Adrenergik nerv sistemasiga ta'sir etuvchi dori vositalari


Download 0.78 Mb.
bet1/2
Sana09.09.2022
Hajmi0.78 Mb.
#803559
  1   2
Bog'liq
Adrenergik nerv sistemasiga ta\'sir etuvchi dori vositalari
BIRLASHGAN ARAB AMIRLIKLARIDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK RIVOJLANISHI, Rus tili Madinabonu, axborot texnologiyalar test, Hujjat (1), Mavzu Nominal va real yalpi milliy mahsulot, ularning nisbati v-fayllar.org, Erkinov A 1-lab, referat kk, Tarmoqni dasturlash asoslari, 2 5382177153892749499, 13.Лекция кк этнологтя 4-к, 1-semenar mashg\'ulot, 7. Funksiya hosilasi, Туркменская литература, O’qitish vоsitalari va ko`rgazmali qo`llanmalar, Обучение письму

Adrenergik nerv sistemasiga ta'sir etuvchi
dori vositalari
Adrenergik nervlaming presinaptik tolalarida
katexolaminlar almashinuviga, hosil bo'lishiga, to'planishiga hamda
ajralishiga ta’sir ko'rsatadi, bevosita adrenoretseptorlarga deyarli ta’sir
ko‘rsatmaydi. Bulaming ta’sirida bevosita adrenomimetikl ami (adrenalin,
nQredrenalin) ta’siri кяпмутаяНяп, hallo oshib boradi, bilvosita
adrenomimetiklar (efedrin,fenamUn) ta’siri kamayadi. Simpatolitiklaming
presinaptik ta’sir mexanizmlari turlicha bo'ladi, ba’zilari noradrenalinning
hosil bo'lishiga, ba’zilari uning to'planishiga to'sqinlik qiladi.
Rezerpin Hindistonda o'sadigan rauvolfiya o'simligidan olingan
alkaloid, kimyoviy tuzilishi indol unumlaridan, rezerpin
katexolaminlaming vezikulalarda bog'lanishini izdan chiqaradi, shu
tufayli ular sitoplazmaga chiqadi, MAO fermenti ulami parchalaydi,
katexolaminlaming vezikulalarda to'planishiga ham to'sqinlik qiladi.
Rezerpin katexolaminlardan noradrenalin, boshqa aminlardan serotonin,
gistamin hamda atsetilxolinning to'planishiga to'sqinlik qiladi.
Rezerpin tufayli qon tomirlarda, yurakda, buyrak usti bezining miya
qismida va boshqa a’zolarda noradrenalin miqdori kamayadi. Natijada
chetda joylashgan tomirlar, ayniqsa, arteriolalar qarshiligi, qon bosimi
pasayadi. Qon bosimining pasayishi bOan bradikardiya ro‘y beradi,
chunki atsetilxolinning ajralishi ko'payadi, vagusning yurakka bo'lgan
ta’siri oshib boradi. Umuman rezerpin simpatik innervatsiyani falajlashi
tufayli xolinergik innervatsiya kuchayadi.
Rezerpin gematoentsefalik to'siqdan oson o'tib, markaziy nerv
sistemasida noradrenalin, serotonin mediatorial! hajmini kamaytiradi,
tinchlantiruvchi ta’sir ko'rsatadi. Yengil psixozlarga qarshi neyroleptik
ta’siri bor, uyqu keltiradi, uxlatuvchi va naikoz uchun qo'llanadigan
moddalarning ta’sirini oshiradi, haroratni bir oz tushiradi, shuning uchun
rezerpin boshqa moddalar ta’siri bo'lmaganda, ko'pincha qariyalarda
uchraydigan psixozlarda neyroleptik sifatida qo'llaniladi. Rezerpin
gipotenziv modda, simpatolitik hamda markaziy nerv sistemasiga
tinchlantiruvchi ta’siri bor. Gipertoniya kasalliklarini davolashda
buyuriladi, og'iz va parenteral yo'llar orqali qo'llaniladi, qon bosimi
asta-sekin pasayadi, bir necha marta qo'llangandan keyin uning ta’siri
sezilarli bo'ladi.
Rezerpin pediatriyada ham antigipertenziv modda sifatida
qo'llanadi, bolalar rezerpinga juda sezuvchan bo'ladi, chunki ularda
katexolaminlaming to'planish mexanizmlari hali yaxshi rivojlanmagan,
ayniqsa, rezerpinga yangi tug'ilgan chaqaloqlar organizmi sezgir bo'ladi.
Agar rezerpin homiladorlikning oxirgi kunlarida qon bosimi ko ‘tarilgan
ayolni davolash uchun qo'llanilgan bo'lsa, chaqaloq og'ir depressiyjt
holatida tug'ilishi mumkin. Emizikli onadan rezerpin sut bilan
chaqaloqqa o'tadi, natijada, bolaning burun shilliq qavati shishib, nafas
ohshga qiynaladi. Homiladorlikning oxiigi oylarida, emizikli ayollarda,
bola hayotining birinchi yilida rezerpinni qo'llash ancha xavflidir.
Rezerpinning salbiy ta ’sirlari moddaning xolinergik hamda,
markaziy nerv sistemasiga ta’sir qilishiga bog'liqdir: bunda oshqozon
sekretsiyasi, me’da-ichak peristaltikasi oshadi, bradikardiya,
uyquchanlik yuz beradi. Rezerpin yuqori miqdorda va davomli
qo'llanilsa, depressiya, ekstrapiramid o'zgarishlar — parkinsonizm
holatlari ro'y beradi. Yurak, qon tomirlar, buyrak yetishmovchiligida,
oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yarasida rezerpinni qo'llash man etiladi
Adrenergik nerv tolalari oxirida oktadin
miqdori oshib, noradrenalinning granulalardan sitoplazmaga ajralishi
oshiradi, sitoplazmada esa noradrenalinni MAO parchalaydi, uning
miqdori kamayadi, shuning uchun chetda joylashgan qon tomirlar
qarshiligi, reninning ajralishi kamayadi, yurak urishi sekinlashadi, qon
bosimi pasayadi. Oktadin gematoentsefalik to'siqdan o'tmaydi,
markaziy nerv sistemasiga deyarli ta’sir qilmaydi. Bu modda ham
gipertoniya kasalligini davolashda q o 'llan ilad i, o g 'iz orqali
yuborilganda, gipotenziv ta’siri asta-sekin 1-2 kundan keyin boshlanadi,
7-8 kundan so'ng ta’siri ancha sezilarli bo'ladi, yuborish to'xtatilgandan
keyin ham ta’siri 4-14 kungacha davom etadi. Oktadinning gipotenziv
ta’siri kuchli, gipertoniya kasalligining turli bosqichlarida, og'ir turlarida
ham gipotenziv ta ’siri namoyon bo'ladi. Oktadin birlamchi keng
burchakli glaukomani davolashda ham qo'llanadi, bunda k o 'z
qorachig'i torayib, suyuqlikning chiqishi osonlashadi, k o 'z
suyuqligining hosil bo'lishi kamayadi. Oktadin qo'llanganda quyidagi
salbiy ta’sirlar: ortostatik gipotoniya, bosh aylanishi, ko'ngil aynishi,
qayt qilish, organizmda suyuqlikning to'planishi ro'y berishi mumkin.
O g 'ir aterosklerozda, miyada qon aylanishining o 'tk ir
yetishmovchiligida, miokard infarktida, buyrak yetishmovchiligida,
feoxromotsitomada oktadinni qo'llash man etiladi.
yurakni, yurakning o'tkazuvchan sistemasini P - adrenoretseptorlarini
falajlab, yurakka nisbatan adrenergik ta’sirlami bartaraf etadi. Ma’lumki,
aritmiyalarning asosiy sababi adrenergik nerv sistemasi tonusining
oshishi, adrenergik nervlar oxirida ko'p miqdorda adrenalin ajralishi
bilan bog'liq. Anaprilin sinus tugunchada, ektopik o'choqlarda o'zo'zidan
paydo bo'ladigan depolyarizatsiya davrida natriy ionlarining
hujayraga o'tishiga, kaliy ionlarining hujayradan chiqishiga to'sqinlik
qiladi, repolyarizatsiyani, samarali refrakter davmi uzaytiradi
adrenergic nerv tolalarining preganglionar nerv aksonlari vegetative gangliylarda yakunlanadi. Parasimpatik nerv tolalarida gangliylar a’zolarga yaqin yoki ularning ichida, simpatik nerv tolalarida esa orqa miyadan chiqish joyida joylashgan bo‘ladi. Har ikkala gangliyda ham mediator vazifasini atsetilxolan bajaradi. Parasimpatik nerv tolalarida preganglionar tola uzun, postganglionar tola qisqa, simpatik nerv tolalarida esa preganglionar tola qisqa, postganglionar tola uzun bo‘ladi. Bulardan tashqari, embriogenetik jihatdan sipmatik nerv tolalariga o‘xshash bo‘lgan yana bir tola borki, u tola buyrak usti mediator vazifasini atsetilxolin bajaradi. Nerv impulse ta’sirida har bir bezining xromaffin hujayralarini innervatsiya qiluvchi tola bo‘lib, tashqi ko‘rinishi jihatidan harakatlantiruvchi nerv tolasiga, bajaradigan vazifasiga ko‘ra esa vegetative nerv tolasiga o‘xshaydi. Bunda faqat preganglionar tolalar mavjud bo‘lib,


adrenergic nerv vezikulalarida ATF (adenozin uch fosfat kislotasi) saqlanadi va u ko‘pincha mediator (yoki komediator) vazifasini bajaradi. Periferik nerv oxirlarida (varikoz kengayishlarda) ATF va uning parchalanish mahsulotlari (jumladan, adenozin) ajralib chiqadi va u ichak silliq mushak-larga susaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, shuningdek, bronxial silliq mushaklarni ham bo‘shashtiradi, qovuq qisqarishiga hamda tomirlar kengayishiga olib keladi. Bundan tashqari, maxsus purinergic (posganglionar) tolalarning mavjudligi ham ehtimoldan xoliemas. 2 turdagi purin retseptorlari mavjud deb hisoblashadi: R1 (ATFga qaraganda adenozinga nisbatan yuqori sezgirlikka ega) va R2 (adenozinga qaraganda ATFga nisbatan yuqori sezgirlikka ega). O‘z navbatida R1 retseptorlar ham adenozinning A1 (adenilatsiklazani bloklaydi) hamda A2 (adenilatsiklazani faollashtiradi) retseptorlariga bo‘linadi. Adenozin presinaptik membranaga ta’sir qilib, mediatorlar ajralib chiqishini susaytiradi. Shuning dek, adenozinning efferent nerv oxirlaridagi notsitseptorlarni ham qo‘zg‘atishi aniqlangan.


Simpatik nervlarning postganglionar tolasi oxirida joylashgan neyro-effektor sinapslarda qo‘zg‘alish impulsining o‘tkazilishi mediator-noradrenalin (NA) vositasida amalga oshadi. Simpatik nerv tolalarinig oxiri effektor a’zo ichida tarmoqlanib, nozik to‘r hosil qiladilar. Ularning uchlari kengaygan bo‘lib, u erda NAning sintezi kechadi va NA to‘planadi. NA fenilalanindan hosil bo‘ladi (fenilalanin-tirozin-DOFA-NA-adrenalin), bunda bir qator fermentlar ishtirok etadi. DOFA va dofamin neyronlar, NA bo‘lsa, vezikulalarda hosil bo‘ladi, chunki dofamin β-gidorksilaza faqat vezikulalarda uchraydi. Adrenergik nerv tolalarida NA uch xil turdagi zahira sifatida yig‘iladi:
- (labil) o‘zgaruvchan-vezikulalarda;
- (stabil) turg‘un-vezikulalarda;
- erkin-sitoplazmada;

Simpatik nervlarni qitiqlaganda ularning oxiridan sinaptik yoriqchaga NA ajraladi va postsinaptik membranada joylashgan adrenoretseptorlar bilan bog‘lanib, ularning depolyarizatsiyalaydi. Adrenoretseptorlarning har-xil kimyoviy birikmalarga sezgirligi bir xil emas, shuning uchun quyidagi adrenoretseptorlar tafovut qilingan:


α1-adrenergik sinapsning postsinaptik membranasida joylashgan.
α2-adrenergik sinapsning presinaptik membranasida (uni qo‘zg‘atilsa NA ajralishi kamayadi), sinapslardan tashqarida, asosan tomirlarning nerv tolalari etmagan ichki qavatida joylashgan (intima), xoynaxoy qondagi adrenalin bilan qo‘zg‘alsa kerak.
β -adrenoretseptorlar postsinaptik membranada joylashgan bo‘lib, β1-yurakda, β2-bronxlar, tomirlarda, bachadonda bor.
Presinaptik membranada joylashgan β2-adrenoretseptorlar xam, bo‘lsa kerak deb taxmin qilinadi (uni qo‘zg‘atilsa NA ajralishi ortadi).
Adrenoretseptorlarning qo‘zg‘alishi, ularga xos bo‘lgan o‘zgarishlar bilan namoyon bo‘ladi. Odatda α- adrenoretseptorlar qo‘zg‘alganda a’zoning faolligi ortadi (ichak mushaklardan tashqari, ularning tonusi pasayadi). β-adrenoretseptorlar qo‘zg‘alganda, a’zoning faolligi susayadi (yurakdan tashqari:-taxikardiya, qisqarish kuchi ortadi, avtomatizm ortadi, o‘tkazuvchanlik engillashadi). To‘qimalarda α va β-adrenoretseptorlarning nisbati har xil. Teri, buyrak, ichak qon tomirlarda, me’da-ichak traktining sfinkterlarida, qorataloqning trabekulalarida α-adrenoretseptor ustunlik qiladi.
Bronxlar va sklet mushaklari tomirlarida, hamda yurakda asosan β-adrenoretseptorlar bor. Uglevod va yog‘ almashinuvini boshqaruvchi funksional faol makromlekulalarda xam β-adrenoretseptorlar bor, chunki adrenomimetiklar ta’sirida adrenilatsiklaza faollashadi, ATFdan sAMF hosil bo‘lishi ortib, u proteinkinaza va fosforilaza fermentlarining faolligini navbatma-navbat oshiradi. Natijada glikogen parchalanishi tezlashadi-giperglikemiya yuzaga keladi.
sAMFning ko‘payishi triglitseridlipaza fermentini ham faolligini oshiradi. Natijada, triglitseridlar parchalanib, glitserin va yog‘ kislotalarining miqdori oshib ketadi. NA adrenoretseptoplarga qisqa ta’sir ko‘rsatadi, chunki uning 75-80% presinaptik membranaga tez qayta so‘riladi (neyronal yutilishi) va zahira qilinadi. NAning qolgan qismi effektor xujayralarga yutiladi (ekstraneyronal yutilish – asosan silliq mushaklar) va KOMT (katexol-o-metiltransferaza) va MAO (monoaminoksidaza) ta’sirida parchalanadi.
Presinaptik membranadagi NA xam mitoxondriyalarning MAO si ta’sirida parchalanadi.
Sinaptik (tirqish) yoriqqa ajralgan katexolaminlar, asosan effektor xujayralarning sitoplazmasidagi KOMT fermenti ta’sirida parchalanadi.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling