Abdurahmonov


Download 5.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana25.12.2019
Hajmi5.58 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
78218

Qalan
Abdurah
ONIDA

Qalandar
ABDURAHMONOV
BUYUKLAR
KAHKASHONIDA
Akademik QALANDAR 
ABUURAHMONOVDAN
BSDALDC SOVO’ A

ABD ULLA   ORIPOV
0 ‘zbekiston  Qahramoni 
O'zbekiston  xalq  shoiri

G 'a fu r   G ‘ u lom   n o m id a g i 
n a s h riy o t-m a tb a a   ijo d iy   u y i 
T o s h k e n t  -   2018
Qalandar
ABDURAHMONOV
BUYUKLAR 
KAHKASHONIDA
H u jja t li  qissa

U O ‘K   821.512.133-4(092)0ripov  А. 
К В К   83.3g(50‘)
А   15
A bdurahm onov,  Q alandar
B u yu k lar kahkashonida. X otira-esse. / Q. Abd u rah m on ov. -  
Toshkent:  G ‘a fu r  G ‘ulom   n om idagi  n ash riyot-m atbaa  iio d iy  
uyi,  2018.  -   228  b.
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi, 
taniqli olim, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, badiiy adabiyot 
va  she’riyat  muxlisi  Qalandar  Abdurahm onovning  0 ‘zbekiston 
Respublikasi  Fanlar akademiyasi  tomonidan  tasdiqlangan  2018- 
yilgi  « Y o ‘l  xaritasi»ga  kiritilgan  «Buyuklar  kahkashonida» 
kitobi zam onaviy o'zbek adabiyotining yorqin vakillaridan biri  -  
O'zbekiston  Qahramoni, 
X alq  shoiri  Abdulla  Oripovning 
xotirasiga  bag'ishlangan.  M uallif  mumtoz  shoirning  m illiy 
adabiyotimiz,  madaniyatim izdagi  o ‘rni  va  ahamiyati  haqida 
fik r  yuritar  ekan,  uni  yaqindan  bilgan,  she’riyatining  haqiqiy 
ixlosmandi  bo'lgan  inson  sifatida  Abdulla  Oripovning  hayoti 
va  ijodi,  she’riy  asarlari  haqida,  buyuk  italyan  shoiri  Dante 
A ligerin in g  shoh  asari  -   «Ilo h iy  kom ediya»ning  o‘zbek  tiliga 
tarjimasi  hamda  Italiyadagi  «Dante  festivali»da  birga  ishtirok 
etgan  unutilmas  onlar  to ‘g ‘risida  chuqur  samimiyat  bilan  fik r 
yuritadi  va  shunday  ulug‘  ijodkor  bilan  yurtdosh,  zamondosh 
bo‘lganidan  behad  faxrlanishini  bayon  qiladi.
K itob   adabiyot  va  she’riyat  ixlosmandlari,  umuman,  barcha 
kitobxonlarda  katta  qiziqish  uyg'otadi,  deb  ishonamiz.
IS B N   978-9943-5213-2-2
U O ‘K   821.512.133-4(092)0ripov  A. 
K B K   83.3g(50‘)
©  Q .A b d u ra h m o n o v  
©  G ba fu r (i'u lo m   n om id:t"i 
n ash riyot-m atbaa ijo d iy   uyi, 
2018

BU YU K LA R  KAHKASHONIDA
SOZBOSHI
0 ‘zbekiston  Qahramoni,  0 ‘zbekiston  xalq 
shoiri  Abdulla  O ripov  bilan  kamina  o‘rtasida, 
o ‘ylab  qarasam,  o‘xshashlik  tomonlar  bisyor 
ekan.  Ikkalamiz  ham  bir  diyor  -   Qashqadaryo 
viloyatidanmiz, tumanlarimiz -  Koson va Chiroq- 
chi  bir-biridan  olisda  emas.  Bolaligimiz  ham 
ovloq,  to g ‘  etaklaridagi  Nekuz  va  T o ‘lako‘lda 
o'tgan.  Hatto  otalarimiz  -   O rif  bobo  Ubaydullo 
o ‘g ‘li  va  Abdurahm on  X o ‘jaxon  o‘g ‘lining  ham 
mehnat  faoliyatlari  bir  xil  bo‘lgan  -   ularning 
har  ikkisi  ham  jamoa  x o ‘jaliklariga  rahbarlik 
qilishgan.
Faqat  shugina  emas,  o ‘rta  maktabda  o ‘qib 
yurgan  paytlarim da  men  ham  she’rlar  mashq 
qilib  yurganman.  Bir  necha  she’rlarim   tuman 
gazetasida  bosilib  chiqqan.  M en  ham  o ‘rta 
maktabni  Abdulla  Oripovdek  oltin  medal  bilan 
bitirib,  Toshkent  davlat  (hozirgi  0 ‘zbekiston 
M illiy) 
universiteti 
jurnalistika 
fakultetiga

Qalandar  ABDURAHM ONOV
hujjat 
topshirganman. 
Lekin 
taqdir 
ekan, 
otamning  maslahati  asosida  keyin  iqtisodchi 
mutaxassisligini  tanladim.
Kasbi-korim iz  turlicha  bo‘lsa  ham,  Abdulla 
O ripov bilan qalin d o‘st, maslakdosh edik. K atta- 
kichik yig'inlar,  tadbirlarda birga qatnashardik, 
chet el mamlakatlariga tashriflarda ham ko‘pin-

B UYUK LAR   KAHKASHONIDA
cha birga bo‘lardik. Bu ulug‘ inson men rahbarlik 
qilayotgan  G.Plexanov  nomidagi  Rossiya  iqti- 
sodiyot  universiteti  Toshkent  filialining  doim iy 
aziz  mehmoni  edi.  Abdulla  Oripov  talaba 
yoshlarimiz,  professor-o‘qituvchilarim iz  bilan 
uchrashishni  nihoyatda  xush  ko‘rar, 
biror 
tadbirim izga  kelmasdan  qolmasdi.
Bizning  oliy  ta ’lim  muassasamizda  faoliyat 
olib  borayotgan  adabiyot  ixlosmandi,  chiroq- 
chilik  Jabbor  R o‘ziyev  bilan  Abdulla  O ripov 
qalin  do‘st  va  ulfat  bo‘lishgani  sababli  bu- 
yuk  shoir  o g ‘amiz  G.Plexanov  nomidagi  Ros-

Qalandar  ABDURAHM ONOV
siya  iqtisodiyot  universiteti  Toshkent  filia- 
limizda  o‘tkaziladigan  barcha  bayramlar  va 
tadbirlarda  albatta  ishtirok  etardi.  Abdulla  aka 
har safar bizga yangi yozilgan she’rlaridan o ‘qib 
berar,  professor-o‘qituvchilarim iz  va  talaba 
yoshlarimizni  xursand  qilardi.
Abdulla 
Oripovning 
oliy ta’lim muassasamiz 
bilan  doim iy  aloqada 
bo‘lgan,  talaba  yoshla- 
rimiz 
m a’na-viyatini 
yuksaltirishga 
qo‘sha- 
yotgan  katta  hissasini 
inobatga olgan holda,  II- 
m iy  kengashimiz  u  ki- 
shini  «Universitet  Tosh­
kent  filialining  Hurmat 
belgisi»  nishoni  bilan 
taqdirlash 
to‘g ‘risida 
qaror  qabul  qildi.
Abdulla  O ripovga  ushbu  nishon  tantanali 
vaziyatda 
topshirildi. 
Xalq 
shoiri 
o ‘ziga 
bildirilgan  bu  ehtirom ga  javoban  Filialimizga 
yanada  qadrdon  bo‘lib  qoldi.  Uning  samimiy 
chiqishlari,  u  kishi  ishtirokidagi  she’rxonlik
Ф
 
8
 
ф

BUYUK LAR  KAHKASHONIDA
kechalari  pedagogik  jamoamizni  ham,  talaba 
yoshlarimizni 
ham 
adabiyotga, 
she’riyatga 
chinakam  oshno  qildi.
Filialimizda  o‘tkazilgan  Abdulla  Oripovning 
rus  tilida  chop  etilgan  «Blagoslovleniye  projitoy 
m noy»  she’riy to ‘plamining taqdim oti chinakam 
she’riyat 
bayram iga 
aylandi. 
Taqdim otda 
ishtirok  etgan,  taniqli  shoir,  Abdulla  O ripov 
she’rlarini  rus  tiliga  tarjima  qilib  kelayotgan 
A.Faynberg,  shoir  R.Farhodiy  va  boshqalar 
bunday  uchrashuvlar  bo'lajak  iqtisodchilarning 
m a’naviy  dunyosini  boyitishga  xizmat  qilishini 
alohida  ta ’kidladilar.
0 ‘z vaqtida buyuk italyan shoiri Dante A lig eri 
«Ilo h iy   kom ediyasi»ning  ustoz  ijodkorim iz  to- 
monidan  tarjima  qilingan  «D o ‘zax»  qismi  be- 
vosita  bizning  oliy  o'qu v  yurtim iz  tomonidan 
nashr  etildi,  shu  munosabat  bilan  Dante  ijodiga 
b ag‘ishlangan xalqaro  konferensiya  ham tashkil 
etildi.  K eyin  esa  Italiya  hukumati va  M adaniyat 
vazirligi  taklifiga  ko‘ra,  Abdulla  O ripov  va  men 
har yili Italiyada o ‘tkaziladigan an’anaviy Dante
9

Qalandar  ABDURAHM ONOV
bayramida  fa x riy   mehmonlar  sifatida  ishtirok 
etish  sharafiga  muyassar  bo'ldik.
M en  she’riyat  ixlosmandi  sifatida  Abdulla 
Oripovning Toshkent davlat universitetida tahsil 
olayotgan  paytdagi  ilk  she’rlaridan  boshlab  uni 
butun  dunyoga  mashhur qilgan  asarlarigacha  -  
hamma-hammasini  qayta-qayta  o ‘qir,  ulardan 
ilhomlanar,  yurtdoshimning  badiiy  mahorati 
tobora  yuksalib  borayotganidan  qalbim  qu- 
vonchga  to‘lar  edi.
Shoir  ijodida  mavzular  hayotning  o‘zi  qadar 
rang-barang.  Ayniqsa,  uning  har  bir  satridagi 
xalqona  hikmat  va  falsafa,  betakror  tashbeh  va 
topilmalar  bu  she’riyatni  yuksaklikka  ko'tardi. 
Abdulla  Oripovning  asarlarida  shoirona  musho- 
hadaning  qam rovi  keng:  ezgulik  va  yovuzlik, 
shafqat  va  mehrsizlik,  inson va  tabiat,  urush  va 
tinchlik,  ajdodlar  va  avlodlar,  boshqa  juda  ko‘p 
hayotiy,  dolzarb  masalalar uning  ijodida  yetakchi 
mavzulardir.  Taniqli  yozuvchi  Nazar  Eshonqul 
otashin shoirning g ‘oyat serqirra ijodkor ekanini 
ta ’kidlab: «U ning she’riyatida Oybekka xos nozik 
poetik  tashbeh,  Cho‘lponga  xos  hissiyot,  Hamid 
Olimjonga  xos  jo ‘shqinlik,  G ‘afur  G ‘ulomga  xos 
donishmandlik  u y g ‘unlashib,  60-yillarda  o ‘zbek

BU YU K LA R   KAHKASHONIDA
she’riyatini  odam  qalbi  bilan  barobarlashgan 
pog‘onaga  ko'tarib  q o ‘yd i»,  deb  yozganida  to‘la 
haq  edi.  Abdulla  Oripovning  o‘zi  esa  shoirlik 
kredosini  soddagina  qilib,  lekin  q a t’iy  tarzda 
bunday  bayon  qilgan  edi:
M en  -   shoirman,
Istasangiz  shu,
0 ‘zimniki  erur  shu  sozim. 
Birovlardan  olmadim  tuyg'u, 
0 ‘zgaga  ham  berm am   ovozim.
Albatta,  ijodining  ilk  pillapoyalariga  qadam 
qo‘yayotgan shoir uchun bu satrlar balandparvoz 
da’vodek  tuyulishi  mumkin.  Am m o  Abdulla 
O ripov she’riyatga chaqnoq yulduzdek porlab va 
o‘ta shiddat bilan kirib kelganini tan olmaslikning 
iloji y o ‘q.  X X  asrning  60-yillari  boshida  Abdulla 
Oripovning  matbuotda  birin-ketin  e ’lon  qilin- 
gan  «Sen  bahorni  sog‘inm adingm i?»,  «M en 
nechun  sevaman  0 ‘zbekistonni?»,  «D orboz», 
«M u n ojot»n i  tinglab»  va  «M itti  yulduz»  deb 
nomlangan ilk she’riy to‘plamidan o‘rin olgan va 
boshqa betakror she’rlari adabiyot ixlosmandlari 
o ‘rtasida  q o ‘lm a-qo‘l  bo‘lib,  ular  tomonidan 
darhol  yod  olinganini,  ba’zilari  qo‘shiq  sifatida 
mashhur  bo‘lib  ketganini  juda  yaxshi  bilaman. 
Qilni  qirq  yoradigan  munaqqidlarning  e ’tirof
f  
11 
f

Qalandar ABDURAHM ONOV
etishlaricha, Abdulla Oripovning shoir sifatidagi 
salohiyati  avvalo  o ‘z  eli,  o ‘z  yurtiga  cheksiz 
mehr-muhabbati,  hamisha  xalq  dardi  bilan 
yonib,  undan  ilhom  olib  yashagani,  binobarin, 
chuqur xalqchilligi,  hayotiy salm og‘i,  m illiy ruhi 
bilan  belgilanadi.
Taniqli  adabiyotshunos 
Umarali  N orm a- 
tovning  guvohlik  berishicha,  bir  guruh  shoir  va 
adiblar  atoqli  yozuvchim iz  Abdulla  Qahhorning 
bog‘ida  sayr  qilib  yurishganlarida  Said  Ahm ad 
ustoz  Abdulla  Qahhorga:
-   Siz  « 0 ‘tmishdan  ertaklar»  qissangizga 
m ittigina  boshlovchi  shoir  Abdulla  O ripov 
satrlarini epigraf qilib keltiribsiz,  -   debdi andak 
quvlik  bilan.
Shunda  Abdulla  Qahhor  biroz  sukut  saqlab, 
xayolga  tolib:
-   Bu  borada  ko‘p  o ‘ylab  ko'rdim,  -   debdi. 
So‘ng:  -   Oldinroq  Abdullajon  iltimosimga  ko‘ra 
«N u rli  cho‘q qila r»ga  epigraf  uchun  to‘rt  satr 
she’r  yozib  bergan  edi.  Bu  galgisi  butunlay 
boshqacha  bo‘ldi...  Esimni  taniganimdan  beri 
meni  qiynab  kelayotgan,  to‘rt  yil  ter  to‘kib 
ifoda  etmoqchi  bo‘lgan  ko‘nglim dagi  gapni, 
g ‘a m -g ‘ussani  siz  «m itti»  shoir  degan  bu  bala
t  
12 
f

B UYUK LAR   KAHKASHONIDA
(ustoz adib  «b ola»  so‘zini  qo‘qonchasiga  chiroyli, 
shikasta ovozda «bala» deb talaffuz etarkan) to‘rt 
satrda  qoyil  qilib  aytib  qo‘yibdi.  «M u nojot»n i 
tinglab»  she’ridan  olingan  o‘sha  satrlar  asarga 
o ‘z-o‘zidan  tayyor  epigraf  bo'lib  kirib  keldi:
Eshilib,  to‘lg ‘onib  ingranadi  kuy,
A srlar  g'am idan  so‘ylar  «M unojot».
K u y i  shunday  bo‘lsa,  g ‘amning  o‘ziga 
Qanday  chiday  olgan  ekan  odamzod!
Bu satrlar go‘yo ay- 
ni « 0 ‘tmishdan ertak- 
lar»  uchun  yozilgan- 
dek.  Qissaning  m a’no- 
mohiyatini  -   pafosini 
bundan  aniqroq,  yor- 
qinroq  ifodalaydigan 
boshqa  bir  so‘z  topish 
mumkinmi?!
Shu  payt  birdan 
quyosh  bulut  pana- 
sidan chiqib, tevarak- 
atrof  yorishib  yash- 
nab  ketibdiyu  Abdul­
la Qahhorning bog‘idan
f   13  f

Qalandar  ABDURAHM ONOV
bulbulning  shodon  ovozi  eshitila  boshlabdi.  A d ib  
bir  dam  sehrli  sadoga  g ‘arq  bo‘lib  turibdi-da:
-   Bulbulning  sayrashini,  yangroq  ovozini 
eshitmagan,  undan  zavq  olmagan  zot  y o ‘q. 
A m m o  bulbulning  o‘zini  k o‘rganmisizlar?  -  
deya  savol  tashlabdi.
Abdulla  Qahhor  bilan  birga  sayr  qilayotgan 
Said  Ahmad,  Ozod  Sharafiddinov  va  Umarali 
N orm atov  bulbulni  ko‘rmaganini  aytishibdi. 
Abdulla  Qahhor  fikrini  davom   ettiribdi:
-   Qishloqdagi  hovlimizda  bir  tup  qizil  olma 
bo‘lardi.  Har  yili  bahorda  gullaganida  qo‘shaloq 
bulbul  gullar  chamani  orasida  hafta  davomida 
basma-basiga  to'lib-toshib  sayrashardi.  H ar-
She’riyatda  kutilmagan  yangi 
nafas  paydo  bo‘ldi.  Tomchini  ku- 
zatgan 
bo'lsangiz, 
to'lishganidan 
keyin 
tomadi. 
Abdulla jonning 
she’rlari  ham  ana  shunday.  Oldin 
so‘zma-so‘z,  satrma-satr  yuragi 
qonida  qaynab  pishadi.
Abdulla  QAHHOE

B UYUK LAR   KAHKASHONIDA
chand  urinmaylik,  ularni  k o‘rolmasdik.  Faqat 
men  emas,  oilamizdan  hech  kim  ko‘rmagan...
Abdulla  Qahhor  bosh  barm og‘ini  ko‘rsatib, 
bunday  degan  ekan:
-  
Bulbulning jussasi shu barmoqning uchidek 
keladi. Uning yuragi jussasidan o‘n barobar katta. 
T o ‘lib,  yurakdan  sayraganida  go‘yo  dunyoni 
titratadi.  A n avi  «m itti»  shoir  «bala»nin g  yuragi 
ham jussasidan o‘n chandon kattadir-ov...  «M itti 
yulduz»  kitobchasini varaqlab ko‘ring. Shu mitti 
shoir  qalb  tubidan  sharsharadek  otilib  chiqqan 
satrlar  qalblarni  larzaga  soladi.  Hali  ko‘rasizlar, 
uning  ovozi  olis-olislarga  yetib  boradi...
Chindan  ham,  Abdulla  O ripov  o‘z  xalqining 
m ag'ru r  ovozi  bo‘lib,  uni  dunyoga  tanitishga 
xizmat  qildi.  Shunday  betakror  iste’dod  egasi, 
hassos  qalb  sohibi  bizning  oramizda  yashab 
o ‘tdi.  Bunday  benazir  siymo  bilan  bir  yurtda, 
bir  zamonda  yashab,  uning  she’rlarini  uning  o ‘z 
ovozi,  nafasi  bilan  eshitish  albatta  katta  sharaf.
Tabiiyki,  bunday  ulug‘  zotlar  haqida  esdalik 
yoki  xotira  yozish  oson  emas.  M en  bunga 
da’vo  qilmoqchi  emasman,  faqat  adabiyotimiz 
uchun,  Abdulla  Oripovdek  nurli  siymo  haqida 
o ‘zim  bilgan,  guvoh  b o‘lgan  voqealarni  kelajak

Qalandar  ABDURAHM ONOV
avlodlarga  imkon  qadar  batafsil  etkazish  uchun 
foydasi  tegar,  degan  maqsadda  u  kishi  haqida 
bilganlarimni  q o g ‘ozga  tushirdim.
Hech  shubhasiz,  Abdulla  O ripov  haqida  eng 
muhim  so‘zni  shoirning  o ‘zidan,  u  kishining 
ustozlari, zamondosh do‘stlari, atoqli ijodkorlardan 
o‘tkazib  hech  kim  ayta  olmaydi.  Shuning  uchun 
kitobda  Abdulla  Oripovning  she’rlaridan,  ulug‘ 
shoir va  adiblar,  adabiyotshunos  olimlarning  bu 
mumtoz siymo haqidagi fikrlaridan namunalarni 
e ’tiboringizga  havola  qilmoqdamiz.  Birinchidan, 
bu  hurmat  ifodasi  bo‘lsa,  ikkinchidan,  bizning 
yozganlarim iz  ana  shu  insonlarning  fikrlariga 
ozgina  bo‘lsa  ham q o ‘shimcha  kiritsa,  ularni  bo- 
yitishga  xizmat  qilsa,  o'zimni  behad  baxtiyor 
his  etardim.
Abdulla  O ripov  bir  she’rida  «Е1  qo'llasa, 
azizim,  omon  bo‘lsak  ajabmas»,  deb  yozgan 
edi.  Haqiqatan  ham,  sevimli  shoirimiz  doimo  el 
ard og‘ida  bo‘lib,  uning  mehridan  bahramand 
bo‘lib  yashadi.  0 ‘zi  ham  she’rlarida,  asarlarida 
xalqimizni,  ona  diyorimizni  zo‘r  muhabbat 
bilan  kuylab,  unga  farzandlik  hislarini  yuksak 
pardalarda  bayon  qildi.
t   16  f

BUYUKLAR  KAHKASHONIDA
Bir  so‘z  bilan  a y tg an d a,  A bdulla  O ripovni, 
uning boy ijodiy m erosini el m eh rid an , 0 ‘zbekis- 
tonim iz  qiyofasidan  ay ri  ta s a v v u r  etolm aym iz.
X alqim izning  fax r-iftix o rig a,  o‘zbekona  do- 
n ishm andlik  ram ziga  aylanib  k e tg a n   u lu g ‘  shoi- 
rim iz yana b ir s h e ’rid a -  atoqli ru s shoiri N ikolay 
N ekrasov  xotirasiga  b a g ‘ishlovida  b u y u k la r 
kah k ash o n id a,  y a ’ni  yulduzli  osmon,  somon 
y o ‘lida  shoir  bo‘lish  oson  em asligini  t a ’kidlaydi.
Abdulla aka o‘zi ham  b u y u k lar kahkashonida -  
u lu g ‘  ijodkorlar  d av rasid a  shoir  bo‘lish,  o‘z  sozi, 
o ‘z  ovoziga  ega  b o ‘lish  n a q a d a r  qiyin  ekanini 
b ir  u m r  his  etib,  doimo  izlanish,  intilish  bilan 
y ashadilar.  B u y u k lar  dahosiga  intilib,  u la rd a n  
ib ra t  olib,  b u   k ah k ash o n d a  o‘rniga  ega  b o ‘lish 
u ch u n  h a ra k at qildilar. Shuning uchun u kishining 
A b u   Ali  ibn  Sino,  A lisher  Navoiy,  A m ir  T em u r, 
D an te  A ligeri  kabi  u lu g ‘  zotlarning  hayoti  va 
ijodiga  q a y ta -q a y ta   m u ro ja a t  qilganlari,  jah o n  
m ad an iy ati,  adabiyoti  va  s a n ’atini  bir  b u tu n  
hodisa  deb  ta s a v v u r  etgani  zam irida  ju d a   k a tta  
m a ’no  bor.  Y a’ni,  u lu g ‘  ustozlarning  o'zlari  h am  
an a  shu  b u y u k   m ezonlar  keng lik larid a  yashab,

Qalandar  ABDURAHMONOV
ijod  qilib,  xalqim iz,  milliy  adabiyotim iz  u c h u n  
beb ah o   a sa rla r  y a ratd ilar.
Biz  b u g u n   A bdulla  O ripov  deganda,  b u - 
y u k la r  k ah k ash o n id a  m unosib  o‘rin   egallagan 
u lu g ‘  o‘zbek  shoiri,  adibi  va  jam o at  arbobini 
tushunam iz. 
S hu n in g  
u c h u n  
h am  
u sh b u  
risolam izga  «B uyuklar  kahkashonida»  deb  nom  
q o ‘yishga  q a ro r  qildik.  S h e ’riy a t  k ah k ash o n id a 
y u ld u zd ay  
porlab 
tu rg a n  
A bdulla 
O ripov 
a sa rla rid a n   b a h ra m a n d   b o ‘lib,  el-y u rtim izg a 
u  kishi  kabi  halol  xizm at  qilish  ham m am izga 
nasib  etsin.

BUYUKLAR  KAHKASHONIDA
UMRBOQIY  ISTE DOD
A bdulla  O ripov  s h e ’riy atid a  xalq  qalbiga 
yaqinlikni,  xalq  dilidagi  quvonch  va  shodlik, 
arm o n   va  d a rd la rn i  ju d a   c h u q u r  his  etasiz. 
A toqli  shoir  x uddi  q u m   b a rx a n id a n   oltin 
z a rralarin i  saralab   olgandek,  bir  q a ra sh d a  
oddiy,  xalqona,  am m o  m a ’n o -m azm u n  jih a tid a n  
nodir  so‘zlarni  topib,  o‘rn id a  ishlatishi  bilan 
u larn i  dilni  y a y ra ta d ig a n   sehrli  kuy,  ohangga 
a y la n tira   oladi.  K o‘pchilikka  yod  b o ‘lib  k e tg a n  
«Sen 
b ah o rn i 
sog'inm adingm i?» 
s h e ’ridagi 
sa trla rn i  eslaylik:
Olisdagi  zalvorli  tog‘lar 
Xayolimni  keldilar  bosib.
Oltdi  qancha  hijronli  chog‘lar 
Vasling  menga  bo‘lmadi  nasib.
Sensiz  men  ham,  bahor  ham  g‘arib,
Sen  bahorni  sog‘inmadingmi?

Qalandar  ABDURAHMONOV
... - r
Abdulla  Oripov.  -   Shoir!  Shoir
bo'lganida  ham  anov-manovlar-
dan  emas.  Xudo  butun  qilib  ber-
ganlardan.  Zo‘r!
MIRTEMIR,
0 ‘zbekiston xalq shoiri
A bdulla  O ripov  xalqona  obrazlar,  ibora  va 
ta sh b e h la r,  h ay o tiy   m an z a ra la r  orqali  te ra n  
falsafiy  m a ’nolarni  ifoda  etadi.  S h u   ta riq a  
ijodining  ildizlari  n a q a d a r  c h u q u r,  p u rm a ’no, 
xalq  ijodi,  b u y u k   salaflari  ta fa k k u ri  bilan 
bevosita 
bog‘liq, 
u larn in g  
davom i 
ekanini 
isbotlaydi. Ijodkor s h e ’rlarin in g  kuchi va jozibasi 
u larn in g   xalq  diliga  yaqinligida,  tom   m a ’nodagi 
xalqchilligidadir.  S hoir  o‘z  qalbini  m a h o ra t 
bilan  ta rjim a   qiladi,  ta rjim a   u c h u n   esa,  hech 
shubhasiz,  so‘z kerak. Bu so‘z esa xalqning a srla r 
davom ida  sayqallangan,  zam onlar  sinovidan 
o‘tg a n   o‘z  so‘zidir.
S h u n in g   u c h u n   h a m   xalqim iz  u ning  h a r 
bir  s h e ’rini  intiqlik  bilan  k u ta r,  gazeta  yoki 
ju rn a ld a ,  kitob  holida  chop  etilishi  bilan  u larn i 
topib  o‘qir,  yod  olardi.  D alada  h am   d eh q o n lar

BUYUKLAR  KAHKASHONIDA
tu sh lik   p a y tid a   A bdulla  O ripov  s h e ’rlarin i 
o‘qiyotganlarini,  bola  emizib  o‘tirg a n   ayollar 
u larn i 
berilib 
ting lay o tg an in i 
ko'rganm iz. 
S h e ’rlarin i  tin g lag an   chollar,  u m rin g   uzoq 
b o ‘lsin,  o‘g ‘lim,  deb   alq ag an lari  h am   bor  gap.
A yniqsa, istiqlol yillarida A bdulla O ripov ijodi 
ch in ak am   q a d r-q im m a t  topdi.  A bdulla  O ripov 
m u staq il  O ‘zbekistonning  d av lat  m adhiyasi 
m atn in i  yozdi.  U ning  ijo- 
dida  ozod  V atan,  e rk in   va 
ozod  xalq  m avzusi,  m u sta - 
qillikni  a sra sh   va  m u sta h - 
kam lash   m asalasi  y etak ch i 
o‘rin g a  chiqdi.
Abdulla  Oripov  1998-yi- 
li  V atanim izning  oliy  m u - 
kofoti  -   « 0 ‘zbekiston  Q ah- 
ram oni»  unvoniga  sazovor 
b o ‘ldi.
0 ‘zbekiston  R espublikasining  B irinchi  P re - 
zidenti  Islom   K arim ov  A bdulla  O ripov  sh ax - 
sini,  ijodini,  u ning  b e ta k ro r  is te ’dodini  b eh a d  
q a d rla r  edi.  Ozod  S harafiddinov,  Said  A hm ad, 
M u h am m ad  
Y usuf 
kabi 
atoqli 
adab iy o t 
n am o y an d alari  q ato ri 
uni 
h am   m a ’n av iy - 
m a fk u ra v iy   sohada  o‘zining  ishonchli  safdoshi 
deb   bilar  edi.
f   21  f

Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 83%20Адабиётшунослик
Elektron%20adabiyotlar -> Namangan davlat universiteti
Elektron%20adabiyotlar -> Binolar zilzilabardoshligi. Rahmonov B, Siddiqov M.pdf [Abdurasulboy madrasasi]
83%20Адабиётшунослик -> O zbek mumtoz adabiyoti tarixi
83%20Адабиётшунослик -> Abdurashid abdurahmonov turkiy adabiyotning qadimgi davri
83%20Адабиётшунослик -> Namangan davlat universiteti obid jon karimov
83%20Адабиётшунослик -> O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti
83%20Адабиётшунослик -> N iz o m iy n o m id a g I t o s h k e n t davlat p e d a g o g ik a u n IV e r s it e t I mamasoli jumaboyev
83%20Адабиётшунослик -> 0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Download 5.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling