Abdurasulova Dilnoza " Galatepaga qaytish"


Download 16.9 Kb.
Sana19.05.2020
Hajmi16.9 Kb.
#108063
Bog'liq
Abdurasulova Dilnoza. Galatepaga qaytish asariga tahlil


O‘zbek tili va adabiyoti

1-kurs

Abdurasulova Dilnoza

Galatepaga qaytish” asari yuzasidan fikrlarim…

Galatepaga qaytsin, umidlar va imon izi qaytsin”

Istiqlol yillarida yaratilgan Murod Muhammad Do‘stning “Galatepaga qaytish yohud saodatmand G`aybarov rivoyati” qissasi markazida bir paytlar sho`x, qizuquvchan, onasini o`zi tushunmay erga bermoqchi bo`lgan oddiy, sodda, ayni paytda mulohazakor, dunyoqarashi keng, izlanuvchan, sadoqatli, oddiy va sodda islomshunos Toshpo‘lat G‘aybarov turadi, asardagi barcha voqelar chizig‘i aynan uning qishlog`i Galatepa bilan uzviy bog‘liq. Dastlab asar nomiga to`xtalsak, “Galatepaga qaytish”…… asardagi barcha voqealar zanjirini bog`lab turuvchi qahramonning o`zi tug`ilib o`sgan, beg`ubor, shod bolaligi o`tgan qishloqqa bir necha yillardan so`ng qaytishi…

Lekin G`aybarov qishloqqa qachon qaytdi? Otasi-Raim oqsoqol vafot etgandami? Yo`q! G`aybarovning qazytishi asarning so`nggida beriladi. Bir paytlar urushda qatnashgan, so`ng aqlini yo`qotgan Murod amakining dastlab G`aybarovni tanimasligi, so`ng asar so`nggida “Sen Toshpo`latsan, Raim raisning o`g`lisan, seni tanidim…” Aynan mana shu so`zlar bilan asar nomi ochiladi. Universitetda o`qigan, ilm yo`lini tanlagan, qishloqqa onda-sonda keluvchi G`aybarov aslida Galatepaga qaytdimi? Galatepa o`zi nimaning ramzi??? Fikrimcha, qahramon bolaligi o`tgan qishloq –Galatepa aslida, G`aybarovning o`zi, uning umidlari! G`aybarov o`zligini topdi! O`zini topdi! Nima uchun u shaharda yillar davomida ilmiy ishini davom ettirmay, nima qilarini bilmay hayotga beparvo, ertangi kun umidisiz yurdi? Aslida u o`zligini topolmay yurgandi! Va nihoyat asar yakunida topdi! Mana shu qishloqda qolishdek umidlari kurtak yozdi. Shuning uchun ham yillar davomida izlagani o`zini topgani uchun ham, umidlari uyg`ongani uchun ham u saodatmand ya’ni baxtiyor!!!

Asarni o`qish jarayonida o`quvchida savol uygo`nadi. Nega qahramon otasi vafot etganda yig`lamadi? U otasini yaxshi ko`rmaydimi? Yo`q, unday emas. Toshpo`lat otasini juda qattiq yaxshi ko`radi. Lekin ko`zidan tomchi yosh chiqmaydi. Aslida yig`lashi shartmi? Nega ukalari hech bo`lmasa ko`zingni yoshlab ol, deyishadi? Nega opasi odamlarni ko`rishi bilan xo`ngrab yig`laydi? Bu oddiy ko`zbo`yamachilik! G`aybarov bunday inson emas. U o`ta to`g`ri odam. Inson motamda xo`ngrab, uvvos tortib, “voy otamlashi” shart emas. Muhimi marhum yodi qalbida bo`lsin, ko`r-ko`rona odamlar ko`rsin qabilida emas, balki ich-ichidan endi bu inson yonimda emas, u endi xotira deb qalbi yig`lasin! G`aybarov ana shunday insonlardan.

G`aybarov rivoyati orqali bir qancha insonlar taqdiri yoritiladi. Yillar davomida egilmay-bukilmay, sudlanib so`ng oqlangan Raim oqsoqol, umri yolg`izlikda o`tgan, sobiq eriga aza ochgan Anzirat kampir, urush vaqtida asirlikka tushgan hozirda mullalikni kaab qilgan Mulla Chori, eridan qolgan tillalarga o`ch Oyparcha kampir, olmalaridan atir hidi anqib turuvchi Amma, ro`moli bilan bolasining axlatini tozalagan mushtipar Ona, odamiylikni yo`qotgan yolg`onchi, xiyonatkor “do`st” Samad, odamning oq-u qorasini ajrata olmaydigan, ishning ko`zini bilmaydigan, hayotdaga bosh maqsadi yo`q Shoir, qalb ko`zlari tiyrak, beg`ubor, so`qir Qobil, bevafo Mazluma, tirishqoq va izlanuvchan Zamira, G`aybarovining muhabbati kabi pok, sof, samimiy Inara, mansabparast Haykal G`aniyevich……

Yozuvchi fikrlarini qahramonlar taqdiri, ular tutgan yo`liga singdirib yuborgan. E`tabor qaratsak, Raim oqsoqolning ta`ziyasida mullalardan tashqari boshqa hech kim tilovat qilishni bilmaydi, vaholanki, ular ham musulmon. Bunga sabab istiqlol yillarigacha xalqimiz diniy tarbiyasiz, diniy bilimsiz ulg`aygan. Tilovat qilishni bilguvchi mullalar ham farishta emas, ular ham xuddi boshqalar kabi tashqaridan musulmon. Ularning aytgan gapi-yu, tutgan ishi bunga mutlaqo zid. Aynan mana shu lavhalar orqali butun o`zbek xalqi, uning qanchalar o`zligidan yiroqlashgani tasvirlangan.



Ko`plab qahramonlar va ularning taqdiri o`ylantirdi. Ana shulardan biri G`aybarovning onasi. Ha, bolasi erga bermoqchi bo`lgan ONA. Bir o`ringa to`xtalsak, ayol erining oldiga borish uchun yo`lga tushadi va mehmonxonada to`xtaydi. Kichik bolasining ehtiyotsizligi sabab mehmonxona o`rindig`i ifloslandi. Xodimlarning kibri, mensimasligi, buyrug`i, insofsizligi sabab ona bolaning axlatini qimmatbaho, oxori to`kilmagan ro`moli bilan faryod chekib tozalaydi, so`ng ko`chalarda yalangbosh xo`rlangandek yuradi. Nazarimda, bu qahramon sodda o`zbek xalqi timsoli. Mehmonxona xodimlari o`zidan chiqqan, o`ziniki bo`la turib yurtdoshlarini xo`rlagan yurtfurushlardir.

“Galatepaga qaytish yoxud saodatmand G`aybarov rivoyati” asarida Toshpo`lat G`aybarov obrazi orqali jamiyat, millat inqirozi tasvirlangan.
Download 16.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling