Absorbciya jaraуоni fazalarni ajratuvchi yuzada ro`y beradi. Shu sababdan absorberlarda iloji boricha gaz va suyuqlik o`rtasidagi to`qnashuv yuzasini ko`paytirish zarur


Download 9.68 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi9.68 Kb.
#204312
Bog'liq
Kurs loyiha


Kirish

Absorbciya jaraуоni fazalarni ajratuvchi yuzada ro`y beradi. Shu sababdan absorberlarda iloji boricha gaz va suyuqlik o`rtasidagi to`qnashuv yuzasini ko`paytirish zarur. Ushbu to`qnashuv yuzasini hosil qilish usuliga ko`ra absorberlar shartli ravishda quyidagi guruhlarga bo`linadi: 1) yuzali va yupqa qatlamli (jumladan nasadkali); 2) barbotajli (tarelkali); 3) suyuqlik sochib beruvchi.



Nasadkali absorberlar. Bunday kolonnalar eng ko`p tarqalgan yuzali absorberlar qatoriga kiradi. Har hil shaklli va o`lchami 12/150 mm bo`lgan qattiq jismlar, ya`ni nasadkalar bilan to`ldirilagan vertikal kolonnalarning tuzilishi sodda va yuqori samaradorlikka ega bo`lgani uchun ular sanoatda keng ishlatiladi. Nasadkali kolonnalarda nasadkalar gaz va suyuqlik o`tadigan tayanch to`rlarga o`rnatiladi. Qurilmaning ichki bo`shlig’i nasadka bilan to`ldirilgan bo`ladi уоki har birining balandligi 1,5–3m bo`lgan qatlamlar holatida joylashtiriladi. Gaz turning tagiga beriladi, so`ngra nasadka qatlamidan o`tadi. Suyuqlik esa kolonnaning yuqori qismidan mahsus taqsimlagichlar orqali sochib beriladi, u nasadka qatlamidan o`taуоtganda pastdan berilaуоtgan gaz oqimi bilan uchrashadi. Kolonna samarali ishlashi uchun suyuqlik bir tekisda, qurilmaning butun ko`ndalang kesimi bo`ylab har bir sochib berilishi kerak. Bu qurilmalarda kontakt yuzasi esa nasadkalar уоrdamida hosil qilinadi.

Koks kimyosi — kimyo fanining bir boʻlimi, toshkoʻmirning tarkibi, tuzilishi, kimyoviy xossalarini oʻrganadi, kokslash usullari bilan toshkoʻmirdan koks va boshqa kimyoviy mahsulotlar olish ustida tadqiqotlar olib boradi. Toshkoʻmirni kokslash bir necha jarayondan iborat: koʻmirni kokslashga tayyorlash (boyitish, maydalash, aralashtirish, quritish); koʻmirlash aralashmasini kokslash; hosil boʻlgan uchuvchan gazlarni tutish va ularni qayta ishlash; qattiq qoldiq — koksni sovitish va navlarga ajratish. Kokslanuvchi toshkoʻmirning turi, navi, makromolekulalarining tuzilishi va kokslanish jarayonining ketishiga qarab 1 t koʻmirdan 650–750 kg koks, 140–150 kg koks gazi, 30–40 kg toshkoʻmir smolasi, 10–15 kg "xom benzol", 3 kg atrofida ammiak va vodorod sulfid hosil boʻladi. Kimyo sanoati va xalq xoʻjaligining boshqa sohalarida kokslanish mahsulotlaridan N2, SN4, NH3, etilen, benzol, toluol, ksilollar, solvent, naftalin, fenol, krezollar, piridinlar, S, NaSCN, (NH4)2S, (NH4)2 SO4, karbazol, antratsen, piren, smolalar, toshkoʻmir moyi va boshqa qoʻllaniladi. Bu moddalar azotli oʻgʻitlar, polimerlar, malein va ftal angidridlar ishlab chiqarishda boshlangʻich xom ashyo, anilin boʻyoqlar ishlab chiqarishda oraliq mahsulot, elektrodlar ishlab chiqarishda bogʻlovchi, taxta va gʻoʻlalarga shimdiriladigan moy, qurilish materiallari (mas, kislotaga chidamli koshinlar, linoleum, olovbardosh materiallar, pestitsidlar, sintetik yuvish vositalari, dori preparatlar, vitaminlar va boshqa ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida ishlatiladi. Koks kimyosining rivojlanishi qora va rangli metallurgiyaning rivojlanishi bilan bogʻliq. Metallurgiya sanoatida temir, mis, qoʻrgʻoshin va boshqa metallarni rudalaridan qaytarib olishda Koks kimyosining ahamiyati katta. Sanoatda qoʻllaniladigan koksning maxsus navlarini termik ishlov berish va saralash yoʻli bilan olish, sifatini yaxshilash Koks kimyosining asosiy vazifalaridandir.


Download 9.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling