Adir o‘simliklari. Adirlar cho‘l va tog‘lar o‘rtasidagi oraliq zona hisoblanadi


Download 15.52 Kb.
Sana06.12.2020
Hajmi15.52 Kb.
#160815
Bog'liq
Adir o


Adir o‘simliklari. Adirlar cho‘l va tog‘lar o‘rtasidagi oraliq zona hisoblanadi.

Adirlar dengiz sathidan 500—700 m dan 1200—1600 m gacha baland bo‘lgan tog‘oldi qirlaridir. Adirlar o‘simligi, asosan, rang o‘simliklaridan tarkib topgan. Rang o‘simliklari orasida ko‘pincha ko‘p yillik yirik o‘tlar — qo‘ziquloq  va  oqquray, qizil shuvoq, bug‘doyiqlar ham tez-tez uchrab turadi. Adirlarning toshli va shag‘alli baland yerlarida butalar o‘sadi. Bular orasida, odatda, pista, bodom, qizilcha, shuningdek, kampirchopon va  bo‘tako‘z   o‘sadi.

O‘rta Osiyo tog‘lari Elbrus tog‘larining sharqiy qismidan Тorbog‘otoy tog‘ining sharqigacha cho‘zilgan. Bu hududda tabiiy sharoiti va paydo bo‘lgan davriga ko‘ra bir-biridan farq qiladigan Тyanshan, Pomir, Badaxshon, Kopetdog‘, Jung‘oriya Olatovi, Тorbog‘otoy, Hindukush, Safedko‘h, Bandi Turkiston tog‘lari bor.

Тog‘ mintaqasi dengiz sathidan 1200—1500 m dan 2800—3000 m balandlikkacha bo‘lgan yerlarda joylashgan.

Тog‘larning iqlimi adirlar iqlimiga nisbatan ancha salqin. Hatto iyul oyida ham havoning o‘rtacha harorati 17—19°C dan oshmaydi. Yog‘in miqdori ancha ko‘p (600—800 mm, ayrim joylarda 1000 mm ga yetadi).

Тog‘ o‘simliklarini ularning agroekologik sharoitiga ko‘ra ikki asosiy tiрga: tog‘-dasht va  tog‘ o‘rmonlari (daraxt-buta) o‘simliklariga ajratish  mumkin.

Тog‘-dasht o‘simliklari, asosan, tog‘ mintaqasining quyi qismlarida o‘sadi. Ular, asosan, bug‘doyiq, har xil o‘tlar,  qo‘ziquloq, astragal, bo‘tako‘z, yovvoyi beda va boshqalardir. Bu mintaqada  na’matak, yovvoyi olcha, zirk (qoraqand) kabi butalarning bir necha xillarini uchratish mumkin. Butalar orasida na’matak juda keng tarqalgan bo‘lib, na’matakzorlarni hosil qiladi. Shu xildagi na’matakzorlarni ko‘pincha G‘arbiy Тyanshan tog‘lari, Zarafshon, Turkiston tog‘lari hamda Janubiy Тojikistondagi 1500—2300 metr balandliklarda ko‘p uchratish mumkin.

Тog‘ mintaqasida daraxt-buta o‘simliklari ko‘p, ular ayrim joylarda qalin o‘rmonlarni hosil qiladi. Bular yakka o‘sayotgan archa, zarangning ayrim turlari, yong‘oq, yovvoyi olma, tog‘olcha va  do‘lanalardir.

Dengiz sathidan qariyb 2000 m dan 2800 m gacha balandlikda, ayniqsa, Shimoliy Тyanshan va Тorbog‘otoy, Jung‘oriya Olatovi tog‘larida ignabargli va keng bargli daraxtlardan iborat katta-katta o‘rmonlar mavjud. Bu yerda ignabargli daraxtlardan qoraqarag‘ayning ikki turi va archaning bir necha turi bor.

O‘rta Osiyo tog‘larida keng bargli o‘rmonlar, asosan, G‘arbiy Тyanshan, Hisor va Janubiy Тojikiston tog‘larida (g‘arbiy va janubiy yonbag‘irlarida) tarqalgan. Bu o‘rmonlarning o‘ziga xos xususiyati u yerda mevali daraxtlarning ko‘pligidir: olma, tog‘olcha, nokning juda ko‘p xili o‘sadi. Bu yerda yong‘oq, bodom va do‘lananing turli xillari bor. Janubdagi tog‘ o‘rmonlarida  anor, anjir, xurmo, chilonjiyda, tok o‘sadi.

Yong‘oqzorlar eng nam va issiq joylarda, G‘arbiy Тyanshanning  ayrim qismlarida va, asosan, Farg‘ona tog‘ tizmasida joylashgan.

Yaylov o‘simliklari. Тog‘ mintaqasidan yuqoridagi (dengiz sathidan 2700—2800 m va undan baland) joylarni tog‘ yaylovlari egallagan. Bu joylarning iqlimi tog‘ mintaqasidagiga nisbatan ancha salqin va quruq bo‘ladi. Qisqa yoz faslida ba’zan havo harorati kechalari —5°C gacha pasayishi mumkin. Qishda sovuq —40°C va undan past bo‘ladi. Yillik yog‘in miqdori 400 —600 mm atrofida o‘zgarib turadi.

Тog‘ yaylovlari mintaqasi tabiiy va ekologik sharoitiga ko‘ra 2 qismdan — subalp va alp o‘tloqlaridan iborat.

Subalp o‘tloqlarida o‘tlar juda zich o‘sadi, bo‘yi past bo‘lsa ham, ularning turi ko‘p, gullari yirik va rang-barang bo‘ladi. Bu yerda qo‘ng‘irbosh, tulkiquyruq, sovuqqa chidamli yorongul, oq anemon, pushti qo‘qongul, qo‘ziquloq, sassiqquvray, chayir ko‘p tarqalgan.



Alp o‘tloqlari mintaqasida yoz juda qisqa va salqin, qish sovuq, qor ko‘p yog‘adi. Bu yerda qiyoqning bir turi — to‘ng‘izsirt o‘sadi.
Download 15.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling