Abu Nasr Farobiy va G'azzoliyning falsaf ilmiga oid qarashlari Reja


Download 45 Kb.
bet1/3
Sana23.09.2023
Hajmi45 Kb.
#1685187
  1   2   3
Bog'liq
Abu Nasr Farobiy va G\'azzoliyning falsaf ilmiga oid qarashlari R


www.arxiv.uz

Abu Nasr Farobiy va G'azzoliyning falsaf ilmiga
oid qarashlari
Reja:


I.Kirish
II.Abu Nasr Farobiyning falsafa ilmiga oid qarashlari
III.Imom G'azzoliyning falsafa ilmiga oid qarashlari IV. G'azzoliy qoldirgan ijtimoiy-falsafiy meros.
V.Xulosa
Kirish
Abu Nasr Forobiy 336 hijriy yilda Damashq yaqinidagi qishloqlarning birida vafot etdi. Abu Nasr Forobiy 260dan ziyod ilmiy ish yaratdi. Ulardan ayrimlari quyidagilardir:
1. «Risola fi A'za il Inson».
2. «Risola fi A'za al-Hayvon».
3. «Risola fir Raddi ala Jolinus fima Nakaza fiha Aristotelis».
4. «Kitobun fi Aroi ahl il-Madinatil Fazila».
5. «Risola fil Millatil-fazila».
6. «Ta'liqot».
7. «Risola fi Tahsil is Saodat».
8. «Risola uyun ul-Masoil».
9. «Risola al-Mufarraqot».
10. «Risola fi Masnil aql» va hokazo.
Forbiyning kitoblari ikki turga taqsimlanadi. Birinchisi talim tarbiya falsafa va boshqa sohalarda yozgan kitoblari. Ikkinchisi Aflotun, Arastu va ularga ergashganlarning kitoblariga yozgan sharhlari. Ba'zi tadqiqotchilar mazkur kitoblarning soni qirq donaga etganini aytadilar
Islom olamining buyuk mutafakkirlaridan biri, Sharqda Hujjat ul-Islom va Hujjat ul-Haq rutbasi bilan mashhur bo’lgan Abu Homid Muhammad ibn Muhammad al-G’azzoliy o’zining ilmiy merosi bilan yuqorida nomlari zikr etilgan donishmand allomalar orasida o’ziga munosib joy egallagan betakror shaxsiyatdir. Uning ilm-fan, boy ma’naviyatimiz sarchashmasiga qo’shgan hissasi beqiyosdir.Alloma o’zining asarlarida o’sha vaqtda qamrab olinishi mumkin bo’lgan barcha jabhalarda fikr-mulohazalar yaratdi, inson tafakkurining yangidan-yangi sirli qirralarini kashf etishga musharraf bo’ldi, bashariyatning yorqin xotirasida abadul-abad o’chmas nom qoldirdi.
Imom G’azzoliy qisqa 53 yillik umri davomida 100 ga yaqin asar yozib qoldirgan. Ular islom dinining turli tarmoqlariga taalluqli bo’lib, dalillar qamrovi jihatidan juda katta miqyosga ega. Mazkur asarlar tafsir, hadis, tarix, falsafa, fiqh, tasavvuf va irfon olimlari uchungina emas, oddiy odamlar uchun ham muhim ahamiyatga egadir. Chunonchi faqihlar G’azzoliyning «Basit», «Vajiz», «Vosit» kabi asarlaridan, mufassirlar, kalom ilmining olimlari «Qavoid al-aqoid», «Ar-risolat al-qudsiya», «Al-iqtisod fil-e’tiqod» singari kitoblaridan, mutasavviflar va umuman barcha haqiqat oshiqlari «Ihyo ulum ad-din» nomli buyuk asaridan bahramand bo’lsalar, katta ruhiy quvonchni boshdan kechiradilar

Download 45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling