Adabiyotning kishi ruhiyatiga ta’siri


Download 12.7 Kb.
Sana25.05.2020
Hajmi12.7 Kb.

Adabiyotning kishi ruhiyatiga ta’siri “ mavzusida esse yozing.

Adabiyot, insonlar dunyoqarashini shakllantirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Halqimiz adabiyotni muqaddas va ulug’ dargoh deb biladi. Ana shunday bahoning o’zi el-yurtimiz hayotida bu soha namoyondalariga, ularning haqqoniy so’zi, chuqur ma’noli asarlariga ishonch, hurmat-e’tibor va ehtirom azaldan yuksak darajaga ko’tarilgani yaqqol ko’rsatib turibdi. Adabiyot rivojlansa – ona tilimiz, badiiy tafakkurimiz rivojlanadi. Adabiyot tarbiya vositasi. Toʻgʻri, adabiyot muallim yoki ota-ona kabi bevosita tarbiya bilan shugʻullanmaydi, ammo u tuygʻuni, didni, ezgulik va yovuzlik oʻrtasidagi tasavvur chegarasini, koʻngil va qalbni tarbiyalaydi. Shuning uchun u tarbiya vositasidir. Adabiyot bilan toʻlgan qalbga yovuzlik  kirib olishi qiyin kechadi, koʻngil mayli yovuzlik tomonga oʻtishdan oldin u yerda adabiyot bunyod etgan qoʻrgʻonlarni, qalʼalarni buzib tashlashiga toʻgʻri keladi. Adabiyot bilan toʻyingan qalb, ong – poydevori mustahkam binoga oʻxshaydi. U zalolatga boshlovchi koʻplab zilzilalarga dosh bera oladi. 
Download 12.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling