi asosiy manbalardan biridir.





Download 199.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling