Aholi extiyojlari va turmush darajasiga ta'sir etuvchi omillar


Download 48.63 Kb.
bet1/7
Sana16.06.2023
Hajmi48.63 Kb.
#1515263
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Aholi extiyojlari va turmush darajasiga ta\'sir etuvchi omillar


Aholi extiyojlari va turmush darajasiga ta'sir etuvchi omillar
Reja:


1. Aholi turmush darajasining ko’tarilishi va ijtimoiy rivojlanishni prognozlash tizimlari.
2.Aholi ehtiyojini va chakana tovar ayirboshlashni prognozlash.
3. Maishiy xizmatlarni prognozlash.
4. Sog‘liqni saqlashni prognozlash.
5. Madaniyatni taraqqiy ettirishni prognozlash.

1. Aholi turmush darajasining ko’tarilishi va ijtimoiy rivojlanishni prognozlash tizimlari.
Хalq farovonligini aniqlovchi eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy omil – bu, turmush darajasi bo‘lib, u kishilarning jismoniy, ma‘naviy va ijtimoiy talablari darajasini xarakterlaydi. Extiyojlar xarakatini baxolash masalasi ijtimoiyiqtisodiy jamiyat taraqqiyotini prognozlashda salmoqli o‘rin tutadi.
Тurmush darajasini aniqlovchi rivojlanish talablarini tahlil qilish, talablar tarkibida ularning taraqqiyotiga ta‘sir etuvchi sezilarli omillarni aniqlash, sababoqibat va ehtiyojlar harakati orasidagi boglanishlarni hamda aks etgan omillarni o‘rnatish, o‘tmishdagi talab-ehtiyojlar o‘zgarishini tahlil qilish, ijtimoiy taraqqiyot va turmush darajasi bilan o‘zaro boglangan prognozlanadigan ko‘rsatkichlarni aniqlash asosida olib boriladi.
Bu sohada prognozlashning asosiy masalasi eng avvalo aholining kelajakdagi talab-ehtiyojlarini va ularni qondirish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat. Masalan, yuqori sifatli va turli-tuman oziq-ovqat mahsulotlari, xizmat ko‘rsatish, uy-joy va boshqalar.
Ijtimoiy turmush tarzini har tomonlama va tubdan prognozlash muammolarini qamrab olish, umumdavlat turmushi darajasini ko‘tarish va ijtimoiy rivojlanish prognozlari tizimini ishlab chiqish sistemaning ijtimoiy turmush darajasini barcha rejalashtirilgan jabhalarda ko‘taruvchi kompleks rejalashtirishni ishlab chiqish bazasidir.
Ijtimoiy rivojlantirishni prognozlash va turmush darajasini ko‘tarish tizimi, umumiy boglanishni va aqliy ketma-ketlik bo‘yicha prognozlar ishlab chiqishni ta‘minlovchi kompleks ko‘rsatkichlarga asoslanadi. Ularning eng dolzarblari quyidagicha:

  • jamiyatning ijtimoiy tuzilishi va aholi tarkibini hamda sonining dinamikasini ifodolovchi (xarakterlovchi) ijtimoiy-demografik ko‘rsatkichlar;

  • umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar, turmush darajasining ko‘tarilishini qiymat nuqtai nazaridan aniqlashga imkon beruvchi iqtisodiy sharoit, har bir jon boshiga to‘gri keladigan milliy daromad, aholi daromadining strukturasi va dinamikasi, resurslarning iste‘moli va ularning milliy daromaddagi hajmi;

  • asosiy oziq-ovqat mahsulotlari iste‘molining ko‘rsatkichlari; nooziq-ovqat tovarlari (mollari), aholi jon bishiga sotiladigan tovarlar hajmi, madaniymaishiy jihozlar bilan oilaning ta‘minlanganligi;

  • uy-joy va kommunal qulayliklar bilan ta‘minlanganlik, madaniy va maishiy xizmat ko‘rsatish, bolalar, o‘quv-profilaktik, sanatoriya-dam olish maskanlari, turistik muassasalar ko‘rsatkichlari.


Download 48.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling