Adabiyotdan ochiq dars


Download 1.48 Mb.
Sana09.02.2020
Hajmi1.48 Mb.

Adabiyotdan ochiq dars

  • Mavzu: Zulfiya she’rlari tahlili
  • “Baxtim bor ajoyib kishilar aro”
  • 6- b sinf
  • O’qituvchi: Urimbayeva Saida
  • 2016-yil 11-mart

Darsning maqsadi: 1) ta’limiy maqsad: O’quvchilarga Zulfiya she’rlari haqida bilim berish, uning she’rlaridagi rangin tuyg’ularning hayotiyligi darajasini anglatish;

  • Darsning maqsadi: 1) ta’limiy maqsad: O’quvchilarga Zulfiya she’rlari haqida bilim berish, uning she’rlaridagi rangin tuyg’ularning hayotiyligi darajasini anglatish;
  • 2) tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarning vatanga muhabbat v sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda o’zaro hamkorlik tuyg’ularini shakllantirish;
  • 3) rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning og’zaki nutq malakalarini rivojlantirish, mantiqiy fikrlash doirasini kengaytirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish;

Dars uslubi: Ko’rgazmali – amaliy;

  • Dars uslubi: Ko’rgazmali – amaliy;
  • Dars usuli: Noan’anaviy, taqdimot, “Ortiqchasini toping”, savol-javob;
  • Dars turi: Yangi bilim beruvchi, mustahkamlovchi;
  • Darsda foydalaniladigan jihozlar: 6- sinf darsligi, portret , Zulfiya she’rlari, slaydlar, oq qog’ozlar, markerlar, plakatlar, magnit xattaxtasi, rag’bat kartochkalari;

Dars bosqichlari:

  • 1. Tashkiliy qism;
  • 2. O’tilgan mavzuni takrorlash;
  • 3. Yangi mavzu bayoni;
  • 4.Mavzuni mustahkamlash;
  • 5. Amaliy mashg’ulot. Taqdimot .
  • 6. Rag’batlantirish va uyga vazifa.

Dars jarayoninig borishi

  • 1. Tashkiliy qism. Salomlashish.
  • a) Darsning mavzusini va maqsadini e’lon qilish;
  • b) Baholash mezonlari haqida tushuncha berish;
  • O’quvchilarni guruhlarga bo’lib olib boriladi.
  • 1- guruh “Kamalak” 2 – guruh “O’rik gullari” 3- guruh “ Olov qalb”

O’tilgan mavzuni mustahkamlash Savollar:

  • 1. Zulfiya nechancghi yili tug’ilgan?
  • 2. Zulfiyaning turmushg o’rtog’I kim edi?
  • 3. Qachon Zulfiya nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilgan?
  • 4. Zulfiya nechanchi yili vafot etgan?
  • 5. Zulfiyaning birinchi she’riy to’plami nomi?
  • 6.Qachon Zulfiyaning 100 yilligi nishonlandi?
  • 7Qanday mukofotlar sohibasi?

“Ortiqchasini toping”

  • “Nilufar” mukopfoti; Yettisuv viloyati; Temirchi; “ Zarbulmasal” ; 1915- yil; “Ishonma she’ri”; “Shalola” ; Javoharlar Neru; 1-mart ; Qo’qon ; Toshkent ; Hamid Olimjon ; “Nasihat” kitobidan ; Tarjimon ;
  • “Dunyoning ishlari” asari ; “ Xalqaro Zulfiya Xotin- qizlar mukofoti”; Ruboiynavis ; Shoira;

Yangi mavzu bayoni.

  • -Salom, mening a’ziz dugonalarim
  • Azizim,lobarim,chevarim qizlar
  • Ey, toza qalbimning oshnolari,
  • Kuylarim ilhomi , sevarim qizlar
  • -Haqiqatan ham, Zulfiya she’rlari qalbdan porlagan so’zlar desak,mubolag’a bo’lmaydi .
  • Shoyra she’rlarida obyekt-Qalb kechinmalari -muallifning hijroni, vafosi va sadoqati har satrda namayon.Zulfiya she’rlarining xalqchilligini shu kabi jihatlar ta’minlagan.
  • Bu fikrning isbotini shoiraning ,,Aziz tuyg’ular,, nomli turkumiga kirgan ,,Nevara,,. ,,Bog’lar qiyg’os gulga,,. ,,Men o’tgan umrga,,.kabi she’rlari misolida ko’ri b chiqish mumkin. Yangi mavzuni mustahkamlash

Yangi mavzuni mustahkamlash Zulfiya she’rlari

  • “ Nevara
  • Nevaram quyunday otilib kirib,
  • Qalamim tagidan qog’ozni yular.
  • Damda varrak yasab ko’kka uchirib,
  • Izidan qop-qora ko’zlar yugurar.
  • Varrak tortar shekil,murg’akni kutib
  • Oyoq tirab siltar dakani kibor.

Bog’lar qiyg’os gulda

  • Bog’lar qiyg’os gulda yaxlit bir chaman,
  • Har daraxt anvoyi bir tarovatda.
  • Bir kaft bog’ mehnat-u hosilga vatan,
  • O’zga ko’rk o’zga rang har bir daraxtda.
  • Har navda bir gulda,har gulda bir ro’y,
  • Har daraxt bargi yangi hikoya.

Men o’tgan umrga achinmay qo’ydim

  • Hayot kitobimni bexos varaqlab,
  • Men o’tgan umrga achinmay qo’ydim.
  • Tabassum o’rnida kuldim charaqlab,
  • Kulish kerak bo’lsa telbacha suydim.
  • Kiyganim ipakmi,chitmi yo kimxob,
  • Yurak boyligidan qilmabman parvo.
  • Meni og’ushlagan hayot naq oftob,
  • Yangi qo’shiq talab unda har saboh.
  • 5. Baholash va rag’batlantirish

Uyga vazifa

  • Zulfiya she'rlarini ifodali yod olib kelish
  • Etiboringiz uchun rahmat

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling