Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning huquqiy asosi o‘zbekiston respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat


Download 30.63 Kb.
bet1/4
Sana04.02.2023
Hajmi30.63 Kb.
#1159592
  1   2   3   4
Bog'liq
Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning huquqiy asosi




Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning huquqiy asosi. o‘zbekiston respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi. aholi va hududlarni tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishni tashkil etish. hududlar va aholini epizootik va epifitotik vaziyatlardan muhofaza qilishni tashkil etish


REJA:



  1. Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga oid qonuni mazmun mohiyati

  2. Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning huquqiy asoslari.

3.О‘zbekitson Respublikasi Prezidenti favqulodda vaziyatlar yuz bergan taqdirda fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash.
4.Fuqaro muhofazasining hozirgi zamon sharoitidagi vazifalari.
5.O‘zbekistoan Respublikasi Prezidentining 1996 yil 4 martdagi PF-1378 sonli farmoni.
Tayanch iboralar: fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlar, ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalari, tabiiy ofatlar, avariya, halokatlar.
Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga oid qonuni mazmun mohiyati
2020 yildagi Sardoba fojiasi va Buxoro viloyatida yuz bergan tabiiy ofatdan so‘ng, Qonunchilik palatasida «Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonun yangi tahrirda ko‘rib chiqilmoqda.
Кириллчада27 yanvar 2022, 11:08 Jamiyat
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida «Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonun yangi tahrirda ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev ma’lum qildi.
Uning yozishicha, 2020 yilning 27 aprel kuni Buxoroning Olot, Qorako‘l, Jondor tumanlarida kuzatilgan tabiiy ofat hamda 1 may kuni Sardoba suv omborida yuzaga kelgan texnogen oqibatlarini bartaraf etishda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunda harakat qilish davlat tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish, oqibatlarini bartaraf etishni tashkil etishda kamchiliklar kuzatilgan.
«Bu aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muxofaza qilish sohasida, shu jumladan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda hamkorlik qilishning huquqiy asoslarini takommllashtirishni taqazo etmoqda… Loyiha deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi», — deb yozadi deputat.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning 27 aprelida O‘zbekistonga Turkmaniston hududidan kirib kelgan kuchli shamol tezligi Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida sekundiga 9−40 metrgacha yetgan edi. Buning oqibatida 41 kishi jarohatlanib, bir kishi halok bo‘lgandi.
Shuningdek, uy-joylar, avtotransport vositalari, infratuzilma obyektlari va ekin maydonlariga zarar yetdi. O‘shanda prezident Shavkat Mirziyoyev tabiiy ofat oqibatlarini ko‘zdan kechirish, zarur chora-tadbirlarni belgilash hamda aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish maqsadida Buxoroga yetib borgandi. Buxoro viloyatida kuchli shamol yetkazgan jami zarar 141,6 mlrd so‘mni tashkil etgandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati


Bundan tashqari, 2020 yilning 1 mayida Sardoba suv ombori to‘g‘onining bir qismi o‘pirilib, yondosh tumanlardagi mahallalar va dalalarni suv bosgan edi. O‘sha vaqtda ham prezident zudlik bilan hodisa yuz bergan joyga yetib borib, vaziyatni barqarorlashtirish ishlariga shaxsan bosh-qosh bo‘ldi.



Download 30.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling