Afsonaga aylangan "Kelasanmi" qo’shig’ining ijrochisi bo’lmish Akbarali Ochilov to’g’risida, hech qanday ma’lumot yo’q deyarli. Bu ijrochini katta yoshdagilar tanishi mumkin, bugungi avlod vakillari emas…


Download 4.2 Kb.
Sana21.04.2023
Hajmi4.2 Kb.
#1374628
Bog'liq
artist


Video: Afsonaga aylangan ”Kelasanmi” qo’shig’ining ijrochisi bo’lmish Akbarali Ochilov to’g’risida, hech qanday ma’lumot yo’q deyarli. Bu ijrochini katta yoshdagilar tanishi mumkin, bugungi avlod vakillari emas…..
Uning ijodi 1990-yillarga to‘g’ri keladi, u ancha mashhur ijrochilardan biri edi. Assosan gitarada o’zining qalb va muhabbat so’zlarini ijro qilardi. Uning ovozidagi dard, nafasidagi shira, qo’llari bilan chalgan gitara mahorati esa ummuman boshqa ijodkorlarga aslo o’xshamas edi.
Akbarali Ochilov birinchi ijro etgan qo’shig’i o’zining qalamiga mansub bo’lgan “ Ey shum taqdir nechun meni aldadi ” deya nomlangan. Keyinchalik esa uning qo’liga Sabriy Sadriddinovning “Bolaligim oppoq kapalak “ kitobi qo’liga tushib qoldi va u aynan shu satrlarni tayyorlab qo’shiq qildi. Qo’shiq badiiy rahbari Uchqun Nazarov boshchiligidagi badiiy kengashga kiritiladi va qo’shiq tasdiqlanib “ Oltin fond” ga kiritiladi.
Akbarali Ochilov 1990-yillarda Respublika radiosining bolalar muhaririyatida rejissor bo‘lib faoliyat olib borgan. O’z vaqtida taniqli tele va radio boshlovchi bo’lgan. 1995- yilda esa To’lagan To’xtayev she’riga bastalanib ijro etilgan “Kelasanmi” qo’shig’i tayyor bo’ladi. Shu vaqt oralig’ida taniqli kinorejissor Farid Davletshin suratga olayotgan “Yulduzingni ber osmon “ filimiga bir qo’shiq kerak bo’lib qoladi. Va aynan Akbarali Ochilov qo’shiqni olib borib ko’rsatadi, qo’shiq barchaga maqul keladi va shu filimdan o’rin oladi. Qo’shiq shu daraja chiroyli va dilga yaqin qilib ijro etilgani uchun va filimning ruhiyatiga va mohiyatiga mos kelgani uchun kiritilgan. Filim 1996-yillarda teleekranlarga chiqdi.
“Kelasanmi” qo’shig’ining so’zlari , ustoz jurnalist, O’zbekiston Yozuvchilar uyishmasi a’zosi To’lagan To’xtayevning qalamiga mansub bo’lgan. Lekin negadir filim so’ngida qo’shiq she’ri muallifi yozilmay qolib ketgan.
Download 4.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling