Ahmad yassaviyga qadar turkey adabiyot


Download 16.19 Kb.
Sana22.01.2022
Hajmi16.19 Kb.
#441641
Bog'liq
BIRINCHI QISM
телеведенияга маълумот, телеведенияга маълумот, BIRINCHI QISM, BIRINCHI QISM, nejron torlari va undan oquv zharayonida fojdalanish muammolari. (2) (1), BIRINCHI QISM, Клинические испытания лекарственного препарата и Правила надлежащей клинической практики GCP 2, Равшана, SH.HAMDAMOV ENGLISH FINAL, Axborotlashgan jamiyat raqamli iqtisodiyotni harakatlantiruvchi, Mamadaliyev Muhammadayyubning anketasi.doc, G\'iyosiddin Xondamir, Ilmiy tadqiqotlarda ijodning namoyon bo\'lishi., Dilrabo 20 bet

BIRINCHI QISM

AHMAD YASSAVIY VA UNING TA’SIRI



1 BO’LIM

AHMAD YASSAVIYGA QADAR TURKEY ADABIYOT



  1. Islomdan oldingi adabiyot

Turklar islomdan avval yaratgan adabiyot-Xitoy, Hind va Eron tasirida yaratilgan ba’zi, kam ahamiyatli tarjimalar istisno qilinganda, soz jo’rligida qo’yilgan xalq she’rlaridan iboratdir. Turklarning o’sha davrga oid barcha ijtimoiy muassasalarida: tiloda, dinda, axloq va odabda, huquqda to’laligicha turk qavmining ruhini shaxsiyatini (o’ziga xosligini) nomoyan qiluvchi bir “asliyat” bor edi. Xitoy, Hind Eron madaniyatlari ayrim makonlardagi turklar orosida nufuzga ega bo’la boshlasa ham bu ta’sir “qisman” va “yuzaki” bo’lib, yuqori qatlam bilan chegaralanib, xalq ommosiga etib bormaganligi uchun jamiyat miqyosidagi ta’sir darajasiga ko’tarila olmagan edi.

Zotan, o’sha zomon turk adabiyotini tashkil etuvchi asarlar ham jamiyatning boshqa unsurlari bilan uyg’un ravishda chet ta’siridan holi o’z qavmining butun xususiyatlarini samimiy aks ettirar edi. Hoqondan boshlab eng quyi tabaqa vakiligacha she’rlarda o’zligini his etardi. Bu davr shoirlarining hammasi bir biriga o’xshar, qo’llarida qo’buz tushmaydigan, dillari sof insonlar edi. Urug’-urug’ holida ko’chib yurganlaridaumumiy yoki xususiy yig’inlarda moziy pahlovonlarining qahromonliklarini tarannum etar, milliy dostonlar o’qir yoxud yangi hodisalarga yangi dostonlar (turkumlar) to’qirdilar. Ularning ba’zilari qo’buzlari bilan ko’z boylagichlik qilar yoki fol ochardilar. “sigir” deyiluvchi milliy ov o’yinlarida, ommaviy ziyofatlarda (“sho’lan”) motam morasimlarida (yug’) shoirlar o’rnini hech kim bosa olmas edi.



She’rlar turklarning tabiiy o’z vazni bo’lgan “bo’g’in vazni”da to’qilardi. Turkchaning aniq va ayni turdagi bo’g’inlarining muayyan turoqli so’zlarga ajralishidan xosil bo’lgan bu vaznning turli xillari bor edi. Ularning orasida eng kam uchraydigani ya’ni soda turi eng eskilaridir. Bu davrda xilma-xil mavzudagi she’rlarning barchasida muayyan bir shakl bor edi. Ilk turk sheriyatining bu namunalarida dastlab ikki jihat ko’zga tashlanadi.

Birichisi, shakllarning ozligi va qat’iyligi bo’lib, dastlabki bosqichlarda har bir ijodkorning erkin ijod etishi mumkin emasligidan va har bir shoir mavjud shaklarga , odatga dindorlarcha amal qilishiga majburligidan kelib chiqadi. Ikkinchisi, aksariyati to’rt misradan tashkil topgan qit’alar bo’lib, ilk uch misraning o’zaro va to’rtinchi misraning butun qit’aga qofiyali bo’lishidir. Bu esa ushbu turdagi she’rlar kuylash uchun yaratilganini va to’rtinchi misra odatda, bir turkum she’rlarni (qo’shiqlarni) “bog’lov”chilik xususiyatiga ega bo’lib, turkum doirasidagi qofiyani ta’minlaydi. Musiqa bilan she’riyat hali ajralmagan bu zamondagi asarlarda qofiya qoidalari ham juda sodda va ibtidoiy edi.
Download 16.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling