AHOLINI OMMAVIY QIRGIN QUROLLARIDAN HIMOYA QILISHNING ASOSIY USULLARI - Aholini ommaviy qirg'in qurollari (OQQ)dan himoyalashning asosiy usullariga himoya inshootlaridagi berkinchoqlar, shaxsiy himoya vositalarini qo'llash, aholini ko chirish va ishchilar, xizmatchilarni shahardan tashqari joylarga tarqoq holda joylashtirish kiradi.
- Fugarolar muhofazasining himoya inshootlari aholini AES hududlarida yuz berishi mumkin bo lgan avariya - talafotlardan hamda 0QQ va boshqa zamonaviy hujum vositalaridan himoya Qilishning eng ishonchli vositasidir.
- Himoya inshootlari himoyalash xususiyatlariga ko'ra himoya yer tolalari va radiatsiyaga qarshi berkinchoqlarga (RQB) ajratiladi.
- Undan tashqari, odamlarni himoya qilish uchun oddiygina berkinchoqlardan ham foydalansa bo 'ladi.
Himoya inshootlarida berkinchoqlar. - Himoya inshootlaridagi berkincholar aholini ommaviy qirgin qurollarining shikastlovchi salbiy omillaridan muhofaza qiluvchi asosiy usullardan biridir. Ulardan, himoya yerto lalari ma'lum darajali ahamiyatga ega.
Himoya yerto'lasi - Himoya yerto'lasi maxsus qurilmalar bo'lib, ular ichiga kirgan odamlarni yadro qurollari, kimyoviy zaharlovchi moddalar va bakteriologik vositalarning kishi tanasiga salbiy ta'sir o'tqazuvchi barcha omillardan himoya qiladi. Undan tashqari, qochoqlar yong 'in paytida hosil bo'ladigan yuqori haroratli gazlardan va kuchli zaharlovchi kimyoviy moddalardan ham saqlanish imkonini beradi.
- Himoya yerto 'lalarining ahamiyati, urush vaqtida, aytarli darajada yuqori bo'ladi. Yadroviy portlash natijasida vujudga kelgan zarb to 'lqini ta siridan himoyalash samarasiga ko'ra himoya yerto 'lalari quidagi sinflarga bolinadi: 1) fuqaro muhofazasi tizimidagi inshootlar; 2) maxsus foydalanish uchun qurilgan inshootlar; 3) uzoq muddatga mo'ljallab qurilgan inshootlar; 4) dala fortifikatsiyali inshootlar; 5) harakatdagi qurilmalar.
RADIATSIYAGA QARSHI BERKINCHOQLAR (RQB) - RADIATSIYAGA QARSHI BERKINCHOQLAR (RQB)
- Radiatsiyaga qarshi berkinchoqlar maqsad jihatidan maxsus xillarga kiradi. Bunday berkinchoqlar, hududlar radiofaol moddalar bilan zararlangan hollarda, odamlarni shikast yetkazuvchi ionlovchi nurlanish (shu qatorda neytron oqimlaridan ham), yorug'lik nurlanishidan va qisman portlash to'lqini zarbidan hamda odamlar tanasining ochiq joyidagi terisi va kiyimlarini radiofaol moddalar, kimyoviy zaharlovchi moddalar hamda bakterial vositalardan himoya qiladi
Radiatsiyaga qarshi berkinchoqlar dastavval imoratlar va inshootlarning yerto 'la qavatlarida tashkil etiladi. - Radiatsiyaga qarshi berkinchoqlar dastavval imoratlar va inshootlarning yerto 'la qavatlarida tashkil etiladi.
- Bunday berkinchoqlar tinchlik davrida quiladi. Ammo, dushman hujumi ehtimoli kelib chiqsa, tezkorlik bilan quilishi mumkin bo'lgan xillari barpo etiladi. Radiatsiyaga qarshi berkinchoqlar uchun chuqurlikda bo'lgan barcha xonalar: yerto 'lalar, oralar , savbazot omborxonalari, yer ostida qazilgan joylar, g' orlar hamda yer yuzidagi talablarga javob beradigan darajaga ega bo'lgan xomashyolardan qurilgan devorli binolar moslashtiriladi.
Oddiy xildagi berkinchoqlar - Oddiy xildagi berkinchoqlar ishonchli himoya jihatlariga ega bo'ladi.
- Masalan, ochiq yoriq portlash to lqini zarbi yorug"lik nurlanish va ionlovchi nurlanish ta'sirini 1,5-2 marta, radiofaol moddalar bilan zararlangan joylarda ehtimoliy nurlanishni 2-3 barobar kamaytiradi. Usti yopilgan yoriqlar yorug lik nurlanishidan to 'la-to'kis ravishda, portlash to"lqinidan esa, 2-3 karra ionlovchi nurlanish va radiatsiyaviy nurlanishdan 200-300 karra himoya qiladi. Ular, odam tanasining ochiq joylari va kiyimlarini radiofaol, kimyoviy zaharlovchi moddalar va bakteriologik vositalar bilan ifloslanishidan, saqlanish imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |