Adabiy o’qish Kitob – misoli xazina


Download 1.26 Mb.
Sana04.12.2020
Hajmi1.26 Mb.
#159032
Bog'liq
topshiriqlar 10 d8e36adfa7ad06ba951b708e5849c722


Adabiy o’qish
Kitob – misoli xazina

Biz yashayotgan zamin qadim zamonlardan beri madaniyat va ziyo maskani bo‘lib, xalqimiz esa dunyoni larzaga keltirgan ulug‘ zotlarni tarbiyalab, voyaga yetkazgan xalqdir. Bugungi kunda faxrlanib, moddiy meros borasida ham, ma’naviy meros borasida ham dunyoning sanoqli mamlakatlarigina bizning davlatimiz bilan bellasha olishi mumkin deb, baralla ayta olamiz. Asrlar osha qanday yutuq va marralarga erishgan bo‘lsak, albatta, buning zamirida halqimizni kitobga bo‘lgan mehr va mutolaaga bo‘lgan ishtiyoqi mujassam bo‘lgan.



Kitob – ilm manbai, - deydi dono xalqimiz. Ayniqsa, yosh avlodni ma’naviy sog‘lom va barkamol etib tarbiyalashda, tafakkur xazinasini boyitishda kitob mutolaasining o‘rni beqiyosdir. Shuning uchun ham, azal-azaldan ilm manbai, ma’naviyat xazinasi sanalgan kitobga munosabat inson ma’naviyatini ko‘rsatadigan muhim omillardan biri hisoblangan. Agar, xalqimizning uzoq o‘tmishiga nazar tashlasak, buyuk Sohibqiron Amir Temur bobomiz ham yuksak ma’naviyatli inson sifatida kitobni juda qadrlaganliklariga guvoh bo‘lishimiz mumkin.

Kitob haqida maqollar

  • Kitob - aql qayrog’i.

  • Kitob ko'rmagan kalla - giyoh unmagan dala.

  • Kitobsiz aql - qanotsiz qush.

  • Kitoblar - aql farzandlaridir.

  • Kitoblar jonsiz, ammo sodiq do’stlardir.


Avval bil, keyin qil.

Avval o'rgan, keyin o'rgat.

Baxt belgisi — bilim.
Bilim — aql chirog'i.

Bilim baxt keltirar.

Bilim — davlatdan qimmat.

Bilim — kuchda,
Kuch — bilimda.

Bilimli — olim.
Bilimsiz — zohm.

Bilimliga dunyo yorug',
Bilimsizga — qorong'u.

Bilimlining bilimi yuqar,
Bilimsizning nimasi yuqar.

Bilishim,
Bilishimga tushar bir ishim.

Bilimsiz kishiga ish yo'q,
Ilmsiz kishiga osh yo'q.

Bilimsiz mulladan ustiga yuk ortilgan eshak yaxshi.

Bilimsiz xalfa — ekinsiz dala.

Bilmagan ayb emas,
Bilishga tirishmagan ayb.

Bilmagan ishga urinma,
Urinib tuzoqqa ilinma.

Bilmagandan bilgan yaxshi,
To'g'ri ishni qilgan yaxshi.

Bilmaganni so'rab o'rgangan olim,
Orlanib so'ramagan o'ziga zolim.

Bilmaganning bilagi tolmas.

Bilmas tabib jon olar.

Bilmasang, bilgandan so'ra.

Go'zallik — ilm-u ma'rifatda.

Zehn qo'ysang bilimga,
Ilm tomar dilingga.

Ilm — aql bulog'i,
Aql — yashash chirog'i.

Ilm baxt keltirar,
Bilim taxt keltirar.

Ilm izlagan yetar,
Izlamagan — yitar.

Ilm istasang, takror qil.

ART – KLASTER METODIdan foydalanib rasmga xos matnlar tuzing.



Matnda tanishib chiqqan bilimlaringizni so‘rov texnologiyasi orqali ushbu jadvalni to‘ldiring.

So‘rov” texnologiyasi



MEN BILDIM




MEN TUSHUNDIM




MEN AJABLANDIM




MEN O‘YLANIB QOLDIM




MEN O‘RGANDIM






Grammatik mavzu bo‘yicha topshiriqlar

1-topshiriq. Berilgan gaplarni erkin va barqaror birikmalarga ajrating va farqini ayting.

1. Toshkentdagi istiqlol davrida qurilgan inshootlarni ko‘rib ogzim ochilib qoldi. Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda, deydi xalqimiz. 3. Kechagi majlisda menga ham til tekizibdi. 4. Bahorning mayin shabadasi daraxt shoxlarini tebratdi. 5. Oltin o‘tda bilinadi, odam mehnatda bilinadi. 6. Arslon izidan qaytmas, tigit so‘zidan. 7. Tuyaning dumi yerga yetganda qarzini to‘laydi. 8. Bir tariqdan bo‘tqa bo‘lmas. 9. Ular bir yoqadan bosh chiqarib mehnat qiladilar.
2-topshiriq. Erkin va barqaror birikmalar haqidagi nazariy bilimlarni o‘zlashtirib barqaror birikmalarga misol topib daftaringizga yozing.
3-topshiriq. Venn diagrammasi asosida erkin va turgun birikmalarni taqqoslang va tahlil qiling.


VENN DIAGRAMMASI

X


Erkin birikmalarning

o`ziga xos xususiyatlari
Turg’un birikmalarning o`ziga xos xususiyatlari

Y

Erkin va turgun birikmalarning farqli jihatlari



Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling