Absolyut qattiq jism deb nimaga aytiladi?


Download 23.06 Kb.
Sana10.06.2020
Hajmi23.06 Kb.

Biofizika


  • Absolyut qattiq jism deb nimaga aytiladi?

Qattiq jism — moddaning shakli turgʻun agregat holati. Bu holatda modda atomlarining issiqlik harakati ularning muvozanat vaziyatlari atrofida kichik tebranishlaridan iborat boʻladi. Kristall va amorf Q j.lar mavjud. Kristallarda atomlarning muvozanat vaziyatlari fazoda davriy joylashadi. Amorf jismlard a atomlar tartibsiz joylashgan nuqtalar atrofida tebranadi. Qattiq jismning turgʻun (eng kichik ichki energiyali) holati kristall holatdir. Termodinamik nuqtai nazardan amorf jism metaturgʻun holatda boʻladi va vaqt oʻtishi bilan kristallanishi kerak. Tabiatdagi barcha moddalar (suyuq geliydan tashqari) atm. Bosimida va T>0 K trada qotadi. Qattiq jism xossalarini uning atommolekulyar tuzilishini va zarralari harakatini bilgan holda tushuntirish mumkin

  • Kuch momenti  va inertsiya momenti  qanday birliklarda ulchanadi?

Kuch (mexanikada) — berilgan jismga boshqa jismlar tomonidan koʻrsatilayotgan mexaniq taʼsirning miqdori va yoʻnalishini ifodalovchi kattalik. Jismga koʻrsatiladigan taʼ-sir 2 xil hodisani — jismning tezligini oʻzgartirishi yoki uning defor-matsiyalanishini vujudga keltirishi mumkin. Ikkala hodisada yuzaga kelgan tezlanish yoki deformatsiya miqdorini oʻlchash orqali taʼsir etayotgan kuchni aniqlash mumkin. Kuchning dinamik va statik oʻlchash usullari mavjud. Nyu-tonning ikkinchi qonuniga muvofiq, jismga taʼsir etayotgan kuch Gʻ jism massasi t bilan uning tezlanishi a koʻpaytmasiga teng: Gʻ = ta. Guk qonuniga asosan, elastik deformatsiyalarda, mas, prujiva yoki sterjenning chuzilishi (siqilishi)da vujudga ke-luvchi deformatsiyalanish kattaligi x taʼsir etayotgan kuchga proporsional:Gʻ = — Kx, bunda K — prujiva yokisterjen bikrligi. Ikki jismning bir-biriga koʻrsatayotgan har qanday taʼsiri oʻzaro taʼsir harakatiga ega boʻlpb, ularning bir-birlariga taʼsir kuchlari doimo kattaligi jihatdan teng va yoʻnalishi jihatdan qarama-qarshi-dir. Kuch birligi qilib, massasi 1 kg boʻlgan jismga 1m/s2 tezlanish beradigan kuch qabul qilingan va I. Nyuton sharafiga nyuton deb atalagan. N bilan belgilanadi: 1N = 1 kg m/s2

Inersiya momenti tenzor fizik kattalik boʻlib, oʻq atrofida aylanma harakatdagi inertlik oʻlchovidir. Jism massasining undagi taqsimoti bilan xarakterlanadi: inersiya momenti elementar massalarning asos koʻplik (nuqta, chiziq yoki tekislik) dan masofa kvadratiga koʻpaytmalari yigʻindisiga teng. Xalqaro birliklar tizimida oʻlchov birligi: kg·m² bilan be. Belgisi: I yoki J.



  • Qattiq jism inertsiya markazi harakatini tushuntiring?

larning aylanma harakati deb shunday harakatga aytiladiki, bunda jismning barcha nuqtalari markazlari bir to‘g‘ri chiziqda yotadigan aylanalar chizadi, bu to‘g‘ri chiziq aylanish o‘qi deyiladi.

  • Aylanma harakat qanday sodir bo’ladi?]

Aylanma harakat – qattiq jism aylanganda uning aylanish o‘qida yotmagan har bir nuqtasi aylana yasay-digan harakat. Bunda har qaysi aylana tekisligi qo‘zg‘almas to‘g‘ri chiziq – ay-lanish o‘qiga tik bo‘ladi, aylanalarning markazi esa shu o‘qda yotadi. Aylanma harakat burchak tezligi va burchak tezlanishi bilan ifoda-lanadi.

  • Inertsiya momenti qanday kattalik?

Inersiya momenti tenzor fizik kattalik boʻlib, oʻq atrofida aylanma harakatdagi inertlik oʻlchovidir. Jism massasining undagi taqsimoti bilan xarakterlanadi: inersiya momenti elementar massalarning asos koʻplik (nuqta, chiziq yoki tekislik) dan masofa kvadratiga koʻpaytmalari yigʻindisiga teng. Xalqaro birliklar tizimida oʻlchov birligi: kg·m² bilan be. Belgisi: I yoki J.

  • Kuch momentining fizik mazmunini tushuntiring?

Inersiya momenti tenzor fizik kattalik boʻlib, oʻq atrofida aylanma harakatdagi inertlik oʻlchovidir. Jism massasining undagi taqsimoti bilan xarakterlanadi: inersiya momenti elementar massalarning asos koʻplik (nuqta, chiziq yoki tekislik) dan masofa kvadratiga koʻpaytmalari yigʻindisiga teng. Xalqaro birliklar tizimida oʻlchov birligi: kg·m² bilan be. Belgisi: I yoki J.

  • Impuls momentining yunalishi qanday aniqlanadi?

Ilgarilanma harakatda impuls bajaradigan vazifani aylanma harakatda impuls momenti bajaradi. U impuls kabi vektor kattalik bo`lib harfi bilan belgilanadi. A moddiy nuqtaning harakatsiz O nuqtaga nisbatan impuls momenti deb quyidagi fizik kattalikka aytiladi.   


  • Impuls momentining saqlanish qonuni qanday sharoitda bajariladi?

  • Yopiq sistemada impuls momenti saqlanadi, ya’ni vaqt o`tishi bilan o`zgarmaydi. Oldin ta’kidlanganidek impuls momentining saqlanish qonuni tabiatning fundamental qonunlaridan biri bo`lib, u fazo izotropligining natijasidir.

Download 23.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling