Ahmad yugnakiy


Download 40.74 Kb.
bet1/9
Sana13.01.2023
Hajmi40.74 Kb.
#1091026
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ahmad Yugnakiy


AHMAD YUGNAKIY
Adib Ahmadning otasi Mahmud bo‘lib, u Yugnakda istiqomat qilgan. Adib Ahmad haqida Alisher Navoiy o‘zining «Nasoyim ul-muhabbat» asarida juda muhim ma’lumotlarni beradi:
«Adib Ahmad ham turk elidin ermish. Aning ishida g‘arib (ajoyib, qiziqarli) nimalar ma’quldur (naql qilingan). Derlarki, ko‘zlari butov (bitgan, yopiq) ermishki, aslo zohir ermas ermish. Basir (ko‘rmaydigan) bo‘lub, o‘zga basirlardek andoq emas ermishki, ko‘z bo‘lg‘ay. Ammo bag‘oyat ziyrak va zakiy va zoid va muttaqiy (taqvodor, parezkor) kishi ermish. ...haq subhonahu taolo agarchi zohir ko‘zin yopuq yaratqondur, ammo ko‘ngli ko‘zin bag‘oyat yoruq qilg‘ondur».
Alisher Navoiy aytgan fikrlar, shuningdek, asarning uyg‘ur va arab harflari bilan ko‘chirilgan nusxalarining ko‘plab tarqalishi asarning Navoiy yashagan davrda ham ancha mashhur bo‘lganini ko‘rsatadi. Kitob Dod Sipohsolarbekka bag‘ishlangan. Adib uning «qoshqarcha til» bilan yozilganini ta’kidlaydi:


Tamomi erur qashqariy til bila
Ayitmish adib riqqati dil bila.
Agar bilsa qashqar tilin ar kishi,
Bilur ul adibning nekim aymishi.

To‘laligicha qashqariy til bilan yozildi,


Adib (asarni) tushunarli til bilan yozgan.
Kimki qashqar tilini biladigan bo‘lsa,
Adibning nima demoqchi bo‘lganini bilib oladi.

«Hibat ul-haqoyiq» «Haqiqat sovg‘alari» demakdir. U o‘zidan oldingi didaktik adabiyot an’analarini izchil va ijodiy davom ettiradi. Asarda ma’rifat g‘oyalari tashviqi yetakchi o‘rin tutadi. Asar 14 bob va 254 baytdan iborat.




«HIBAT UL-HAQOYIQ»


Ulug‘ amir Dod Sipohsolorbek madhi


Ayo til, turat madh, o‘tungil qani,
Men artut qilayin shohimga ani.
Shohim madhi birla bezadim kitob,
O‘qug‘li kishining sevunsun joni.

Ey til, madh qil, qani bayon et, men uni shohimga sovg‘a qilayin. O‘qimishli kishining ruhi sevinsin (deb) shohim madhi uchun kitob bezadim (yozdim).


* * *
O‘ga bilmas erga o‘ga ogratur,


Aning birri judi badi’ ehsoni.


Ul aql, uqush1, xush xiradqa2 makon,
Bilik ma’dani ham fazilat koni.

Yo‘l-yo‘riq bilmas kishiga bilim o‘rgatadi, yo‘l ko‘rsatadi, uning vujudi ehsonga to‘la, himmati balanddir. U aql, xush, yaxshi xislat makonidir, bilim manbai ham fazilat konidir.





Download 40.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling