Abloberdiyeva sarvinoz tmi(1-kurs kechgi) 1-topshiriq


Download 239.01 Kb.
Pdf ko'rish
Sana30.05.2020
Hajmi239.01 Kb.
#112256
Bog'liq
Abloberdiyeva Sarvinoz


ABLOBERDIYEVA SARVINOZ  TMI(1-kurs kechgi) 

                  1-TOPSHIRIQ  

1.O'zbekiston svilizatsiyasi haqida qisqacha ma’lumot.  

     Dunyo tarixidagi turli hududlarda ijtimoiy,iqtisodiy 

va tabiiyy sharoitlardan kelib chiqib,turli davrlarda 

o'ziga xos svilizatsiyalar taraqqiy etganligini kuzatish 

mumkin.O'zbekiston hududlarida ham svilizatsiya 

jarayonlati o'ziga xos yo'nalishda taraqqiy etib borgan 

bo'lsada bu yo'nalishdagi o'zaro ta'sir inkor 

eyilmaydi.Zero yurtboshimiz takidlaganidek tariximiz 

kabi qadimgi madaniyatning yaratilishida ham ko'plab 

etnik guruhlar el-elatlar o'z ulushini qo'shgan.Bu tabiiy 

hol chunki hech qachon hech qayerda faqat bitta 

millatga mansub madaniyat bo'lmaydimHar qanday 

svilizatsiyasi ko'pdan ko'p xalqlar millatlar,elatlar 

faoliyatining samarali ta'sirining mahsulidir. 

     O’zbekiston svilizatsiyasining shakllanishi va 

bosqichma bosqich rivojlanib borishida mintaqaviy va 

trans mintaqaviy transmintaqaviy iqtisodiy-madaniy 

aloqalar tizimi jarayoni asosiy o'rinni egallaydi.Uzoq 

asrlar davomida xalqaro savdo va aloqa yo'llari 

chorraxasìda joylashgan 

xunarmandchilikda,dehqonchilikda va savdo sotiqda 

qadimgi an'analarga ega bo'lgan O’zbekiston va O'rta 

Osiyoda o'tgan ars va asrimiz boshlarida olib borilgan 


tadqiqotlar mahalliy svilizatsiyasilar taraqqiyoti 

masalalariga ko'plab aniqliklar kiritish imkonini berdi. 



2.Insoniyatning dastlabki ajdodlari.Antropogonez 

jarayoni. 

Insoniyatning kelib chiqishi va rivojlanishi bir necha 

asrlar davomida tadqiqotchilar tomonidan o'rganilib 

turli nazariyalar yuzaga kelgan. Chunki “antropogonez" 

eng qadimgi davr tarixini o'rganishdagi muhim va 

dolzarb muammolardan hisoblanadi. Turli 

mamlakatlarda turli davrlarda yashagan mutafakkurlar 

insoniyatning paydo bo'lishi haqida ilmiy ta'rifga yaqin 

fikrlarni ba'yon etganlar. Xitoy,yunon faylasuflari 

mil.avv 6-5 asrdayoq odamning kelib chiqishi tamomila 

tabiiy hodisa deb ta’riflashga uringanlar.Ko'pchilik 

tadqiqotchilari insonni mehnat va aqliy jihatdan kamol 

topishi natijasida hozirgi darajasiga yetib kelgan,degan 

fikrni ilgari surishlariga qaramay odamni xudo 

yaratganligi yoki koinotdan  kelib yerga tarqalganligi 

haqidagi nazariyalar bor. 

 Antrapogoniz inson jismoniy qiyofasining shakkllanishi, 

mehnat faoliyati, tili shuningdek jamiyatning dastlabki 

rivojlanish jarayoni hisoblanadi. Antrapogoniz 

nazariyasida topilgan suyak qoldiqlari va tosh 

artifaktlarning sanasini belgilash muhim ahamiyatga 

ega.Bu o‘rinda fizika va ximya yordamga keladi. 



3.Eng qadimgi davrni davrlashtirish. Paleolit davri. 

Eng qadimgi davr shunday davrki,bunda barcha 

mehnat qurollari umumiy foydalangan bo'lib, qabila 

a'zolari barobar ishlagan. Biroq bu davrda odamlarning 

turmushi ancha og'ir bo'lgan. Shunday bo'lsada ular 

doim mehnat qilib tabiat qiyinchiliklarini yengib, 

taraqqiy etib borganlar. 

Eng qadimgi davr tarixiy va arxeologik jihatdan 

davrlashtiriladi. Tarixiy davrlashtirishda  kishilik 

jamiyatining rivojlanishiga ko'ra eng qadimgi davr ikki 

davrga:ibtidoiy to'da va urug'ga bo'linadi. Ibtidoiy to'da 

eng qadimgi odamlarning ulkan jamoasidan iborat 

bo‘lgan. Bu jamoada turmush va mehnat umumnegiz 

asosida rivojlangan. Keyinchalik bu to'da ibtidoiy urug' 

jamoasiga aylangan. Urug'- birgalikda yashab,mehnat 

qilgan va umumiy mehnat qurollariga ega bo'lgan 

qarindoshlar jamoasidir. 

  

Paleolit 

— qadimgi tosh davri. Tosh davrini 2 

bosqichga: P. 

— qadimgi va neolit — yangi tosh 

asrlariga boʻlib oʻrganish dastlab 1865 yil ingliz arxeologi 

J. Lebbok tomonidan fanga kiritilgan. P. quyi (ilk), oʻrta 

va 


yuqori (soʻnggi) qad. tosh davrlariga boʻlinadi. P. eng 

qad. ibtidoiy odamlarning qazilma ilk zotlari hayot 

kechirgan ulkan tarixiy zamon hisoblanadi. 

O‘sha qad. 

zamonda yer kurrasining iqlimi

o‘simliki va hayvonot 

dunyosi biz yashab turgan davrdan mutlaqo oʻzgacha 

boʻlib, undan keskin farq qilgan. Paleolit  davrining 



ibtidoiy odamlari kel

tilgan dagʻal tosh qurollardan 

foydalanganlar. Ular tosh qurollarga sayqal berish 

hamda sopol idish yasashni hali bilmaganlar. Asosan, 

ovchilik bilan kun kechirib, ibtidoiy dehqonchiliki va 

chorvachilik kabi mashgʻulotlarni hali kashf etmaganlar



4.Mil.avv 12-6 ming yilliklarda O'ra Osiyo. 

Mezolit- (12-6 ming yillik) muzlik davri tugashi bilan 

boshlanadi. Tabiat va iqlimdagi bu o’zgarishlar mеzolit 

davri kishilarining hayotda ham o’zgarishlariga sabab 

bo’ldi:1.Harorat ko’tarilishi bilan toshqin suvlar va 

yangi ko’llar paydo bo’ladi. Yеr yuzida yirik hayvonlar, 

daryo va ko’llarda baliqlar ko’paya boshlaydi. 

Ovchilikdan tashqari baliqchilik ham rivojlandi. 

2.Mеzolit - odamlarning yеr yuzi bo’ylab kеng tarqalish 

davri bo’lib, ular shimol tomonga ham, baland tog’li 

hududlarga ham tarqalishi bilan urug’ jamoalari Osiyo

Afrika, Shimoliy Yеvropa hududlarida yoyilib 

yashaydigan bo’ldi. 3.Bu davrda o’q-yoyning kashf 

etilishi odamlar hayotida buyuk burilish bo’ldi, chunki 

ovdan kеladigan  yemaklarning hajmi ortdi. 4.Bu 

davrda yovvoyi hayvonlar it, qo’y, echki kabilar qo’lga 

o’rgatila boshlanib, ular xonakilashtirildi. 5.Tosh 

qurollar va ularni yasash takomillashdi. 

O’zbеkistonda olimlar mеzolit davriga oid yuzdan 

ko’proq yodgorliklarni o’rganganlar. Jumladan: Obishir 

(Farg’ona vodiysining So’x daryosi o’zanida), 


qo’shilish (Toshkеnt atrofidagi Bo’zsuv kanali 

yoqasida), Machay g’ori (Surxondaryodagi Boysun 

tog’ida). Ushbu davrda O’zbеkiston hududida ungurlar 

dеvoriga, qoyalarga o’yib chizilgan yoki rangli 

bo’yoqlar bilan tasvirlangan ibtidoiy san'at paydo 

bo’ldi. Bunday rasmlar Surxondaryoning Zarautsoy 

darasidan topib o’rganilgan. 

O’rta Osiyo tarixida neolit davri (mil.av. 6-4 ming 

yillik) o’zlashtiruvchi xo’jalikdan ishlab chiqaruvchi 

xo’jalik - ziroatchilik va chorvachilikka o’tish davri 

bo’lib, bu davr O’rta Osiyoda 3 ta: Joytun, Kaltaminor 

va Hisor madaniyatining rivojlanishi bilan izohlanadi. 

Xorazm hududidagi ovchi va baliqchilarning eng 

qadimgi yodgorligi Kaltaminordir. Zarafshon 

etaklaridagi Darvozaqir manzili ushbu madaniyatga 

mansub yodgorlik hisoblanadi.  



5.Ibtidoiy tasviriy san’at. Bronza davri yutuqlari. 

Yozuv haqida yangi ma’lumotlar. 

Dunyo tarixida ibtidoiy tasviriy san’at, xususan, 

g‘orlarning devorlariga turli tasvirlar tushirish so‘nggi 

paleolit davriga oiddir (Ispaniyadagi Altamir g‘ori). 

O‘rta Osiyoda ungurlar va qoyatoshlarga ishlangan 

rasmlar mezolit davrida paydo bo‘ladi. Neolit davriga 

kelib, bu san’at yangi asosda rivojlanish bosqichiga 

o‘tadi. Kaltaminor, Hisor, ayniqsa, Joytun madaniyatiga 

mansub yodgorliklardan ibtidoiy san’atning namunalari 

topilgan. O‘tmish tariximizning xilma-xil yodgorliklari 



orasida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan va O‘rta 

Osiyoning tog‘lik tumanlarida keng tarqalgan qoyatosh 

rasmlari ishlanish usuliga ko‘ra ikki xildir. Bir xillari 

bo‘yoq (oxra) bilan, ikkinchi xillari esa-urib-o‘yib 

ishqalash, chizish usuli bilan ishlangan rasmlar 

(petrogliflar) keng tarqalgan.O‘lkamizdagi qoyatosh 

rasmlarning eng nodir namunalari Zarautsoy, 

Sarmishsoy, Bironsoy, Ko‘ksaroy, Takatosh, Teraklisoy 

kabilar bo‘lib, ular yuzdan ziyoddir. Mazkur joylardagi 

qoyatoshlarda O‘zbekistonning qadimgi va hozirgi 

hayvonot olami vakillarining rasmlarini kuzatish 

mumkin. Ular buqalar, sherlar va yo‘lbarslar, qoplon, 

tulki va bo‘rilar, bug‘u va jayronlar kabilardir. Rasmlar 

orasida o‘q-yoy, qopqon kabi narsalar ham ko‘pchilikni 

tashkil etadi. Mavjud qoyatosh rasmlari mazmunan boy 

va manzarasi jihatdan xilma-xildir. Unda, ov, yirtqich 

hayvonlar to‘qnashuvlari manzaralari tasvirlangan.

 

Bronza davrining xo‘jalik sohasida erishgan eng katta 



yutuqlaridan biri qadimgi dehqonchilikning keng 

yoyilishi va mil. avv. II ming yillikda chorvachilikning 

dehqonchilikdan ajralib chiqishidir. Metall qurollar 

qadimgi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni tezlashtirgani 

tufayli O‘rta Osiyo dasht va tog‘ oldi hududlarida 

yashagan aholi boshqa aholidan (dehqonlardan) ajralib 

chiqadi va asosan chorvachilik bilan mashg‘ul bo‘ladi. 

Bu tarixiy jarayon - kishilik jamiyati taraqqiyotidagi 



dastlabki yirik mehnat taqsimoti edi. O‘rta Osiyo 

hududlarida yozuv yaqin kunlarga qadar mil.avv. V-IV 

asrlarda paydo bo‘lgan deb kelinar edi. So‘nggi 

yillardagi tadqiqotlar boshqacharoq xulosalar 

bermoqda. Xususan, 2000 yilda Janubiy 

Turkmanistondagi Gonurtepa qo‘hna shahrida ochilgan 

qabrlarning biridan mil.avv. III ming yillikka oid o‘yma 

sopol muhr topildi. Unda mixxat yozuvlar bor edi.

 

Shuningdek, so‘nggi arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra, 



O‘zbekistonning janubidan ham piktografik belgi-

yozuvlar topilgan. Tadqiqotchi Sh. Shaydullayevning 

fikricha, Jarqo‘ton yodgorligidan sopollarga bitilgan 47 

ta belgidan iborat yozuvning topilishi ajdodlarimizning 

bronza davrida piktografik yozuvni yaratgani va o‘z 

fikrini turli belgilarda ifodalaganini ko‘rsatadi. 

Shuningdek, Sheroboddagi G‘oz qishlog‘i yonidagi ilk 

temir asriga oid yodgorlikdan tosh o‘g‘ir (keli) topilgan 

bo‘lib, uning sirtida umumiy soni 14 ta bo‘lgan 

piktorafik belgi-yozuv mavjud. Sh. Shaydullayev bu 

belgini Misr iyeroglifikasi bilan solishtirib ulardan biri 

«haqiqat», yana biri esa dunyoning aylanishi, ya’ni, 

«charxpalak» deb o‘qilishi mumkinligini taxmin qiladi. 

Xullas, bronza davri va uning oxirlariga kelib o‘lkamiz 

hududlarida yozuv paydo bo‘lganligi ilmiy 

asoslanmoqda hamda keyingi tadqiqotlar bu masalaga 

yanada oydinlik kiritishi shubhasizdir



6.O'zbekiston hududlarida ilk shaharlarning paydo 

bo'lishi jarayonlari.Har bir davlat o’z davlatchilik 

tarixiga ega. Bizning O’zbekistonimiz hududida ham 

qadimgi davrlardan boshlab davlatchilik poydevoriga 

asos solingan. Bizda davlatchilikka xos boy tarixiy 

tajriba mavjud bo’lib, bu juda olis davrlarga borib 

taqaladi. Albatta, davlatlar o’z–o’zidan paydo 

bo’lmagan, buning o’ziga xos omillari mavjud.Hozirgi 

O’zbekiston hududida davlatchilik poydevori temir asri, 

ya’ni 1–mingyillik bilan chambarchas bog’liq. Chunki bu 

davrda hunarmandchilik yanada rivojlandi, 

dehqonchilik gurkirab o’sdi. Temirdan yasalgan mehnat 

qurollarining keng tarqalishi mehnat unumdorligini 

oshirdi. Bu davr temirchi kasbining paydo bo’lishi va 

temirchilikning ixtisoslashuvi bilan xarakterlanadi. Bu 

hol ishlab chiqarishning yanada ilg’or usullariga o’tish 

va ikkinchi mehnat taqsimotining paydo bo’lishi uchun 

sharoit yaratdi. Ikkinchi ijtimoiy mehnat taqsimoti bu – 

hunarmandchilikning alohida ajralib chiqishi va 

ixtisoslashuvi. Urug’ jamoasi hududiy qo’shnichilik 

jamoasiga aylana bordi. Yangi yerlar va suv manbalari 

uchun qabilalar o’rtasida doimo kelishmovchiliklar 

bo’lib turgan. Qabila chegaralarini qo’riqlash, yangi 

yerlarni o’zlashtirish va boshqa qabilalar ustiga yurish 

qilish maqsadida qabilaviy harbiy ittifoqlar tashkil topa 

boshlagan. Bunday ittifoqlar tepasida urug’, qabila 


boshliqlari turganlar. Ular o’z obro’si va ta’siri bilan 

mashhur kishilardan saylangan.Mil.av. 1–mingyillik 

boshlarida Markaziy Osiyo aholisi to’rt guruhga 

bo’lingan: zodagonlar, harbiylar, ziroatchiliklar va 

hunarmandlar. Xo‘jalikning  ishlab chiqaruvchi shakllari 

bo’lgan dehqonchilik va chorvachilik , shuningdek 

hunarmandchilik va mol ayirboshlashning rivojlanishi 

urug’ va qabilalar ichida ayrim to’q oilalarning vujudga 

kelishiga olib keldi. Muntazam bo’lib turadigan harbiy 

to’qnashuvlar sharoitida urug’–qabila boshliqlarining 

ta’siri kuchayadi. Jamiyat endi harbiy demokratiya 

qonun–qoidalariga asosan yashay boshlaydi. Harbiy 

demokratiya–davlatga o’tish davrining boshqaruv 

shaklidir. Uni harbiy va qabila boshliqlari 

boshqarganlar. 

7.Avesto-O'zbekiston tarixini o'rganishdagi muhim 

manba va ma'naviy me'ros. 

O'z mazmuni, mohiyatiga ko'ra yakkaxudolik, 

insonparvarlik, mehr-shafqat, mehnatsevarlik, 

yurtparvarlik g'oyalarini tarannum etib, odamzod ahlini 

bunyodkorlik, yaratuvchilikka undagan muqaddas 

«Avesto» olis tariximizning asl durdona asarlari sirasiga 

kiradi'. «Avesto» kitobi miloddan avvalgi so'nggi ming 

yillik boshtari va o'rtalarida hududimizda yashagan 

qadimgi xalqlarning o'ziga xos turmush tarzi, xo'jalik 


mashg'uloti, ijtimoiy madaniy hayoti, urf-odatlari-yu 

marosimlari haqida ma'lumot beruvchi muhim tarixiy 

manbadir.Modomiki, «Avesto» ona tariximizning 

muhim tarkibini tashkil etar ekan, bu noyob manba 

qachon, qayerda, kim tomonidan yaratilgan, degan 

savol ko'pchilikni qiziqtiradi. Tarixiy manbalarni chuqur 

o'rganish, eng avvalo, «Avesto»da tilga olingan asosli 

jug'rofiy hududlar, yurtlar nomlarini, aholining 

mashg'ulot turlarini, urf-odatlarini, dafn marosimlarini 

sinchiklab o'rganish asnosida olimlar bu buyuk 

ta'Iimotning haqiqiy Vatani O'rta Osiyo o'lkasi, uning 

Xorazm vohasi ekanligini isbotlagan. «Avesto»da tilga 

olingan 16 ta yirik hududiy nomlarning ko'pchiligi ham 

O'rta Osiyoga taalluqlidir. 



 

 

 

Download 239.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling