Ajdarlar qirilib ketgan deb o`ylaydi ko`pchilik. Lekin mexr hammasini o`zgartirishi mumkin albatta


Download 13.73 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi13.73 Kb.
#212127
Bog'liq
Документ Microsoft Office Word


Nomsiz hozircha

Kirish


Ajdarlar qirilib ketgan deb o`ylaydi ko`pchilik. Lekin mexr hammasini o`zgartirishi mumkin albatta.

Bundan 3 ming yil oldin ajdarlar zamoni edi. Odamlar ajdarlar va bsohqa ko`plab jonzodlar ahil yashardi. Toki ajdarlar orasida nizo chiqib urush boshlanmaguncha. Odamlar ham ular orasidagi janglardan zerikishdi va ajdarlarni yo`q qilsak tinch yashaymiz deb o`ylay boshlaydi. Shu taqlid hamma ajdarlarni o`ldira boshlashdi. Lekin ajdarlar ham tabbiy yaxshi va yomon xulqli edilar. Odamlardan bir guruhi ajdarlarni yaxshi xulqlisini himoya qila boshlashdi. Shu tarzda odamlar orasida ham janglar boshlandi. Ko`p hollarda ajdar qotillari g`alaba qilishardi. Shu tarzda ajdarlarni himoya qiluvchilar deyarli qolmadi. Lekin bir yigit yoshroq bir ajdarga do`st bo`ldi. U ajdarni asray boshladi. Hamma ajdarlar qirilib ketganda ham shu yigit tufayli do`sti ajdar tirik qoldi. Ajdar esa o`zidagi sexrli hislatni ishlatib uni 3ming yil yshashiga erishdi. Do`sti vafot etgach yolg`iz qolgan ajdar zerika boshladi. Va odamlarga sezdirmay dunyo kezishni boshladi. Hamma joyga aylanim dunyo o`zgarish tezligidan zavqlanardi. Ammo texnologiyalar taraqqiy etgan bu zamonda uning bilintirmay qiladigan parvozlari hafli bo`lib qoldi. Shu sabab u g`orga yashirinishga va qayta chiqmasdan yashashga majbur bo`lmoqda.



Seren erta uyg`ondi turishi bilan bog` tomon shoshdi. Onasini egningga kiy degan gaplarim ham joyida qolib ketdi. Bog`da dadasi Fransik gul va daraxtlarni parvarish qilish bilan band edi. Bir vaqtlar shaxarni kazo kazolaridan bo`lgan Fransik kompaniyasi inqiroz bo`lgan qishloqning eng chetiga uy solib oilasi bilan ko`chib kelgandi. U bu yerda o`zi hxolagan halovatni topgandi. Osuda hotirjam va dunyo innovatsiyon tashvishlaridan holi hayot qanday yaxshi!? Bog`da yetishtiradigan gul va mevalarini sotib oilaviy baxtli hayot kechirishardi. Otasi Serenni bag`riga bosdi oxirgi gulag birga suv quyishgach ota va qiz uyga qaytishdi. Serenning onasi Minfes nonushta tayyorlab bo`lgan edi oila nonushta qilishga o`tirdi. Minfes xonim bir vaqtlar boy oilaning yolg`iz qizi bo`lganiga qaramay ancha mexnatkash oqko`ngil va chiroyli ayol edi. Eri bankrot bo`lgach hozir yashayotgan hayotida o`zini baxtli his qilardi. Seren birinchi luqmani og`ziga soldi hamki eshik taqilladi va ochilib Serenning dugonasi Buno kirdi. Bu qiz deyarli oila a`zosi edi. U ham oddiy oilada yashardi. Lekin bu unga yoqmasdi. Seren bilan sevgi yoki turmush haqida gaplashib qolsa doim shaxarlik boy yigitga turmushga chiqib bu yerlardan ketishini aytardi. Serenning oshig`i Jony haqida ham gapirishini qo`ymasdi. Jony qishloqlik ancha baquvvat va olifta egoist yigit edi. Hamma undan qo`rqishini hoxlardi. Buno ham salomlashib Serenning yonidagi stulga asta cho`kdi. Yaxshi kayfiyatda o`tgan nonushtadan so`ng Seren va Buno Minfes xonimga dasturxonni yig`ishtirishga yordam berishdi. Ishni tugatishgach har doimgi manzilga borishga ruxsat so`rashdi. Fransikni ayoliga qarab qo`yaversangchi degan so`zidan so`ng xursand yo`lga otlanishdi. Ular ketgach Fransik Minfes xonimga qarab qizing 19ga kirdi hozir qiziquvchan payti, qolaversa unga ishonaman hadeb tergayverma dedi. Minfes xonim esa shundayku lekin har holda qizbola extiyot bo`lsak xato bo`lmaydi dedi.

Qizlar daryo bo`yiga kelib asta yerga o`tirishdi doimgidek sharsharaga termulib. Buno har safar sharsharaga qaraganda buvasi aytgan hikoyadagi sharshara ichida yashovchi mavjujdodni eslardi. Buvisi undan qo`rqish kerakmas degan bo`lsa ham qo`rquv bo`lardi. Lekin sharshara shu qadar chiroyli ediki qaramasdan iloji yo`q edi. Hatto ko`nglida zarra mexr yo`q odam ham bu sharsharani ko`rsa aqalli bir marta qayta qaraydi. Qizlar esa bu sharsharaga termulgancha o`tiraverishdi. Agar o`tayorgan vaqtingizdan mamnun bo`lsangiz vaqt reketadek uchib ketib qoladi. Shu zayl suxbatlashib qitiqlashib qiqirlashib kun kechiga yetib borishdi. Quyosh botmasdan oldin uyga qaytish zarur. Qizlar o`rnilaridan tuirb yura boshlashdi.
Download 13.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling