Adabiyotlar sharxi. Asosiy qisim


Download 106.24 Kb.
Sana24.01.2020
Hajmi106.24 Kb.

  1. Kirish.

  2. Adabiyotlar sharxi.

  3. Asosiy qisim.

3.1. Podani tashkil etuvchi turlar.
3.2. podadagi turlarning xilmaxilligi.
3.3.

  1. Xulosa.

  2. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.


I.Kirish.

Chorvachilik tarmogʻini jadal rivojlantirish xalqimizni arzon va sifatli goʻsht hamda boshqa oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash, ayniqsa, qishloq joylarida istiqomat qilayotgan fuqarolarning bandligini oshirish va daromadlarini koʻpaytirishda muhim oʻrin tutadi.

Shu bilan birga, hududlardagi ishlarning hozirgi holati mazkur tarmoq korxonalarini qoʻllab-quvvatlash, ozuqa bazasini koʻpaytirish, naslchilikni yaxshilash, shu jumladan, sunʼiy urugʻlantirishni rivojlantirish va naslchilik xoʻjaliklarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasida aniq kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishni taqozo etmoqda.

Xalqimizning chorvachilikni rivojlantirish borasidagi tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ushbu tarmoqda ilmiy yondashuvlar va ilgʻor zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, import oʻrnini bosuvchi va eksportbop chorva mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlashni yanada ragʻbatlantirish, pirovardida aholi farovonligini yuksaltirish va daromadlarini koʻpaytirish maqsadida:

1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligining tuman hokimliklari zaxirasidagi lalmi va yaylov yer uchastkalarini chorvachilik fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalariga (keyingi oʻrinlarda — ozuqabop ekinlar yetishtiruvchilar deb yuritiladi) ozuqabop ekinlar yetishtirish, tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish majburiyatlari bilan 1-ilovaga muvofiq ajratish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.

2. Ushbu qarorning 1-ilovasiga muvofiq ajratiladigan lalmi va yaylov yer uchastkalarida tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish uchun ozuqabop ekinlar yetishtiruvchilarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning quyidagi tartibi oʻrnatilsin:

ozuqabop ekinlar yetishtiruvchilarga mazkur yer uchastkalarida sugʻorish tik quduqlarini burgʻulashga har bir metr chuqurligi uchun 100 ming soʻmdan subsidiya beriladi.Bunda subsidiya xarajatlari 2019 yilda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan, 2020 yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa donorlarning kreditlari (qarzlari) va grantlari hisobidan qoplanadi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ozuqabop ekinlar yetishtiruvchilarga tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish tizimlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ularning butlovchi qismlarini sotib olish uchun 5 yilgacha muddatga ajratiladigan kreditlarning valyuta turidan qatʼi nazar bir gektarga ekvivalenti 20 million soʻmdan oshmaydigan qismi boʻyicha foiz xarajatlari tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 50 foizi miqdorida, biroq kredit stavkasining 10 foizlik punktidan oshmagan miqdorda qoplanadi.

3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda 1-ilovaga muvofiq ajratilayotgan yer uchastkalarida yer osti suv chiqarish uchun sugʻorish tik quduqlari burgʻulash joylarini aniqlab, ozuqabop ekinlar yetishtiruvchilarni xabardor qilsin.

4. Sugʻorish tik quduqlarini burgʻulash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi mazkur quduqlarni burgʻulash loyihalariga ekologik ekspertiza xulosalari hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi gidrogeologik xulosalar berilishini taʼminlasin.

5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari ozuqabop ekinlar yetishtiruvchilar tomonidan lalmi va yaylov yerlar oʻzlashtirilgan taqdirda, ularga chorva mollarini saqlash (fermalar), shu jumladan, energiya manbalari uskunalarini oʻrnatish va ularni kelgusida ekspluatatsiya qilish hamda boshqa turdagi infratuzilma obyektlarini qurish uchun yer uchastkalarining, istisno tariqasida, toʻgʻridan-toʻgʻri tuman hokimlarining qarorlari asosida ajratib berilishini taʼminlasin.

6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 martdagi “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ–4231–son qarori ijrosini tashkil etish jarayonida “Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazlari”ning tavsiyasiga asosan:chorvachilik bilan shugʻullanish istagida boʻlgan fuqarolarga ozuqabop ekinlar yetishtirish uchun har bir shartli bosh chorva mol uchun 0,5 gektardan tuman hokimliklari zaxirasidagi lalmi va yaylov yer uchastkalarini 2 yil muddatda haqiqiy daromad manbaiga aylantirish sharti bilan doimiy yoki uzoq muddatli ijaraga bersin;mazkur fuqarolarga ushbu bandda koʻrsatilgan tartibda ajratilgan yer uchastkalarida tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish hamda naslli chorva moli sotib olish uchun “Har bir oila —– tadbirkor” dasturi doirasida imtiyozli kreditlar ajratilishida amaliy yordam koʻrsatsin.

7.Quyidagilar:2019 — 2021 yillarda ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan ozuqabop ekinlarning birlamchi urugʻlarini yetishtirish prognoz hajmlari 2-ilovaga muvofiq; Xoʻjaliklarning asosiy maydonlarida choʻl-yaylov ozuqabop ekinlar urugʻlarini ekin turlari va navlari boʻyicha 2019 yilda joylashtirish rejasi 3-ilovaga muvofiq Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot institutida choʻl-yaylov ozuqabop ekinlarining birlamchi urugʻlik maydonlarini barpo etish uchun xarid qilinishi zarur boʻlgan moddiy-texnika vositalari roʻyxati 4-ilovaga muvofiq ozuqabop ekinlar urugʻlarini yetishtiruvchi xoʻjaliklarning yer maydoni hajmlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari:bir oy muddatda har bir hududning tuproq-iqlim sharoitlariga mos ravishda ozuqabop ekinlar urugʻlariga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda, xoʻjaliklarda urugʻlik yetishtirish maydonlari ajratilishini ozuqabop ekinlar urugʻlarini optimal muddatlarda ekish, parvarish qilish, urugʻ hosilini uyushqoqlik bilan oʻrib-yigʻib olish tadbirlarining oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilishini Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda ozuqabop ekinlar urugʻlarini yetishtiruvchi rivojlangan mamlakatlar bilan oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, yangi zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ilmiy-tadqiqot muassasalari va xoʻjaliklar mutaxassislari malakasi doimiy ravishda oshirib borilishini taʼminlasin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi xoʻjaliklarga sertifikatlangan yuqori sifatli ozuqabop ekinlarning birlamchi urugʻlarini yetkazib berishni ozuqabop ekinlarning yangi navlari va duragaylarini yaratish, ularning agrotexnologiyalarini takomillashtirish, birlamchi urugʻchilik ishlarini olib borish, superelita va elita urugʻlarini yetishtirish, yer tarkibini yaxshilovchi kuchsiz va oʻrta darajada shoʻrlangan tuproq sharoitlariga mos yuqori oqsilli va noanʼanaviy (oq lyupin, payza va boshqalar) ozuqabop ekinlarni iqlimlashtirish, seleksiya va urugʻchilik ishlarini olib borish hamda mahalliy sermahsul chorva mollari liniyalari va tiplarini yaratishga qaratilgan fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar tanlovlarini doimiy ravishda tashkil etishni taʼminlasin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi hamda Davlat veterinariya qoʻmitasining sunʼiy urugʻlantirish boʻyicha mavjud tizimni saqlagan holda, Qishloq xoʻjaligi vazirligi tarkibidagi “OʻZNASLCHILIK” davlat korxonasi tomonidan eksperiment tariqasida 2019 yilda Qashqadaryo, Toshkent va Xorazm viloyatlaridagi barcha toifa xoʻjaliklarda naslchilik, shu jumladan, sunʼiy urugʻlantirish va servis xizmatlari koʻrsatishni tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.

11. “OʻZNASLCHILIK” davlat korxonasi tomonidan aholi, fermer, dehqon va shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar qaramogʻidagi sigirlarni sunʼiy urugʻlantirishni tashkil etish boʻyicha eksperimentni qoʻllab-quvvatlash va ushbu ishlarning tizimli davom ettirilishini taʼminlash maqsadida: Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “OʻZNASLCHILIK” davlat korxonasi tomonidan 2019 yilda Qashqadaryo, Toshkent va Xorazm viloyatlarida sigirlarni sunʼiy urugʻlantirishni tashkil etish maqsadida 6-ilovaga muvofiq talab etiladigan moddiy-texnika vositalari bilan bir marta taʼminlash uchun kerakli mablagʻlarning Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetining qoʻshimcha manbalari va xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishini;

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi “OʻZNASLCHILIK” davlat korxonasiga byudjet mablagʻlari va xalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan olib berilgan moddiy-texnika vositalarining maqsadli ishlatilishi hamda ushbu vositalardan foydalanish orqali olingan mablagʻlar hisobidan ularni doimiy yangilab borish va uning faoliyati kengaytirib borilishini taʼminlasin.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Davlat veterinariya qoʻmitasi “OʻZNASLCHILIK” davlat korxonasi bilan birgalikda:

6-ilovada keltirilgan moddiy-texnika vositalarining samarali va maqsadli ishlatilishini sunʼiy urugʻlantirilgan sigirlarning hamda ulardan olingan buzoqlarning elektron hisobi yuritilishini

Qashqadaryo, Toshkent va Xorazm viloyatlarida “OʻZNASLCHILIK” davlat korxonasining filiallari tashkil etilishini taʼminlasin.

13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2019 yilda “OʻZNASLCHILIK” davlat korxonasi tomonidan Qashqadaryo, Toshkent va Xorazm viloyatlarida oʻtkaziladigan eksperiment natijasidan kelib chiqib, ushbu tajribani keyingi yillarda respublikaning barcha hududida joriy etish yuzasidan tegishli qaror qabul qilsin.

14. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda 2020 yilda Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti hududida chorva mollari genetikasini tahlil qilish uchun zamonaviy genomika laboratoriyasini tashkil etish, zamonaviy kimyo laboratoriya jihozlari bilan taʼminlash, ozuqabop ekinlar agrotexnologiyalari va birlamchi urugʻchilik ishlarini olib borish uchun moddiy-texnika bazasini yaxshilash, zarur texnika va agregatlarni xarid qilishga yetarli miqdorda mablagʻ ajratilishini nazarda tutsin.

15. Toshkent viloyati hokimligi bir oy muddatda Qibray tumani, “Shalola” MFY hududidan Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutiga ozuqabop ekinlarning superelita va elita urugʻlarini yetishtirish uchun 30 gektar sugʻoriladigan yer ajratilishini taʼminlasin.

16. Quyidagilar 2022 yil 1 yanvarga qadar: ozuqabop ekinlar yetishtiruvchilar, shuningdek, tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish tizimlari va ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan olib kiriladigan, tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish texnologiyasini joriy etish uchun zarur boʻlgan butlovchi qismlar va xom ashyolar 7-ilovadagi roʻyxatga muvofiq bojxona toʻlovlarini toʻlashdan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) ozod etilsin; asalarichilik subyektlari asalari oilalarini “vaqtincha olib chiqish” bojxona rejimida qoʻshni mamlakatlarga koʻchirib chiqarishi natijasida yigʻib olgan tabiiy asalni (TIF TN kodi 0409 00 000 0) respublika hududiga olib kirishda bojxona toʻlovlarini toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) ozod etilsin.

Bunda imtiyoz bitta asalari oilasi boʻyicha olib kirilayotgan tabiiy asalning 50 kilogrammdan oshmagan qismiga nisbatan qoʻllaniladi.

17. Asalarichilik subyektlariga bahor-yoz mavsumida asalari oilalarini qoʻshni mamlakatlarga “vaqtincha olib chiqish” bojxona rejimida koʻchirib chiqarishga ruxsat berilsin.

18. Belgilansinki, 2019 yil 1 apreldan boshlab bir kunlik joʻjalarni (TIF TN kodi 0105 11 110 0, 0105 11 190 0, 0105 11 990 0) eksport qilishga ruxsat etiladi.

19. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi bilan birgalikda 10 kun muddatda ozuqabop ekinlar yetishtiruvchilarning sugʻorish tik quduqlarini burgʻulash bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

20. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi:manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda chorva hayvonlarini soʻyish korxonalari faoliyatini tartibga solish hamda isteʼmol bozoriga goʻsht va goʻsht mahsulotlarini yetkazib berish tizimini takomillashtirish boʻyicha, shu jumladan, hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyolarni ishlab chiqarish, saqlash va sotishga nisbatan veterinariya-sanitariya qoidalari hamda ixtisoslashtirilgan soʻyish korxonalariga nisbatan veterinariya, veterinariya-sanitariya qoida va meʼyorlarini;

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi va Qurilish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda sanoat usulidagi parrandachilik korxonalari faoliyatini amalga oshirishda zootexnika, zoogigiyena, veterinariya, veterinariya-sanitariya, ekologiya, sanitariya, yongʻin hamda qurilish boʻyicha xavfsizlik talablarini belgilovchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.



Kurs ishining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat. Chorvachilik tarmoqlarida yalpi qishloq xo’jaligi mahsulotining 11 foizga
yaqini yetishtirilmoqda. Uning 90 foizga yaqinini aholi xo’jaliklari yetkazib
bermoqda. Demak, qolgan qismi jamoa mulkchiligiga asoslangan xo’jaliklar
hissasiga to’g’ri kelmoqda. Chorvachilik tarmoqlarida yetishtirilayotgan
mahsulotlarning asosiy qismi Respublika aholisi talablarini qondirish maqsadida
ichki bozorlarda, cheklangan miqdori esa tashqi bozorlarda sotilmoqda.
Kelajakda bu muammoni hal etishga alohida e’tibor berish maqsadga
muvofiqdir. Buning uchun obyektiv imkoniyatlar mavjud. Respublika
chorvachiligida ekologik jihatdan barcha talablarga javob beradigan go’sht, sut
mahsulotlarini, teri, ayniqsa, qorako’l terisini, jun yetishtirishni rivojlantirib, ularni
tashqi bozorda sotish mumkin. Bunda aholining chorvachilik mahsulotlariga
bo’lgan talabini qondirish darajasi ham yuksaltiriladi. Natijada tarmoqning milliy
iqtisodiyotdagi o’rni, ahamiyati ortadi. Hozirgi kunda chorvachilik tarmoqlarida nasldorlik va mahsuldorlik ko’rsatkichlarini yaxshilash, seleksiya-naslchilik ishlarini to’g’ri yo’lga qo’yish va keng ko’lamli seleksiya ishlarini yuritish muhim vazifalardan sanaladi. Chorvachilik tarmoqlarila seleksiya-naslchilik ishlarini rivojlantirish O’zbekiston Respublikasining “Naslchilik to’g’risida”gi qonuni bilan, shuningdek seleksiya jarayonlarida olib borilgan ijobiy ishlar natijasida erishilgan yutuqlarni rasmiy ravishda tasdiqlash va ularning mualliflariga mualliflik huquqini berish va seleksiya yutug’ini patent bilan himoyalash O’zbekiston Respublikasi “Seleksiya yutuqlari to’g’risida”gi qonuni bilan belgilangan talablar asosida ishlar olib borilmoqda.

II.Adabiyotlar sharxi

Mamlakatimizda chorva mollari va parrandalar bosh sonini barqaror oshirishni taʼminlash, veterinariya nazoratini kuchaytirish va veterinariya servis sifatini oshirish, hayvonlarning sogʻligʻini himoya qilish boʻyicha samarali ishlarni tashkil etish, epizootik osoyishtalik va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.



Shu bilan birga, chorva mollarining naslini yaxshilash, ozuqa bazasini mustahkamlash, naslchilik yoʻnalishidagi chorvachilik xoʻjaliklari faoliyatini hamda chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishda yirik tadbirkorlik subyektlari koʻpaytirilishini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish talab etilmoqda.

Respublikada naslchilik-seleksiya ishlarini yuritishning ilmiy asoslangan innovatsion uslublarini joriy etish, sunʼiy urugʻlantirish ishlarini tizimli tashkil etish, qishloq xoʻjaligi hayvonlari orasidagi epizootik osoyishtalik hamda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlash maqsadida:1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi etib qayta tashkil etilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari sifatida belgilansin veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, normativ-huquqiy hujjatlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, ushbu sohada davlat, xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish, veterinariya faoliyatini litsenziyalashni amalga oshirish; veterinariya sohasi va chorvachilikning barcha tarmoqlarini, shu jumladan, qoramolchilik, qoʻychilik, qorakoʻlchilik, echkichilik, yilqichilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va quyonchilikni rivojlantirish, naslchilik-seleksiya ishlarini muvofiqlashtirish hamda ushbu yoʻnalishlar boʻyicha maqsadli davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish mamlakat hududlarini hayvonlarning yuqumli kasalliklari kirib kelishidan himoya qilishni taʼminlash, amaliyotga hayvonlarni davolashning va profilaktikasining zamonaviy usullarini joriy etish, mahalliy va xorijiy fan yutuqlarini tatbiq etish asosida veterinariya dori vositalarining yangi turlari va shakllarini ishlab chiqarishni tashkil etish; epizootik osoyishtalikni taʼminlashda hayvonlarning yuqumli kasalliklarini oʻz vaqtida aniqlash, tashxis qoʻyish va tarqalishining oldini olishga doir profilaktika ishlarining samaradorligini monitoring qilish; chorvachilik va naslchilik sohasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning yagona mexanizmlarini amalga oshirish, chorvachilik xoʻjaliklariga ozuqa yetishtirish uchun ajratilgan yer maydonlarida chorva ozuqa ekinlarini joylashtirishni tashkil etish hamda yuqori hosildorlikka erishishni monitoring qilish chorvachilik tarmoqlarida hayvonlarni identifikatsiya qilish, ularni hisobga olish,hisobdan chiqarish va saqlash ishlarini tashkil etish, qishloq xoʻjaligi hayvonlarini zoti boʻyicha rayonlashtirish; veterinariya va naslchilik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi hamda veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalarning sifati va muomalasi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish veterinariya va naslchilik-seleksiya sohalarida ilmiy, uslubiy va taʼlim salohiyatini har tomonlama rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar yoʻnalishlarini belgilash, fundamental va amaliy tadqiqotlar, innovatsiya ishlanmalari natijalari veterinariya va naslchilik-seleksiya amaliyotiga joriy etilishini muvofiqlashtirish chorvachilik mahsulotlarini xalqaro talablarga muvofiq sertifikatlashtirish va standartlashtirishni taʼminlash, sifat menejmentining zamonaviy usullarini keng joriy etish, veterinariya va chorvachilik sohalariga xorijiy investitsiyalar va grant mablagʻlarini jalb qilish; soha kadrlarini tizimli tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlashni tashkil etish, rahbar hamda mutaxassislarning ish uslubi va shakllarini takomillashtirish.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Fanlar akademiyasi tarkibidagi, quyidagi muassasalar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tarkibiga oʻtkazilishiga rozilik berilsin Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Samarqand veterinariya meditsinasi instituti va uning qoshidagi akademik litsey Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazining Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti, Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti hamda Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi epizootik osoyishtalikni taʼminlash, hayvonlarning yuqumli kasalliklarini oʻz vaqtida aniqlash, tashxis qoʻyish va tarqalishining oldini olish, chorvachilikning barcha tarmoqlarini va naslchilikni rivojlantirish uchun masʼul davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.4. Belgilab qoʻyilsinki: Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan, xalqaro shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiy hisoblanadi Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, uning tizimi va hududiy tashkilotlarini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti, byudjetdan tashqari jamgʻarmalar va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.

5. Ilmiy-tadqiqot ishlari, qoʻmita tizimidagi tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, soha kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, shuningdek, xodimlarni moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzurida Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etilsin.

Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamgʻarmasini shakllantirish manbalari etib:Davlat chegarasi va transportda davlat veterinariya nazorati boshqarmasining hamda Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qoʻshimchalar sifati va muomalasi nazorati boʻyicha davlat ilmiy markazining xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlarning 75 foizi;chorvachilik fermer xoʻjaliklariga sotiladigan urugʻlar, sunʼiy urugʻlantirish xizmatini koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar; qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining Chorvachilik, parrandachilik va asalarichilik boshqarmasi, Baliqchilik boshqarmasi hamda ularning hududiy boʻlinmalari negizida Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzurida faoliyat koʻrsatadigan “Oʻzbekchorvanasl” agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb yuritiladi) tashkil etilsin.

7. Agentlikning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

chorvachilik tarmogʻini rivojlantirish, sunʼiy urugʻlantirishni tashkil etish, naslchilik-seleksiya ishlarini takomillashtirish, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish, chorva ozuqa bazasini mustahkamlash;chorvachilikda sof genofondni saqlab qolish va rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan naslchilik-seleksiya dasturlarini amaliyotga tatbiq etish va muvofiqlashtirish;naslchilik resurslarini yaratish, saqlash, takror koʻpaytirish va ulardan oqilona foydalanish ozuqabop ekinlarni yetishtirish uchun ajratilgan yer uchastkalarida ushbu ekinlar yetishtirilishini monitoring qilish.

8. Belgilansinki, 2020 yil 1 yanvardan boshlab:chorva mollari bosh soni 100 shartli va undan ortiq boʻlgan chorvachilik hamda parrandalar soni 100 ming bosh va undan yuqori boʻlgan parrandachilikka ixtisoslashgan xoʻjaliklarda alohida shtat asosida veterinariya vrachi va zootexnik mutaxassislarning faoliyat yuritishi joriy etiladi qoramolchilik yoʻnalishidagi xoʻjaliklar (boʻrdoqichilik xoʻjaliklari bundan mustasno) hamda aholi qaramogʻidagi sigirlar Agentlik tomonidan ishlab chiqilgan seleksiya rejasiga asosan mazkur hudud uchun biriktirilgan zotdagi naslli buqalar urugʻi bilan sunʼiy urugʻlantiriladi tuman hokimliklari har yilning 1 dekabriga qadar Agentlikning hududiy boʻlinmalari bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga fermer xoʻjaliklari kesimida kelgusi yil uchun ozuqa ekinlarini joylashtirish rejasini taqdim etadishaxsiy yordamchi, dehqon xoʻjaliklari va aholi xonadonlaridagi sigirlarni sunʼiy urugʻlantirish uchun foydalaniladigan nasldor buqalarning muzlatilgan urugʻi hamda kimyo korxonalari tomonidan yetkazib beriladigan suyuq azot xarajatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplashga ruxsat etiladi.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini belgilangan tartibda kiritsin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.

11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                       Sh.MIRZIYOYEV



III.1 Podani tashkil etuvchi turlar

Qoʻychilik — chorvachilikning qoʻylarni urchitish bilan shugʻullanadigan tarmogʻi. Oziq-ovqat mahsulotlari (goʻsht, yogʻ, sut) va yengil sanoatga qimmatli xom ashyo (jun, teri, moʻyna) yetkazib beradi. Qoʻy juni xalq xoʻjaligi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Qoʻy junidan gazmol, trikotaj buyumlar, gilam va h.k., terisidan poʻstin, moʻynasidan turli kiyimkechaklar tikiladi, goʻshti oqsil va yogga boy toʻyimli mahsulot, sutidan pishloq, brinza va boshqa tayyorlanadi.

Qo'ylardan olinadigan mahsulotga qarab goʻsht-yogʻ, goʻsht-jun va goʻsht-jun-sut, ular oʻz navbatida, mayin junli, yarim mayin junli, dagʻal junli, yarim dagʻal junli, moʻynali, poʻstin-bop yoʻnalishlarga boʻlinadi.

Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda qorakoʻlchilik va goʻsht-yogʻ yoʻnalishidagi q. rivojlangan. Qoʻy xonakilashtirilgandan boshlab odamlar undan olinadigan xom ashyo va goʻsht mahsulotlaridan foydalana boshladilar. Inson faoliyati natijasida qad. kammahsul dagʻal junli qoʻylar yaxshilangan va mahsuldorligi oshirilgan. Miloddan bir necha ming yil oldin Kichik Osiyoda birinchi mayin junli qoʻylar, Oʻrta Osiyoda esa qorakoʻl qoʻy zotlari paydo boʻldi. Q. chorvachilikdagi mustaqil tarmoq sifatida, asosan, choʻl va dasht, togʻli hududlarda qoʻychi boylarning xususiy xoʻjaliklarida olib borilgan.

20-asrning 20-yillaridan boshlab Oʻzbekistonda Qo'ychilikka alohida tarmoq sifatida eʼtibor berila boshlandi. Yirik davlat va jamoa Qo'ychilik xoʻjaliklari, keyinchalik ixtisoslashgan naslchilik yoʻnalishidagi xoʻjaliklar (naslchilik zavodlari) tashkil etildi. 30-yillardan jamoa va davlat xoʻjaliklari (kolxozlar va sovxozlar)da Qo'ychilik fermalari tashkil etildi. Sobiq Ittifoqning boshqa hududlaridan mayin junli qoʻy (merinoslar) keltirildi. Mayin junli Q.ni rivojlantirish, kammahsul qoʻylarni mahsuldor qoʻy zotlari bilan chatishtirish, qoʻylarni sunʼiy urugʻlantirishning yangi usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish ishlari olib borildi, qoʻylarni boqish va asrash sharoitlari yaxshilandi. Veterinariya xizmati koʻrsatish tizimi tashkil etildi. Natijada podalarning zot tarkibi yaxshilandi, qoʻy tuyogʻi soni koʻpaydi, qoʻylarning mahsuldorligi oshdi, Qo'ychilikda mayin junli va oʻrtacha mayin junli qoʻylar salmogʻi ortdi, bosh soni koʻpaydi. Respublikada 1923 yilda barcha zotdagi qoʻylar bosh soni 3,1 mln. boʻlsa, 80-yillar boshiga kelib, ularning soni 8,9 mln. boshga, shu jumladan, qorakoʻl qoʻylari 5,3 mln. boshga yetdi.Oʻzbekistonda qoʻylar, asosan, yaylovda boqiladi (ob-havo sharoiti noqulay hollarda qoʻshimcha oziqlantiriladi). Goʻshtga topshiriladigan qorakoʻl qoʻylarni yaxshi semirtirish uchun kuzda ularning suruvlari tuziladi. Boʻrdoqiga boqiladigan qoʻylarga shulxa, kunjara yoki tert beriladi. 70-80 kunda qoʻylar yaxshi semiradi va goʻshtga topshiriladi.

90-yillar boshidan Qo'ychilikda chuqur iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 15 martdagi "Respublika chorvachiligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq barcha jamoa xoʻjaligi Qo'ychilik fermalari xususiylashtirildi va fermer xoʻjaliklari barpo etildi. Qo'ychilik ixtisoslashgan davlat xoʻjaliklari (z-dlari) jamoa (shirkat) xoʻjaliklariga aylantirildi. 1998 yil iyunda qorakoʻlchilikda ishlab chiqarish va savdo masa-lalari bilan shugʻullanadigan va respublikada barcha qorakoʻlchilik shirkat xoʻjaliklarini va hududiy viloyat birlashmalarini oʻz ichiga olgan "Oʻzbek qorakoʻli" kompaniyasi tashkil etildi.

Respublika Q.da dagʻal jun va goʻsht-yogʻ beruvchi hisori va jaydari qoʻy zotlari asosiy oʻrinni egallaydi. Hisori qoʻylar, asosan, togʻ va togʻ oldi mintaqalarida (Surxon-daryo, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlari) boqiladi (qarang Hisori qoʻy zoti). Xonadon xoʻjaliklarida boqiladigan jami qoʻylarning deyarli yarmini jaydari qoʻylar tashkil qiladi. Bu zotlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro va Navoiy viloyatlarida koʻp tarqalgan. Yarim dagʻal jun olinadigan saraja, Olay va tojikiston qoʻy zotlari, asosan, Fargʻona va Toshkent viloyatlaridagi togʻ, togʻ oldi yaylovlariga yaxshi moslashgan.

Qoramolchilik - chorvachilikning asosiy sohalaridan biri, aholini goʻsht, sut mahsulotlari hamda yengil sanoatni teri va boshqa xom ashyo bilan taʼminlaydi. q. chiqindisi boʻlgan goʻng dehqonchilikda yerlar unumdorligini oshirishda keng qoʻllaniladi (baʼzi mamlakatlarda qoramoldan ish hayvoni sifatida foydalaniladi). Qo'ychilik xoʻjalik tarmogʻi sifatida yovvoyi qoramol turlari xonakilashtirilgan paytdan paydo boʻlgan. Dastlab qoramoldan goʻshti uchun hamda ish hayvoni sifatida foydalanilgan. Sut isteʼmol qilina boshlagach, odamlar undan yogʻ, pishloq va boshqa mahsulotlar tayyorlashni oʻrgandilar, natijada sut Qo'ylar.ining ahamiyati oshdi, sut sanoati shakllandi.



Qo'ychilik qadimdan hozirgi Oʻzbekiston hududida intensiv sharoitlarda va yaylov usulidarivojlangan. 19-asr oxiriga qadar Qo'ychilik.ning asosiy qismini kammahsul, jussasi mayda jaydari hamda zebusimon qoramollar tashkil qilgan. 20-asrning 20-yillaridan boshlab respublikada mahalliy va zebusimon qora-mollarni madaniy qoraola, qizilchoʻl va shvits zotlari bilan chatishtirish asosida mahsuldor podalar guruhini shakllantirish hamda nasldor sof zotli qoramollarning reproduktor xoʻjaliklarini tashkil etish, davlat va kooperativ xoʻjaliklari Qo'ychilik sut-tovar fermalarini rivojlantirish va sutchilik komplekslarini tashkil etish, Qo'yni ixtisoslashtirish, konsentratsiyalash va sanoat texnologiyalari asosiga oʻtkazish ishlari amalga oshirildi. Qo'ychilik ning sut, sut-goʻsht, goʻsht hamda naslchilik yoʻnalishidagi xoʻjaliklar, naslchilik zavodlari, xoʻjaliklari va fermalari tashkil etildi. natijada 80-yillarga kelib qoramollar zotdorligi 98—99% ga yetkazildi. Nasldor sigirlarning 3800–4100 kg sut beradigan podalari barpo etildi. Goʻshtchilik komplekslarida parvarish qilingan novvoslar vazni 12—13 oyligida 400–420 kg ga koʻtarildi. Tumanlarda tashkil etilgan xoʻjaliklararo boʻrdoqichilik korxonalarida qoramollarni jadal boqish va boʻrdoqilash ijobiy natijalar berdi. Qoramolchilik amaliyotining taraqqiy etishida ilgʻor tajriba va fan yutuqlari muhim rol oʻynadi. 1932 yilda chorvachilik tajriba st-yasining va 1939 yilda Oʻzbekiston chorvachilik i.t. institutining tashkil etilishi chorvachilik va xususan qo'ychilik sohasida muhim burilish boʻldi. qo'ychilik rivojining tipologik, ozuqa va seleksiya asoslari ishlab chiqildi hamda amaliyotga keng joriy qilindi. 1924 yilda qoramollar soni 1229,4 ming boshni, shu jumladan, sigirlar 407,5 ming boshni tashkil qilgan boʻlsa, 1991 yilda bu koʻrsatkichlar tegishlicha 4580,8 va 1856,4 ming boshga, 2004 yilda 5873 va 2556,7 ming boshga yetdi. 1924 yilda goʻsht yetishtirish (tirik vaznda, ming t) 84,0, 1991 yilda 789, 2003 yilda 935,5; sut yetishtirish tegishlicha 262,0, 3034,2 va 4030,3 ni tashkil etdi. sigirlardan oʻrtacha sut sogʻib olish 1924 yilda 400 kg dan 1990 yilda 1685 kg ga, qoramollarni goʻshtga topshirish vazni 150 kg dan 401 kg gacha koʻtarildi. Keyingi 14—15 yil mobaynida qoramollar soni va yetishtirilgan yalpi chorva mahsulotlari hajmi oʻsdi. Qo'ychilik sohasida tashkil etilgan fermer xoʻjaliklarida mahsuldorlik koʻrsatkichlari yaxshilandi. 1990 — 2003 yillarda respublikada qoramollar soni 1293,9 ming boshga yoki 28,3%ga, sigirlar soni 700,3 ming boshga yoki 37,7% ga koʻpaydi.

Yilqichilik — chorvachilik tarmogʻi. Otlarni urchitish, koʻpaytirish, zotini takomillashtirish, naslchilik ishlari bilan shugʻullanadi. Yilqi ishchi hayvon tariqasida arzon, samarali energiya manbai. Yilqi xilma-xil q.x. ishlarida, sanoat korxonalarida, geologlarning razvedkachilik-qidiruv ishlarida, turli xil ilmiy ekspeditsiya tarkibida, chegara qoʻshinlari va qoʻriqchilik xizmatida noyob ot-ulov vazifasini oʻtaydi.

Yilqichilik Osiyo va Yevropada mil. av. 4-ming yillikda paydo boʻlgan. Koʻhna Yilqichilik markazlaridan biri, shubhasiz, Oʻrta Osiyo kengliklari hisoblanadi. Otlar mil. av. 2-ming yillikda Oʻrta Osiyodan Kichik Osiyoga, undan Afrikaga tarqalgan. Amerikaga otlar yevropaliklar tomonidan 16-asr da, Avstraliyaga 17-asr da keltirilgan. Otlar qoʻlga oʻrgatilganidan va xonakilashtirilganidan keyin insonning koʻpgina ishlarni bajarishda doimiy yordamchisiga aylandi, armiyada alohida otliq qoʻshinlar tuzildi. Ayrim xalqlarda Yilqi oziq-ovqat mahsulotlari — goʻsht va sut olinadigan xoʻjalik tarmogʻi boʻlib qoldi.

Qad. davrlardan boshlab inson oʻz ehtiyojlariga javob beradigan ot sifatlarini takomillashtirib keldi. Yilqi taraqqiyotida salt miniladigan, aravaga qoʻshiladigan va yuk ortiladigan asosiy otlar yaratildi.

Mavjud mahalliy ot zotlarini takomillashtirish va davr talabiga mos yangi ot zotlarini yaratish 18- va 19-asr larda jadal surʼatlar bilan amalga oshirildi. Natijada 21-asr boshlariga kelib dunyo mamlakatlarida 250 dan ortiq xilmaxil turkum ot zotlari urchitilmoqda. Shular qatoridan odimlab yuruvchi, vazni 800—900 kg yirik, ogʻir yuk tortuvchi (16 tonnagacha) yilqi zotlari va boʻyi 30 sm, tugilgandagi vazni 5—6 kg keluvchi mitti falabella (Avstraliya) poni otlari oʻrin olgan.Qad. Sharqning Movarounnahr hududi argʻumoklari oʻzining takrorlanmas, xoʻjalik uchun foydali biologik xususiyatlari bilan nom taratgan dongdor jonivorlar safidan hakli ravishda tarixda oʻz oʻrniga ega. Oʻzbek xalq dostonlari "Alpomish" va "Goʻroʻgʻli"dagi Boychibor va Gʻirotlar obrazlari bunga misoldir.Oʻzbekiston diyorida Yilqi anʼanalari va madaniyati minglab yillar bilan oʻlchanadi. Oʻzbeklar avlodi qadimdan otdan tushmagan. Amir Temur, Mirzo Ulugʻbek, Mirzo Boburlar umri "ot usti"da oʻtgan.

20-asr boshida butun dunyoda 125 mln., shu jumladan, Oʻzbekistonda 590 ming bosh yilqi mavjud boʻlgan. Soʻnggi yillarda q.x. mahsulotlarini i.ch.da zamonaviy mashina va mexanizmlardan keng koʻlamda foydalanish va avtomobil-yoʻl transportining keng rivoji natijasi oʻlaroq ot kuchiga boʻlgan talab tobora soʻnib bordi va oqibatda 20-asr, xususan, 20-asr ning 30-y. laridan soʻng Y. rivojida salbiy oʻzgarishlar sodir boʻldi. Y. qoloqlikka yuz tutdi, eʼtibordan chetda qoldi. 1990 y. ga kelib Oʻzbekistonda yilqi soni atigi 89 ming boshni tashkil etdi, xolos. 1991— 2001 y. larda respublikada Y. rivojlandi va 152000 boshga yetdi.

Hoz. zamon dunyo Y. 4 ta asosiy yoʻnalishda rivojlanmokda: naslchilik yilqichiligi; ishchi otlarni yetishtirish va ishchi otlar yilqichiligi; mahsuldor yilqichilik; milliy ot oʻyinlari, ot sporti va ot sayohati yilqichiligi.

Naslchilik yilqichiligi uchun mavjud yilqi zotlarini takomillashtirish, mamlakat ommaviy Y.gi uchun qimmatbaho asl va toza zotdor yilqilarni yetishtirib berish asosiy vazifa sifatida belgilangan. Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand va b. viloyatlar xoʻjaliklarida Y. jadal rivojlanmoqda. Yangi Y. xoʻjaliklari tashkil etildi. Jizzax viloyatida "Zarbuloq", "Oʻzbekiston", "Doʻstlik"; Surxondaryoda qimiz va ot goʻshti yetishtirishga ixtisoslashgan "Darband"; Qoraqalpogʻistonda "Oqqalʼa"; Samarqandda "Pangat" naslchilik xoʻjaligi; Andijonda "Hamza" qimiz va ishchi ot yetishtiruvchi shirkat xoʻjaliklari shular jumlasidandir. OʻzRda 3 ot zavodi (Toshkent, Jizzax va Qashqadaryoda — Hisor), 1 naslchilik xoʻjaligi, 12 naslchilik fermasi, 4 ferma va b. xoʻjaliklar Y. ni rivojlantirish boʻyicha ishlar olib bormoqda. Naslchilik Y. ning asosini ot zavodlari va naslchilik Y. fermalari tashkil etadi. Bu yetakchi xoʻjaliklar Oʻzbekistonda ommaviy tovar Y. xoʻjaligi fermerlarini, "Nasl-xizmat" korxonasini va "Chorvanasl" birlashmasini zot sifatini yaxshilovchi deb tan olingan (sertifikatli) qimmatli nasldor yilqilar bilan uzluksiz taʼminlaydi.

Ot zavodlari va naslchilik ferma yilqilari respublika otchopari kotila ishchanlik qobiliyati boʻyicha sinovdan oʻtkaziladi. Sinovda yoʻrtoqi, salt miniluvchi va baʼzan ogʻir yuk tortuvchi zot yilqilariga mansub toy va gʻoʻnonlar maxsus dastur asosida mashq mashgʻulotlarini oʻtaydi, chopqirligi, kuchi va bardoshligi sinaladi.

Ishchi otlarni yetishtirish. Y. naslchilik yoʻnalishi boʻyicha ixtisoslashgan xoʻjaliklarning Y. tovar fermalarida ishchi otlar saqlanadi, urchitiladi. Yilqilardan ishchi hayvon tariqasida foydalanish turi mahalliy sharoitga bogʻliq.

Mahsuldor yilqichilik goʻsht yilqichiligi va sut yilqichiligi kabi tarmoqlardan iborat. Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekistonning togʻ va togʻoldi zonalari, Qoraqalpogʻiston va b. xududlarda mahsuldor Y. uyur yilqichiligi koʻrinishida avj olgan. Yil davomida yaylovlardan foydalanish arzon va sifatli yilqi mahsulotlarini (ot goʻshti va ot suti) yetishtirishning asosiy garovi. Bitta yaylov biyasidan yiliga 1,5—2 s tirik vaznda ot goʻshti olish mumkin. Maxsus boqilgan yilqi va uning goʻshtidan shi-rintob, yuqori kaloriyali, milliy tansiq oziq-ovqat mahsulotlari — qazi-qarta tayyorlanadi.

Sut yilqichiligi va u bilan bogʻliq boʻlgan qimiz tayyorlash texnika va texnologiyasi goʻsht yilqichilik xoʻjaligi ichida va goʻsht yetishtirish bilan birga amalga oshiriladi. Qimiz yetishtirish tobora avj olmoqda. Hamdoʻstlik mamlakatlari ichra 50 dan ortiq qimiz bilan davolash muassasalari aholiga xiz-mat koʻrsatmokda. Jumladan, Qozogʻistonda "Borovoye", Qirgʻizistonda "Issiqkoʻl", Oʻzbekistonda "Chatqol", Boshqirdistonda "Shafronovo" va h.k.

Ot sporti yilqichiligi milliy ot oʻyinlari va xalqaro ot sporti hamda olimpiya musobaqalarida qatnashuvchi komanda ishtirokchilari uchun zotdor, chopqir, kuchli va aʼlo sifatli salt miniladigan hamda yoʻrtoqi sportbop otlarni tayyorlash vazifalariga xizmat qiladi.

Ot sporti taraqqiy etgan chet el mamlakatlari ichida Buyuk Britaniya, Germaniya, Shvetsiya, AQSH alohida oʻrin tutadi.

Dunyo mamlakatlari qatori Oʻzbekistonda ham qad. milliy ot oʻyinlari va klassik ot sporti uchun kuchli zamin tayyorlangan. Ot sporti, koʻpkari, ot poygasi respublika va respublikalararo federatsiyalari va qator ot sport mahorat maktablari, "Oltin taqa" kabi ot sport klubi oʻz istiqboli muhim ishlarini Y. xoʻjaliklari faoliyati bilan chambarchas bogʻliq holda rivojlantirmoqda. Respublika ot sporti federatsiyasi, poyga va koʻpkari boʻyicha respublika federatsiyasi tuzildi va faol ish yuritmoqda. Milliy ot oʻyinlari boʻyicha Bishkekda tashkil etilgan Xalqaro federatsiyaga Oʻzbekiston aʼzo boʻldi. Qator ot sport klublari va ot sporti bolalar mahorati maktablari ochildi. Ular respublika va viloyat ot-choparlari bilan Hamkorlikda mashgʻulotlarni boshlab yuborganligi milliy ot oʻyinlari va ajoyib ot sporti rivojidan yorqin dalolatdir.



Qoramolchilik - chorvachilikning asosiy sohalaridan biri, aholini goʻsht, sut mahsulotlari hamda yengil sanoatni teri va boshqa xom ashyo bilan taʼminlaydi. q. chiqindisi boʻlgan goʻng dehqonchilikda yerlar unumdorligini oshirishda keng qoʻllaniladi (baʼzi mamlakatlarda qoramoldan ish hayvoni sifatida foydalaniladi). Qoramolchilik xoʻjalik tarmogʻi sifatida yovvoyi qoramol turlari xonakilashtirilgan paytdan paydo boʻlgan. Dastlab qoramoldan goʻshti uchun hamda ish hayvoni sifatida foydalanilgan. Sut isteʼmol qilina boshlagach, odamlar undan yogʻ, pishloq va boshqa mahsulotlar tayyorlashni oʻrgandilar, natijada sut Qoramolchilik ining ahamiyati oshdi, sut sanoati shakllandi.

Qoramolchilik qadimdan hozirgi Oʻzbekiston hududida intensiv sharoitlarda va yaylov usulidarivojlangan. 19-asr oxiriga qadar Qoramolchilikning asosiy qismini kammahsul, jussasi mayda jaydari hamda zebusimon qoramollar tashkil qilgan. 20-asrning 20-yillaridan boshlab respublikada mahalliy va zebusimon qora-mollarni madaniy qoraola, qizilchoʻl va shvits zotlari bilan chatishtirish asosida mahsuldor podalar guruhini shakllantirish hamda nasldor sof zotli qoramollarning reproduktor xoʻjaliklarini tashkil etish, davlat va kooperativ xoʻjaliklari Qoramolchilik sut-tovar fermalarini rivojlantirish va sutchilik komplekslarini tashkil etish, Qoramolni ixtisoslashtirish, konsentratsiyalash va sanoat texnologiyalari asosiga oʻtkazish ishlari amalga oshirildi. Qoramolchilikning sut, sut-goʻsht, goʻsht hamda naslchilik yoʻnalishidagi xoʻjaliklar, naslchilik zavodlari, xoʻjaliklari va fermalari tashkil etildi. natijada 80-yillarga kelib qoramollar zotdorligi 98—99% ga yetkazildi. Nasldor sigirlarning 3800–4100 kg sut beradigan podalari barpo etildi. Goʻshtchilik komplekslarida parvarish qilingan novvoslar vazni 12—13 oyligida 400–420 kg ga koʻtarildi. Tumanlarda tashkil etilgan xoʻjaliklararo boʻrdoqichilik korxonalarida qoramollarni jadal boqish va boʻrdoqilash ijobiy natijalar berdi. Qoramolchilik amaliyotining taraqqiy etishida ilgʻor tajriba va fan yutuqlari muhim rol oʻynadi. 1932 yilda chorvachilik tajriba st-yasining va 1939 yilda Oʻzbekiston chorvachilik i.t. institutining tashkil etilishi chorvachilik va xususan Qoramolchilik sohasida muhim burilish boʻldi. Qoramolchilik rivojining tipologik, ozuqa va seleksiya asoslari ishlab chiqildi hamda amaliyotga keng joriy qilindi. 1924 yilda qoramollar soni 1229,4 ming boshni, shu jumladan, sigirlar 407,5 ming boshni tashkil qilgan boʻlsa, 1991 yilda bu koʻrsatkichlar tegishlicha 4580,8 va 1856,4 ming boshga, 2004 yilda 5873 va 2556,7 ming boshga yetdi. 1924 yilda goʻsht yetishtirish (tirik vaznda, ming t) 84,0, 1991 yilda 789, 2003 yilda 935,5; sut yetishtirish tegishlicha 262,0, 3034,2 va 4030,3 ni tashkil etdi. sigirlardan oʻrtacha sut sogʻib olish 1924 yilda 400 kg dan 1990 yilda 1685 kg ga, qoramollarni goʻshtga topshirish vazni 150 kg dan 401 kg gacha koʻtarildi. Keyingi 14—15 yil mobaynida qoramollar soni va yetishtirilgan yalpi chorva mahsulotlari hajmi oʻsdi. Qoramolchilik sohasida tashkil etilgan fermer xoʻjaliklarida mahsuldorlik koʻrsatkichlari yaxshilandi. 1990 — 2003 yillarda respublikada qoramollar soni 1293,9 ming boshga yoki 28,3%ga, sigirlar soni 700,3 ming boshga yoki 37,7% ga koʻpaydi.



Koʻchmanchilik — chorvachilikning maxsus shakli va bunday xoʻjalik bilan hayot kechiruvchi qabilalarning turmush tarzi. "K" atamasi baʼzan kengrok, tushunchada, qatto ovchilik, baliqchilik va terimchilik bilan kun kechiruvchi qabilalarning faoliyati va yashash yoʻsini maʼnosida ham talqin etiladi (mas, Avstraliya aborigenlari, Amerika indeyslari va boshqalar).

Yovvoyi hayvon turlarini xonakilashtirish (Osiyo, Shim. Afrika va Jan. Yevropada) neolit (yangi tosh) davri ovchi va terimchi jamoalari hayotida yuzaga keladi. Miloddan avvalgi 4- va 3-ming yilliklarda (eneolit davri) Osiyoda kam suvli qirgʻoq mintaqalarda, togʻ oldi hududlarda, jilgʻalar va daryo adoklarida yashagan aholi turar joylari atrofida, dastlab dehqonchilik va ovchilik bilan birga olib boriladigan oʻtroq va yarim oʻtroq xonaki chorvachilik xoʻjaligi shakllanadi. Asrlar osha chorva boshlarining koʻpayishi va chorvachilik xoʻjaligining kengayib borishi bilan togʻ yaylovlari va dashtu biyobon oʻtloqlari oʻzlashtiriladi. Chorva mollarini keng maydonlarga tomon xaydab oʻtlatish bilan chorvachilikning yangi shakli — podachilik — yaylov chorvachiligi paydo boʻladi.



Podachilikning oʻziga xos xususiyatlari (podani yaylovga haydash, oʻtlatish, suvlatish, qoʻriqlash, qirqim va h.k.) chorva xoʻjaligining erkaqlar ixtiyoriga oʻtishiga va uni maʼlum darajada ixtisoslashib borishiga olib keladi. Podachilik bilan dastavval yirik va mayda shoxli hayvonlar (qoramol, qoʻy, echki poda va otarlari hamda yilqi uyurlariyu, tuyalar) aralash boqilgan boʻlsa, keyinchalik esa yaylovga, asosan, mayda shoxli hayvonlar, yilqi va tuyalar haydalgan. Chunki koʻchma chorvachilikka qoʻy va echkilar koʻproq moslashib, soʻngra yilqichilik va tuyachilik paydo boʻlgan.

Miloddan avvalgi 2-ming yillikning oxiri va 1-ming yillikning boshlarida Osiyoning togʻ oldi hududlari va dashtliklarida istiqomat qiluvchi oʻtroq va yarim oʻtroq qabilalarning bir qismi hayotida yarim K. va K. turmush tarzi shakllanib, koʻchma chorvachilik xoʻjaligi muqimlashadi. Miloddan avvalgi 1-mingyillikda esa, K. ayniqsa, Markaziy Osiyoda keng tus oladi. Miloddan avvalgi 2-ming yillikning 2-yarmi va 1-ming yillikning boshlarida yashagan chorvador podachi jamoalarining moddiymadaniyat yodgorliklari qad. Xorazmda (Toza-bogʻyop), Zarafshon vodiysi (Urgut, Kattaqoʻrgʻon)da, Fargʻona vodiysi (Vodil va Karomkoʻl) da, Toshkent vohasida (Achikoʻl) topib oʻrganilgan (qarang Andronovo madaniyati, Tozabogʻyop madaniyati).

Oʻrta Osiyoning qad. koʻchmanchilari va chorvachilik toʻgʻrisida yozma manbalarda (Avesto, yunon muarrixlari Gerodot va Strabon asarlari hamda Xitoy solnomalari) koʻpgina qiziqarli maʼlumotlar keltiriladi. Mas. Avestoda qad. Turonzaminning tabiati — qalin qor bilan qoplangan togʻlari, bahorgi suv toshqinlari, maysali yaylovlari va qoʻyqoʻzilari taʼriflanib, choʻpon — "Xshupan" nomi bilan alohida tabaqa vakili sifatida ulugʻlanadi. Chorvachilik "ezgu amal" deb taʼriflanib, "chorvani" vodiylarda qoʻralarda saqlash, "yirik va mayda shoxli mol koʻp oʻgʻit bersa, oʻsha yer aziz" degan satrlarda chorvachilikning hayotiy mohiyati borasida olqishli soʻzlar yuritiladi va bunday xoʻjalik ezgu amal sifatida targʻib etiladi. Gerodot Pont Evksin (Qora dengiz) boʻylarida yashovchi yilqiboqar skiflar, Turonning koʻchmanchi chorvadorlari, massaget qabilalari haqida xabarlar bersa, Xitoy solnomalarida esa hunnu, syanbi, usun va boshqa koʻchmanchilar toʻgʻrisida tarixiy tafsilotlar keltiriladi.

Tabiiy sharoitga qarab K. turli shaklda amalga oshiriladi. Yozma manbalarda berilgan tasniflarga qaraganda, oʻrta asrlarda koʻchmanchi chorvadorlar oʻz podalarini dashtliklar boʻylab bahorda uglov uchun jan.dan shim.ga va koʻzda esa qishlov uchun shim.dan jan.ga tomon haydaganlar (mas, oʻtmishda qozoqlar va boshqalar). Ayrim koʻchmanchi qabilalar (mas. arablar, oʻgʻuzlar, moʻgʻullar va balujlar) dashtliklarda qish va bahorgi yogʻingarchiliklardan hosil boʻlgan qoqlar — koʻlmaqlar hamda karvon yoʻllar va yaylovlarda maxsus kavlangan quduklar oralab yoki ayrim suvloqlar atrofida koʻchib yurganlar. Koʻchmanchi chorvadorlarning 3-guruhi esa (kurdlar, pashtunlar, hazoralar, nuristoniylar va qirgʻizlar) yozda vodiylardan togʻ yaylovlariga, koʻzda esa, aksincha, togʻ yon bagʻirlaridan vodiylarga tomon koʻchganlar. Shubhasiz, yaylovlarga koʻchib borib oʻrvashish, chorva mollarini birgalikda oʻtlovlarga yoyish chorvador urugʻ-aymoqlarni birlashtirib, ular oʻrtasida qabila va qabilalar ittifoqi uyushmasini shakllantirgan.

Garchi yaylov chorvachiligi koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi aholining asosiy mashgʻuloti hisoblansada, K. xoʻjaligida qoʻshimcha ozuqa beruvchi dehqonchilik va ovchilik ham maʼlum darajada oʻrin tutgan. Ayrim qabilalarning yarmi koʻchib yursa, yarmi oʻtroq yashagan. Ibtidoiy dehqonchilik, odatda, chorvachilik va ovchilik bilan birga qoʻshib olib borilgan. Oʻrta Osiyoda yashagan saqlar, hunnularning bir qismi va qad. turklar va boshqa chorvadorlar maʼlum darajada dehqonchilik bilan shugʻullangan.

Koʻchmanchilar hayotida, ayniqsa, hunarmandchilik taraqqiy topgan edi. Arxeologik topilmalar va yozma manbalarning guvohlik berishicha, sakmassaget qabilalar oʻrtasida misgarlik va zargarlik yuqori darajada boʻlib, fanda "hayvon tasvirlari naqqoshligi" nomi bilan shuhrat topgan oʻziga xos yuksak sanʼat uslubi keng tarqalgan. Gerodotning yozishicha, massagetlar mis va oltindan qurol-yarogʻlar, ot anjomlari, idish-tovoqlar, zebi-ziynatlarni yasashni, shuningdek, tilla va kumush bezaqli naqshinkor bosh kiyimlar, kamar va belbogʻlar kabi zardoʻzlik buyumlarini tikishni bilishgan.

Oʻrta asr yozma manbalarida koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi aholi "sahronishin" — saxroyi, "dashtnishin — dashtlik va "koʻhnishin" — togʻlik shakllaridagi atamalar bilan tilga olinadi. Yozgi va qishki yaylovlarning yaqinroq masofada joylashgani chorvador qabilalarning maʼlum qismi uchun yarim oʻtroq va yarim K. bilan kun kechirishga hamda yordamchi xoʻjalik sifatida ibtidoiy dehqonchilik bilan ham shugʻullanishga imkon bergan. Bunday chorvador aholi qishlov uchun xashak tayyorlab jamgʻarishni koʻzlab koʻchma boshpanalar bilan bir qatorda doimiy turar joylar ham barpo etgan.

K. xoʻjaligining asrlar davomida kengayib borishi bilan chorvador aholining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida fanda "dasht yoʻli taraqqiyoti" nomi bilan talqin etilgan oʻziga xos rivojlanish soʻqmoqlari shakllangan. Bunday yuksalish yoʻnalishining inʼikosi koʻchmanchi chorvadorlarning moddiy madaniyati va maʼnaviyatida oʻz aksini topgan.

K. xoʻjaligining kengayishi va chorva boshlarining ortib borishi bilan koʻchmanchi aholi oʻrtasida mulkiy tengsizlik va ijtimoiy tabaqalanish yuzaga keladi. Koʻchmanchi qabilalarning umum mulki hisoblangan chorva mollari bilan bir katorda xususiy chorva paydo boʻladi. Garchi yozgi va qishki yaylovlar hamda suv manbalari (quduq va qoklar hamda daryo va koʻl yoqalarida joylashgan suvlotlar) urugʻ va qabilalarning umumiy mulki hisoblansada, biroq qoʻra-qoʻra molu, otar-otar koʻyu echkilar va uyur-uyur yilqilar urugʻ va qabila boshliqlarining shaxsiy mulkiga aylantiriladi. Mas., miloddan avvalgi 3-asr — milodiy 4-asrlarda Sirdaryo havzasining oʻrta qismida tashkil topgan Qangʻ davlatinmng jabgʻulari oʻz chorva mollarini Taloye yaylovlaridan Sarisu va Chu daryolarining etaklari tomon haydasa, qish faslini Ohangaron vodiysida oʻtkazgan.

Chorvador qabilalarning yirik ittifoqi asosida vujudga kelgan muvaqqat "koʻchmanchi xoqonliklar" oʻtroq aholini boʻysundirib, dehqonchilik vohalarini zabt etgach, oʻrta asrlarning qudratli mustabid saltanatliklarga aylangani tarixda kam emas (Arab xalifaligi, Oʻrta Osiyo, Eron va boshqa hududlarda tashkil topgan moʻgʻul davlatlari shular jumlasidandir). Biroq oʻtroq dehqonchilik bilan taqqoslaganda K. xoʻjaligi nihoyatda sust rivojlanib, ijtimoiy munosabatlarning oʻsishiga imkon bermagan. Buning ustiga ishlab chiqarish qurollarini takomillashtirilmasligi, hayotiy nozu neʼmatlarni yaratish imkoniyatlarining cheklanganligi, xoʻjalikning maʼlum darajada notoʻgʻri ekani hamda muqim oʻtroqlikning mavjud emasligi oqibatida K. xoʻjaligi qoloq va turgʻun hayotiy uslubga aylanib qolgan edi. Bunday umrboqiy holat, shubhasiz, koʻchmanchi

xalqlarning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan jahon taraqqiyotidan orqada qolishiga olib kelgan.

20-asr boshlarida chorvachilik bilan shu-gʻullangan hamda patriarxal urugʻaymoqchilik munosabatlari saqlanib qolgan qozoqlar, qirgʻizlar, turkmanlar, shuningdek, oltoyliklar va Kavkazdagi bir qancha xalqlar ham K. yoki yarim K. bilan kun kechirganlar. Hozirgi vaqtda ham Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Shim. Afrika hududlarida koʻchmanchilarning kattagiva guruhlari (moʻgʻullar, arablar, balujlar, kurdlar va boshqalar) yashamoqdalar. 20-asrda zamonaviy transport vositalarining koʻchmanchilar hayotiga kirib borishi, qoʻriq yerdarning oʻzlashtirilishi va yaylovlarning tobora qisqarishi bilan koʻch-manchi chorvadorlarning tarixiy udumlari va anʼanalari maʼlum darajada oʻzgarib, ularda oʻtroqlashuv jarayoni kuchaydi.



Foydalanilgan adabiyotlar:

Ad.\ Karimov I. A., Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq,

T., 1998; Gumilyov L. N., Xunnu, Sankt-Peterburg ,

1993; Gumilyov L. N., Drevnie tyurki, M.,

1972; Muhammadjon o v A. R., Oʻzbekiston tarixi,

T., 1999; Nasimxon Rahmon, Turk xoqonligi, T., 1993; Shoniyozov K.,Qangʻ davlati va qangʻlilar, T., 1990; Shoniyozov K., Qarluq davlati va qarluqlar, T., 1999.



Abdulahad Muhammadjonov


Download 106.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling