Adabiy qahramon portreti


Download 22.52 Kb.
Sana08.09.2023
Hajmi22.52 Kb.
#1674385
Bog'liq
adabiy qahramon potreti


ADABIY QAHRAMON PORTRETI
Badiiy adabiyot — personaj tashqi qiyofasining tavsifi, tasviri; badiiy obraz yaratish vositalaridan biri portret harakteri asar janriga hamda yozuvchining ijodiy metodi va individual uslubi xususiyatlariga bogʻlik boʻladi. Odatda, portret personaj xarakterining yozuvchi eng muhim deb hisoblagan jihatlarini ochib beradi. U adabiyotda qadimdan mavjud. Tasvir vositasi sifatida oʻzgarib takomillashgan. Xalq ogʻzaki ijodida inson individullashgan shaxs sifatida tasvirlanmaganligi uchun uning portreti ham koʻpincha mavhum, umumiy xarakterga ega. Folklorda portret mifologik, fantastik yoki anʼanaviy tarzda yaratiladi. Shuning uchun aniq ijtimoiy, tarixiy, milliy va individual belgilardan mahrum boʻladi. Masalan, „Alpomish“ dostonida devlar portreti mubolagʻa bilan berilgan: Toʻqson qarich edi uning hassasi, Sarhovuzdan katta edi kosasi.
Qadimgi gʻarb va sharq adabiyotlarida ham portret koʻpincha mavhum, anʼanaviy harakterda boʻlgan. Masalan, gʻazallarda yorning tashqi qiyofasi oy, quyosh, yulduz, tun va kun kabi narsalarga nisbatda koʻrsatilgan. Realist yozuvchilar tashqi qiyofani batafsil tavsiflaydilar, unda davr va hayot tarzi bilan bogʻliq holda roʻy bergan oʻzgarishlarni aynan aks ettiradilar (masalan, Abdulla Qodiriy, Oybek). XIX asr da portretning ichki yoki psixologik (ruhiy) portret deb atalgan turi tarqalib, unda personajning harakteri — belgilari va ruhiy kechinmalari majmui ochib beriladi (Abdulla Qahhor, Odil Yoqubov). Adabiy portret — atoqli shaxs, yaʼni yozuvchi, rassom, jamoat arbobining hayoti va ijodi haqidagi ocherk alohida janr hisoblanadi.
Neʼmat Abdullayev, Abdumajid Madraimov.[1]
Maʼlumki, har bir davrning usta rassomlari boʻlgan. Ular portret asarlarida zamondoshlarning goʻzal qiyofasini obrazlarini yaratib, keyingi avlodlarga meros qilib qoldirgan. Uygʻonish davrining buyuk nomoyondasi Lenardo da Vinchining „Avtoportret“, „Jakonda“ asari, Velaskesning „Papa Inokentiy X“ portreti shular jumlasidandir.
Gollandiyalik rassom Rembrandt kabi koʻpgina Yevropa rassomlari ham ajoyib portretlarni yaratib nom qoldirdi. XIX asrning birinchi yarmida yashab ijod qilgan buyuk rus rassomlari O. Kiprenskiy, V. Tropinin, A. Venetsianovlar rus portret sanʼatining asoschilari boʻladilar. Ular XVIII asr portretchilik anʼanasini davom ettirib, insonni tasvirlashga yana ham zoʻr eʼtibor bilan qaradilar, portretlar psixologiyasiga katta ahamiyat berdilar, rassomchilik mahoratini oshirdilar.
O.A. Kiprenskiy portret sanʼatining muvaffaqiyati shundaki, rassom oʻz zamondoshlarini portretlarida dastavval insonning goʻzal maʼnaviy dunyosini, qadr-qiymatini, uning orzu-oʻylarini, kechinmalarini tasvirladi. U qator asarlarni, shu jumladan ijodning choʻqqisi boʻlgan A. S. Pushkin (1827) portretini yaratdi. Taniqli shoir siymosi bu portretda har jihatdan juda mukammal ochib berilgan. Asarda shoirning tashqi qiyofasi bilan birga, undagi ruhiy koʻtarinkilik, bitmas-tuganmas ijodiy ilhom sohibi ekanligi juda mohirona tasvirlangan.
Uning zamondoshlaridan biri V. Tropinin bizlarga asosan „Pushkin“, „Gitarachi“, „Bagration“ portretlari muallifi sifatida tanilgan. Uning 1823-yilda yaratgan „Toʻr toʻquvchi qiz“ portreti istarasi issiq, yoqimli shahlo koʻz qiz qiyofasini aks ettirdi. Ularning izdoshlaridan biri A. Venetsianovdir. U birinchi boʻlib sanʼatga dehqon obrazlarini olib kirdi va birinchi boʻlib tabiatning poetik obrazini yaratdi.
20 yillarda yaratgan „Yoz“, „Ekinzorda“ asarida — tabiat va inson obrazini, dehqonlarni mehnat jarayonini ifodalab uygʻunlashtirib bergan. U „Zaxarka“ portretida mehnatkash bolani ichki dunyosini ochib bergan. XIX asrda realistik portret soxasida Kramskoy, Repin, N.Vasnetsov, V.Serov kabi ulugʻ rus rassomlar ijod qildilar. N.Kramskoyning N.Nekrasov, P.Tretyakov, L.Tolstoy, I.Repinning V.Stasov, M.Musogorskiy portretlari bunga yorqin misol boʻla oladi.
XX asrning ikkinchi yarmida oʻzbek portret sanʼati yuksalib rivojlandi. Portret sohasini Lutfulla Abdullayev, Abdulhay Abdullayev, Raxim Ahmedov, Malik Nabiyevlar samarali ijod qilib kelmoqdalar. Lutfulla Abdullayevning „Mulla toʻychi Toshmuhamedov“, „Y. Axunboboyev“ portretlari realistik anʼanalarda mohirona tasvirlangan. Abdulhay Abdullayev birinchi oʻzbek portretchi rassomlardan biri boʻlib, portret sohasida salmoqli ijod qiladi. U oʻz zamondoshlari, ziyolilarni, olimlarni adabiyot va sanʼat namoyondalarini portret galleriyasini yaratib katta muvaffaqiyatlarga erishdi.
„Abror Xidoyatov Otello rolida“, yozuvchi „Oybek“ portreti muallifining shoh asarlaridan boʻlib, Otelloni oʻychan boqishi, gavda harakati portretga romantik koʻtarinkilik ruhini baxsh etgan. Unda yuz ifodasi psixologik holati mohirona tasvirlangan. Oybek portretida shoir siymosi kompozitsiya jihatidan juda chuqur va mukammal ochib berilgan. Rassom bu asarda inson qiyofasini abadiylashtiribgina qolmay, balki hamma yuksak insoniy fazilatlar egasi, otash qalb, xayajon va tashvishga toʻla buyuk yozuvchining jonli portretini yaratdi.
Rahim Ahmedov portret janrida hayotga chuqurroq yondoshdi. Inson ichki kechinmalarini, his-tuygʻularini, orzularini, insonning goʻzallik qalbini oʻz asarida ochib beradi. Uning „Ona oʻylari“, „Surxandaryolik ayol“, „Dehqon portreti“ yorqin misol boʻla oladi. Malik Nabiyev asosan portret janrida zamondoshlari bilan bir qatorda tarixiy allomalar obrazini ham yaratish ustida koʻp mehnat qiladi. U 1952-yili „Beruniy“ obrazini yaratdi. 1993-yili buyuk sarkarda „Amir Temur portreti“ni yaratdi. Portret kompozitsiyasini yaratishda rassomlarning oʻziga xos uslubi mavjud, u adabiy qoʻlyozma, etnografik xujjatlardan unumli foydalanadi.
Portret mazmuniga koʻra quyidagi turlarga boʻlinadi: kalla portreti, koʻkrak qiyofali portret (byust), yarim gavda portret, butun gavda qiyofasi portreti, portret kartina, guruhli portret, miniatyura portreti va hokazo.
Portret kompozitsiyasining tuzilishida insonning tashqi va ichki qiyofasi, uning ruhiyati, shuningdek qoʻli, oʻtirish holati, liboslari, interyerdagi predmetlar asosiy vosita sifatida muhim rol oʻynaydi. Har bir rassom portret yaratishda oʻz tajribasi, usuliga tayanadi. Bunga har xil kutilmagan holatda, rang va texnikada bajarilgan portretlar dalil boʻla oladi. Bahodir Jalolovni kinorejissyor „Komil Yormatov“ portreti shu fikrimizni tasdiqlaydi.
Shuning uchun portret yaratishda yoshlar ulugʻ portret ustalari tajribasini oʻrganib. Ularda unumli foydalanishlari lozim. Portretchi rassom avval tasvirlanuvchi bilan chuqurroq tanishib, bir muncha davrda uni kuzatib, suhbatlashib, uni asosiy harakteri, xususiyatlarini, ichki va tashqi dunyosini yaxshi oʻrganishi kerak, M. Nesterovning shogirdi P. Korin doim bu amallarga sodiq qolib A.Tolstoy, N.Kachalov, M.Nesterov, N.Saryan portretlarni shu tarzda yaratdi.
Download 22.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling