BAZALT
Bazalt (lot. basaltes, yun. basanos — sinov toshi) — magmatik togʻ jinsi. Rangi boʻz va qoramtir. S.ogʻ. 2,5 — 3. Tarkibi asosan plagioklaz (labrador)dan iborat; shuningdek piroksenlar, olivin hamda magnetit, titanit, apatit va h.k. ham boʻladi. Kimyoviy tarkibi uning chuqurlikdagi analogi boʻlgan gabbroga yaqin. Vulkan shishasi donador kristallar oraliqlarini toʻldirib turadi. Toʻla kristallangan Bazalt lar dolerit deyiladi. Bazalt ning okean tubida paydo boʻlgan, temir va magniyga boy turi okeanit, tektonik yoriqlardan quruklikka oqib chiqib qotib qolgan turi esa platobazalt deyiladi. Bazalt okean tubi va quruqlikda juda katta maydonni egallagan. Hozirgi vulkanlardan ham bazaltli lavalar oqib chiqadi. Tarkibida qaysi mineral borligiga qarab analsimli Bazalt, leysitli Bazalt, nefelinli Bazalt, magnetitli Bazalt, gayuinli Bazalt, apatitli Bazalt va h.k.
AGROBIOLOGIYA FAKULTETI AGROKIMYO VA AGROTUPROQSHUNOSLIK TA`LIM YO`NALISHI
101-GURUH TALABASI
KARIMOVA KOMILA
Do'stlaringiz bilan baham: |