Abduraimov Shahzod Mavzu seminar Savollar : “Arxiv ishi


Download 52 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi52 Kb.
#217407
Bog'liq
1 mavzu



Abduraimov Shahzod

1.Mavzu seminar

Savollar : 1. “Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti” fanining maqsadi.
2. 
Fanning o‘rganish usullari.
3. 
Arxivlarning turlari.
4. 
Arxivlarning ijtimoiy ahamiyati.
5. 
Arxivlarning tarixiy evolyutsiyasi.
6. 
Kurs bo‘yicha asosiy tushunchalarni ta’riflang.
7. 
O‘zbekiston Respublikasining “Arxivlar to‘g‘risida”gi Qonuni.
8. 
Milliy Arxiv fondi.
9. 
Arxiv hujjati nima? Qanday hujjatlar turini bilasiz?
10. 
Xorijda arxiv haqida qanday talqinlar mavjud?
Ma’naviyatni va tarixiy xotirani tiklash O‘zbekistonni suveren, xuquqiy demokratik davlat sifatida rivojlanishi va mamlakatni xalqaro hamjamiyatga faol integratsiyasini ta’minlash uchun O‘zbekistonda arxiv ishiga alohida e’tibor bilan qaralmoqda. Chunki arxivlar insoniyat tarixini moddiy saqlovchi vosita bo‘lib, bugungi kunda xalqimiz tarixi jamiyatni rivojlanishi uchun ulkan ahamiyat kasb etadi. Arxivlar o‘zidayozma, ilmiy-texnik, audio-vizual, elektron ma’lumotlarni saqlanishi bilan qimmatbaxo tarixiy manbalar majmuinisaqlovchi muassasa hisoblanadi. Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti fani o‘qitishdan maqsad bo‘lajak arxivshunoslarni arxivlar tarixi, arxivlar faoliyatini tashkil qilish, arxiv xujjatlarini yig‘ish asoslarini, arxiv materiallarini saqlash va ulardan foydalanishga o‘rgatishdan iborat.
Arxiv manbalari qadimgi zamonlardan beri turli sohalarning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etib kelgan. Ularning asosida iqtisodiy masalalarni yechish, ijtimoiy muammolarni hal qilish, hatto siyosiy nizolarni bartaraf qilish mumkin. Zero, arxiv jamg‘armalarida saqlanuvchi hujjatlar aksari hollarda birlamchi manba bo‘lib hisoblanadi va qimmatli ma’lumotlarni o‘z ichida mujassam etadi.
Masalan, o‘tmishda arxivlar yordamida foydali qazilmalar joylashgan yerlarni aniqlash, temir yo‘l qurilishlari loyihalari va suv qurilish inshootlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni jamlash keng tarqalgan. XX asrni 30-yillarida arxiv ma’lumotlari asosida turli sohalar tarixini yoritish va sohaga tegishli ma’lumotlarni to‘plash ishlari yanada jadallashdi. Urush davrida arxivlar reja va xo‘jalik tashkilotlariga ularni faoliyatiga samarali yordam beruvchi qimmatli chizmalar, rejalarni topib, qidiruv ishlarida va sanoat ob’ektlarini qurilishi muddatlarini sezilarli darajada qisqartirishda yordam ko‘rsatadilar. Urushdan keyingi davrda xam vayron bo‘lgan fabrikalar, zavodlar va boshqa xo‘jalik inshootlari, qadimiy tarixiy yodgorliklarni qayta tiklashda juda katta yordam bergan. Hozirgi zamonda arxiv hujjatlariga bo‘lgan talab va qiziqish toboro ortib borayotgani kuzatiladi. Arxiv ma’lumotlari davlat hokimiyati tomonidan belgilanadigan vazifalarni bajarish, ilmiy tadqiqotlar olib borish, aholining ijtimoiy so‘rovlariga javob qaytarish, mulkiy munosabatlarda vujudga keladigan muammolarni huquqiy jihatdan to‘g‘ri hal etish, madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish ishlarida manbaviy asos bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbekiston respublikasi arxiv ishi sahasiga oid huquqiy-me’yoriy hujjatlarda keltirib o‘tilishicha, respublikada davlat va nodavlat arxivlarini tashkil etishga ruxsat berilgan.Davlat arxivlariga: O‘zRMAF hujjatlarini o‘zida doimiy saqlaydigan O‘zbekiston Milliy arxivlar;Shahar davlat arxivlari;Viloyatlar davlat arxivlari;Tumanlar arxiv muassasalari.O‘z hujjatlarini o‘zlarida doimiy saqlash huquqiga ega bir qator idoraviy arxivlarni kiritish mumkin.
Nodavlat arxivlariga:Xususiy korxonalar arxivlari;Xayriya jamg‘armalari arxivlari;Qo‘shma korxonalar arxivlari;Shaxsiy arxivlarni kiritish mumkin. Shuningdek, davlat tashkilotlarida ularning hujjatlarini vaqtincha saqlash va tegishli davlat arxiviga doimiy saqlovga topshirish bilan shug‘ullanuvchi idoraviy arxivlar ham faoliyat ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, respublika hududida maxfiy arxivlarni tuzishga ruxsat berilmaydi.
Arxiv deganda hozirgi davrda qimmatli hujjatlar, ma’lumotlar saqlanadigan joy, shuningdek, shunday manbalarning ma’lum majmuasi tushuniladi. Arxiv so‘zi yunoncha “archive” – “archive” so‘zidan olingan bo‘lib, “saqlanadigan joy”, “mavjud joy” ma’nosini beradi. Shuningdek, “Arxiv” atamasi lotinchada “arxivium” – “archivium” – “hukumat binosi” deyilgani ma’lum. Ushbu atama qadimgi davrlardan muomalaga kiritilgan. Arxiv tushunchasi orqali arxiv hujjatlari, arxiv tashkilotlari ularni tuzilmalari, hujjatlarni saqlovchilar manfaatlari uchun qabul qilish va saqlanishni amalga oshiruvchi tashkilot va muassasalar tushuniladi.
Arxivlar o‘zining funksiyalariga ko‘ra ikki guruxga - davlat arxivlari va tashkilot arxivlariga bo‘linadi.
Davlat arxivlari – hujjatlarni kelgusida foydalanish maqsadida yig‘ishni, saqlashni tashkil qilish uchun shug‘ullanadigan tashkilot hisoblanadi. Davlat arxivlarida o‘zida (doimiy va abadiy) muhim arxiv hujjatlarini saqlaydi. Davlat arxivlarini asosiy vazifasi-tarix faniga xizmat qilish hisoblanadi. Shuning uchun davlat arxivlarini-tarixiy arxivlar deb xam ataladi. Idoraviy arxivlar – tashkilotlarni faoliyatini ma’lumotlar bilan ta’minlashni tashkil qiluvchi, shu tashkilotni hujjatlarini o‘zida saqlovchi , tashkilot va muassasasalarni bo‘limiy tuzilmalari hisoblanadi. Undagi hujjatlarni muhim ahamiyatga ega bo‘lgan qismlari saqlanish vaqti tugagandan so‘ng tashkilotdan davlat arxiviga saqlash uchun jo‘natiladi. Arxiv hujjatlari-qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tegishli ekspertiza asosida arxiv ahamiyatiga molik deb topilgan matnli, qo‘lyozma va mashinada o‘qiladigan hujjatlar, ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinolentalar, suratli suratlar, suratligrafiya plyonkalari, chizmalar, sxemalar, xaritalar, shuningdek turli moddiy ashyolardagi yozuvlar.Arxiv jamg‘armasi - tarixiy yoki mantiqiy jihatdan bir-biri bilan aloqador arxiv hujjatlari majmui. Arxiv ishi - arxiv hujjatlarini qabul qilish, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni tashkil etishga oid faoliyat.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy Arxiv fondi - bu xalqimizni moddiy va ma’naviy xayotini aks ettiruvchi, tarixiy ahamiyat kasb etuvchi, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy ahamiyatga ega bo‘lib o‘zbekiston Respublikasida yashovchi xalqlarni tarixiy-moddiy xayotini ajralmas qismi bo‘lgan ma’lumotlar yig‘indisidir.O‘zbekiston Respublikasi Milliy Arxivi tarkibiga jamiyat uchun ahamiyatli bo‘lgan barcha hujjatlar kiritilgan.
O‘zbekiston xukumatini arxiv ishiga ajratilayotgan e’tibori “O‘zbekiston Respublikasining “Arxivlar to‘g‘risida”gi qonuni”, O‘zbekiston Respublikasining Milliy Arxiv fondi to‘g‘risidagi qaror, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2004 yil 3 fevraldagi № 49-sonli qarori O‘zbekistonda davlat arxivlarini boshqarish tizimini zamonaviy tuzilishini belgilab berdi.
Arxivlarning tarixiy evolyutsiyasi¬¬-O‘zbekiston hududida dastlabki arxivlarining vujudga kelishi uzoq tarixga borib taqaladi. Markaziy Osiyoda arxiv yozuv bilan bir vaqtda paydo bo‘lgan. Arxeologlar qadimgi Tuproqqaa’a harobalaridan Xorazm shohlariga tegishli II1-1V asr boshlariga oid qadimgi hujjatlardan iborat arxiv qoldiqlarini topishgan. 1930 yil boshlarida qadimgi Sug‘diyona davlatining Mug‘ tog‘lari xarobalaridan Devashtich arxivi ochilgan. Qazilmalar natijasida VIII asrga oid 80 dan ortiq qo‘lyozma hujjatlar topilgan. Tarixdan ma’lumki, Buxoroda IX-X asrlarda Abu Ali Ibn Sino foydalangan arxiv-kutubxona bo‘lgan. Markaziy Osiyoda arxivlar X1-XP asrlarda Xorazm davlatida, keyinchalik Oltin O‘rda, Temuriylar, Shayboniylar, Ashtarxoniylar, Buxoro amirligi, Xiva xonligi, Qo‘qon xonligi davrida ham mavjud edi. Yuqorida nomlari keltirib o‘tilgan arxiv hujjatlarining aksariyat qismi O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxivi fondlarida saqlanmoqda. Ushbu arxiv o‘zbek xalqining qo‘lyozma hujjatlari saqlanadigan eng katta, eng boy arxiv xazinasidir. Bu yerda saqlanayotgan eng qadimgi hujjatlar - vaqfnomalar bo‘lib, ular Chingizxon bosqini davridan boshlanadi. Bu arxivdagi hujjatlar XIII asrdan hozirgi kunlargacha bo‘lgan yillarni o‘z ichiga oladi.


Download 52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling