Achchiq haqiqat


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/14
Sana02.01.2022
Hajmi0.84 Mb.
#185413
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
ACHCHIQ HAQIQAT



ACHCHIQ HAQIQAT

Ushbu  kitob  qo'lyozmasini  o ‘qir  ekanman,  yuragim 

bir-ikki  martagina  siqilgani  y o ‘ q.  Nihoyat  —  ajoyib, 

dedim oxirgi sahifani yopar ekanman,  ko‘nglim yorishib. 

Achchiq  qismat  haqida  hikoya  qilib,  iliq  harorat  hadya 

etish  -   har  kimga  ham  berilm aydigan  iste’doddir. 

Xudoyberdi  To'xtaboyev  buni  uddalay  olgan.

Men  bunday  qobiliyat  egasini  iste’dod  targ'ibotchisi, 

degan  bo'la rdim .  0 ‘ zidagi  ezgulikni  o'zgalarga 

tarqatmoqchi  b o ‘ lgan  odamni  g'allakorga  mengzash 

mumkin  emasmi?

“Besh  bolali  yigitcha”  -   ajoyib  asar.  Urush  davridagi 

bolalik  haqida  kam  yozilmagan.  Men  buning  salbiy 

jihatini ko'rmayman. Yer yuzida o'zining bolaligini yodga 

olmagan  yozuvchilar  deyarli  y o ‘ q.  Endi  esa  bu  bilan 

zamon  mashg‘ul  -   adabiyotga  shunday  odamlar  kirib 

kelishdiki,  ularning  bolaligi,  o ‘smirligi  urushga  to‘g‘ri 

kelgan,  aniqrog'i,  urushning  og‘ir  ko'lankasi  ularning 

bolaligi,  o'smirligi, yoshligiga soya solgan. Buni qalamda 

aks  etgan  urush  davridagi  bolalik  xotiralari  bilan 

izohlash  mumkin.

Yana  bir  gap.  Urush  katta-kichik,  hatto  eng  kichik 

yoshdagi go'daklar uchun ham iztiroblar, kurashlar davri 

ediki  -   to‘rt  yilda  yigirma  million  inson  yo'qotilganini 

eslang  -   hozir,  oradan  shuncha  yillar  o'tgan  bo‘lsa-da, 

dard, og'riq bilan yodga olinadi. Dushmanga qarshi urush 

olib  borilar  va  bu  haqda  go‘ zal  she’rlar  va  romanlar 

bitilgandi.  Front  ortidagi  mehnat  haqida  ham  kam 

yozilmagan.  Iztiroblari,  intilishlari,  g‘am-kulfatlari bilan 

yosh  bolalar  ham  urush  zahmatini  his  qilgan,  beixtiyor 

ravishda unga jalb etilgan edi.  Bu go'daklar ertaga katta

3



odamlarga  aylanadigan  buyuk  ishtirokchilar  ec 

kelajak  ishtiroki  edi.

Kimki  Aleksandr  N everovning  “ Toshken 

shahri”  qissasini o'qigan bo'lsa, Xudoyberdi To‘: 

kitobidagi  talay  jih a tla r  tanish  k o'rin a d i. 

tuyg'ular,  fikrlarning  ajoyib  uyg'unligidir.

K itobdagi  kich ik  qa h ra m on la rn in g  ye 

muhtojligi,  darbadarligi  fuqarolar urushi  davrid 

tengqurlarining  azob-uqubatlarini  esga  solac 

soladi,  xolos.  Va  bunday  yodga  solish  Nev 

To'xtaboyev  kitoblarining  ajoyib  tarzdagi  ta 

nam oyon  etadi.  M azkur  asarlardagi  zam o 

ulardagi o'ziga xoslikni, jamiyat ruhiyatini  ochil 

Bosh  qahramon  Orif -  nafaqat besh nafar go‘ 

akasi,  u  qarovchisiz  bolalarning,  o ‘z  oilasinin; 

yo'lboshchisi  ham.  Oila  shamchirog'i  o'chib  qc 

uchun  Orifning zimmasiga ulkan  mas’uliyat yul 

Ota-onasidan  ju do  bo'lgan   bolalar  o ‘ z  du 

yashalarsa-da,  urush,  vayronagarchiliklarni  1 

etadilar.

Front  uchun  zambarak  sotib  olish  maqsad 

budini  sotgan  qariya-chi?  Adolat  uchun  o ‘zir 

cho'qqa  urishga  shay  turgan  bolalar  uyining 

direktori  rus  ayoli  Mariya  Pavlovna-chi?

Oriflar  oilasi  yaxshi  odamlar  orasida  yashay« 

hayot  kabi  haqiqat  qissasi  ham  shafqatsiz 

vj

 

odamlar  hamma  vaqt  ham  boshiga  musibat  i 



bolalarga  yordam  qo'llarini  cho'za  olmaydilar 

ular  go'daklar  yonida  b o ‘ lm asalar-da,  mehi 

ko'rsata oladilar.  Bu  esa yaxshi  qahramonlamir 

balki  yovuzlikka  qarshi  kurashib,  dunyoni  mi 

etuvchi  yaxshilik,  ezgulikning  kuchidir!  Adib 

haqiqatni  tasdiqlar  ekan,  bolalarning  Toshl 

Q o'q on g a   —  qadrdon  q ish loq la riga   kel 

mashaqqatli yo'lida ezgulik yordam qilgani, yovi 

xalaqit  berganini  yorqin  aks  ettiradi.

4



Xudoyberdi To'xtaboyev -  ajoyib iste’dod egasi. Urush 

yillaridagi  o'smirlar  hayotini  yorituvchi  kitobi  ham 

achchiq  qismatdan  hikoya  qiluvchi  ajoyib  asardir.

Axir,  yaxshilikning  faqat  shirin  ta’mi  borligi  haqida 

kim  aytdi?

Hayotda  yaxshilik,  xotirjam lik,  ravon  y o ‘ l  emas, 

aksincha,  sinovlar  insonni  inson  darajasiga  ko'taradi. 

Bu  sinovlar  achchiq  bo'lmasa  qani  edi!  Modomiki,  davr 

shuni  taqozo  etgan  ekan,  nachora!

Besh bolali Orif achchiq sinovlarni boshidan kechirdi. 

U  g'olib  bo'ldi.

Aytish  mumkinki,  u  zafar  quchgan  Orifdir!



Albert LIXANOV


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling