Agrar islohotlar


Download 61.1 Kb.
Pdf ko'rish
Sana04.10.2022
Hajmi61.1 Kb.
#830869
Bog'liq
Agrar islohotlar - Vikipediya
Технические характеристики. Vesta Sport, Shopo'latov N TARJIMAI XOL, axborotlarni-imojalashning-tehnik, 3-mavzu. Elektron xujjatlarga amaliy dasturlar yordamida ishlov , topshiriqlar uchun javoblar, Mahsulot va xizmatlar bozori va uni YaIMdagi salmog’i dinamikasi mustaqil ish, Yalang qavat yoqalarni tikish va o\'mizga o\'tkazish, Chexov “Garov” hikoyasi, 15-mavzu, 2 1english, 11-LABORATORIYA sardor, SQL 3-amaliy (1), 15-mavzu, 2 5420348078735498016, Документ Microsoft Office Word (9)


Agrar islohotlar
Agrar islohotlar
, qishloq xoʻjaligidagi islohotlar – davlatning yerga mulkchilik munosabatlari va
yerda xoʻjalik yuritish usullarini oʻzgartirishga karatilgan chora-tadbirlari majmui. Dastlab Agrar
islohotlar konsepsiyasi maqsad va vazifalari, yoʻnalishi, uni oʻtkazish bosqichlari aniqpab olinadi.
Shunga asoslanib Agrar islohotlarni oʻtkazishning aniq chora-tadbirlari belgilanadi va ularni
davlat amalgaa oshiradi.Tarixda Agrar islohotlarning 3 turini koʻrish mumkin. Birinchisi – an’anaviy
(natural, biqiq, qoloq) iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga oʻtishni koʻzlovchi Agrar islohotlar Ular
jumlasiga 19–20-asrlarda Yevropa, Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi mam-lakatlaridagi Agrar
islohotlarni kiritish mumkin. Ikkinchisi – bozor xoʻjaligidan totalitar-rejali tuzumga oʻtishni
koʻzlagan va proletariat diktaturasi yordamida amalga oshirilgan Agrar islohotlar Uchinchisi –
90-yillar boshidan sobiq sotsialistik mamlakatlarda rejali iqtisodiyotdan qayta bozor
munosabatlariga oʻtishga qaratilgan Agrar islohotlar Birinchi toifadagi islohotlar qishloq
xoʻjaligida tovar ishlab chiqarishni oʻstirib, uni bozor iziga solishni moʻljallaydi. Zamindorlar mulki
boʻlgan yer uni ekadiganlarga – dehqonlarga haq toʻlash sharti bilan yoki bepul beriladi, yerga
dehqonlarning xususiy mulki oʻrnatiladi. Dehqonlar tabaqalashib, ularning bir qismi boylarga
aylansa, boshqa qismi yollanma ishchilarga aylanadi. Agrar islohotlar qishloq xoʻjaligida
mexanizatsiyani qoʻllab, bu sohadan ish kuchini siqib chiqarishga olib keladi. Agrar islohotlar
fermerlar sinfini shakllantirib, ularning mavqeini mustahkamlaydi. Ikkinchi toifadagi Agrar
islohotlar sobiq SSSR, Mongoliya, Sharqiy Yevropa davlatlarida va boshqa mamlakatlarda
amalga oshirilgan. Bunday islohotlar natijasida yer toʻla-toʻkis yoki qisman xususiy mulkdorlar
tasarrufidan chiqarilib, davlat mulkiga aylantiriladi, mustaqil dehqon xoʻjaligi oʻrniga davlat
rejasiga binoan ishlovchi davlat xoʻjaligi va jamoa xoʻjaliklari barpo etiladi, ularni hukumat toʻla
nazorat qiladi. Bu islohotlar qishloqdagi erkin bozor munosabatlarini yoʻqotadi, qishloq
xoʻjaligida stimullar soʻna borganidan u inqirozga yuz oʻgiradi, oziq-ovqat taqchilligi doimiy tus
oladi. Uchinchi turdagi Agrar islohotlar davlatlashtirilgan qishloq xoʻjaligidan erkin bozor
xoʻjaligiga oʻtishni koʻzda tutadi, ular natijasida yerga davlat egaligi qisman yoki toʻla-toʻkis


bekor qilinadi, yerni ijaraga ishlatishga ruxsat beriladi, davlat va jamoa xoʻjaligining mulki
dehqonlar oʻrtasida bepul, qismai bepul, yoxud haqini toʻlash sharti bilan taqsimlanadi. Dehqon
(fermer) xoʻjaligi asosiy xoʻjalik turiga aylantiriladi, bu xoʻjalik bozor talabiga qarab va oʻz man-
faatini koʻzlab ish yuritadi.20-asr davomida Oʻzbekistonda Agrar islohotlarning soʻnggi ikki turi
amalga oshirildi. Shoʻrolar davrida yer-suvlar ularning egalaridan tortib olinib, dehqonlarga berildi.
Lekin tez orada ulardan yana tortib olinib davlat mulkiga aylan-tirildi. Bunday islohotlar 1917–
22 yillarda oʻtkazildi. 1925–26 yillarda yer-suv islohoti oʻtkazildi. Bu islohotlarda mahalliy
boylarga qarashli yerlarning bir qismi yersizlarga bepul taqsimlab berildi. Bunday islohotlar
natijasida bozorga ishlovchi mustaqil dehqon hoʻjaligi rivojlandi. Ammo bu uzoqqa bormadi,
chunki 20-yillar islohoti qishloqni yoppasiga jamoalashtirish bilan yakunlandi. 1929–32 yillar
mobaynida dehqon xoʻjaligi tamoman tugatilib, oʻrniga davlat va jamoa xoʻjaliklari barpo etildi,
qishloq xoʻjaligi totalitar-rejali tizim girdobida qoldi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan
soʻng, yangi mazmunga ega boʻlgan islohotlar boshlandi. Respublikada tub Agrar islohotlarning
huquqiy 153asoslarini yaratadigan qonunlar qabul qilindi. Jumladan, "Yer toʻgʻrisida"
(20.06.1990), "Oʻzbekistonda tadbirkorlik toʻgʻrisida" (15.02.1991), "Davlat tasarrufidan
chikarish va xususiylash-tirish toʻgʻrisida" (19.11.1991), "Ijara toʻgʻrisida" (19.11.1991), "Dehqon
xoʻjaligi toʻgʻrisida" (3.07.1992), "Xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari toʻgʻrisida" (9.12.1992), "Yer
soligʻi toʻgʻrisida" (6.05.1993) va boshqa qonunlar hamda hukumat qarorlari qishloq xoʻjaligida
koʻp ukladli iqtisodiyot poydevorini yaratishga yoʻl ochdi. 1998-yil aprelda chiqilgan "Qishloq
xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida", "Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida", "Fermer xoʻjaligi
toʻgʻrisida" qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi qabul qilindi. Qishloqda
mulkdorlar sin-fini shakllantirish siyosatdagi muhim yoʻnalishga aylandi. Oʻzbekistonda bozor
tizimini yaratishga qaratilgan yangi Ai. davomida davlat va jamoa xoʻjaliklari yerining bir qismi
(jami 500 ming ga) aholiga tomorqa tarzida foydalanish uchun berildi. Natijada 1996-yil aholining
tomorqa xoʻjaligida yer 640 ming gani tashkil etdi. Yangi Agrar islohotlar ikkinchi yoʻnalishi – bu
qishloqni fermerlashtirish, ya’ni davlat va jamoa xoʻjaliklari oʻrniga dehqon va fermer xoʻjaliklarini
tashkil etishdan iborat. Yerga davlat mulki saqlangani holda yer xoʻjalik yuritish uchun merosga
oʻtish sharti bilan dehqonlarga berildi. 1996-yil jami 19,5 ming dehqon va fermer xoʻjaligi ishladi.
Agrar islohotlarning uchinchi yoʻnalishi saqlanib qolgan davlat va jamoa xoʻjaliklarida
dehqonlarning ulushbay mulkiga oʻtishdan iborat boʻldi. Xoʻjaliklardagi molmulk pulga chaqilib, u
dehqonlarga ulush (pay) qilib berildi. Dehqonlar umumiy mulkdagi ulushiga qarab haq oladigan
boʻldilar. Agrar islohotlar Oʻzbekistonning xususiyatini hisobga olgan holda yangi mulkchilik va
bozorga mos xoʻjalik usullarini bunyod etish yoʻnalishida bormoqda.
Oʻlmasov, Ahmadjon. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Adabiyotlar


 
Last edited 6 months ago by MalikxanBot
Bu maqolada 
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq. 
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Learn more
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Agrar
_islohotlar&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin. 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
Retrieved from
"
https://uz.wikipedia.org/w/index.php?
title=Agrar_islohotlar&oldid=2383257
"


Download 61.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling