Adabiyot (bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari. (2 soat)


Download 30.93 Kb.
bet1/13
Sana31.03.2022
Hajmi30.93 Kb.
#620830
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1-AMALIY MASHG`ULOT
digestive system, Sillabus Yongin xavf 98-20 MMTX, «iqtisodiyot» kafedrasi iqtisodiyot nazariyasi fanidan yozma ish - 2022-03-12T134132.027, SABRINA HOSILA YORDAMIDA FUNKSIYANI TEKSHIRISH, SABRINA FUNKSIYANING SINFLARI, sabrina aniqmas integrAL, Eyler almashtirishlari sabrina, 19-Mavzu Xosmas integrallar. Integrallash sohasi chegaralanmaga Sabrina, SABRINA UZLUKSIZ FUNKSIYALAR, 2 5213215111858099268, 0.5 Sharofutdinova, 1 MFO\'T test yakuniy 1 — копия (2), Essay 2, Essay 1



1-SEMINAR MASHG'ULOT

Adabiyot (bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari.
(2 soat)
Masahg`ulot tuzilishi
I.Mavzu bo’yicha o’qituvchining qisqacha sharhi – 15 daqiqa.
O`zbеk bоlаlаr аdаbiyoti fanining maqsad va vazifalari tahlil etiladi.
Bоlаlаr bоlаlаr аdаbiyoti fanining jаnr хususiyatlаri tаhlil еtilаdi..
Bоlаlаr аdаbiyoti kitоbхоnlаrning yosh хususiyatlаrigа bоg‘lаb o‘rgаtilish usullari.
Mustаqillik dаvri bоlаlаr аdаbiyotining taraqqiyot bosqichlari va xususiyatlari.
Bolalar adabiyoti va folklor fanining maqsad va vazifalari haqida tushuncha berish. Xalq og`zaki ijodining bolalar adabiyotida o`ziga xosligini o`rganish, folklor janrlari haqida bilim va ko`nikma hosil qilish. Bolalar yosh xususiyatlarini davrlashtirish va bolalar kitobxonligini o`rganis
II.Taqdimotchi guruh taqdimoti.
III.Talabalarni baholash.


Mavzuga qisqacha sharh
Bolalar adabiyoti so‘z san'ati va tarbiya vositasidir. Kichkintoylar uchun yoziladigan har qanday badiiy asar ularning yosh xususiyatlariga, saviyalariga mos kitobxonlar qalbida o‘y-fikrlar uyg‘otadigan, yorqin obrazlarga boy, vuks'ak g‘oyalarga, ulkan va porloq ishlarga ilhomlantiradigan bo‘lishi zarur. Eng muhimi mavzular tushunarli, sodda va qiziqarli tilda ifodalanishi kerak.
Bolalar adabiyoti yoshlarni irnon-e'tiqodli kishilar sifatida va vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda mustaqil mamlakatimizning qudratli qurolidir.
Faqat chinakam badiiy asarlargina bolalarga kuchli ta'sir ko‘rsatib, ana shu yuksak talablarga javob bera oladi. Shu sababli bunday kitoblar pedagogik nuqtai nazardan ham alohida ahamiyat kasb etadi.
Bolalar kitobi bu vazifani bajarishda badiiy tilga suyanadi. Adabiy asarning tili uning g‘oyaviy mazmunini aniq va ifodali ochib berish vositasidir. Yaxshi, aniq, ravon, obrazli, boy til bilan yozilgan asar yozuvchining maqsad va fikrlarini kitobxonlarga tez va oson yetkazadi.
Alisher Navoiy «Mahbubul qulub»da tilni «ko‘ngil xazinasining qulfi», deb ta'riflaydi. Buyuk shoir kishilarni qisqa va mazmunli, chuqur mantiq bilan so‘zlashga chaqiradi. Bu talab, shubhasiz, bolalar yozuvchilariga ham taalluqlidir.
Bolalar yozuvchisi sodda, ravon, qiziqarli va mazmundor qilib yoza bilishi kerak. Buning uchun esa u xaiq tilini puxta bilishi lozim. Ravon til bilan yozilgan badiiy asarlar kitobxonning nutqiga ham katta ta'sir ko‘rsatadi, so‘z boyligini oshiradi.
Bolalar yozuvchilarining eng yaxshi kitoblari yosh avlodni hayotga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishga o‘rgatadi, ona-diyorimizga, mehnatga muhabbat, zamonamizga sadoqat ruhida tarbiyalaydi, ularni yurtimizning munosib farzandlari bo‘lishga chaqiradi. Kitob bolaning dunyoqarashini shakllantirishga yordam beradi, xarakterini tarbiyalaydi. Ilm-fanga muhabba'mi oshiradi. Kitob xalqimizning o‘tmishi, ilg‘or madaniyatimiz, fan va texnikamiz yutuqlari bilan tanishtiradi, faxr-iftixor tuyg‘ularmi o‘stiradi. Har bir xalq bolalar adabiyotining vujudga kelishi o‘sha xalqning ma‘naviy tafakkuri bilan bog‘liq. Shu tariqa xalqning o‘zi farzandlari uchun maxsus adabiyotni maydonga keltirish tashabbuskori bo‘lib chiqqan.
Rus xalqi orasida jodugar kampir Yaga, yalmog‘iz uchar ilon, TO‘G‘RI va EGRI to‘g‘risidagi ertaklar; turkiy xalqlar orasidagi Shiroq, To‘maris, Guldursun haqidagi afsonalar shuhrat qozongan. Xolbuki, bu ertaklarning yaratilishi yeramizdan avalgi 6-4 asrlarga borib taqaladi.
Shuningdek, turkiy xalqlar orasida hind va arab folklori namunalari ham keng yoyildi. Masalan: ”Panchatantira”, ”Kalila va Dimna”, ”Romayana”, ”Maxobxarat”, “Ming Bir Kecha” shular jumlasidandir. Bu holat yangi yeraning boshlanishiga to‘g‘ri keladi.
Eng qadimiy janrlardan biri bu qo‘shiq janridir. Qo‘shiqlarning ham yeng qadimiysi bu beshik qo‘shiqlari hisoblanadi. Bola tug‘ilib tili chiqqunga qadar kattalar ularga Alla aytib beradilar, tarbiyachilar turli mashg‘ulotlar o‘tkazadilar, turmushga zarur bo‘lgan dastlabki hayotiy qoidalarni o‘rgatadilar.
Beshik qo‘shiqlari hamma xalqlarda bor. Xususan, ming yillar ilgari ham beshik qo‘shiqlari bo‘lgan. M. Qoshg‘ariy, Ibn Sino asarlari orqali juda ko‘p qo‘shiqlar yetib kelgan. Ibn Sino allani bola tarbiyasi haqidagi rolini quyidagicha ifodalaydi:
“Bolani mijozini kuchaytirmoq uchun unga ikki narsani qo‘llamoq kerak. Biri bolani beshigini sekin tebratmoq , ikkinchisi uni uxlatish uchun Alla aytishdir. Bu bilan bolaning tanasi va ruhi orom oladi. Xatto, ona bu holatda g‘azab, g‘amginlik, cho‘chishdan holi bo‘lishi kerak.”-deydi.
O‘zbek bolalar adabiyotining vujudga kelishida xalq og‘zaki ijodining o‘rni alohida ahamiyat kasb yetishini folklor namunalarini o‘rganish davomida tanishib chiqdik.
Yozma adabiyotning vujudga kelishi barobarida bolalar tarbiyasiga bag‘ishlangan asarlar ham paydo bo‘ldi. Lekin bu maxsus bolalar adabiyoti vujudga keldi degani yemas. Negaki, bunday asarlarning aksariyati didaktik xarakterda bo‘lib, ularda kattalarning hayot va tarbiya haqidagi mulohazalari berilgan. Bu xildagi asarlarni bolalar adabiyoti tarzida yemas, bolalar kitobxonligi tarzida qarashni lozim deb bilamiz. Chunki bolalar adabiyoti tushunchasi bilan bolalar kitobxonligi tushunchasi bir-biridan farq qiladi. Masalan: S.Ayniyning «Esdaliklar” memuar asari, Oybekning “Bolalik”, A.Qahhorning “O‘tmishdan ertaklar” asarlari bolalar adabiyotining namunalari sanaladi. Aslida bu asarlarning qahramonlari bolalar ( Sadriddin, Mussa, Abdulla ) bo‘lsalar-da, voqelik kattalar didi bilan idrok qilingan. Demak, bolalik muammolari kattalargagina xos badiiy tafakkur sintezidan o‘tkazilib o‘sha davrga munosabat bildirilgan. Bunday asarlar bolalar yosh xususiyatiga dunyoqarashi bolalar tili gapirish manerasiga xos belgilarga rioya qilinmagan. Keyinchalik bolalar uchun alohida adabiyot yaratish yehtiyoji paydo bo‘ldi.
O‘zbek bolalar adabiyoti uchun maxsus adabiyotni vujudga keltirish harakatlari XX asr boshlarida bolandi. Bu haraktning boshlovchilari Hamza, Ayniy, Avloniy, Azjiy kabilar bolalarni ma‘rifatga chorlovchi yangi usuldagi maktablar ochdilar va darsliklar yaratdilar. Albatta bu darsliklar bolalar yosh xususiyatlariga muvofiq bo‘lishiga alohida ye‘tibor berdilar.
30 - yillarda G‘.G‘ulom, Oybek, H.Olimjon, Uyg‘un kabi yozuvchilar bilan bir qatorda bolalar adabiyotining Zafar Diyor, Sulton Jo‘ra, Adham Rahmat, Shukur Sa‘dulla, Ilyos Muslim, Quddus Muhammadiy kabi vakillari ham kirib keldilar. Bular o‘zbek bolalar adabiyotini shakllantirishda muhim hissa qo‘shdilar. Mana shu yillar bolalar adabiyotini davrlashtirishga ham katta e‘tibor qaratildi.
Sharq mutafakkirlari Al-Xorazmiy, Al-Farg‘oniy, Ahmad Yugnakiy, Al-Buxoriy, Farobiy, Beruniy, Yassaviy, Navoiy, Bobur kabilarning pand-nasihat ruhidagi yozilgan asarlari bolalar dunyoqarashini shakllantirishda ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Bu yoshdagi bolalar kutubxonalardan mustaqil ravishda o‘zlariga ma‘qul yertak, doston kitoblarni olib o‘qiy boshlaydilar. Masalan : “Uch og‘a-ini botirlar”, “Egri bilan To‘g‘ri”, “Donishmand qiz” kabilar.
Xulosa qilib aytganda, bu davr bolalari o ‘zlari tinglagan asarlari yordamida tabiatni asrashni, mehnatni sevishni o‘rganadilar. Hozirgi zamon adabiyoti bilan birga o‘zbek bolalar adabiyoti va adabiy tanqid janri ham o‘sdi, rivojlandi.

Download 30.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling