Ahmad yassaviy (1166- yilda vafot etgan)


Download 96 Kb.
bet1/5
Sana03.01.2023
Hajmi96 Kb.
#1076011
  1   2   3   4   5
Bog'liq
AHMAD YASSAVIY hayoti va ijodi


AHMAD YASSAVIY (1166- yilda vafot etgan) 
Ahmad Yassaviy hazratlari turk dunyosining eng mashhur shaxslaridan biridir. Buyuk Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat” asarida "shayxul mashoyix" deb ta’riflaydi. O'z yurtida esa "hazrati sultonim" deya e’zozlaydilar. Yassaviyning hayoti va faoliyati haqidagi ma'lumotlar juda oz. Borlari ham rivoyat va afsonalarga qorishib ketgan.Ahmad yassaviyning hayoti va ijodi borasidagi birinchi manba, tabiiyki, uning "Devoni hikmat" asaridir. Shuningdek, Yassaviy xalifasi Sulaymon Boqirg'oniyning "Hakim ota kitobi", Navoiyning "Nasoyim ul-muhabbat", Fazlulloh Ro'zbehxonning "Mehmonnomayi Buxoro", Xizr ibn Ilyosning "Manoqibi Hoji Bektoshi valiy", Avliyo Chalabiyning "Sayohatnoma", Husomiddin Bulg'oriyning "Tavorixi Bulg'oriya", Haziniyning "Javohir ul-abror" kitoblarida ham adib haqida ozmi-ko'pmi ma'lumotlar berilgan. Yassaviy haqidagi ma'lumotlarni birinchi marta to'plab, jiddiy tadqiq qilgan turkiyalik olim Muhammad Fuod Ko'pruluzoda bo'lgan edi. U 1918- yilda "Turk adabiyotida ilk mutasavviflar" degan kitobini e'lon qildi. Abdurauf Fitrat 1927 - yilda Yassaviy va uning ijodiy qiyofasi haqida maqola yozdi. 1972- yilda esa prof. E. Rustamovning ,,Ahmad Yassaviy hikmatlarida tarix va hayot sadosi" maqolasi ("O'zbek tili va adabiyoti" jurnali 4-5- sonlar) chop etildi.
Ahmad Yassaviy hozirgi Qozog'iston Respublikasining Chimkent viloyatiga qarashli Sayram shahrida tug'ilgan. Sayram (Saryom) O'rta Osiyoning qadim shaharlaridan. Bir vaqtlar "Isfijob" , "Madinat ul-bayzo" (Oq shahar) nomlari bilan mashhur bo'lgan. Alisher Navoiy Ahmad Yassaviyning tug'ilgan yerini Yassi deb ko'rsatadi. Yassi bugungi Turkiston shahrining qadimgi nomidir. Uning Yassaviy taxallus - nisbasi, ayrim she'rlarida bunga ishoralar borligi, ehtimol, Navoiyni shunday fikrga kelishga undagan bo'lishi mumkin. Lekin Yassaviy hayoti va ijodini qiyoslab o'rgangan mutaxassislar uning Sayramda tug'ilgani haqiqatga yaqinroq, deb hisoblaydilar. Yassaviyning tug'ilgan yili ham aniq emas. Manbalar uning Yusuf Hamadoniy qo'lida o'qiganligini tasdiqlaydi. Shunga qaraganda, Ahmad Yassaviy XI asrning ikkinchi yarmida tug'ilgan. Chunki Yusuf Hamadoniyning tavallud sanasi 1048- yildir. Ahmad Yassaviyning otasi Ibrohim shayxlik martabasida edi. Onasi Oysha shayx Ibrohimning shogirdlaridan bo'lgan Musa shayxning qizidir. Ahmad oilada ikkinchi farzand bo'lgan. Opasining oti Javhari Shahnozdir. Juda yoshlik paytlarida ota-onasi vafot etib, yetim qoladi. Opasi bilan birgalikda Yassiga keladi. Arslonbob degan shayx qo'lida tarbiya topadi. Yosh Ahmadning Arslonbob bilan uchrashuvi voqeasi rivoyatlarga ko'milgan. Ularga ko'ra, Arslonbob payg'am­barimiz as'hoblaridan bo'lib, to'rt yuz yil yashagan. U Muhammad payg'ambarning Yassaviyga atab bergan omonatlari - bir dona xurmoni necha yuz yillar tishining kovagida asrab keladi va yetti yashar Ahmadga topshirib, bolaning tarbiyasini o'z zimmasiga oladi. Bu haqida Ahmad Yassaviyning o‘zi
Yetti yoshda Arslonbob Turkistong’a keldilar,
Boshim qo’yub yig’ladim, hlim ko’rib kuldilar,
Ming bir zikrin o’rgatib, mehribonlig’ qildilar,
Arslon bobom so’zlarin eshitingiz tabarruk.
Kalom qildim xurmodin, menga vahshat qildilar,
Ey beadab go’dak, deb aso olib surdilar,
Vahshatidin qo’rqmadim, menga boqib turdilar,
Arslon bobom so’zlarin eshitingiz tabarruk.
Og’zing ochgil, ey go’dak, amonating berayin,
Mazasini yutmadim, och og’zingni solayin,
Haq Rasulni buyrug’in, ummat bo’lsam qilayin,
Arslon bobom so’zlarin eshitingiz tabarruk1 deydi.
Bundan ko’rinadiki, Ahmad Yassaviy yeti yoshda ekanligida Arslonbob bilan uchrashadi. Ma'lumotlarga ko'ra, Ahmad Yassaviy Arslonbob vafotidan keyin, taxminan 1110- yillardan boshlab Buxoroda o'qiydi. Mashhur Yusuf Hamadoniydan tahsil oladi. Uning xalifasi (yordamchisi), izdoshi darajasiga ko'tariladi. Manbalarga ko'ra, Yusuf Hamadoniy vafotidan keyin uning o'rniga birinchi xalifa shayx Abdulloh Barqiy ko'tariladi. U vafot etgach, ikkinchi xalifa shayx Hasan Andoqiy, uning o'limi (1160- yil) dan so'ng esa, uchinchi xalifa Ahmad Yassaviy irshod (rahbar)lik mavqeyini egallaydi. So'ng bir "ishorati g'aybiya" (ilohiy ishorat) bilan o'z o'rnini to'rtinchi xalifa Abduxoliq G'ijduvoniyga topshirib, Yassiga qaytadi va vafotiga qadar u yerda irshodlik maqomida bo'ladi. Ahmad Yassaviyning pirlik maqomi shu darajada yuqori ediki, xalq orasida: "Madinada Muhammad, Turkistonda Xoja Ahmad",- degan naql paydo bo'ladi.
Ahmad Yassaviyning necha yil umr ko'rgani haqida turlicha fikrlar mavjud. Ba'zilar 63 yoshda vafot etgan desalar, ayrimlar bu sanani 73, yana birlari 85 deb ko'rsatadilar.. Bunday xulosa chiqarishga uning hikmatlari ham ma'lum darajada asos beradi. Masalan, bir hikmatida shunday satrlar bor: 
Eranlardan fayz-u futuh ololmadim,
Yuz yigirma beshga kirdim, bilolmadim,
Haq taolo toatlarin qilolmadim,
Eshtib, o'qub yerga kirdi Qul Xoja Ahmad2.

Har holda buyuk so'fiyning 1166- yilda Yassida vafot etgani aniq, tug'ilgan yili esa noma'lum. Qabri Yassi - Turkistonda. 1396-1397 - yillarda Amir Temur uning qabrini ziyorat etib, ustiga maqbara qurdiradi. Ahmad Yassaviy bir o'g'il, ikki qiz ko'rgani ma'lum. O'g'lining oti Ibrohim bo'lib, yoshlik paytlarida vafot etgan. Qizlari – Gavhari Shahnoz va Gavhari Xushnoz. Xo'ja Ahmad Yassaviyning hozirgacha yashayotgan avlodlari Gavhari Shahnoz ismli qizidan tarqalgan. Yassaviy nomi turk dunyosida ikki jihatdan shuhrat topgan:


1. Tariqat peshvosi
2. Shoir, hikmatlar muallifi.
Alisher Navoiy u haqda shunday yozadi: "Xoja Ahmad Yassaviy Turkiston mulkining shayxul mashoyixidir. Maqomoti oliy va mashhur, karomoti matavoli (hayratlanarli) va nomahsur (chegarasiz) ermish. Murid-u as'hobi (do'st, suhbatdoshi) g'oyatsiz va shoh-u gadoning irodat va ixlosi ostonida nihoyatsiz ermish. Imom Yusuf Hamadoniyning as'hobidindur... Va aning mazori Turkistonda, Yassi degan yerdaki, aning mavlid va manshaidur, voqe' bo'lubdur va Turkiston ahlining qiblai duosidur"3. Rivoyatlarda Yassaviy dunyoning turli tomonlariga yoyilib ketgan to'qson to'qqiz ming murid, o'n ikki ming yon-atrofida yuruvchi suhbatdosh do'stlar va ko'plab xalifalarga ega bo'lgani naql qilinadi.


Download 96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling