Adham allayorov, jasur islomov


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
Sana27.04.2020
Hajmi0.73 Mb.
#101770
Bog'liq
analizlar


 

 



ADHAM ALLAYOROV, JASUR ISLOMOV 

SIROJIDDIN ALLAYOROV, AZIMJON QO’CHQOROV 

 

 

Shifokor amaliyotida  



KLINIK 

ANALIZLAR 

TAHLILI 

 

 



 

MUNDARIJA 



 

Klinik-labaratoriya tekshiruvlari uchun material 

 

 

QON TIZIMI 



 

 

QONNING UMUMIY ANALIZI 



 

1  Gemoglobin (HGB) 

 

2  Eritrotsitlar (RBC) 



 

3  Retikulotsitlar 

 

4  Rang ko’rsatkichi 



 

5  Eritrotsitlarning o’rtacha hajmi (MCV) 

 

6  1 dona eritrotsitdagi gemoglobinning miqdori (MCH) 



 

7  Eritrotsitdadagi gemoglobinning  konsentratsiyasi (MCHC) 

 

8  Eritrotsitlarning anizotsitozi (RDW) 



 

9  Gematokrit (HCT) 

 

10  Trombotsitlar (PLT) 



 

11  Trombotsitlarning o’rtacha hajmi (MPV) 

 

12  Trombotsitlar anizotsitozi (PDW) 



 

13  Trombokrit (PCT) 

 

14  Leykotsitlar (WBC) 



 

15  Miyelotsitlar  

 

16  Metamielotsitlar  



 

17  Tayoqcha yadroli neytrofil 

 

18  Segment yadroli neytrofil 



 

19  Eozinofillar  

 

20  Bazofillar  



 

21  Monotsitlar  

 

22  Limfotsitlar  



 

23  Plazmatik hujayralar 

 

24  Eritrotsitlarning cho’kish tezligi (ECHT) 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Klinik-labaratoriya tekshiruvlari uchun material 



Klinik-labaratoriya tekshiruvlari uchun material sifatida quyidagilar xizmat qiladi: 

Biologik  suyuqliklar:  qon,  qonning  tarkibiy  qismlari  (plazma,  eritrotsitlar,…)  siydik, 

axlat,  oshqozon  shirasi,  pankreatik  suyuqlik,  o’t  suyuqligi,  so’lak,  likvor,  sperma,  ter, 

yiringli suyuqliklar (ekssudatlar, transsudatlar). Chiqarilgan nafas  namligi kondensati 

va shuningdek biopsiya usuli bilan olingan parenximatoz organlar to’qimasi. 

Tekshiruv uchun olingan materialni labaratoriyaga imkon boricha qisqa muddatda 

ilova  qilib  qo’shib  yuboriladigan  blanka  bilan  yetkazish  kerak.  Ilova  blankasida 

bemorning ismi, familiyasi, sharifi, material xarakteri, olingan sanasi, zaruriy labarator 

tekshiruvlari ro’yxati, taxminiy tashxis ko’rsatiladi. 

Bemordan qon olish och qoringa (ovqatlanishdan 12 soat keyin), odatda ertalab 

(soat  7

00

  va  9



00

  oralig’ida)  diagnostik  tekshiruvlar  va  jismoniy  zo’riqishlardan  oldin 

bajarilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. 

Dislipoproteinemiyaning bir qancha turlarida  ovqat istemol qilingandan so’ng olib 

tekshirilgan  qondan  lipemik  zardob  chiqishi  mumkin.  Bunday  zardobda  qator 

biokimyoviy  ko’rsatkichlar  (kreatinin,  umumiy  oqsil,  triglidseridlar  va  boshq.)ni 

aniqlab bo’lmaydi. 

Qonni  venapunksiya  yo’li  bilan  olinayotganda  tomirni  jgut  yordamida  siqish 

minimal  darajada  bo’lishi  kerak.  Bemor  barmoqlarini  ishlatmay  turishi  kerak  (qon 

olinayotganda) aks holda bunda mahalliy staz va gipoksiya chaqiriladi, shuningdek 

bir  qancha  moddalarning  (xolesterin,  kaliy,  natriy,  kalsiy  va  boshq.)  qon  shaklli 

elementlari va uning suyuq qismi orasidagi taqsimoti o’zgaradi.   

Bemor tanasining holati plazmaning qator komponentlari: ko’p hollarda umumiy 

oqsil,  albumin,  kreatinin,  xolesterin,  kalsiy  ishqoriy  fosfataza  va  boshqalar 

konsentratsiyasiga  ta’sir  etadi.  Bemor  vertikal  holatni  egallaganda  sanab  o’tilgan 

metabolitlar  konsentratsiyasi  sezilarli  darajada  oshadi,    gorizontal  holatda  esa 

kamayadi.  Bemor  qon  olingunga  qadar  kamida  30  daqiqa  yotgan  yoki  o’tirgan 

holatda bo’lishi kerak. 

Gemolizni oldini olish uchun qonni quruq shpritsda, quruq igna (bir martalik) bilan 

quruq  probirkaga  olinadi.  Eritrotsitlar  gemolizi  -  venoz  dimlanish  bo’lganda,  qonni 

shpritsda  kuch  bilan  tortib  olganda,  kerakli  qonni  uzoq  vaqt  saqlaganda,  suv  va 

detergentlar  ta’sirida,  yuqori  va  past  haroratda,  katta  tezlikdagi  sentrofugalashda 

bo’lishi  mumkin.  Ko’pirishini  oldini  olish  uchun  olingan  qon  shpritsdan  probirkaga 

asta sekinlik bilan quyiladi. 

Gemostaz  tizimi  o’rganilganda  qon  olish  uchun  qator  qo’shimcha  talablar 

qo’yilgan.  Keng  oqimli  igna  kerak  bo’lib,  shprits  ishlatilmasa  (shprits  bolalardan, 

gipotoniyasi bor terminal xolatdagi bemorlardan qon olganda ishlatiladi)  maqsadga 

muvofiq  bo’ladi.    Qon  darajalarga  bo’lingan,  antikougulyant-stabilizator  (3,8%  li 

natriy sitrat eritmasi, 1,34% li natriy oksalat eritmasi) tutgan sentrofuga probirkalariga 

yig’iladi.  To’g’ri  natija  olish  uchun  qon  va  antikougulyant  stabilizator  9:1  nisbatda 

olinadi. Qon olinayogan sohaga (odatda tirsak bukilmasi) spirt bilan  ishlov beriladi. 

Igna  teri,  teri  osti    kletchatkasi,  qon  tomir  devori  orqali  o’tib,  tomir  ichiga 



 

kiritayotganda    to’qima  suyuqligi  va  to’qima  fragmentlari  ko’chadi  va  bu  holat 



kougulologik  test  natijalariga  ta’sir  qiladi.  Dastlabki  0,5  –  1  ml  chiqadigan  qonni 

koagulogramma qilish uchun ishlatib bo’lmaydi. Ammo bu qon porsiyasidan qolgan 

barcha biokimyoviy tekshiruvlar uchun foydalanish mumkin. Koagulyatsiyaga venoz 

dimlanishning  ta’sirini  istisno  qilish  uchun  jgutdan  foydalanmagan  ma’qul.  Qon 

belgilangan nuqtagacha probirka devori bo’ylab oqib tushishi kerak. Probirka probka 

bilan yopiladi va qon antikougulyant bilan aralashishi uchun ohista harakat bilan bir 

necha  marta  ag’dariladi  (SILKITILMASIN!  KO’PIRTIRILMASIN!).  Qonni  olish  va  unga 

ishlov berish orasidagi vaqt 30-40 daqiqadan oshmasligi kerak. 

Agar  plazma  olish  talab  etilsa  qonni  ivib  qolishdan  saqlovchi  tegishli 

antikoagulyant  oldindan  probirkaga  solib  qo’yiladi.  Qon  antikoagulyant  bilan 

aralashtirilib  (ko’pirtirmasdan)  probirka  polietelin  bo’lakchasi  bilan  yopiladi  va 

shtativda  20-25  daqiqa  qoldiriladi.  Probirkani  intensiv  chayqatish  eritrotsitlar 

gemolizini  chaqiradi    bu  esa  koagulogrammaning  ko’plab  parametrlarini  buzib 

ko’rsatadi. Shuning uchun gemoliz belgilari bo’lgan plazma koagulogramma uchun 

yaroqsiz hisoblanadi. 

Gemostaz  sistemasini  o’rganishda  qon  odatda  limon  kislotaning  natriyli  tuzi 

eritmasi  bilan  stabillashtiriladi  ammo  sitratli  qonda  (plazmada)  qon  ivishining  labil 

faktorlari  va  trombotsitlar  yaxshi  saqlanadi.  Quyida  eng  ko’p  qo’llaniluvchi 

antikoagulyantlarning asosiy xususiyatlari keltirilgan. 

 

Antikoagulyant 



Mos  ravishdagi  antikoagulyantni  ishlatish 

quyidagi  ko’rsatkichlarni  aniqlashda  halqit 

beradi. 

Geparin ………………………………………….  --- 

Ammoniy geparinat ……..……………..  Ammiak, ishqoriy fosfataza 

Kaliy, natriy geparinat…………………….  Elektrolitlar (Ka, Na) 

EDTA  (etilendiammoniytetrasirka 

kislota) 

Elektrolitlar (Ka, Na, Ca), qoldiq azot. 

Natriy sitrat ……………………………………  α-amilaza, lipoproteidlar 

Ammoniy oksalat ……………………………  Ammiak,  α-amilaza,  ishqoriy  fosfataza,  qonda 

pH, Ca 


 

Zardob  olish  uchun  antikoagulyant  qo’shilmaydi.  Labaratoriyaga  yetkazilgan 

probirka paxtali probka bilan yopiladi va 10-15 daqiqa termostatda 37 

o

C li haroratda 



qizdiriladi.  So’ngra  sentrofugalanadi.  Zardob  (fibrinsiz  plazma)  olingan  kuniyoq 

ishlatilishi  maqsadga  muvofiq.  Agar  tekshiruv  keyingi  kunga  qoldirilsa  zardob 

solingan  probirka  probka  bilan  yopilib  4

  o


C  li  haroratdagi  muzlatgichda  saqlanadi. 

Biokimyoviy tekshiruvlar  uchun asosiy biologik material bu qon zardobidir.  

 

 

 



 

Qon tizimi 



O'zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirining 2017 yil   25 dekabrdagi  

№ 777-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan 207- raqamli tibbiy hujjat shakli 

  


 

 



 

 

 



 

 


 

QONNING UMUMIY KLINIK TAHLILI: 



Tekshiruv materiali: Venoz yoki kapillyar qon 

Qon topshirish uchun tayyorlov: 

 

Nahorda och qoringa (oxirgi ovqatlanishdan 12 soatdan kam bo’lmagan 



muddatdan so’ng): kechki ovqatning yengil va erta bo’lishi, kofe va o’tkir 

choydan holi bo’lishi shuningdek bir kun oldin yog’li ovqatlardan saqlanish; 

 

Oxirgi 24 soat davomida har qanday alkogolli mahsulotlar, issiq tadbirlar 



(hammom, sauna) va jismoniy yuklamalardan saqlanish; 

 



Boshqa tibbiy tadbirlardan (rentgen, inyeksiya, massaj) va dori qabul qilishdan 

oldin topshirish; 

 

Qayta analiz topshirishga to’g’ri kelganda sutkaning huddi shu vaqtida 



topshirish maqsadga muvofiq. 

 

Gemoglobin (HGB) 



Erkaklarda: 130 – 160 g/l 

Ayollarda: 120 – 140 g/l 

Oshgan: 

↑ birlamchi va ikkilamchi eritrositozlar 

↑ degidratatsiyada nisbiy eritrotsitoz 

 

Kamaygan: 



↓ anemiyalarda (temir tanqis, gemolitik, gipoplastik, B

12

 – tanqis) 



↓ o’tkir qon yo’qotish (qon yo’qotishda birinchi sutkada qon quyuqlashishi sababli 

(ko’p suyuqlik yo’qolganligi uchun) gemoglobin konsentratsiyasi haqiqiy anemiyaga 

mos kelmaydi) 

↓ yashirin qon ketishi 

↓ yaqqol endogen intoksikatsiya bilan kechuvchi kasalliklar (yomon sifatli o’smalar va 

ularning metastazlari) 

↓ suyak ko’migi, buyrak va boshqa organlar zararlanishida 

↓ gemodilyutsiya (yolg’on anemiya) 

 

Gemoglobin  (haemoglobinum)  eritrotsitlarning  tarkibiy  qismi  bo’lib,  gem  va 



globin oqsilidan tuzilgan murakkab oqsil – qon pigmentidir. Asosiy vazifasi kislorodni 

o’pkadan  to’qimalarga  tashish  shuningdek  karbonat  angidridni  organizmdan 

chiqarish va kislota ishqor muvozanatini tartibga solishdir. 

Odam  qonida  gemoglobinning  bir  nechta  turlari  bor.  Embrional  davrda  fetal 

gemoglobin  –  HbF  (fetus  –  homila),  [

yangi  tug’ilgan  chaqaloqlarda  80%  fetal  HbF  20%  HbA

], 

katta  odamda  esa  HbA



1

  va  HbA

2

  (adultus  –  yetuk)  kabi  gemoglobinlar  uchraydi. 



Bola bir yoshga to’lganda qonda asosan HbA

1

 gemoglobin mavjud bo’ladi. 



 

 

  O’tkir  qon  ketishida  ko’p  suyuqlik  yo’qotilganligi  sababli  anemiya  darajasi 



yo’qotilgan qon hajmining ko’rsatkichi bo’la olmaydi.  

 

Qon yo’qotish darajasi 



Qon 

yo’qotish 

darajasi 

Eritrotsitlar 

 ×10

12

/l 



Gemoglobin 

 g/l 


 

Gematokrit 

%  

UAYuQH* 


defitsiti 

 



Yengil  

3.0 


gacha

 

100 



gacha

 

35 



gacha

 

20 



gacha

 

gacha 



O’rta  

2.5 


gacha

 

80 



gacha

 

25 



gacha

 

30 



gacha

 

gacha 



Og’ir 

2.0 


gacha

 

50 



gacha

 

20 



gacha

 

40 



gacha

 

gacha 



O’ta og’ir 

2.0 


dan kam

 

50 



dan kam

 

20 



dan kam

 

40 



dan ko’p

 

 



 

* UAYuQH  - Umumiy Aylanib Yuruvchi Qon Hajmi 

 

Eritrotsitlar (RBC) 



Erkakrarda – (4.0 – 5.0) ×10

12

/l 



Ayollarda – (3.9 – 4.7) ×10

12

/l 



Oshgan: 

↑ eritremiya – absolyut birlamchi eritrotsitoz 

↑  gipoksiya  natijasida  yuzaga  kelgan  reaktiv  eritrotsitozlar  (Bronx-o’pka 

patologiyalaridagi  ventilyatsion  yetishmovchilikda,  tug’ma  va  orttirilgan  yurak 

nuqsonlarida, yuqoriga ko’tarilganda (toqqa chiqqanda). 

↑  ikilamchi  eritrotsitozlar  –  eritropoetinlar  ishlab  chiqarilishining  oshishi  natijasida 

(buyrak gidronefrozi va polikistozi, buyrak va jigardagi hosilalar, oilaviy yaxshi sifatli 

eritrotsitoz)  

↑ organizmdagi ortiqcha steroidlar bilan  bog’liq eritrotsitozlar (kushing sindromi va 

kasalligi, feoxromatsitoma, giperaldosteronizm, steroidlar bilan davolashda) 

↑ degidrotatsiyadakuzatiladigan nisbiy eritrotsitozlar (gemotokrit bo’limiga qarang) 

 

Kamaygan: 



↓ anemiyalar (temir tanqis, gemolitik, gipoplastik, B

12

 tanqis) 



↓ o’tkir qon ketishida 

↓ homiladorlikning kechki davrida 

↓surunkali yallig’lanish jarayoni 

↓gipergidratatsiya 

 

Eritrotsit (Erytrocytus) – yadrosiz qon shaklli elementi bo’lib o’zida gemoglobin 



tutadi.  Eritrotsitlarning  asosiy  vazifasi  kislorod  va  karbonat  angidrid  tashishdir.  Ular 

qon  shaklli  elementlarining  asosiy  qismini  tashkil  qiladi.  Eritrotsitlarning  ikki 

tomonlama  botiq  shakli  ularning  maksimal  yuzaga  ega  bo’lishini  ta’minlaydi. 

Shuningdek  eritrotsitlar  to’qima  nafasida  qatnashadi,  to’qima  va  hujayraga  ozuqa 

moddalari  yetkazib  berish,  himoya  funksiyalarini  bajaradi.  Bundan  tashqari 

eritrotsitlar  (gemoglobin)  kislota-ishqor  muvozanatini  ta’minlashda  qatnashadi. 



10 

 

Eritrotsitlardagi  fermentlar  hayotiy  muhim  biokimyoviy  reaksiyalarga  katalizatorlik 



qiladi. Eritrotsitlar qon ivish jarayonida qatnashadi. Eritrotsitlarning o’rtacha umri 90 

–  120  kun.  Hayotini  o’tab  bo’lgan  eritrotsitlar  retikuloendotelial  tizimda  (asosan 

taloqda) parchalanadi.  

Retikulotsitlar 

0.5 - 1.2 % 

(30-70)  ×10

12

/l 


Oshgan: 

↑  eritropoez  stimulyatsiyasida  (qon  yo’qotish,  gemoliz,  B

12

  tanqis  anemiyani 



muvaffaqqiyatli davolash paytida retikulotsitar kriz, o’tkir kislorod tanqisligi) 

 

Kamaygan 



↓  eritropoez  susayishi  (aplastik  va  gipoplastik  anemiya,  B

12

  tanqis  anemiya 



davolanmaganda, suyakka rak metastazlanishi) 

 

Retikulotsitlar  (reticulocytus)  ribosomalarida  RNK  qoldiqlari  bor  bo’lgan 



yetilmagan  eritrotsitlardir.  Retikulotsitlar  2  kun  davomida  qon  aylanish  doirasida 

qoladi so’ngra RNK si kamayib yetuk eritrotsitga aylanadi. 

 

Rang ko’rsatkichi



 

0.85 – 1.05 

Oshgan: Giperxromiya 

↑ B


12

 tanqis, foliy tanqis hamda gipoplastik anemiyalarda 

↑ Oshqozon polipozida 

↑ gipotireozda 

↑ Sitostatik, oral kontraseptiv, talvasaga qarshi preparatlar istemol qilganda 

 

Kamaygan: Gipoxromiya 



↓ temir tanqis anemiyada 

↓ homiladorlikdagi anemiyada 

↓ qo’rg’oshin bilan zaharlanishda 

 

Rang  ko’rsatkichi  eritrotsitdagi  gemoglobinning  miqdorini  (salmog’ini) 



anglatadi. Klinik jihatdan MCH bilan analog. 

 

Eritrotsitlarning o’rtacha hajmi (MCV)



 

80 – 100 mkm

3

 

Oshgan:  



↑ Makrotsitar va megaloblastik anemiyalar (vitamin B

12

 tanqis, foliy tanqis) 



11 

 

↑ mikrotsitoz bilan kechishi mumkin bo’lgan anemiyalar (gemolitik anemiyalar, jigar 



kasalliklari, miyelodisplastik sindromlar) 

 

Norma: 



√ normotsitar anemiyalar (aplastik, gemolitik anemiyalar, gemoglobinopatiyalar, qon 

yo’qotishdan keying anemiyalar) 

√  normotsitoz  bilan  kechishi  mumkin  bo’lgan  kasalliklar  (temir  tanqis  anemiyaning 

regenerator fazasi) 

Kamaygan:  

↓mikrotsitar anemiyalar (temir tanqis, talassemiya, sideroblastik anemiya) 

 

Eritrotsitlarning  o’rtacha  hajmi  (mean  corpuscular  volume)  anemiya  turini 



tavsiflash maqsadida tekshiriladi. Hisoblash formulasi quyidagicha: 

MCV = Ht×10/RBC 

Bu yerda: Ht – gematokrit %;  RBC – eritrotsitlar miqdori ×1012/l. 

 

1 dona eritrotsitdagi gemoglobinning  miqdori 



(MCH)

 

30 -35 pg 



Oshgan: 

↑ giperxrom anemiyalarda (megaloblastik, jigar sirrozi) 

 

Kamaygan: 



↓ gipoxrom temir tanqis anemiyalarda 

↓ yomon sifatli o’smalar rivojlangandagi anemiyalarda 

 

1  dona  eritrotsitdagi  gemoglobinning  miqdori  (mean  corpuscular  hemoglobin)  – 



eritrotsitning  gemoglobinga  qanchalik  to’yininganligini  anglatadi.  Hisoblash 

formulasi quyidagicha: 

MCH = Hb/RBC 

Bu yerda: Hb – gemoglobin g/l;  RBC – eritrotsitlar miqdori ×1012/l. 

 

Eritrotsitdagi gemoglobin konsentratsiyasi 



(MCHC)

 

320 -360 g/l 



Oshgan: 

↑ giperxrom anemiyalarda (sferotsitoz, ovalotsitoz) 

 

Kamaygan: 



12 

 

↓ gipoxrom anemiyalarda (temir tanqis, sideroblastik, talassemiya) 



 

Eritrotsitdagi  gemoglobin  konsentratsiyasi  (mean  corpuscular  hemoglobin 

concentration)  –  eritrotsitning  gemoglobinga  qanchalik  to’yininganligini  anglatadi. 

Hisoblash formulasi quyidagicha: 

MCHC = Hb×100/Ht 

Bu yerda: Hb – gemoglobin g/l;  Ht – gematokrit %. 

 

Eritrotsitlar anizotsitozi (RDW)



 

11,5 -14,5 % 

Oshgan: 

↑ makrotsitar anemiyalarda 

↑ mielodisplastik sindromlar 

↑ o’smalarning suyak ko’migiga metastazlari 

↑ temir tanqis anemiyalar 

 

Eritrotsitlar  anizotsitozi  (anisocytosis)  –  bu  normal  hajmdagi  eritrotsitlar  bilan 



bir  paytda  turli  hajmdagi  eritrotsitlarning  topilishi.  Sog’lom  odam  eritrotsitlarining 

diametri  7-8  mkm  ga  teng.  6,5  mkm  dan  kam  diametrli  eritrotsitlar  mikrotsitlar,  9 

mkm dan katta  eritrotsitlar makrotsitlar deyiladi. Eritrotsitlarning hajm bo’yicha farq 

o’lchovini RDW (red cell distribution width) hisoblash formulasi quyidagicha:  

RDW = SD×100%/MCV 

Bu  yerda:  SD  –  eritrotsit  hajmining  o’rtacha  qiymatdan  standart  og’ishi;  MCV  – 

eritrotsitlarning o’rtacha hajmi. 

Gematokrit (HCT)

 

Erkaklarda: 35 – 49 % 



Ayollarda 36 – 42 % 

Oshgan: 


↑ birlamchi va ikkilamchi eritrotsitozlar 

↑ degidratatsiyalarda (to’xtovsiz qusish, ich ketishi bilan kechuvchi MIT kasalliklarida, 

diabet, haddan ziyod terlash) 

↑ aylanib yuruvchi plazma hajmining kamayishi (peritonit, kuyish) 

 

Kamaygan: 



↓ anemiyalarda 

↓  aylanib  yuruvchi  plazma  hajmining  ortishi  (yurak  qon  tomir  va/yoki  buyrak 

yetishmovchiligida, homiladorlikning oxirgi davrida, giperproteinemiyada) 

↓ surunkali yallig’lanish jarayonlarida, travmalar, uzoq yotoq rejimi, ochlik, surunkali 

giperazotemiya, onkologik kasalliklar. 


13 

 

↓  gemodilyutsiya  (asosan  buyrak  funksional  xususiyatlari  kamaygan  paytda  vena 



ichiga suyuqlik kiritishda) 

 

Gematokrit  (haematokritos)  –  bu  butun  qondagi  eritrotsitlar  va  plazmaning 



nisbatidir. 

 

Anemiyalarning differensial diagnostikasi 



Ko’rsatkichlar 

Anemiya 


Temir 

tanqis 


Gemolitik  Gipoplastik  B

12

 tanqis 



Gemoglobin  

↓ 

↓↓ 



↓↓ 

↓↓↓ 


Eritrotsitlar  

↓ 

↓ 



↓↓ 

↓↓ 


Rang ko’rsatkichi  

↓ 

Norma  



Norma 

 

Eritrotsitlar diametri 



↓ 

↓ 

Norma 



↑ 

Eritrotsitlarning  o’rtacha  hajmi 

MCV 

Norma, ↓ 



↑ 

Norma 


↑↑ 

1  dona  eritrotsitdagi  gemoglo--

binning  miqdori (MCH) 

↓ 

↑ 



Norma 

↑↑↑ 


Eritrotsitdagi 

gemoglobin 

konsentratsiyasi (MCHC) 

↓ 

Norma  



Norma 

↑ 

Retikulotsitlar  



Norma  

 

↓↓↓ 



↓ 

  

Ilova:  



↑ oshgan; ↑↑ ahamiyatli oshgan; ↑↑↑ yaqqol oshgan;  

↓ kamaygan; ↓↓ ahamiyatli kamaygan; ↓↓↓ yaqqol kamaygan. 

 

 

Trombotsitlar (PLT)



 

180 – 320 10

9

/l  


Oshgan: 

↑ mieloproliferativ jarayonlarda (eritremiya, miyelofibroz) 

↑ surunkali yallig’lanishli kasalliklarda (bo’g’imlarnng revmatoid zararlanishi, yarali 

kolit, sil kasalligi, osteomielit, jigar sirrozi) 

↑ yomon sifatli o’smalarda (rak, limfoma, limfagranulyamatoz) 

↑ qon ketishi, gemolitik anemiyada 

↑ megaloblastik anemiyaning sog’ayish davrida 

↑ operatsiyadan so’ng 

↑ Splenektomiyadan keying holatda 

↑ kortikosteroidlar bilan davolashda 

 

Kamaygan: 



14 

 

↓ trombotsitlar hosil bo’lishining kamayishiga bilan kechuvchi nasliy trombotsitopeni-



yalar (tug’ma trombotsitopeniya, Uiskot-Oldrich sindromi, Bernar-Sule sindromi, 

Chediaka-Xigasi anomaliyasi, Fankoni sindromi, chaqaloqlar qizilchasi, gistiositoz) 

↓ qon kasalliklari (aplastik anemiya, megaloblastik anemiyalar, leykoz) 

↓ suyak ko’migining zararlanishi (o’smalar metastazi, suyak sili, ionlanuvchi nurlanish) 

↓  boshqa  kasalliklar  (siklik  trombotsitopeniya,  paroksizmal  tungi  gemoglobinuriya, 

gemolitik-uremik  sindrom,  buyrak  yetishmovchiligi,  jigar  kasalliklari,  tomir  hamda 

taloq o’smalari, eklampsiya, gipertireoz, gipotireoz) 

↓ infeksiyalar (virusli, bakterial, rikketsioz, malyariya, toksoplazmoz, OIV-infeksiya) 

↓ homiladorlik, hayz ko’rish 

↓  dori  vositalarining  ta’siri  natijasida  (sitistatiklar,  analgetiklar,  antigistamin  vositalar, 

antibiotiklar,  psixotrop  dorilar,  diuretiklar,  talvasaga  qarshi  vositalar,  K-vitamin, 

rezerpin, digoksin, geparin, nitroglitserin, prednizolon, esterogenlar). 

↓ alkogol, og’ir metallar ta’sirida 

↓  yuqori  trombotsitlar  sarfi  bilan  kechuvchi  trombotsitopeniyalar  (trombotsitopenik 

purpura, gipersplenizm, DVS-sindrom, qon ketishi, gemodializ) 

 

Trombotsitlar–  haqiqiy  hujayralar  bo’lmay,  suyak  ko’migidagi  gigant  megakariotsit 



hujayralarining  mayda  parchalari  hisoblanadi.  Trombotsitlar  angiotrofik,  adgeziv-

agregatsion  funksiyalarni  bajaradi,  qon  ivish  va  fibrinoliz  jarayonlarida  qatnashadi, 

qon lahtasi retraksiyasini ta’minlaydi. 

 

Trombotsitlarning o’rtacha hajmi (MPV)



 

3,6 – 9,4 mkm

3

 

Oshgan: 



↑ idiopatik trombositopenik purpura 

↑ Bernar-Sule sindromi 

↑ May-Xegglin anomaliyasi 

↑ postgemorragik anemiyalar 

 

Kamaygan: 



↓ Uiskott-Oldrich sindromi 

 

Trombotsitlarning o’rtacha hajmi (Mean platelet volume) – trombotsitar indeks bo’lib 



trombotsitlarning yetilganlik darajasini anglatadi. Yosh, yetuk, qari trmbotsitlar hajm 

jihatdan  tegishli  ketma  ketlikda  kamayib  boradi.  MPV  ning  normadan  og’ishi  esa 

yuqoridagi patologiyalardan biriga shubha uyg’otadi. 

 

 



15 

 

Trombotsitlar anizotsitozi (PDW)



 

10 – 20 % 

Oshgan: 

↑ yalig’lanishli jarayonlarda 

↑ anemiyalar  

↑ onkologik kasalliklar 

↑ operatsiyadan keying davrda 

↑ qon yo’qotishdan so’ng 

 

Kamaygan: 



↓ mielodisplastik sindrom 

↓ leykemiya 

↓ o’smalarning suyak ko’migiga metastazi 

↓ nur kasalligi 

 

Trombotsitlar anizotsitozi RDW (red cell distribution width) – trombotsitlarning hajm 



bo’yicha taqsimlanish kengligi hisoblanib % foizlarda o’lchanadi. 

 

 



Trombokrit (PCT)

 

0,15 – 0,45 % 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

16 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling