Agrobankning ichki operatiyalari hisobi. Bankning xalqaro hisob-kitob operatsiyalari hisobotlari va ularni tuzish
Tijorat banklarining hisob siyosati va moliyaviy hisobotlariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 27-noyabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3337]
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-son “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Tijorat banklarining hisob siyosati va moliyaviy hisobotlariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror 2022-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2021-yil 18-noyabr,
20/3-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
boshqaruvining 2021-yil 18-noyabrdagi
20/3-son qaroriga
1-ILOVA
Tijorat banklarining hisob siyosati va moliyaviy hisobotlariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi
NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq tijorat banklari (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi) tomonidan hisob siyosatini ishlab chiqish va joriy etish, shuningdek banklarning moliyaviy hisobotlariga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (International Financial Reporting Standards) (bundan buyon matnda MHXS deb yuritiladi) — Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari fondi tomonidan qabul qilingan hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun belgilangan tartibda tan olingan standartlar va unga tushuntirishlar;
hisob siyosati — bank tomonidan buxgalteriya hisobini yuritishda, moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda va taqdim etishda qo‘llaniladigan tamoyillar, qoidalar va usullar majmui;
Do'stlaringiz bilan baham: |