Aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati mavzulariga tegishli bo'lgan 4 joriy nazorat javoblari


Download 14.79 Kb.
Sana26.06.2020
Hajmi14.79 Kb.
#121835
Bog'liq
Jova


Aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati mavzulariga tegishli bo'lgan 4 - joriy nazorat javoblari.

1 - topshiriq.

1.Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish - davlatning jamiyat a'zolarining ehtiyojlarini qondirish darajasini oshirish uchun cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan yanada samarali foydalanishni ta'minlovchi , umumiy iqtisodiy muvozanatga erishishga yo’naltirilgan , ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish bo'yicha faoliyati.

2.Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi – iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash, mavjud tuzumni mamlakat ichida va xalqaro maydonda mustahkamlash va uni o'zgarib turuvchi sharoitga moslashtirish.

3.Davlatning iqtisodiy vazifalari – iqtisodiy tizimning amal qilishiga shart – sharoit yaratish va iqtisodiyotni tartibga solish hamda iqtisodiy o'sishni ta'minlashga qaratilgan chora – tadbirlardan iborat bo'lgan vazifalardir.

4.Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning usullari – tartibga solishning ma'muriy va iqtisodiy vositalari birligi. Bu usullar bevosita ta'sir qilish usullari , bilvosita ta'sir qilish usullari , tashqi iqtisodiy usullarga bo'linadi.

5.Bevosita usullar – iqtisodiyotni tartibga solishning ta'qiqlash , ruxsat berish va majbur qilish xarakteridagi ma'muriy vositalari.

6.Bilvosita usullar – iqtisodiyotni tartibga solishning iqtisodiy vosita va dastaklari.

7.Daromad – keng ma'noda kirim bo'lgan har qanday pul mablag'lari yoki pul qiymatiga ega bo'lgan moddiy boyliklarni olish , iqtisodiy subyekt o'z faoliyati natijasida ko'ra oladigan pul va tovar , moddiy tushumdir.

8.Nominal daromad – aholi tomonidan pul shaklida olingan daromadlari summasi.

9.Real daromad – narx darajasi o'zgarishini hisobga olib aholining hayot kechirishi uchun zarur bo'lgan moddiy va ma'naviy ne'matlar bilan ta'minlashi hamda ular ehtiyojlarining bu ne'matlar bilan qondirilish darajasidir.

10.Daromadlar tengsizligi – mavjud bo'lgan daromadlarning miqdor jihatdan farqlanishi. Masalan , barcha mamlakatlar aholi jon boshiga tog'ri keladigan o'rtacha daromadlar darajasi bilan bir – biridan keskin farq qiladi. Bu esa daromadlar tengsizligini vujudga keltiradi. Daromadlar tengsizligini miqdoriy aniqlashda Lorents egri chizig'idan foydalaniladi.

11.Lorents egri chizig'i – daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy aniqlashni harakterlaydi.

12.Jini koeffitsienti - ma'lum bir mamlakatda jismoniy shaxslar yoki uy xo'jaliklarining real daromadlarini taqsimlash mutlaq tenglikdan og'ish o'lchividir. Indeks 0 qiymati mutlaq tenglikka , 1 – mutlaq tengsizlikka to'g’ri keladi.

13.Oila budjeti – oila a'zolarining barcha daromadlarini majmui bo'lib , ular asosiy faoliyat va qo’shimcha ravishda to'lash shaklida olingan pullardan iborat.

14.Ijtimoiy siyosat – bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni iqtisodiyot qatnashchilari o'rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilishga yo'naltirilgan siyosat.

15.Ijtimoiy himoya – mamlakat aholisini ijtimoiy va moddiy muhofaza qilinishini ta'minlaydigan va jamiyatda qaror topgan huquqiy , iqtisodiy chora-tadbirlar majmui.

2 – topshiriq.

Daromadlar tengsizligining asosiy sabablari.

Dunyodagi barcha mamlakatlar aholi jon boshiga to ‘g‘ri keladigan o ‘rtacha daromadlar darajasi bilan bir-biridan keskin farqlanadi. Bu turli mamlakatlar aholisining daromadlari darajasi o ‘rtasida tengsizlik mavjudligini bildiradi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlar tengsizligini keltirib chiqaruvchi umumiy omillar ham mavjud bo'ladi. Bularning asosiylari quyidagilar:

— kishilarning umumiy (jismoniy, aqliy va estetik) layoqatidagi farqlar;

—ta ’lim darajasi va malakaviy tayyorgarlik darajasidagi farqlar;

—tadbirkorlik mahorati va tahlikaga tayyorgarlik darajasidagi farqlar;



— ishlab chiqaruvchilaming bozorda narxlarni o ‘rnatishga layoqatliligi (bozordagi hukmronlik darajasidan kelib chiqib) darajasidagi farqlar.

Darom adlar tengsizligida katta farqlar mavjud bo‘lishining asosiy sababi bozor tizimiga asoslangan iqtisodiyotning o‘z xususiyatlaridan kelib chiqadi. Bunday sharoitda davlatning daromadlarni qayta taqsimlash vazifasi daromadlar tengsizligidagi farqlarni kamaytirish va jamiyat barcha a ’zolari uchun ancha qulay moddiy hayot sharoitini ta ’minlashga qaratiladi.Daromadlar tengsizligi kamayishining taxminan 80 foizini asosan transfert to'lovlari taqozo qiladi. Aniqroq aytganda, davlat transfert to'lovlari eng past daromad oluvchi kishilar guruhi daromadining asosiy qismi (70-75%)ni tashkil qiladi va qashshoqlikni yumshatishning eng muhim vositasi hisoblanadi.
Download 14.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling