Abituriyent kutubxonasi 6-sinf adabiyoti savol-javob dunyo bir kundir, u ham bugundir!!! Hayotni natija qiziqtiradi !!!


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/20
Sana03.02.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1150241
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
6-adab savol javob



 
 
ABITURIYENT
KUTUBXONASI 
 
 
6-SINF 
ADABIYOTI 
SAVOL-JAVOB 
DUNYO BIR KUNDIR, U HAM BUGUNDIR!!! 
HAYOTNI NATIJA QIZIQTIRADI !!! 
Тошкент-2014 
 


G‘AFUR G‘ULOM (1903-1966) 
1. «Shum bola» qissasi qachon yaratilgan va 
qachon hozirgi kungi ko’rinishga keltirilgan? J: 
1936yil yaratilgan va 60 -yillarda hozirgi 
ko‘rinishga keltirilgan
2. Shum bolaning haqiqiy ismi? J: Qoravoy 
3. Shum bola qaysi boyning xizmatiga kiradi?
J: Sariboy degan boyning 
4. Boy Shum bolaga xizmat haqi uchun nima 
berishni taklif qiladi? J: Oyiga xompishiq 
aralash 2 pud 17 qa doqdan olma beradigan 
bo‘ladi 
5. Shum bola o’zining bir aybi borligini boyga 
aytib qo’yadi. Bu ayb nima edi? J: Har 
zamonhar zamonda yolg‘on gapirib qo‘yishini 
6. Boyning qanday yomon odati bor edi? J: 
Yoniga borgan odamdan bo‘larbo‘lmas narsaga 
«innaykeyin» deb savol beraverar, savoliga 
javob bermaganni urardi 
7. Sariboy kimning mevazorlarini, ichkitashqi 
qo‘rg‘on chasini, butun dovdastgohining 
hammasini 
qimorda 
yutib 
oladi? 
J: 
Chuvalachidagi Yusuf kontorning 
8. Sariboy qayerdagi boqqa jo‘nab ketadi? J:
Kalasdagi shinam bog‘iga jo‘nab ketadi 
9. Xizmatkorlar tashlagan chek kimga chiqadi?
- J : Shum bolaga 
10. Sariboy shiyponda nima yeb o‘tirgan edi? -
J: Boy shiyponda kalla go‘shti bilan nonushta 
qilib o‘tirgan edi
11. Shum bola Sariboyga gapni qaysi voqeadan 
bosh laydi? J: Dandon pichog‘i sinib qolganini 
aytadi 
12. Shum bola pichoq singanini qanday 
izohlaydi? 
J: Bu pichoqda tozi itning terisini shilmoqchi 
bolishganini aytadi 
13. Tozi it nima uchun o‘lgan edi? J: It harom 
o’lgan to‘riq qashqaning go‘shtini yeb olgan 
edi 
14. To‘riq qashqa nima uchun o‘lgan edi? 
J: Aravaga qo‘shilgani uchun olgan edi 
15. To‘riq 
qashqa nima uchun aravaga 
qo‘shilgan edi? J: Og‘ilxonaga o‘t tushib, 
barcha otlar nobud bolgani, omborga ham o‘t 
ketgani uchun 
16. Omborga nima uchun o‘t tushgan edi? J: 
Kenjatoy o‘g‘il Bo‘riboyvachchaning terakdan 
chumchuq bolas ini olaman deb yiqilib 
tushgani va uning arvohi sham bilan o‘ynashsin 
deb, sham yoqilishi natijasida 
17. Qachon boy choy ichib turgan piyolasini 
boshiga urib, chakkasini yorib, soqolini yulib 
dodlab yig‘lay bosh laydi? J: Kenjatoy o‘g‘li 
Bo‘riboyning daraxtdan yiqilib olganini 
eshitgandan so‘ng 
18. Boy nima sababdan hushidan ketib 
yiqiladi? 
J: Turmushga chiqmagan qizi Adolning o’g‘il 
ko‘rgani va o‘g‘li quyib qo‘ygandek Badal 
aravakashga o‘xshashini eshitib 
19. Bularning 
barchasi 
yolg‘onligini 
eshitgandan so‘ng boy Shum bolani qanday 
jazolaydi? J: Avval Shum bolani 
20 qamchi savalaydi va ishdan ketishini 
buyuradi 
20. Shum bola boyning eshigida qancha 
ishlagan edi? 
J: Bir oyu 19 kun 
21. Boy Shum bolaga qancha haq to‘laydi? 
J: Shu paytgacha bergan 22 tiyin choychaqani 
bosib qolib, qurt tushgan, sasigan olmalardan 
ikki pu dini beradi 
22. Shum bola olmalarni qaysi bozorga pullash 
uchun olib chiqadi? J: Sariog‘och bozoriga 
23. Shum bola bozorda olmalarni qanchaga 
pullaydi? 
J: 6 tanga 1 miriga 
24. Shum bola qo‘y bozorida kimni uchratib 
qoladi? 
J: Do‘sti Omonni 
25. Omon kimga yollangan edi? 
J: Toshkentlik qo‘ychi boylardan biriga 
26. «Shum bola» qissasida «Tuyani shamol 
uchir sa, echkini omonda ko‘r», degan maqol 
uchraydi. Buning ma’nosi nima? 
J: Bu «bir falokat ko‘pchilikning boshiga 
yig‘ilsa ham, u har kimga har xil ta’sir qiladi», 
«Yo‘g‘on cho‘zil guncha ingichka uziladi», 
deganidir 
27. Qissaning qahramoni necha yoshli bolakay 
edi? 
J: 14 yoshli 
28. Shum bola nima sababdan uydan chiqib 
ketadi? 
J: U onasini xafa qilib qo‘yib uyidan chiqib 
ketadi 
29. Shum bola necha yil turli joylarda yuradi? 
J: Yarim yildan ortiq 
30. Quyidagi fikrlar qaysi asardan olingan va 
qaysi qahramonga tegishli: «Qo‘loyog‘i 
chaqqongina, epchil yigitsan. Sen ham axir 
qarab turmasdan, boshqacharoq yo‘l bilan 
bo‘lsa ham tirikchilikning payidan bolsang edi, 
0‘g‘lim... axir, kissakarmon degan gaplar ham 
bor. Naq
dina pul ham yengil, ham qimmat, ham 
yashirishga oson bo‘ladi. Naqdina bo‘lsin, 
bolam, naqdina bo‘lsin»? 
J: «Shum bola» qissasidan, Eshonga 
31. Omonning bozordan nechta qo‘yi sotilmay 
qaytadi? 
J: 73 ta 
32. Shum bolani xizmatkorlar qo‘shxonasiga 
kim kuza tib boradi? J: Uzumchi 
33. Sariboy ismiga qaysi nom qo‘shib aytilar 
edi? 
J: Bo‘lis so‘zi 
34. «Ular meni qimron bilan mehmon qildilar». 
Ushbu gapdagi «qimron» so‘zining ma’nosini 
toping. J: Tuya suti 
35. «Egnida qozoqi chakmon bilan boshida 
teskari ag‘darilgan telpak, qo‘lida boshi 
cho‘qmor kaltak». Ushbu taYif qaysi 
personajga tegishli? J: Omonga 
36. «Shum bola» asaridagi qaysi voqea Sharq 
xalqlari og‘zaki ijodi namunalari ertaklami 
qayta ishlash mahsuli hisoblanadi? J: Sariboyni 
mot qilish usuli 
37. «Xotin 
qozonning qopqog‘ini ochdi, 
baliqday boTib oppoq laganda moshkichiri 
chiqdi, o‘rtaga qo‘ydilan>. Ush bu parcha qaysi 
asardan olingan? J: «Shum bola»dan 
38. G‘afur G‘ulom necha yoshida otasi va 
onasidan ajralgan edi? J: 9 yoshida otasidan, 15 
yoshda onasidan 
39. Shum bolaning qaysi gapidan keyin 
«boyning chay nab turgan yaxna tilni yutishga 
ham majoli qolmaydi»? 
J: 0‘t tushganini eshitgandan so‘ng 
40. «Sirlangan xumchaga tushgan sichqonday 
to‘rt tomonga alanglab, o‘zimga bir najot yo‘li 
qidirar edim». Ushbu parcha qaysi asardan 
olingan? 
J: «Shum bola»dan 
41. Omon qo‘ychi boyga cho’ponligi uchun bir 
yilda qancha haq olar edi? J: Ikki to‘qliyu, bir 
echki 
42. Omonning qo’ylari Sariog‘och bozorida 
sotilmay qolgandan so‘ng ularni qaysi bozorga 
haydab ketishadi? 
J: Ko‘kterak bozoriga 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling