Abdurashid abdurahmonov turkiy adabiyotning qadimgi davri


Bo‘ri  urugMari  afsonasi


Download 8.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/29
Sana05.12.2019
Hajmi8.37 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29

Bo‘ri  urugMari  afsonasi.  G ‘arbiy  dengiz  q irg ‘o g ‘ida 
yashagan  turk iy larn in g   o ta-b o b o lari  q o ‘shni  q ab ilalar 
tom onidan qirib tashlandi. F aq at o ‘n yoshli bola yashirinib 
tirik qoldi. O lsha yerlarda yashaydigan u rg ‘ochi b o ‘ri unga 
x o tin   b o ‘ld i.  O c h lik d a n   q u tq a ris h ,  d u s h m a n la rd a n  
yashirinish uchun bo ‘ri o ‘sha bolani olib Turfon to g ‘lariga 
qochib ketdi. T o g 'd a b ir g‘or bor edi. U yerdaurg‘o ch ib o ‘ri 
o‘nta bola tu g ‘di.  Bolalarning otasi o ‘sha qutqarilgan turk 
edi.  Bo‘ri  bolalari  Turfondagi  ayollarga  uylandi.  H ar  bir 
boladan  bir u ru g ‘  kelib  chiqdi.  0 ‘g‘illaridan  birining  ismi 
Ashin edi. Uning nomi ham m a qabila nomini anglatadigan 
b o ‘ld i.  A sh in   b o s h q a   a k a - u k a la rig a   q a ra g a n d a  
qobiliyatliroq,  ham   aqlliroq  edi.  Shu  sababli  Ashin  yangi 
qabilaning  dohiysi  b o ‘lib  qoldi.  U rug‘  soni  asta-sekin  bir 
necha  yuz kishiga yetdi.  Ashinning  merosxo‘rlaridan  biri, 
qabila dohiysi Asya shad b o ‘ri avlodlarini Turfondan Oltoy 
yerlariga  olib  keldi.  Bo‘ri  avlodlari  bu  yerda jujanlarning 
fuqarosiga aylanib, ularga temir qazib berar edilar. Oltoyda 
ular turk nomini  oldilar.
Turkiy xalqlar  og‘zaki ijodida ot totemiga  ham  alohida 
ahamiyat  berilgan.  Arxeologik qazishmalar davrida yarmi
«
18

o t va  yarmi  odam  shaklidagi  tasviriy  asarlarning  topilishi 
ham   otga  e ’tiqodning  qadim iy  ram zidir.  « G o ‘r o ‘g‘11» 
turkumidagi dostonlarda G ‘irot. «Alpomish»da Boychibor, 
qirg‘iz eposi «M anas»da Oqula,  oltoy turkiy lar ining eposi 
«M aaday Qora»da Karish Quloq kabi otlar obraziga katta 
e’tibor  berilishi  totemistik  qarashlar  natijasidir.  M asalan, 
« M an as» d a  o t  ta sv irig a   (« M an asn in g   b u g ‘doy  berib 
Oqulani olgani») maxsus fasl bag'ishlanadi. N o ‘yg‘u t xoni 
Qaracha Manasga otini sotar ekan, uning fazilatini shunday 
ulug‘laydi:
Quia  tegsa qo "lingga,
Xayoling о ‘sar,  quyular.
Badbaxtlik bari yo 'yilar,
B axt  to ‘shalar yo ‘lingga.
O tda inson boshiga tushadigan baxtsizlikning yo'qolishi 
h a m d a  
b a x tn in g   k e lish ig a  
is h o n ish  
to te m is tik  
tushunchalardir.  Quyidagi  tasvirlarda  esa  otning  qudrati 
jan g d a  insonga  uning  o‘zidan  ham   k o ‘proq  m atonat  va 
ja s o r a t  k o ‘rsatish i  u lu g ‘lan ad i.  D o sto n d a   O q u lan in g  
tug'ilishi ham ilohiylikka bog‘lanadi.
Tortiq tulpor,  zap tulpor,
Quyrug ‘i soz, yoli soz,
О ‘zi gijing,  bo 'yni g ‘oz,
Shundog'am suluv jonivor...
Nayza ushlab,  to 'p buzib,
Duv-duvga minor ot -  shu ot.
Yov kelsa suron turg ‘izib,
Shov-shuvga minar ot -  shu ot.
Askar olib sakson lak,
Dovga minar ot -  shu ot.
Lashkar olib  to ‘qson lak,
19

Yovga minar ot -  shu ot.
Popukli ш у г а  sanchgani,
Yakkam a-yakka yanchgani,
Maydonga minar ot -  shu ot.
Qo ‘Itiqda qo ‘shqanot bor,
G 'oyib tuqqan zot tulpor,
Qironga minar ot -  shu ot!
O t  totem i  oltoy  eposlarida  ham   mavjud.  «Ay  kuchin» 
afsonasida  saman  ot  va  qulunning  dafn  etilishi  shunday 
xususiyatga ega.
Totemistik tushunchalar ifodalangan afsonalarni qozoq 
xalq  o g ‘zaki  ijodida  ham   k o ‘plab  uchratam iz.  B unday 
ru h d a g i  a fs o n a la rn in g   b ir  n e c h ta s in i  ru s  e tn o g ra fi 
G .N .Potanin  to ‘plab  nashr  etgan  («Казак-киргизская  и 
алтайская  придания,  легенды  и  сказки»,  П етроград, 
1917).
Tabiatdagi  и1кап  narsa.  T irik  jo n iv o rlar  orasida  eng 
kattasi  -   baliq,  jonsizlar  orasida  -   qamish;  jonlida  baliq 
ulkan, jonsizda qamish yo‘g‘on.
D unyodagi  eng  k a tta   to g ‘  -   K ap-tau,  eng  k a tta   suv 
M uhit, eng k atta daraxt -  qamish, hayvonlar shohi -  sher, 
arslon, qushlardan semurg‘dir. Semurg'ning ikki boshi bor. 
Bir  boshi  odam larga  xos  gapiradi,  ikkinchisi  qushlardek 
kuylaydi.  Eng k atta ilon -  ajdaho,  eng k atta baliq -  jayin.
Q o‘rqmas  sigir.  Qadim   zam onlarda  Surayyo  o ‘n  ikki 
yulduzdan iborat ekan. U paytlarda bahor, yoz b o ‘lmagan, 
faqat  boqiy  qish  hukm ronlik  qilgan.  Shunda  hayvonlar 
Surayyoni  tutish  va  uni  yo'qotishga  qaror  qilishibdi.  Ot 
to ‘rtta, tuya esa ikkita yulduzni ushlabdi va uni oyog‘ining 
ostiga  olib,  m ajaqlab  tash lab d i.  O ltitasi  esa  sigirning 
tu y o q la ri  o stig a   lu s h ib d i.  A m m o  sig ir  y u ld u z la rn i 
ezg‘ilamabdi, oltovi ham  sog‘-omon  qolibdi.  Shundan beri 
qish  olti  oy  davom   etadigan  b o ‘libdi.  Shunda  b archa 
hayvonlar  ajablanishib,  sigirdan  so'rashibdi.
20

-  Nega yulduzlami q o ‘yib yubording?
Sigir shunday javob beribdi:
-  Issiqda qovjiragandan ko ‘ra, saharlab sovuqda yurgan 
yaxshi.
Shundan beri sigirlar sovuqdan qo'rqishm as ekan.
A N IM IZM
Animizm  (lat.  Anima  -  jon,  ruh)  odam lam ing  tabiatga 
sig‘inishi va unga itoat etishi asosida yuzaga kelgan din shakli 
hisoblanadi. Anima («jon» va «ruh») odam  vafot etganidan 
so ‘ng  uning joni  tabiatdagi jonsiz  narsalarga  k o ‘chishiga 
inonishdir.  Animistik  tushunchaga  k o ‘ra,  inson  tabiatdagi 
narsa-hodisalar bilan o ‘zini m ushtarak holda tasavvur etadi, 
tabiat inson qiynalganida, u ojizlikka tushib qolganida unga 
jonli  odam dek  yordam   beradi.  Turkiy  xalqlar  o 'rta sid a  
saqlangan  k o 'p lab   afsonalarda  animizm  tushunchasi  o ‘z 
ifodasini topgan. Masalan, o ‘zbek xalq og‘zaki ijodidagi «Oq 
bilakxon»  ertagida  yigit  toshga  aylanishi,  «O chil-ochil 
qamishlar», «Yoriltosh»da qizlarning iltijolari, yolvorishlari 
natijasida m o'jizalar ro ‘y berishi buning yorqin misolidir.
Qadimgi  turkiylar  tabiat  kuchlarida  pinhoniy  kuch  va 
ruhning borligiga ishonishgan. Ularning fikricha, oy, quyosh, 
mom aqaldiroq  va  chaqm oqlam ing  ham   o ‘z  ruhi  mavjud. 
G o ‘yo  ruhlar  erkaklik  va  ayollik jinsiga  mansub  edi.  Ayol 
ruhm alikasi « 0 ‘may» deb atalgan. M ahmud Koshg‘ariy ona 
qomidagi bolalarni 0 ‘may muhofaza qiladi, deb hisoblashi 
ham   uning  ruhlarga  bo ‘Igan  ishonchini  ko ‘rsatadi.  Yer  va 
suvni,  ayniqsa,  kuchli  ruhga  ega  deb  hisoblashgan.  Bular 
turkiy  qavmlar  o'rtasida  turlicha  nom da  «Yer-Su»,  «Yer- 
Sub»,  «Y er-Suv»,  «Suv-Yer»,  «Y ir-Sub»,  «Sub-Y er»  ) 
aytilgan. Qadimda turkiy qavmlar istiqomat qilgan Sibir (Sib- 
ir)  vodiysining nomi ham  ana  shu  muqaddas  tushunchalar 
hosilasi b o ‘Igan degan farazlar mavjud.
21

Qadimgi turkiy xalqlarga mansub «Odamning yaratilishi» 
afsonasi ham animizm mahsulidir.
Odamning yaratilishi. Qadim zam onda yom g‘irdan hosil 
b o ‘lgan  sellar Q oratog‘chi  degan bir to g ‘dagi  g‘orga loyni 
surib  keltirdi  va  bu  loylarni  odam   shakliga  o ‘xshagan 
y o riq la rg a   to 'k d i.  Suv  bilan   tu p ro q   b ir  m u d d a t  bu 
yoriqlarda qoldi. Quyosh saraton burjida edi,  issiqligi juda 
ham kuchli edi. Quyosh, suv va tuproq o ‘sha narsani qizdirib 
pishirdi.  Bu  g‘or  xotinning  qorni  vazifasini  bajardi.  Suv. 
tuproq va quyoshning harorati unsurlaridan iborat bo‘lgan 
bu  uyum ning  ustidan  to ‘qqiz  oy  m uttasil  sham ol  esdi. 
Shundan keyin  to ‘rt unsur birlashdi.  T o ‘qqiz oydan keyin 
bu  yaratilgandan  inson  shaklida  bir  m axluq  chiqdi.  Bu 
insonga  turk  tilida  «Ay  Atam»  deb  ism  berildiki,  bu  «Oy 
ota» demakdir.  Bu «Oy ota» degan kishi toza havoli, shirin 
suvli yerga tushdi.  Kuchi kundan-kunga ortdi, o ‘sha joyda 
qirq yil qoldi. So‘ngra sellar bir qancha vaqt oqdi, g‘ordagi 
yoriqlarga  у ana  loy  to ‘ldi.  Quyosh  Sunbula  burjida  edi. 
Quyosh bu tuproqni pishirdi,  buning oqibatida tuproqdan 
yaratilgan inson xotin kishi b o ‘ldi. B uxotin kishiga «Ayva» 
oti  berildi.  Bu  «Oy  yuzli»  demakdir.  Oy  ota  bilan  Ayva 
turm ush qurdilar. U lardan qirq bola dunyoga keldi. Yarmi 
erkak, yarmi ayol edi. Bolalar ham bir-birlari bilan lurmush 
qurdilar.  Ona  va  otalari vafot  etganlaridan  keyin  ularning 
jasadlarini g‘orga k o ‘mib. og‘zini oltin eshik bilan yopdilar 
va eshikning yoniga gullar q o ‘ydilar.
Beruniy «Hindiston» asarida qadimgi turkiy shohlardan 
biri  B a r h a t e g i n   t a b i a t d a g i   j o n s i z   n a r s a d a n   m o ‘jiz a  
topganligi  haqidagi  animistik  afsonani  kcltiradi.
Barhategin  afsonasi.  Hindlarning  Qohulda  turklar dan 
podsholari  bo 'Igan.  Aslida  ular  tibetliklar bo 'Igan  deyishadi. 
Ulardan  birinchi  bo 'lib  kelgan  Barhategin  edi.  U hech  kirn 
kirishi mumkin bo ‘Imcigan birg'orga chat'qancha у  olib, surilib 
kirgan  va  uning  ichida  suv  bor  bo'lib,  и  bir  necha  kunlarga
22

yetadigan taonmi ham shu joyga g 'amlagan. Bu g ‘or hozirgachu 
ham ma ’lum bo 'lib,  Var deb ataladi.  Uni tabarruk deb ishongan 
kishi и yerga kirib,  qiymlib bo ‘Isa ham,  о ‘zi bilan birga о ‘sha 
suvdan  olib  chiqadi.  G'or  og'zida  bir  to'da  dehqonlar  ishlar 
edi.  Chunki bunday ishlar,  agar biron kishi bilan kelishilmasa 
va  и  kishi  o'sha joyni  odamsiz  qolmasligi  uchun  odamlarga 
kecha-kunduz navbat bilan ishni davom  ettirishni yuklamasa, 
bu mumkin ham bo 'Imaydi.  Ish yurishmaydi ham.
Barhategin g ‘orga kirganidan bir qancha  vaqt о 'tgandan 
keyin odamlar to ‘planishib turgan chog ‘da xuddi onadanyangi 
lug ‘ilgandek,  g'ordan  birov  chiqib  keladi  va  uni  hanmui 
ko'radi.  U  turklarga  o'xshab  egnida  to'n,  boshida  do'ppi, 
oyog 'ida mahsi kiygan  va yarog ‘ taqib olgan edi.  U kishi bir 
ixtirochi  va podsholik  uchun  yaratilgan  inson  uchraydigan 
ta ’zimga sazovor bo 'Idi.  Keyin о ‘sha yerlarni о ‘ziga qaratib, 
о 'zini  Qobul shohi  deb  atadi.  Podsholik  ancha  vaqtgacha, 
oltmish yillar chamasi uning avlodi qo ‘lida turgan.
K O ‘K TANGRI D IN I
K o‘k  Tangri  turkiy  qavmlarning  eng  qadimiy  dinidir. 
U larning  fikricha,  k o ‘k  yuzi  Tangri  b o ‘lib,  u  falakning, 
yerning hukm doridir.  Quyosh,  oy va yulduzlar Tangrining 
a tro fid a g i  k o ‘k n in g   y u zig a  jo y la s h g a n   m u q a d d a s  
tushunchalardir.  K o'k  Tangri  zaminga  hayot,  odam larga 
jon  beradi, istasa qaytarib oladi. H atto tu rk  xoqonlari ham  
K o‘k Tangrining xohishi bilan taxtga o ‘tiradilar.  K ul tegin 
loshbitiklarida shunday  satrlar bitilgan:
1.  Tangri toq.  Tangridan bo'lgan
Turk Bilga xoqon bu yerga о ‘Iturdim.
2.  Yuzada Ко ‘к  Tangri
Ostda qora yer qilindi.
Ikkisi or о kishi о ‘g ‘li qilindi.
23

Birinchi  parchada  turkiylar  T angrining  yagonaligiga 
ishonch bildirishi ularning milliy ongi yuqoriligini ko ‘rsatadi. 
Chunki  qadimda  shumer,  yunon,  rum   va  boshqa  qavmlar 
k o ‘p x u d o lik n i  tasav v u r  e tg an lar.  « T u rk   Bilga  xoqon 
Tangridan  bo'ldi»  iborasida  xoqonlar  ham   hokim iyatni 
Tangridan olishiga inonishdir. Turkiy qavmlar Tangri so‘zini 
k o ‘k-osmon hamda Tangri,  Xudo  m a’nosida  qo ‘llaganlar. 
Ikkinchi parchada shunday m a’no ifodalangan b o ‘lib, inson 
fa rz a n d i  osm on  va  yer  o ‘rta s id a   T a n g ri  to m o n id a n  
yaratilganiga ishora etilgan.
0 ‘rxun-E nasoy  yodgorliklarida  «Tangri-tek-Tangri» 
b irik m a si  u c h ra y d i,  u n in g   m a ’n o si  h a m   T a n g rin in g  
tanholigini e’tiro f etishdir. Tangri -  tek-Tangri -  osmondek 
Tangri  yoki  Ollohdek Olloh,  Ollohga  o ‘xshaydigan  Olloh 
deyilishida  T an g rin in g   qiyofasi  uchun  hech  b ir  sifat, 
o ‘xshatish yo ‘q, u faqat Tangrining о ‘ziga o ‘xshaydi, degan 
q a ra sh   ifo d a la n g an .  K o ‘kn in g   T an g ri  sifa tid a   q ab u l 
q ilin ish i,  k o ‘k  q o b ig ‘idagi  osm oniy  jism la rn in g   ham  
muqaddasligini belgilaydi. Shu sababli ham turkiylar osmon 
jis m la rid a   ilo h iy lik n i  se z a d ila r.  G e ro d o tn in g   yozib 
qoldirishicha,  turk iy larn in g   an tik   d a v rla rd a   yashagan 
qavm laridan biri massagetlar Quyoshni yagona Tangri deb 
bilganlar.  Quyosh  sharafiga  otlarni  qurbonlik  qilishgan. 
U larning  tushunchasiga  k o ‘ra,  T angriga  qanchalik  tez 
qurbonlik qilinsa, u borliqqa nurini shunchalik tez sochadi.
Osmon jismlariga Tangri sifatida sig‘inish milodimizning 
III asrida alohida din sifatida ko ‘ringan. U Xitoyda 215-yilda 
tu g ‘ilgan   M o n iy   no m i  b ila n   b o g ‘la n g a n d ir.  M oniy 
«Shopurqon»  asarida  o ‘z  diniy  ta ’limotining  tamoyillarini 
bayon  etgan.  Beruniy  «Hindiston»  asarida  keltirishicha, 
Moniy yozgan edi: «Boshqa xalqlar bizni Oyga va Quyoshga 
sajd a   q ilib ,  b u   ik k o v in i  san am   o ‘rn id a   tu tish im iz n i 
ayblaydilar. Oy va Quyosh bo‘Isa bu olamga chiqishimizning 
yo‘li va eshigidir.  Iso ham  shunday fikrda b o ‘lgan».
24

K o ‘k  T angri  dini  m oniylikdan  m utloq  farq   qiladi. 
M oniylikning  osmon  jism lariga  sig‘inishi,  ularni  X udo 
darajasida  anglashi  yangilik  b o ‘lmay,  bunday  qarashlar 
q ad im g i  d a v rd a g i  K ichik  O siyo  x a lq la ri,  ju m la d a n , 
shum erlar  hayotida,  xususan,  adabiyotida  o ‘z  ifodasini 
topgan. H atto turkiylarning massaget qavmi ham  quyoshni 
yagona Xudo  deb  tan  olishi ta ’kidlandi.  K o‘k Tangri  dini 
esa butun  osmon  yuzini X udo  deb  tushunadi.  Tangrining 
osm onda  ekanligiga  ishonch  bildiradi.  O sm on  T an g ri 
hisoblangani  uchun  shu  osm onda joylashgan  Quyosh,  Oy 
va Yulduzlar m uqaddas sanaladi.
T u rk iy   q a v m la rn in g   K o ‘k  T a n g ri  d in ig a   e ’tiq o d i 
« 0 ‘g‘uznoma» dostonida yorqin ifodasini topgan:
Kunlardan bir кип
О 'g ‘uz xoqon bir yerda  Tangriga yolvorar 
edi.  Qorong ‘u tushdi.  Ко ‘kdan 
bir ко ‘к  nur tushdi.  Quyoshdan yorug 
oydan yorqinroq
edi.  О ‘g  ‘uz xoqon и tomonga yurdi,  ко 'rdiki, 
о ‘sha yerning orasida bir qiz 
bor edi.  Yolg ‘iz о ‘tirar edi.
Yaxshi,  chiroyli bir qiz edi.  Uning boshida otashga
о ‘xshash yorug' bir xoli bor edi,  xuddi
oltin  qoziq  yulduziga  о ‘xshar  edi.  U  qiz  shunday
chiroyli ediki,  kulsa,  ко ‘m-ko ‘k
osmon kuladi,. yig 'lasa ко ‘m-ko ‘k  osmon
yig ‘laydi.
Bu  parchada  K o‘k  Tangrining  obrazi  turkiy  qavm lar 
tasavvuri  darajasida  chizilgan.  0 ‘g ‘uz  xoqon  Tangriga 
yolvorganda  k o ‘kdan  tushgan  nur  Tangrining  mehri  edi. 
Bu n ur oldida Quyosh va Oy nuri ojizdir. Demak, turkiylar 
uchun  k o ‘k  m avjud  ekan,  Quyosh  va  Oy  T angri  b o ‘la
25

olm aydi.  Badiiy  a d a b iy o td a   T an g rin i  yor,  m a ’sh u q a 
timsolida ta sa w u r etish a n ’analari mavjud. 0 ‘g‘uz xoqonga 
nur  orasida ko ‘ringan  chiroyli  qiz -  bu Tangri  edi.  U  shu 
q a d a r  qu d ratli  kuchki,  k ulsa  osm onni  (o ‘z  m akonini) 
kuldiradi,  y igiasa yig'latadi.
Dostonda 0 ‘g‘uz xoqon o ‘ziga ham roh tutingan nurdan 
uch farzand ko ‘radi. Ularga Kun, Oy, Yulduz ismlari beriladi. 
Demak,  bunday  nomlanishda  ham   osmon jismlari  Tangri 
emas,  aksincha ular Osmon -  Tangrining mehridan yuzaga 
kelgan muqaddas farzandlardir.
Professor N.Rahm onov  «K o'hna  bitiktoshlar»  kitobida 
keltirishicha, «Sibirdagi turkiy va boshqa xalqlar tilida ham 
Tangrining  ilohiy mazmuni  va  osmon  m a’nosi  saqlangan. 
M asalan, evenklar tangara deb osmon va xudoni aytadilar. 
M ordvalar esa Tangri deganda faqat osmonni tushunadilar. 
M o‘g‘ullarda  ham  Tangrining  faqat  osmon  m a’nosi  bor, 
ilohiy  m azm uni  y o ‘q.  Y oqutlarda  ilk  mifik  k o ‘rinishi  -  
keyingi  davrdagi  turU  afsona  qoldiqlari  singdirilgan  holda 
saqlangan.
Qadimgi turkiy muhitdagi Tangri obrazi qorachoy-bolqor 
folklorida ham uchraydi. Qorachoy-bolqorlar qadimgi turkiy 
m adaniyatga  asoslangan  mifologik  tasavvurlam ing  k atta 
qatlam ini  saqlagan.  Q orachoy-bolqorlar  mifologiyasidan 
bizgacha  turk-m o‘g ‘ul  panteoni  Tangriga  bag'ishlangan 
uchta gimn-qo‘shiq saqlangan.  Ularning har biri o ‘ziga xos 
kuyga va ijro xususiyatiga ega. Tangri bu q o ‘shiqlarda yer, 
osmonni  yaratuvchi,  yerdagi  barcha jonzotlam ing homiysi 
sifatida kuylanadi».
Qadimgi yunon va turkiylar tafakkurida xudo osmonda 
ta sa w u r etilishiga k o ‘ra mushtaraklik, shu bilan birga farqli 
tom onlar ham mavjud.  Turkiylarda  K o‘k  deyilganda ikki 
m a ’no  -   T angri  (ram ziy)  va  osm on  (asl)  tushunilgan. 
Beruniy «Hindiston» asarida ko'rsatishicha, yunonlar ham  
Zevsni ramziy va tabiiy m a ’noda tushunganlar.  M iloddan
26

oldingi V asrda yashagan yunon shoiri Kratos falakni Zevs 
deb  atagan.  Bu  ramziy  m a ’nosidir.  Zevs  xudolar  xudosi 
ekanligi uning tabiiy m a’nosi hisoblanadi. Turkiylarda K o‘k 
misolida Tangrining yagonaligi tan olinadi va ulug‘lanadi. 
Y unon  m ifologiyasida  esa  k o ‘p  xudolik  ta rg ‘ib  etiladi 
ham da  xudolar  odam   shaklida  ta sa w u r  etiladi.  H ar  bir 
xudoning o ‘z vazifasi bor. U lar o ‘lmasligi bilan odam lardan 
fa rq   qiladi.  Lekin  x u d o lar  o d am lar  k o ‘zidan  u zoqda, 
h a m is h a   b u lu tla r   b ila n   q o p la n g a n   O lim p   to g ‘id a 
yashaydilar. Qadimgi turkiylar ham Zevsni o ‘zlariga Tangri 
deb tushunishi va boshqa m a’budalarga ham  sig‘inishi ular 
ham   diniy  e’tiqodlarining ilk  shaklida  k o ‘p xudolikni  tan 
olganligini k o ‘rsatadi. Tangrining yagonaligiga ishonish esa 
turkiylardagi  diniy  qarashlar  asrlar  davomida  shakllanib 
borganligidan nishonadir.
G erodot  skif mifologiyasiga  asoslanib,  Gestiya,  Zevs, 
Geya,  ulardan  keyin  Apollon  va  Falak Afrotidasi,  Gerakl 
va  Aris,  Poseydonlarni  skiflar  sig'inadigan  xudolar  deb 
k o ‘rs a ta d i.  T arix ch i  qad im g i  y u n o n   tilid a g i  x u d o la r 
nom ining  skifcha  nom lanishini  ham   keltiradi:  G estiya  -  
Tabiti, Zevs -  Papay, Geya -  api, Appolon -Toytosir, Falak 
Afrotidasi -  Argimpasa, Poseydon -  Fagimasad. Tabiti oila, 
olov xudosi nomi bilan ulug‘lanadi va Zevsning xotini Geya 
bilan tenglashtiriladi. U nga «skiflar malikasi» nomi beriladi. 
A ntik davr  bilimdonlaridan  biri  D.S.Rayevskiy  skif shohi 
Qoloqsay  o ‘z  hukm dorligini  m ustahkam lash  m aqsadida 
m a ’buda  T abitika  uylangan,  degan  fikrni  bayon  etgan. 
F.Sulaym onovaning skif tilida Zevs Papay, Geya -  Api deb 
nomlanishiga Papay turkiy tilda boboy, ota, Api -  opa, ona 
deb  izoh  berishi  ham   e’tiborga  loyiqdir.  Bu  so ‘zlarning 
h o z irg i  tu rk iy   lu g ‘a tla rd a   o ‘rn i  sa q la n ib   q o lg a n   va 
iste’m olda bor.  Skiflar Gestiya  Tabitini xudolarning eng 
birinchisi deb bilishi va sig‘inishi ehtimol otashparastlikning 
ta ’siridir.  Y unon  mifologiyasida  otash  m a’budi 
Gefest 
ikkinchi  darajali m a’budlar qatorida turadi.
27

M arkaziy  Osiyo  xalqlarining  m u q a d d as  yodgorligi 
«A vesto»  h a m   y u n o n   va  M a rk a z iy   O siyo  x a lq la ri 
mifologiyasining  m a’budlari  o 'rta sid a   yaqinlik  borligini 
k o ‘rsa tad i.  M asalan ,  b u tu n   m a ’b u d la r  m a ’budi  Zevs 
vazifasini  oliy  shoh  A hura  M azda  bajaradi.  Olov m a’budi 
Gefest Zevsning, olov ilohi A rta esa A hura Mazdaning o ‘g‘li. 
Yunonlarda  qonli  urushlar  m a’budi  Ares,  zardushtiylarda 
yovuz  k u c h la r  ilohi  A n g ra  M an y u ,  Q uyosh  m a ’budi 
yunonlarda Gelios, Markaziy Osiyo xalqlari mifologiyasida 
esa M itra, yunonlarda barcha m a’bud va m a’budalar Olimp, 
Markaziy Osiyo xalqlari mifologiyasida Xara tog‘larida turib, 
olamni boshqaradilar.
Gelios va mitra. Quyosh m a’budlari Gelios va M itraning 
ilohiy qudratidagi yaqinliklar bu ikki m a ’budning yaratilish 
ildizi bitta degan xulosani beradi. Gelios va M itra ham  otash 
a ra v a d a   o sm o n d a   u c h a d ila r.  Y u n o n   m ifo lo g iy asid a  
Geliosning hayoti bilan  bog‘liq bir tasvir berilgan.  Gerakl 
Qizil  orolga  kelib,  Gerion  podasini  haydab  ketishi  kerak 
edi.  U  0 ‘rta  yer  dengizi  sohiliga  kelib,  narigi  qirg‘oqqa 
o ‘tishga qiynalib qoladi.  Shu payt osm onda quyosh xudosi 
Gelios  o ‘t  aravasi  bilan  tushib  kelayotganligini  k o ‘radi. 
Gelios  h a r  kuni  o ‘t  aravasini  shu  yerda  qoldirib,  oltin 
qayiqda narigi qirg‘oqqa suzib o ‘ta r edi. Gelios Geraklning 
m aqsadini anglab yetgach, uni qayig‘iga o'tqazib oladi. 0 4  
aravasini  q irg 'o q d a   qoldirishi  bilan  yerni  q o ro n g 'u lik  
qoplaydi. Ertasi kuni у ana o ‘t aravasida osmonga chiqadi. 
Kechqurun oltin qayiqda yana dengizning narigi qirg‘og‘iga 
suzib  o‘tadi.  Gelios  Geraklning  iltimosiga  k o 'ra   podasini 
yerga  olib  chiqish  uchun  unga  oltin  q ay ig 'in i  beradi. 
Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlari mifologiyasida ham M itra 
aravasi  adolat,  e ’tiqod,  haq iq at  sari  y o ‘l  ochib  boradi. 
M itraning  Geliosga  yana  bir  yaqinlik  tom oni  shundaki, 
M itra ham hududsiz yaylovda podalarga, sigirlarga yordam  
beruvchi m a’bud sifatida k o ‘rinadi. «Avesto»da M itraning 
bu fazilatini yorituvchi shunday satrlar keltirilgan:
28

Qo ‘li kushod holatida kim 
Eltar esa sho ‘rlik sigirni.
Upodasin yodga oladir 
Va madadga chorlar Mitrani:
«Qachon bizni olisda qolgan 
Podamizga qaytarar Mitra.
Hududsizdir yaylovi uning,
Qachon bizni yolg ‘on hukmdan 
Xalos etib qaytaradir и 
Haqiqat tomon».
M a ’b u d   va  m a ’b u d a la r  ilk  d a f ’a  q ay si  x alq n in g  
tafakkurida paydo b o ‘lganligini isbotlash qiyin. Lekin aytish 
kerakki, yaratilgan m iflardam a’budalaming m a’budi osmon 
bilan bog‘lanadi, ularning turadigan joyi yerdan balandda -  
tog‘da, osmonda ko'rsatiladi.
M iloddan  oldingi  ikki  minginchi  yillarda  Kichik  Osiyo 
xalqlari, chunonchi hatti, xett, akkad, palay kabi xalqlarning 
yozuvlarida mom aqaldiroq, quyosh, oy xudolari to ‘g‘risida 
miflar keltirilgan. Bu xalqlarning adabiyoti k o ‘proq shumer 
xalqining m if va afsonalarga boy ham da  osmon jismlarini 
xudo  deb  tushungan  diniy  ta ’limoti  asosida  yaratilgandir. 
Quyosh  qadimgi  turkiy  qabilalar orasida m assagetlam ing 
yagona  xudosi  hisoblangan.  X ett  va  xurrit  tillari  orqali 
bizgacha yetib kelgan «Quyosh gimnida» m assagetlam ing 
ovozini eshitish mumkin. Gim nda Quyosh xudolar orasida 
eng  muqaddasi  b o ‘lib,  unga  ulug‘  hokim iyat  berilganligi 
k u y la n a d i.  Q u y o sh g a   s ig ‘in g an   x alq   o 'z in i  q u l  deb 
hisoblaydi,  Quyosh  uchun  qurbonlik  qilishni  zarurat  deb 
biladi.
29
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling