Adliya vazirligi tizimidagi bo‘sh (vakant) lavozimlar uchun o‘tkaziladigan


Download 234.77 Kb.
Pdf ko'rish
Sana15.10.2023
Hajmi234.77 Kb.
#1704191
Bog'liq
Umumiy qonunchilikka oid mutaxassis va boshruv xodimlarga Umarova Umida 2



Adliya vazirligi tizimidagi bo‘sh (vakant) lavozimlar uchun o‘tkaziladigan
(ichki va tashqi) tanlovning suhbat bosqichi uchun
umumiy qonunchilikka oid tahminiy
SAVOLLAR RO‘YXATI 
Yo‘nalishi: Vazirlik tizimidagi mutaxassis va boshqaruv xodimlar uchun 
1. Fuqarolik huquqlarini himoya qilish usullari qaysilar? 
2. Fuqarolik qonunchiligida belgilangan zararni qoplash tushunchasiga tarif 
bering? 
3. Fuqarolarning huquq layoqati deganda nimani tushunasiz? 
4. Fuqarolarning muomala layoqati deganda nimani tushunasiz? 
5. Yakka tartibdagi tadbirkorning va yakka tartibdagi tadbirkor maqomini 
yo‘qotgan jismoniy shaxslarning bankrot bo‘lish asoslari haqida ma’lumot bering? 
6. Emansipatsiya instituti haqida ma’lumot bering? 
7. Fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topish hamda fuqaroning muomala 
layoqatini cheklash tushunchalari hamda ushbu tushunchalarning bir-biridan 
farqlarini izohlab bering? 
8. Fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish va uning oqibatlari haqida 
ma’lumot bering? 
9. Fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish hamda vafot etgan deb e’lon qilingan 
fuqaro qaytib kelishining oqibatlari haqida ma’lumot bering? 
10. Davlat tomonidan qayd etilishi lozim bo‘lgan fuqarolik holati hujjatlari 
hamda ularni amalga oshirilishi haqida ma’lumot bering? 
11. Yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari deganda nimani tushunasiz? 
12. Yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli haqida ma’lumot bering? 
13. Yuridik shaxslarning vakolatxonalar va filiallar nima va ular qanday 
asoslarda faoliyat olib boradi? 
14. Yuridik shaxsni qayta tashkil etish tartibini tushuntirib bering. 
15. Yuridik shaxsni qayta tashkil etishda topshirish hujjati va taqsimlash 
balansi deganda nimani tushunasiz. 
16. Muassasa deganda nimani tushunasiz hamda muassasa mol-mulkini 
tasarruf etish tartiblarini tushuntirib bering? 
17. Yuridik shaxslar birlashmalari haqida ma’lumot bering ? 
18. Davlatning fuqarolik-huquqiy munosabatlarda qanday tartibda ishtirok 
etadi? 
19. Ashyolar fuqarolik huquqlarining obyektlari sifatida qanday tasniflari 
mavjud ? 
20. Shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy ne’matlari deganda 
nimani tushunasiz? 
21. Fuqarolik qonunchiligi asosan shartli bitimlar tushunchasiga ta’rif bering? 
22. Bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik oqibatlari haqida 
ma’lumot bering?


23. Bitimning notarial shakliga va uni ro‘yxatdan o‘tkazish talabiga rioya 
qilmaslikning oqibatlari haqida ma’lumot bering? 
24. Ishonchnomaning bekor bo‘lishi asoslari nimalardan iborat? 
25. Da’vo muddati tushunchasi, umumiy va maxsus da’vo muddatlar hamda 
da’vo muddatlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi bitimning haqiqiy sanalmasligi haqida 
ma’lumot bering? 
26. O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish (servitut) 
huquqi deganda nimani tushunasiz? 
27. Mulk huquqining vujudga kelish asoslari nimadan iborat? Topilma mulk 
huquqini vujudga kelishga asos bo‘lishi mumkinmi? 
28. Topilma bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash va ashyoni topib olgan shaxsni 
taqdirlash haqida ma’lumot bering? 
29. Natsionalizatsiya, rekvizitsiya va musodara tushunchalarini tushuntirib 
bering? 
30. Respublika va munitsipal mulk deganda nimani tushunasiz? 
31. Vindikatsiya nima va mol-mulkni insofli egallovchidan talab qilib olish 
asoslari so‘zlab bering? 
32. Majburiyat tushunchasi va uning vujudga kelish asoslari haqida ma’lumot 
bering? 
33. Majburiyatni bajarishni uchinchi shaxs zimmasiga yuklash deganda 
nimani tushunasiz? 
34. Majburiyatning bajarilishi usullarini sanab bering.
35. Neustoyka tushunchasi hamda uning shakllari haqida ma’lumot bering. 
36. Garov tushunchasi, uning vujudga kelish asoslari va turlari haqida 
ma’lumot bering? 
37. Kafillik shartnomasi nima, kafilning javobgarligi to‘g‘risida ma’lumot 
bering? 
38. Shartnoma tushunchasi, shartnoma tuzish erkinligi deganda nimani 
tushunasiz? 
39. Ommaviy shartnoma haqida ma’lumot bering? 
40. Dastlabki shartnoma tushunchasi haqida ma’lumot bering? 
41. Kimoshdi savdosida shartnoma tuzish to‘g‘risida ma’lumot bering? 
42. Kimoshdi savdosini tashkil etish va uni o‘tkazish tartibi haqida ma’lumot 
bering?
43. Vaziyat jiddiy o‘zgarishi munosabati bilan shartnomani o‘zgartirish va 
bekor qilish mumkinmi, ushbu holat haqida batafsil ma’lumot bering? 
44. Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish hamda shartnomani haqiqiy emas 
deb topish haqida ma’lumot bering, ularning bir-biridan farqini aytib bering? 
45. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining 
fuqaroligini tan olish tartibini tushuntirib bering? 
46. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olish qanday asoslarda amalga 
oshiriladi? 
47. O‘zbekiston Respublikasida fuqarolikni tug‘ilganlik bo‘yicha olish 
asoslari haqida ma’lumot bering? 


48. Bola farzandlikka olinganda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olishi 
hamda bola farzandlikka olingan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini 
saqlab qolishi asoslarini tushuntirib bering? 
49. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga umumiy tartibda qabul qilish 
asoslari haqida ma’lumot bering? 
50.
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga soddalashtirilgan tartibda 
qabul qilish haqida ma’lumot bering? 
51. Ota-onasidan biri O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini olgan 
taqdirda bolaning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olishi mumkinmi, ushbu 
holatni batafsil yoritib bering? 
52. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari 
komissiyasi va uning vazifalari haqida ma’lumot bering? 
53. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid qarorlarni ijro 
etuvchi organlarni aytib bering? 
54. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashni rejalashtirish 
deganda nimani tushunasiz? 
55. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasi 
oʻtkazish haqida ma’lumot bering? 
56. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kelishish tartibi haqida ma’lumot 
bering? 
57. Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining monitoringi va nazorati deganda 
nimani tushunasiz? 
58. Normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiy sharhlash haqida ma’lumot bering? 
59. Normativ-huquqiy hujjatning amal qilishini to‘xtatib turish va tugatish 
deganda nimani tushunasiz? 
60. Normativ-huquqiy hujjatlarning kuchga kirishi deganda nimani 
tushunasiz? 
61. Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi qonunnining qo‘llanish sohasi 
haqida ma’lumot bering? 
62. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat fuqarolik 
xizmati sohasidagi vakolatlari haqida ma’lumot bering? 
63. Maxsus vakolatli davlat organining davlat fuqarolik xizmati sohasidagi 
vakolatlari haqida ma’lumot bering? 
64. Davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetensiyasini uzluksiz 
ravishda oshirish haqida ma’lumot bering? 
65. Davlat fuqarolik xizmati tizimi haqida maʼlumot bering? 
66. Davlat fuqarolik xizmatchisining mehnat va ijtimoiy ta’tillari haqida 
maʼlumot bering? 
67. Davlat fuqarolik xizmatchisining rotatsiyasi haqida maʼlumot bering? 
68. Davlat fuqarolik xizmatchisining intizomiy javobgarligi haqida maʼlumot 
bering? 
69. Davlat fuqarolik xizmatchisi va uning huquqlari haqida maʼlumot bering?
70. Davlat fuqarolik xizmatchisining majburiyatlari haqida maʼlumot bering?
71. Davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar deganda nimani 
tushunasiz? 


72. Davlat fuqarolik xizmatida sovg‘alarga nisbatan munosabatda bo‘lish 
shartlari haqida ma’lumot bering? 
73. Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestri deganda nimani 
tushunasiz? 
74. Davlat fuqarolik xizmati sohasidagi monitoringi haqida ma’lumot bering? 
75. Davlat fuqarolik xizmatchisini rag‘batlantirish haqida ma’lumot bering. 
76. Davlat fuqarolik xizmatchisini huquqiy jihatdan himoya qilish deganda 
nimani tushunasiz? 
77. Davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatini tugatish asoslarini sanab bering? 
78. Davlat fuqarolik xizmatida xizmat tekshiruvi tushunchasini yoritib 
bering? 
79. Davlat fuqarolik xizmatchisining mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risida 
ma’lumot bering? 
80. Qanday murojaatlar anonim murojaat deyiladi? 
81. Murojaatlarga qo‘yiladigan talablar nimalardan iborat? 
82. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish tartibi 
haqida ma’lumot bering?
83. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonalarining va Virtual 
qabulxonasining asosiy vazifalari haqida ma’lumot bering? 
84. Murojaatlarning shakllari va turlarini tahlil qiling? 
85. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonalarining huquq va 
majburiyatlari nimalardan iborat? 
86. Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan murojaat etish huquqini amalga 
oshirish kafolatlari haqida ma’lumot bering? 
87. Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan murojaatlarni berish tartibi haqida 
ma’lumot bering. 
88. Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan murojaatlarni berish muddatlari 
haqida ma’lumot bering? 
89. Murojaatlar bo‘yicha ish yuritish tartibini yoriting? 
90. Murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida ma’lumot bering? 
91. Murojaat etuvchini eshitish deganda nimani tushunasiz? 
92. Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari haqida ma’lumot bering? 
93. Murojaatga berilgan javobni tuzatish qanday tartibda amalga oshiriladi? 
94. Murojaatlarni ko‘rib chiqishda jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari 
nimalardan iborat?
95. Murojaatlarning ko‘rib chiqilishini monitoring va nazorat qilish deganda 
nimani tushunasiz?
96. Murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish haqida ma’lumot berish? 
97. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilik 
yuzasidan moddiy zararning o‘rnini qoplash va ma’naviy ziyonni kompensatsiya 
qilish haqida ma’lumot bering? 
98. Murojaatlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik 
asoslarni bayon qiling? 
99. Shaxsiy huquq va erkinliklar sirasiga qaysilar kiradi, ular haqida batafsil 
ma’lumot bering? 


100. Siyosiy huquqlar deganda nimani tushunasiz?
101. Konstitutsiyada belgilangan iqtisodiy huquqlar haqida ma’lumot bering? 
102. Konstitutsiyada belgilangan ijtimoiy huquqlar haqida ma’lumot bering? 
103. Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari deganda nimani 
tushunasiz? 
104. Konstitutsiyada belgilangan fuqarolarning burchlari haqida ma’lumot 
bering? 
105. Jamoat birlashmasi tushunchasi, tuzilishi va faoliyatining qoidalari 
haqida ma’lumot bering? 
106. Jamoat fondi tushunchasi va turlari haqida ma’lumot bering? 
107. Jamoat birlashmalarini tarqatib yuborish, ular faoliyatini taqiqlab yoki 
cheklab qo‘yish mumkinmi? Siyosiy partiyalar o‘z faoliyatlarini moliyaviy 
ta’minlanish manbalari yuzasidan kimning oldida hisobdordir? 
108. Konstitutsiyaning 63-moddasida nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va 
teng huquqliligiga asoslanishi belgilangan. Oilaviy munosabatlarda ayol va 
erkakning teng huquqliligi deganda nimani tushunasiz? 
109. Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilish deganda nimani 
tushunasiz? 
110. Konstitutsiyaning 67-moddasiga asosan, ommaviy axborot vositalari 
erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ommaviy axborot vositalarining erkinligi 
deganda nimani tushunasiz? 
111. Konstitutsiyaning 67-moddasiga asosan, senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Senzura deganda nimani tushunasiz? 
112. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalari 
bo‘yicha komissiyalar faoliyati haqida ma’lumot bering? 
113. O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi shakllantirish tartibi haqida 
ma’lumot bering? 
114. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va 
Senatining birgalikdagi vakolatlari nimalardan iborat? 
115. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati mutlaq vakolatlari 
nimalardan iborat? 
116. Qaysi subyektlar qonunchilik tashabbusi huquqiga ega hamda 
qonunchilik tashabbusi huquqi qanday amalga oshiriladi? 
117. Konstitutsiyaga muvofiq qonun qabul qilish tartibi haqida ma’lumot 
bering? 
118. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti lavozimiga qo‘yilgan talablar 
haqida ma’lumot bering? 
119. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Senati 
tarqatib yuborilish instituti haqida ma’lumot bering? 
120. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining asosiy vakolatlari 
nimalardan iborat? 
121. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining asosiy vazifalari 
nimalardan iborat? 
122. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimi nomzodni taklif qilish 
hamda tasdiqlash jarayonini yoritib bering? 


123. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga tayanib mahalliy hokimiyat 
organlari vakolatlari haqida ma’lumot bering? 
124. O‘zbekiston Respublikasida sud tizimi haqida ma’lumot bering? 
125. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi vakolatlari nimalardan 
iborat? 
126. Referendum nima, qanday masalalar Referendum predmeti bo‘la 
olmaydi? 
127. O‘zbekistonda saylov tizimining konstitusiyaviy-huquqiy asoslari haqida 
gapiring? 
128. O‘zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda 
bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organ tizimi haqida ma’lumot 
bering? 
129. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish 
tartibi haqida ma’lumot bering? 
130. Markaziy bank uchun taqiqlangan faoliyat turlari nimalardan iborat? 
131. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining huquqiy maqomi haqida 
ma’lumot bering? 
132. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish huquqi deganda nima tushunasiz? 
133. Soliq tizimining yagonaligi hamda Soliq to‘lovchining haqligi 
prezumpsiyasi prinsiplari haqida ma’lumot bering? 
134. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining budjet sohasidagi 
vakolatlari nimalardan iborat?
135. Jamoatchilik nazorati obyekti va subyektlari haqida ma’lumot bering?
136. Jamoatchilik nazoratining shakllari haqida ma’lumot bering? 
137. Jamoatchilik muhokamasi deganda nimani tushunasiz? 
138. Jamoatchilik eshituvi deganda nimani tushunasiz? 
139. Jamoatchilik ekspertizasi deganda nimani tushunasiz? 
140. Jamoatchilik monitoringi deganda nimani tushunasiz? 
141. Jamoatchilik nazorati subyektlarining huquq va majburiyatlari haqida 
ma’lumot bering? 
142. Jamoatchilik fikrini o‘rganish deganda nimani tushunasiz? 
143. Jamoatchilik nazoratining natijalari deganda nimani tushunasiz? 
144. Elektron hujjat deganda nimani tushunasiz, elektron hujjatning 
rekvizitlari haqida ma’lumot bering? 
145. O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudlar sudloviga taalluqli ishlar haqida 
ma’lumot bering? 
146.
Qaysi hollarda sudyaning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatiladi? 
147. Sudyalik lavozimiga nomzodga qo‘yiladigan talablar nimalardan iborat, 
kimlar sudyalik lavozimiga nomzod bo‘lishi mumkin emas? 
148. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatish tartibi 
haqida ma’lumot bering? 
149. Saylov komissiyalari tizimi haqida ma’lumot bering? 
150. Saylov qonunchiligida saylov natijalarini belgilash tartibi qanday? 
151. Saylov natijalarini e’lon qilish (hammaga ma’lum qilish) haqida 
ma’lumot bering. 


152. Parlament nazorati shakllari haqida ma’lumot bering. 
153. “Hukumat soati” deganda nimani tushunasiz? 
154. Mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlarga qo‘yiladigan talablar 
nimalardan iborat? 
155. Saylov kodeksiga binoan, nomzodning ishonchli vakillari faoliyatining 
huquqiy asoslari haqida ma’lumot bering? 
156. Sudyalar intizomiy javobgarligining asoslari qanday? 
157. Nomoddiy ne’matlar haqida ma’lumot bering? 
158. Bir taraflama bitimlar to‘g‘risida ma’lumot bering? 
159. Qonun analogiyasi va huquq analogiyasi o‘rtasidagi farq nimada? 
160. Takroriy saylovni o‘tkazish asoslari va tartibi haqida ma’lumot bering. 
161. Fuqarolik qonunchiligi tayanib xazina to‘g‘risida ma’lumot bering? 
162. 
Bosh 
vazirga 
nisbatan 
ishonchsizlik 
votumi 
bildirishning 
Konstitutsiyaviy asoslari haqida ma’lumot bering? 
163. Imtiyozli sotib olish huquqi deganda nimani tushunasiz? 
164. Reklamaga doir asosiy talablar nimalardan iborat? 
165. Parlament nazorati natijalari haqida ma’lumot bering? 
166. Xalq deputatlari Kengashi va hokim faoliyatining qonuniyligini nazorat 
qilish qanday tartibda amalga oshiriladi? 
167. Davlat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari 
tomonidan yetkazilgan zararni to‘lash tartibini yoritib bering? 
168. Soliq qonunchiligiga muvofiq, doimiy muassasa deganda nimani 
tushunasiz? 
169. Mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati haqida yoritib bering? 
170. Tadbirkorlikni rivojlantirishning davlat tomonidan rag‘batlantirilishi 
qanday amalga oshilishi mumkin? 
171. Kichik tadbirkorlik subyektlari haqida ma’lumot bering? 
172. Jazo chorasi sifatida majburiy jamoat ishlari deganda nimani tushunasiz? 
173. Bandlik deganda nimani tushunasiz? Qanday fuqarolar band deb 
hisoblanadi? 
174. Aholi bandligi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari 
nimalardan iborat? 
175. Mahalliy mehnat organlarining aholi bandligi sohasidagi vakolatlari 
haqida ma’lumot bering? 
176. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik qonunchiligi bilan qaysi 
munosabatlar tartibga solinadi? 
177. Yuridik shaxslarning tugatilishi toʻgʻrisida ma’lumot berig? 
178. Atrof-muhit monitoringi deganda nimani tushunasiz? 
179. Tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilikni buzganlik uchun 
javobgarlik masalasi haqida ma’lumot bering. 
180. Ijtimoiy soliq deganda nimani tushunasiz?
181. Har kim axborot olishni so‘rab bevosita o‘zi yoxud qonuniy vakillari 
orqali murojaat etish huquqiga ega. So‘rovning shakllari va uni qarab chiqish 
muddatlari haqida ma’lumot bering? 


182. Metsenatlik (metsenatlik faoliyati) hamda metsenatlik ko‘magi deganda 
nimani tushunasiz? 
183. Madaniy meros obyektlarini davlat tomonidan muhofaza qilishda qanday 
chora-tadbirlarni amalga oshiradi? 
184. Referendum tayinlash huquqiga kim ega, shu haqida ma’lumot bering. 
185. Referendum o‘tkazishning asosiy prinsiplar nimalardan iborat? 
186. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining huquqiy maqomi haqida 
ma’lumot bering. 
187. Saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishdagi ochiqlik va 
oshkoralik deganda nimani tushunasiz? 
188. O‘zbekiston Respublikasida saylov o‘tkazishning asosiy prinsiplari 
nimalardan iborat? 
189. Saylov qonunchiligiga muvofiq, Senatni shakllantirish asoslari haqida 
ma’lumot bering. 
190. Senat a’zoligiga nomzodlar ko‘rsatish haqida ma’lumot bering. 
191. Hisob palatasi mansabdor shaxslarining faoliyatidagi cheklovlar 
nimalardan iborat? 
192. Bojxona maqsadlari deganda nimani tushunasiz? 
193. Oʻzbekiston xalqi nomidan kimlar ish olib borishi mumkin? 
194. Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari nima uchun tuziladi? 
195. Mudofaa tushunchasi haqida ma’lumot bering? 
196. Tuman (shahar) adliya boʻlimlarining asosiy vazifalarini ayting. 
197. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy prinsiplari 
nimalardan iborat? 
198.
Saylov okruglarini tuzish haqida ma’lumot bering.
199. Vatandosh deganda nimani tushunasiz? Fuqaroligni olishda 
vatandoshlarga nisbatan qanday imtiyoz berilgan? 
200. Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari nimalardan iborat? 
201. Davlat organining vakolatiga kirmaydigan murojaatlarni ko‘rib chiqish 
tartibini tushuntirib bering?

Download 234.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling