Agrоkimyo fanining prеdmеti, maqsad va vazifalari


Download 25.61 Kb.
bet1/3
Sana10.07.2022
Hajmi25.61 Kb.
#786562
  1   2   3
Bog'liq
(Автосохраненный)
Eldor Yuldashev , 183093, Компьютер тармоқлари узб (2), 2 5409224435561400157, 2мавзу лотин, Ma’lumotlarga nisbatan ruxsatlarni mantiqiy boshqarish va Rezervli nusxalash va tiklash siyosati, Psixologiya predmeti haqidagi tasavvurlar rivojlanishining asosi-hozir.org, AMALIYOT SAIDAGUL, 9-mavzu. Funksiya limiti, agrokimyo yakuniy, kurrs ishi, Empatik qobiliyat diagnostikasi, VIII SINF TARBIYA, yuklama

Agrоkimyo fanining prеdmеti, maqsad va vazifalari

Агрокимё фанининг асосий пердмети - бу ўсимлик, тупроқ ва ўғитлар ҳамда улар орасидаги ўзаро таъсир муносабатларини ўрганишдир.
Агрокимё фанининг мақсади - ўғитларнинг ҳар хил турлари ва шакллари, хусусиятларини хисобга олган ҳолда ўсимликларнинг озиқланиши учун энг яхши шароит яратишдир. Шунингдек, ўғитларнинг тупроқ билан ўзаро таъсир хусусиятларини, уларнинг энг самарали шаклларини, ерга солиш усуллари ва муддатлари тизимини яратишдир.
Агрокимёнинг бош вазифаси ўсимлик, тупроқ ва ўғит системасида кимёвий элементлар балансини ва айланишини бошқаришдир.
Агрокимё мактабининг асосчиси Д.Н.Прянишников агрокимёнинг асосий вазифасини ифодалаб, шундай ёзган эди: «Агрокимёнинг бош вазифаси деҳқончиликда моддалар айланишини ўрганиш, тупроқ ва ўсимликларда кечадиган кимёвий жараёнларга таъсир қилувчи турли хил омилларни аниқлаш, қайсики бу омиллар олинадиган ҳосилни ошириш ва камайтириши, шу билан бирга унинг таркибини ҳам ўзгартириши мумкин».
Замонавий агрокимёгарнинг вазифаси - ҳар хил қишлоқ хўжалик экинларини берилган ҳар хил маҳсулдорлик даражасида ва уларнинг навларини етиштириш минтақаларини ҳисобга олган ҳолда барча биоген элементларниг айланишини аниқ параметрларини аниқлашдир.

Оziqlanishda tuprоq eritmasining ta’siri
Tuproq eritmasi ilgari aytilganidek, o‘simliklarning oziqlanishida va umuman hayot-faoliyatida juda katta ro’l o’ynaydi. Shuning uchun ham akademik
G. N. Visotskiy tuproq eritmasini organizmdagi qon bilan tenglashtirgan edi. Tuproq eritmasi sohasida katta tadqiqotlar olib borgan mashhur olim akademik K. K. Gedroyts esa, 1906 yildayoq tuproq eritmasining tuproq paydo bo’lishidagi va o’simliklar hayotidagi ro’liga alohida e’tibor berib, “agronomiyaning keyingi yutug’iga bog’liq” deb ko’rsatgan edi.
Tuproq eritmasidagi tuzlar konsentratsiyasining osmotik bosimiga bog’liqligi I. Jiemuratov 1968-yilda o’rgangan.
Tuproq eritmasi tarkibi va konsentratsiyasining keskin o’zgarishi o’simliklar suv va oziqlanish rejimlarining buzilishiga olib keladi. Bu o’z navbatida o’simliklarning o’sib rivojlanishiga va hosildorligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham insonlar o’zining qishloq ho’jalik ishlab chiqarishdagi faoliyatida yerga turli vositalar bilan ta’sir etib, tuproq eritmasi tarkibini mo’tadil holda saqlashga harakat etishadi.
Tuproqni sug’orish va zaxini qochirish usullari, unda maqbul suv va havo rejimlarini yaratish bilan birga, tuproq eritmasining juda yuqori bo’lgan konsentrasiyasini kamaytirish va shuningdek o’simliklar uchun zararli hisoblangan Fe2 oksidi birikmalarining miqdorini pasaytirish imkonini beradi. Turli o’g’itlarni qo’llanish tuproq eritmasidagi biofil elementlarining ma’lum miqdorda bo’lishini ta’minlaydi. Bu tadbirlar samaradorligi ko’pincha agronomik, injenerlik tadbirlarini to’g’ri va tuproq sharoitlariga ko’ra aniq qo’llanishiga bog’liq.


Download 25.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling