Abdurashid abdurahmonov turkiy adabiyotning qadimgi davri


sadoqati asosiy vazifani bajaradi. E’tibor bersak, har ikkala


Download 8.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/29
Sana05.12.2019
Hajmi8.37 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29

sadoqati asosiy vazifani bajaradi. E’tibor bersak, har ikkala 
asarda  ham  ularning  erlari  o ‘lgan  deb  hisoblanadi.  Lekin 
xotinlar  erlarining  k elishiga  ish on ish adi,  shu  sababli 
x u sh to rla rig a   sh artlar  q o 'y is h ib ,  v iso l  d a q iq a la rin i 
k ech ik tira  b osh la y d ila r.  H ar  ikki  asarda  ham   shart 
kam ondan  o ‘q  otish  bilan  bajariladi,  m usobaqada  esa 
ularning o ‘ldi deb hisoblangan, boshqa bir qiyofadagi erlari 
g ‘olib   k elish ad i  va  s o ‘ngra  o ‘zlarini  tan ish tirish ad i. 
Kamondan  o ‘q  otish  voqeasi  qahramonlar  taqdirida  hal 
qiluvchi  detallardir.  Ayni paytda  bu  detal  ikki  dostondagi 
syujet yaqinligining asl sababini ochib beruvchi vosita ham 
hisoblanadi. V.M. Jirmunskiy «Alpomish» va «Odisseya»da 
kamondan o ‘q otish voqeasi yaqinligini Gerodot asarlarida 
berilgan  skiflar afsonasiga  bog'laydi.
Kamon  majoziy  mazmunga  ega.  «Alpomish»da  kamon 
qabilaning  qadim gi  ota-bobolardan  qolgan  va  s o ‘nggi 
avlodlarga  ham meros  b o‘lib kelayotgan bir belgisi sifatida 
ko‘rinadi. Kamon Alpomishning bobosi Alpinbiyniki, Hakim 
yetti yoshida kamondan o ‘q uzib,  odamlarni qoyil qoldirib, 
Alpomish nomini olgan edi. Bu kamon unga butun umr b o ‘yi 
hamrohlik qiladi, taqdiridagi haqiqatni tiklash -  Barchinoyga 
yetishishida k o ‘maklashadi.  Alpomish  ham  kamonni  o ‘g‘li 
Yodgorga meros qilib qoldiradi. Yetti yoshli Yodgor o ‘n to ‘rt 
botmonlik yoyni k o‘tarishda Alpomish unga ilohiy kuchdan 
madad  so ‘rab  turishida  bu  mazmun  aks  etgan.  Dem ak, 
kamon  -   to ‘g ‘rilik,  bosqinchilarga  shafqatsizlik,  haqiqat 
qoshida  egilm aslik  ramzidir.  Bunday  ramziy  m a ’noni 
«Odisseya»dagi kamon voqeasida ham k o ‘ramiz.
Kamon  voqeasi  dastlab  turkiylar  mifologiyasidagi  Skif 
obrazi  bilan b og‘lanadigan b o ‘lsa,  «Alpomish» ham jahon 
adabiyotida  tamali  juda  erta  q o ‘yilgan  asarlar  qatoriga 
kiradi. Dostonda o ‘n to ‘rt botmonlik kamon egasi Alpinbiy
197

skiflar  -   qadimgi  turkiy  qabilalarining  bobosi,  Alpomish 
shu  boboning  qahramonligini  davom  ettirib,  o ‘z  qabilasi 
uchun  kurashib kelgan  xoqonlari,  Yodgor qavmning  orzu 
etilgan  so ‘nggi  qahramonidir.
Odisseyning taqdirida ham minglab jangchilaming hayoti 
umumlashtirilgan, deb aytish mumkin.  Odissey o ‘z xotini va 
y o lg 'iz   farzan d in i  20  y il  k o ‘ra  o lm ayd i.  U ru sh   va 
qiyinchiliklar tufayli vatanidan uzoqda yuradi. Skif shohlari 
Protofey  va  uning  o ‘g ‘li  M adi  28  yil  K ichik  O siyoga 
hukmdorlik qilar ekan, ular bilan jangu jadal yo'llarini bosib 
o ‘tgan   s k if  yigitlar  ham   sh u n ch a  yil  d a v o m id a   o ‘z 
xotinlaridan uzoqda yashaydilar. Gerodot «Tarix» kitobida 
bir  voqeani  keltiradi  (albatta,  bunga  ishonish  qiyin):  uzoq 
yillar davomida erlarini k o‘rmagan skif ayollari o ‘z qullariga 
erga chiqib ketadilar. Qullar esa skif jangchilari yurtiga qaytib 
kelishi,  xotini  va  bolalarining  oldiga  yaqinlashishiga  qurol 
olib  qarshilik  k o ‘rsatishadi.  Barchinoy  va  Penelopa  uzoq 
y illar  ja n g d a   ayriliq d a  yurgan  ja n g ch i  yig itla rn in g  
xotinlaridagi  sadoqatni umumlashtiruvchi  obrazlardir.
Y U N O N  VA TURKIYLAR ADABIYOTIDA 
TEPA K O ‘ZLAR OBRAZI
Yunon  va  qadimgi  turkiy  xalqlar  og‘aki  ijodidagi  yana 
bir  yaq in lik   bir  k o ‘zli  odam lar  haqidagi  syujetlardir. 
Akademik  V.M.Jirmunskiy  kuzatishicha,  Markaziy  Osiyo 
xalqlari  og'zak i  ijodida  bir  k o ‘zli  m axluqlar  haqidagi 
afsonalaming  12  xili  uchraydi.  «Odisseya»  («T o‘qqizinchi 
q o ‘sh iq » )d a   bir  k o ‘zli  o d a m x o 'r  o b ra zi  yaratilgan . 
Turkiylarning  qadimiylik  qatlami  saqlangan  «Qo'rqut  ota 
kitobi»da bunday obraz Tepa k o‘z nomi bilan beriladi. Savol 
tug'iladi:  bir  ko'zli  odamsimon  maxluqlar  dastlab  qaysi 
xalqlar  adabiyotida  paydo  bo'lgan.  F.Sulaym onovaning 
fikricha,  «Qadimiy  yunon  asarlari  bilan  bog'liq  bo'lgan
198

afsonalar  0 ‘rta  Osiyo  xalqlari  o ‘rtasida  tarqalishi  uzoq 
tarixga  ega».  O g‘zaki  ijodning  m ahsuli  b o ‘lgan  m if  va 
afsonalar  Markaziy  Osiyo  xalqlariga  ham  yetib  kelganiga, 
shubha  y o ‘q.  Lekin  bir  k o ‘zlilar  haqidagi  afsonalarning 
tu g ‘ilish  zam ini  qadim gi  sk if  turkiylarning  eposlariga 
bog‘lanadi.  VII  asrda  yashagan  Aristey  Markaziy  Osiyoga 
sayohat  qilib,  issedonlardan  bir  k o ‘zli  odam lar  haqida 
eshitadi  va  «Arimaspe»  dostonini  yaratadi.  Gerodot  bu 
dostonni  skiflar  hayoti  bilan  bog‘laydi.  Uning  yozishicha 
«arifa» skiflarda «bir», «spu» «ko‘z»  degan m a’noni beradi.
«O disseya»da  bir  k o ‘zli  odam lar  h aqidagi  hikoyat 
quyidagi mazmunga ega:
Odissey Troya urushidan  qaytar  ekan,  ularning kemasi 
bir  k o ‘zli  odam sim on  devlar-tsikloplar  yurtiga  tushib 
qoladi.  Odissey hamrohlaridan o ‘n ikki kishini olib,  orolni 
aylangani ketadi va bir g ‘orga to ‘g ‘ri keladi.  G ‘orda savat- 
savat  pishloqlar,  xumchalarda  qatiq-qaymoqlar  turar  edi. 
Bir mahal g'orga q o‘y va echkilar podasi kirib keladi. Uning 
orqasidan  m anglayida  katta  bir  k o ‘z  bitilgan  bahaybat 
Polifem paydo b o‘ladi.  Odissey va uning sheriklari q o ‘rqib 
ketishadi.  Polifem ularga baqirganicha ikkitasini bahaybat 
q o ‘llarida k o ‘taradi va yerga urib o ‘ldiradi.  S o ‘ngra ularni 
tilka-pora  qilib,  qozonga  soladi.  Ovqatlangach,  g ‘om ing 
o g ‘ziga tosh  qo‘yib,  uyquga ketadi.
Bu tosh shunchalik katta ediki, uni yigirma to ‘rt g‘ildirakli 
arava  ham  ko'tarolmas  edi.  Odiscyey  bir  k o ‘zli  maxluqni 
o ‘ldirishni  ch o‘tlaydi,  lekin  toshni  q o ‘zg ‘ata  olmasligiga 
ishonadi.  Ertasi  kuni  Polifem  yana  ikkita  odamni  o ‘ldirib, 
nonushta  qiladi  va  g ‘orning  og‘ziga  tosh  q o ‘yib,  mollarini 
boqqani  olib  ketadi.  Odissey  va  uning  sheriklari  g ‘orda 
yotgan xodalaming uchini kuydirishib, nayza qilishadi va uni 
yashirib q o‘yishadi.  Polifem kechqurun yana ikkita odamni 
o ‘ldirib, ovqat tayyorlaydi. Shunda Odissey o ‘zi tayyorlagan 
sharobdan  unga uzatadi.  Sharob Polifemga m a’qul tushadi
199

va  qayta-qayta  ichadi  hamda  kayfi  oshib,  uyquga  ketadi. 
Shunda Odisseyning ishorasi bilan sheriklari xodaning uchini 
o'tga  tutishib,  tsiklopni  k o ‘ziga  suqishadi.  Odissey  sharob 
tu tg a n id a  P o lifem g a   o ‘zin in g   ism in i  H ech  kim   deb 
tanishtirgan  edi.  K o‘ziga  kirgan  og‘riqdan  faryod  chekadi, 
bir  k o ‘zli  maxluqlar  g ‘or  o g ‘ziga  to ‘planadilar,  kim  xafa 
qilganligini  so ‘rashganda  «Hech  kim!»  deb  javob  beradi. 
Odissey  va  qolgan  sheriklari  q o ‘y-echkilarning  qorniga 
osilishib, g‘ordan chiqib ketadilar. Odissey kemaga joylashib 
olganidan  s o ‘ng  o ‘zini  tanishtiradi.  Polifem ning  otasi 
Poseydon  esa  o ‘g ‘lining  qasdi  uchun  uning  dushmaniga 
aylanadi.
Bir  k o ‘zli  maxluq  sk if  yoki  yunon  xalqlari  o ‘rtasida 
yaratilgan  b o ‘lmasin  uning  qiyofasida  odamlar  hayotiga 
chang soluvchi yovuz kishilaming obrazi umumlashtirilgan. 
Y un on   shoiri  A ristey  Q ofq az  t o g ‘laridan  oltoy g a ch a  
sayohatda b o‘lib,  bir k o ‘zli odamlar -  arimasplarni  skiflar 
mamlakati  bilan  bog‘laydi.  Professor X .G .K o‘ro‘g ‘li  xalq 
o g ‘zaki  ijodida  bir  k o ‘zli  odam sim on  m axluqlar  obraz 
tadqiqiga  b a g ‘ishlangan  m aq olasid a  U ral  va  Q ofqaz 
tog‘lari, Sibir va Qozog‘iston cho‘llarida yashaydigan turkiy 
xalqlar о ‘rtasida bir k o‘zli bahaybat maxluqlar haqida katta 
m aterial  t o ‘plaganligini  bayon  etadi.  Turkiy  qabilalar 
o ‘rtasida  Tepa  k o ‘z  -   k o ‘zi  manglayida  bitganlar  haqida 
afsonalar k o ‘pligining adabiy manbalari mavjud. Tepa k o ‘z 
qahramonlar  obrazi  qadimgi  o ‘g ‘uz  qabilalari  o ‘rtasida 
yaratilgandir.  Y unon  shoiri  Aristey  skiflar  mamlakatida 
sayohatda b o ‘lganida ajabmaski, o ‘g ‘uzlar o ‘rtasida mavjud 
ana shunday syujetlarni eshitgan bo'lsa. Odissey bir k o‘zlilar 
oroliga  tushib  qolgan joy  ham  Aristey  bosib  o ‘tgan  y o ‘l -  
Qora  dengiz  atroflda bo'lishi,  tabiiy.
0 ‘g ‘u zlarn in g  T ep a  k o ‘zlar  h a q id ag i  h ik o y a tla ri 
« Q o ‘rqut  ota  kitobi»da  o ‘rin  olgan.  Uning  asar  sifatida 
tug'ilishi  miloddan  avvalgi  VII  asrga  t o ‘g ‘ri  keladi.  Bu
200

eposda  Aruz (Afrosiyobning o ‘g‘li  deb  atalgan)ning  o ‘g‘li 
Bisot Tepa ko'zni o ‘ldiradi.  X .G .K o‘ro‘g ‘li k o ‘rsatishicha, 
«Q o‘rqut  ota  kitobi»dan  tashqari  o ‘g‘uzlar  bahaybat  bir 
k o ‘zlilar  haqida  yana  ikkita  afsonaviy  asar  yaratishgan. 
«Qo'rqut ota kitobi»ning VIII q o ‘shig‘i «Bisot Tepa ko'zni 
qanday qilib  o ‘ldirgani haqida» deb  nomlanadi.
Aruz dushman bilan qattiq jangqilgan paytda o‘zi turadigan 
yurt dan butun qarindoshlari bilan ko‘chib ketadi. Shunday to‘s- 
to ‘polon paytda o ‘g‘lini yo‘qotib qo‘yadi. Vaqtlar o ‘tishi bilan 
Aruz  yana  o ‘z  yurtiga  qaytib,  k o ‘chib  keladi.  Aruzning 
xizmatkorlari  bir  kuni  qamishlar  orasida  sher  bir  bolani 
emizayotganligini k o‘rib qolishadi.  Bu xoqonning o ‘g ‘li edi.
Tepa k o ‘zni esa Aruzning ch o ‘ponlari  q o ‘ylar orasidan 
topishadi.  Uning k o ‘rinishi odamga o ‘xshar, lekin bir k o ‘zli 
o ‘g‘il  bola edi.  Aruz bir  k o‘zli  bolani  o ‘zi  bilan  uyiga  olib 
ketadi, Bisot bilan birgalikda tarbiyalaydi. Tepa k o ‘z inson 
bolasi  nimani  esa,  shu  bilan  oziqlanliriladi.  Bisot  qanday 
tarbiya k o ‘rsa, shunday tarbiyalaydi.  Tepa k o‘z ulg‘aygani 
sari bolalarning burnini qonatadi, xalqning tinchligini buza 
boshlaydi.  0 ‘g‘uzlar  undan  zorlanadi.  Aruz  Tepa  k o ‘zni 
uydan quvib yuboradi. Tepa k o ‘z o ‘g ‘uzlar orasidan chiqib 
ketar ekan, katta to g ‘da makon quradi va o ‘tgan odamning 
y o iin i to ‘sib, qaroqchigaaylanadi. Dalada birortacho‘pon 
qolmaydi.  Tepa k o ‘z  hammasini  bir  boshidan  yeb  tamom 
qiladi. U  o ‘g ‘uzlarning boshlig‘idan har kuni 60 ta odamni 
yeyish  uchun talab qiladi.  Qurqut  ota u  bilan  muzokaraga 
borib,  unga  odamlar  o ‘rtasida  tarbiyalanganini  eslatib, 
ikkita odam va besh q o‘y keltirishga kelishadi. Tepa k o ‘zga 
qarshi  kurashga  kelgan  pahlavonlarning  hammasi  yem 
bo'lishgandi. Bu orada Bisot uzoq sayohatdan qaytib keladi. 
Jangda halok b o ‘lishini sezgan Tepa k o ‘z Bisotga yalinadi. 
Bisot  sher  bolasiga  xos  kuch-qudrat  bilan  uning  boshini 
oladi  va  o ‘g ‘uzlarni  yaxshilikni  bihnay  q on xo‘rlik  qilgan 
Tepa k o ‘z zulmidan  qutqazadi.
201

«Odisseya» va «Qo'rqut ota kitobi»da berilgan bahaybat 
bir  k o ‘zli  m axluq  h ikoyati  o'ziga  xos  g'oyaviy-estetik  
vazifani  bajargan.  Lekin  Tepa  k o ‘z  Polifem ga  nisbatan 
ancha  m ukamm al  chiqqan.  Tepa  ko'zning  yoshligidan 
o ‘lim igacha  b o'lg an   hayotida  m a ’lum  bir  shaxsning  -  
yaxshilikni yomonlik bilan qaytargan, sut bergan ota-onaga 
qarshi  qonxo'rlik  qilgan,  ona  yurti  va  xalqi  boshiga  zulm 
o'tkazgan  yovuz  kuchlarning  obrazi  umumlashgan.  Tepa 
k o ‘z  obrazi  o ‘g ‘uzlarni,  ayni  paytda  qadim gi  turkiy 
xalqlarni  qoni  qo'shilm agan  boshqa  yurt  kishisini  o ‘z 
qabilasi ichkarisiga olib kirmaslikdan saboq bergan, uning 
q iy o fa s i  o d am g a  o 'x s h a g a n lig i,  m eh r-m u h a b b a t 
ko'rsatishga uringani bilan dushmanlik yo‘lidan qaytmasligi 
badiiy  manzara orqali ko'rsatilgan.
Akadem ik jug'rofshunos  L.S.Berg  ham  «Ko'chuvchi 
etnograf syujetlar» maqolasida qozoq xalq og'zaki ijodidagi 
bir  k o 'z li  o d a m sim o n la r  a fso n a sin i  k eltirad i.  U nd a 
ifodalanishicha, qadim zamonlarda O'tim botir oltita sherigi 
bilan  hozirgi  Orskdan  o ‘tib  borar ekan,  choMda  bahaybat 
odam   q o ‘y  boqib  yurganini  ko'rishadi.  0 ‘tim  sheriklari 
bilan  uning  oldiga  yaqinlashadi.  Cho'pon  bir  ko'zli  dev 
b o ‘lib,  ulardan  bittasini  tutib  yeydi va qolganlarini  g ‘orga 
qamab,  chiqish joyini katta tosh bilan berkitadi.  Bir k o ‘zli 
dev uxlab  qolganida 0 ‘tim botir uning ko'ziga qizdirilgan 
nayza bilan sanchadi va g ‘ordan sheriklari bilan q o ‘y terisini 
yopinib  chiqib  ketadi.
Bu  afsonada  0 ‘timbotir  obrazi  Odisseyning  taqdiriga 
aynan  monanddir.
Y unon  tarixchilari  barcha  turkiy  qavmlar  t o ‘g‘risida 
to ‘la  tasavvurga  ega  b o ‘lmaganlar,  faqat  Qora  dengiz  va 
Kaspiy  dengizi  atrofida  yashagan  skiflar  hamda  ularning 
qavmlarini yaxshi bilishgan. Markaziy Osiyoda yashaydigan 
(ularni  forslar  sak  deb  atashadi)  yoki  uzoq  Shimoldagi 
skiflarningjoylariga bormaganliklari sababli ular to ‘g ‘risida
202

ham  yetarli  m a’lumotlar  berishmaydi.  Masalan,  Gerodot 
Xorasmiy  (xorazmlik)larni  tilga  olgani  holda  ular  haqida 
boshqa qavmlar (masalan, massagetlar)dek aniq m a’lumot 
keltirm aydi.  Y unonlar  uchun  sk if  qavmlari  afsonaviy, 
antiqa  odamlar  b o ‘lib  ko'rinadilar.  G o ‘yo  bu  o ‘lkalarda 
ran g -b ara n g  x u su siy a tli:  bir  k o ‘zli,  q ish d a   b o ‘riga 
aylanadigan, echki tuyoqli, tovuq tusli, burgut qanotli, tilla 
taqinchoqli,  boshida  sochi  boim aydigan  odamlar,  hatto 
oltin junli  q o ‘chqorlar ham bor deb  eshitadilar.
E n d ilik d a   bir  k o 'z li  b a h a yb a t  od am lar  h aq id a g i 
afsonalar  Q ofqaz  va  Ural  to g ia r i,  Sibir  kengliklari  va 
Q ozog'iston cho'llarida yashagan turkiy qavmlar o'rtasida 
k o ‘plab  uchrashi  aniqlandi.  Qozoq  etnografi  va  tarixchisi 
Ch.Valixonov (1835-1865) Tepako‘zlar haqidagi afsonaning 
quyidagi  variantini  yozib  olgan.
Qo'yliboy baks qavmining shuhratli kishilaridan biri edi. 
U   barcha  bakslarga  xo'jayinlik  qilardi.  Bir  kuni  N odir 
Cho'loq  ismli  bashoratchi,  parilar  boshlig‘i  Q o‘yliboyga 
yaqin  kunlarda  bir xotin farzand  k o ‘rishi,  u albastilaming 
podshosi b o ‘lishi, u tomonga borish xavfli ekanligidan xabar 
beradi.  Q o‘yliboy h a m o 'z odamlariga yaqinda q o ‘rqinchli 
bir  tug‘ilish  b o ‘lishini  m a’lum  qiladi.  Chindan  ham  ikki 
kundan keyin Q o‘yliboyga qaysi bir boydan yordam so ‘rab, 
otliq keldi. Hamma qirg‘izlar Q o‘yliboy bor ekan, o ‘limdan 
boshqa barcha xavflardan u himoya qilishidan k o ‘ngli t o ‘q 
edi. Q o‘yliboy y o ‘lgachiqdi.  U  yordam so‘raganlar yurtiga 
yetib  keldi.  Sham shirini  o ‘ynatib,  albasti  bilan  jangga 
shaylandi.  Shu  payt  sham shiriga  nimadir  kelib  urildi. 
Q o ‘yliboy  kuchli  ovoz  bilan  qichqirdiyu  otidan  yiqildi, 
nafasi ichiga tushdi, q o‘rqinchdan tomirlari tortishdi. O g‘zi 
va  qulog'idan  qora  qon  keldi.  O g‘riq  z o ‘ridan  hushidan 
ketdi.  Q o ‘yliboy  o ‘ziga  kelgach,  albastilar  shohiga  k o ‘zi 
tushdi.  U   qora otda,  qora  kiyimda,  oyog‘idan  boshigacha 
temir niqobda, lekin bir k o ‘zli edi. Uning k o ‘zi peshonasiga
203

bitgan b o‘lib, shu qadar katta ediki,  go ‘yo qimiz soladigan 
tovoqdek kelar edi.
Bu  afsonadagi  albasti  obrazi  ham  o ‘z  qiyofasi  bilan 
Polifemni  eslatadi.  Albasti  -   Alp  bosdi  o ‘z  m a’nosi  bilan 
bahodirlarni yenguvchi, qahramonlarga qarshi kurashuvchi 
ku ch   sifa tid a   y a ra tilg a n   ob ra zd ir.  R us  e tn o g ra fi 
N.V.Ostroum ov  ham  X IX   asrda  Q ozog‘iston  cho‘llarida 
yurib, bir k o ‘zli odamlar haqidagi ikki afsonani yozib oladi.
Birinchi afsona:
Chibindi  tog‘ida  qirg‘iz  ovchisi  yashab  o ‘tgan  edi.  U ni 
B o‘ronbotir deb atashgan ekan. U  har yili bahor boshlanishi 
bilan  qurol-yarog‘ini  olib,  tog‘ning juda  sokin  joylariga 
ovga  ketar  va  xotin in ing  huzuriga  kech  kuzda,  sovuq 
boshlangandan keyin qaytar edi. Bir kun B o‘ronbotir tog‘da 
ona bug‘uni k o ‘radi va uni otadi.  0 ‘lgan bug‘uning yonida 
hozirgina  tug‘ilgan  bolasi  bor  ekan.  U  oyoqqa  turadi-yu, 
o ‘rmonga  kirib  ketadi.  Bo'ronbotir  o ‘z  o ‘ljasining  terisini 
shilib oladi, g o ‘shtini burdalaydi va o ‘t yoqib, kabob qiladi. 
Kutilmaganda  to g ‘  c h o ‘qqisida  g o ‘zal  yosh  ayol  paydo 
b o ‘ladi  va  «sigir  o ‘ldi»,  deb  baqiradi.  Bo'ronbotir  shu 
paytgacha  bunday  xilvat joyga  ovga  kelib,  ayol  kishining 
ovozini  birinchi  marta  eshitishi  edi.  G o ‘sht  qovurilib, 
B o ‘ronbotir  uni  tanovul  qila  boshlaganida  kech  tushib 
qolgan  edi.  Shu  payt  g o ‘zal  ayol  gulxan  yoniga  keldi  va 
ovchining ro‘parasida o ‘tirdi. B o ‘ronbotir ayoldan, ayol esa 
ovchidan  k o ‘zini  uzmas  edi.  Ovchi  pichog‘ining  uchiga 
go'shtning parchasini ilintirar ekan, notanish ayolga uzatdi. 
A yol  go'sht  parchasini  q o ‘li  yopilgan  yengi  bilan  ushladi. 
B o ‘ronbotir  suyakni  kemirayotgan  edi,  ayol  xitob  qildi: 
«Oh,  olm os,  o ‘tkir  tig ‘li  olm os».  B o ‘ronbotir  suyakni 
kemirib,  q o ‘lini o ‘tlar bilan arta  boshladi.  Ayol bu holatni 
k o ‘rib,  ajablandi  va  shunday  dedi:  «M oyni  m oy  bilan 
artadilar».  Shundan  s o ‘ng  gulxan  yonidan  orqasi  bilan 
tisarilgancha  uzoqlashdi  va  bir  zum da  ovchining  k o ‘z
204

o'ngidan  y o ‘qoldi.  B o ‘ronbotir  bu  oddiy  ayol  emas,  deb 
o ‘yladi.  D araxtning  shoxlaridan  kesib  joy   tayyorladi, 
o ‘tlardan to'shak hozirladi, uning ustiga kiyim-kechaklarini 
q o‘ydi va o ‘zi qurol-yarog‘ini olib, daraxtning ustiga chiqdi- 
yu, tonggacha kuzatdi. Tong otish paytida o ‘sha ayol keldi. 
Ovchining to'shagi  ustiga  uch  saijin  o ‘tin,  so ‘ng  katta  bir 
g ‘o ‘lani  tashladi.  Bu  voqeani  kuzatib  turgan  B o‘ronbotir 
ayolga  o ‘q  uzdi.  Yaralangan  ayol  shunday  dedi:  «B o‘ron, 
sen  bizning  q o ‘limizdan  qochib  qutula  olmaysan.  Otam, 
onam yoki opam,  qaysilaridan biri seni albatta.  o ‘ldiradi». 
A yol jon  berdi.  B o‘ron  q o ‘rqqanidan  daraxtning  ustidan 
quyosh chiqqanida tushar ekan, ayolning jasadi oldiga keldi. 
M a ’lum   b o 'lis h ic h a ,  u n in g   p a n ja la ri  m isd an   ekan. 
B o‘ronbotir ayol «jez tim oq» ekanligini gumon  qilgan edi. 
Ovchi  ayoln in g  ikki  q o ‘lidagi  panjalarini  ham   kesib, 
ch o‘ntagiga soldi va y o ‘lida davom etdi. B o‘ronbotir boshqa 
joyda o'sha ayolning akasini  o ‘ldirdi.  Kuzda uyiga qaytdi, 
xotini  bilan  qishni  birga  o ‘tkazdi  va  bahorda  yana  ovga 
jo ‘naydigan  b o ‘ldi.  Kesilgan  mis  panjalarni  esa  xotiniga 
bildirmagan holda sandiqqa soldi va uni qulflab q o ‘ydi.  U 
bu  safar  ovga  d o ‘sti  bilan  ketdi.  Ular  to g ‘  b o ‘ylab  kezib 
yurishar ekan, bir to ‘da mollarni va q o ‘liga tayoq ushlagan 
keksa  cho'ponni  k o ‘rishdi.  B o'ron  cholga  yaqinlashdi. 
Cho^ponning  boshi  engashgan  holda  edi.  Ovchi  cholga 
salom  bergach,  u  boshini  ko'tardi.  Cholning  k o ‘zi  bitta 
b o iib ,  u  manglayiga  bitgan  edi.  Bir  k o ‘zli  chol  ovchidan 
kim  ekanligini  surishtirdi.  Uning  B o ‘ronbotir  ekanligini 
bilgach,  chol  shunday  dedi:  «Men  seni  qachonlardan  beri 
kutayotgan  edim.  Ketdik,  biznikiga  boramiz».  Chol  ovchi 
va  uning  do'stini  to g ‘dagi  kulbasi  -   g ‘origa  olib  keldi. 
Podasini g ‘orga qamar ekan, uning o g ‘ziga katta bir toshni 
q o ‘ydi.  C holning  qat’i  topshirig‘iga  k o ‘ra,  mehm onlar 
q u ro l-y a ro g ‘larini  g ‘orning  ta sh q arisiga   q old ird ilar. 
G ‘orning ichkarisida chol va mollar yotadigan joy chiy bilan
205

a jra tilg a n   edi.  C h oi  o ‘rn iga  jo y la s h ib   o la r  ek an , 
mehmonlarga shunday dedi: «Endi, hech birlaringiz mendan 
q ochib-qutula  olm aysizlar.  M en  uxlaym an,  sizlar  esa 
o ‘zlaringiz  kelishgan  holda  bittalaringni  o ‘ldiringlar  va 
g o ‘shtlaringni  m ana  bu  q ozonga  solib  qaynatinglar». 
B o‘ronbotir  o ‘z  d o‘stini  s o ‘yib,  uning  g o ‘shtini  qozonga 
solgan  edi,  bir  k o ‘zli  chol  unga  o'tkir  tig‘li  temir  nashtar 
berib, shunday dedi: «Sen qozonning ostiga olovni yoq,  bu 
o ‘tkir tig‘ bilan go ‘shtni tekshirib tur, agar temir qizil tusga 
kirsa,  shundan  keyin  m eni  u yg‘otasan».  G o ‘sht  pisha 
boshladi.  Chol  esa uyquga ketdi.  B o‘ron o ‘tkir tig‘li temir 
nashtarni  olovga  tobladi,  u  c h o ‘g ‘  b o ‘lgach,  cholning 
manglayiga  bitgan  yagona  k o ‘zga  suqdi.  0 ‘zi  esa  chiydan 
Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 83%20Адабиётшунослик
Elektron%20adabiyotlar -> Namangan davlat universiteti
Elektron%20adabiyotlar -> Binolar zilzilabardoshligi. Rahmonov B, Siddiqov M.pdf [Abdurasulboy madrasasi]
83%20Адабиётшунослик -> O zbek mumtoz adabiyoti tarixi
83%20Адабиётшунослик -> Namangan davlat universiteti obid jon karimov
83%20Адабиётшунослик -> O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti
83%20Адабиётшунослик -> Abdurahmonov
83%20Адабиётшунослик -> N iz o m iy n o m id a g I t o s h k e n t davlat p e d a g o g ik a u n IV e r s it e t I mamasoli jumaboyev
83%20Адабиётшунослик -> 0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Download 8.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling