Ahmad yassaviyning pedagogik g’oyalari o’qutuvchilar nigohida
Download 40.79 Kb. Pdf ko'rish
|
ahmad-yassaviyning-pedagogik-g-oyalari-o-qutuvchilar-nigohida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 344 AHMAD YASSAVIYNING PEDAGOGIK G’OYALARI O’QUTUVCHILAR NIGOHIDA Parizoda Bahodir qizi Qiyomova Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat Oʻzbek tili va adabiyoti universiteti, 2-kurs talabasi ANNOTATSIYA Ushbu maqolada Ahmad Yassaviyning ta’lim tarbiyaga oid qarashlari, tasavvuf ta’limoti rivojida qo’shgan hissasi hamda pedagogik g’oyalari haqida mulohaza yuritiladi. Kalit so’zlar: Yassaviy, ta’limot, so’fiy, hikmat, devon, tarbiya. Tarixdan ma’lumki insonni tarbiyalashga oid har xil qarashlar mavjud.Tarixdagi eng buyuk mutafakkir ulamolar tomonidan ta’lim-tarbiyaga oid moddiy meroslar qoldirilgan.Ma’lumki bu madaniy-moddiy meroslar pedagogika faniga borib taqaladi.Ahmad Yassaviy ham o’zining ta’lim-tarbiyaga oid tasavvuf ilmi orqali sharq pedagogikasi tarixiga o’z hissasini qo’shgan olimlardan biri hisoblanadi. O`rta Osiyo hududida birinchi vujudga kelgan yirik so’fiylik oqimi yassaviylikdir. Yassaviya tariqatining asoschisi turkistonlik Ahmad Yassaviydir (1103- 1166). Yassaviy Yassi (Turkiston) shaxrida ruhoniy oilasida tug`ilgan. Uning otasi Ibrohim Yassi Sayram shahrida uzoq yil shayxlik qilgan va ko`p muridlarga ega bo`lgan. Otasi Shayx Ibrohimdan etti yoshida etim qolgan. Yassaviy dastlab Sayramda Bahouddin al- Isfijobiydan, so’ngra O’trorda yassida mashur turk mashoyihi Arslonbob qo’lida an’anaviy islom ilmlaridan saboq oladi. Arslonbob vafotidan so’ng u Buxoroga borib mashhur mutassavvuf Yusuf Hamadoniy qo’lida o’qiydi. Qaytib kelib Yassida o’z g`oyalarini targ`ib etadi. Uning tarjimai holini Abdurauf Fitrat o’zining “Ahmad Yassaviy” maqolasida shunday ta’riflaydi: “Xijriy beshinchi asrda Eroning Xamadon shahrida yakin bir urunda tug’ilgan Yusuf Hamadoniy degan bir odam diniy ilmlarni urganib katta shuhrat egasi bo’lgan tasavvufga berilgan edi.Mana shu mulla mutasavvuf Marv Buxoro Samarqand shaharlarida xonaqohlar qurub shayxlik qila boshlaydi bizning Ahmad Yassaviy mana shul Yusuf Xamadoniy muridi-uchunchi xalifasidir. Ahmad Yassaviy bir rivoyatga ko’ra Yassi shahrida Sayramda tug`ulgan. Uning qachon tug`ulgani malum emas biroq vafotining hijriy 562 da bo’lgoni hamda «Devoni hikmat» dagi shu: To`rt yuz yildan keyin chiqib ummat bo’lg`oy, Necha yillar yurib xalqqa xizmat qilg`oy, baytini nazarda tutib har holda uning hijriy to’rtinchi asrning ikkinchi yarmida tug`ilganiga hukm qilish mumkindir. SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan Download 40.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling