Ajdodlar Orzusi


Download 18.44 Kb.
Sana26.04.2020
Hajmi18.44 Kb.
#101518
Bog'liq
Ajdodlar Orzusi

Ajdodlar Orzusi


Samatova Sharifaxon Gofforovna

Andijon viloyati, Andijon tumani XTB ga qarashli 36-maktab boshlang’ich sinf o’qituvchisi.

Mana 28 yil bo`libdiki, mustaqil O’zbekistonimiz bayrog’i dunyodagi davlatlar bayroqlari qatorida mag’rur hilpirab biz yoshlarni g’ururlantirmoqda. Albatta, bu kunlarga erishish oson bo’lgan emas. Vatan ozodligi uchun minglab ajdodlarimiz o’zining aziz jonini fido qilishgan va hozirgi mustaqil O’zbekistondek demokratiyaga asoslangan davlat qurishga intilganlar. Bizga ma’lumki, o’zbek xalqi uzoq yillar davomida Sobiq Sovet Ittifoqi (Chor Rossiyasi) ga qaram bo`lib yashadi. Ushbu mustamlakachilik davrida ma`naviyatimiz toptaldi, milliyligimiz yerga urilib to’laqonli ruslashtirish siyosati yuritilgan edi. Bundan asosiy maqsad mustamlaka xalqlarni o’z dinidan, tarixidan, ma`naviyatidan voz kechishini ko’zlagan ochiqdan-ochiq yuritilayotgan siyosat edi. Kishi tarixini, manaviyatini unutsa, o’zligini ham yo’qotadi va o’z fikri, ongi bo`lmagan manqurtga aylanadi. Ha, mustamlakachilarning asosiy maqsadi ham yerlik xalqlarni manqurtlarga, itoatkar qullarga aylantirish bo’lib, dinini, tarixini buzib ko’rsatar milliy iftixorni tomiriga bolta urar edi. Masalan: muqaddas dinimiz Islomni olaylik, o’sha paytlarda ta’lim muassasalarida din afyundir, yani «Ateizm» g’oyalari olg’a surilar, hattoki, namoz o’qiyotgan insonni yoki uyingizdan arab harflarida yozilgan har qanday adabiyotni ko’rib qolsa otuvga hukm yoki dunyoning bir chekkasidagi sharoiti juda og’ir, borsa kelmas joylarga surgun qilinardi. Sohibqiron Amir Temurni qaroqchi, Jadidlarni Vatan hoinlari deb o’qitib o’rganilar edi. Mustaqillikdan so’ng azaliy qadriyatlar va ajdodlar nomi qayta tiklandi, dunyo olimlari nazdida “Mo’g’ul” deb hisoblangan yurtdoshimiz Boburiylar sulolasi asoschisi shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur Temuriylar avlodidanligi u aynan O’zbek o’g’loni ekanligi isbotlandi.

Zahiriddin Muhammad Bobur bolalik chog’laridan mard, jasur, vatanparvarlik, insonparvarlik ruhida ulg’ayadi u 12 yoshida baxtsiz tasodif tufayli otasidan ayrilib qoladi va to’ng’ich o’g’il bo’lgani uchun taxtga o’tiradi. Boburmirzo dastlab mamlakatni idora qilishda ayonlar va zodagonlarga tayanadi, oradan yillar o’tib ulg’aygan Zahiriddin siyosiy boshqaruvni o’z qo’liga ola boshladi. Ammo mamlakatda uning dushmanlari talaygina bo’lib har lahza uning xatosini kutib yurishar, qarshi chiqishga shaylanishar edi. Boburmirzo yoshlik chog’laridan ulug’ bir maqsadni ko’zlar va rejalar tuzar edi, ya`ni bobosi Amir Temur asos solgan Temuriylar saltanatini qayta birlashtirib yaxlit davlat tuzishga harakat qiladi, lekin o’sha davrdagi siyosiy vaziyat og’a-inilar o’rtasidagi parokandalik bunga to’sqinlik qiladi va ota yurti Andijonni tashlab ketishiga sabab bo’ladi. O’z yurtini tark etgach oz sonli lashkari bilan Qobulni egalladi. Bobur tabiatan go’zallik shaydosi, she`riyat ixlosmandi bo’lib Qobulda ham bog’-u rog’lar, go’zal inshootlar barpo etadi. Keyinchalik bu yerni ham tashlab ketishga majbur bo’lgan Boburmirzo qo’l ostida qolgan sodiq sarkardalari bilan Sharqqa Hindistonga tomon qo’shin tortadi, bir necha urunishlardan so’ng Hindistonni egallaydi shu yerda markazlashgan davlat tuzadi va Boburiylar sulolasiga asos soladi. U o’z hukmronligi davrida Hindiston va hind xalqiga mehrini beradi, ilm-fan madaniyatga katta e’tibor qaratdi. Hindiston yillar davomida go’zallikda beqiyos davlatga aylanadi, lekin Boburmirzo shunday betakror davlatni shohi bo’lishiga qaramasdan ona yurt sog’inchi qalbini o’rtayveradi uni jamolini bir bor ko’rish umrini ohirigacha armon bo’lib qoladi. Undan keyin Boburiylar yana 332 yil Hindistonda hukmronlik qildi.

Tole yo’g’ki jonimg’a balolig’ bo’ldi, Har ishniki ayladim hatolig’ bo’ldi. O’z yurtni qo’yib Hind sori yuzlandim, Yo rab, netay, ne yuz qarolig’ bo’ldi.

Mana bu misralar va “O’zga yurtda shoh bo’lguncha o’z yurtingda gado bo’l” kabi hikmatli so’zlar Zahiriddin o’z yurtini tark etishi hayotidagi eng katta xatosi deb bilgani va ko’p afsus-u nadomad chekib qayg’uga botganidan dalolat beradi. Va nihoyat Boburmirzoni armonga aylangan orzusi amalga oshdi farovonlik yillarida uning hoki Andijonga olib kelindi va o’z yurtining sokin go’shasidan makon topdi. Hozirda Bog’i Bobur istirohat bog’ining baland tepaligidan ushbu fuqarolik jamiyatiga asoslangan davlatimizni havas ila mamnuniyat bilan xotirjam kuzatayotgan bo’lsa ajab emas.



Ha mustaqillik bizga nafaqat erkinlik balki buyuk bobokalonlarimiz nomini qayta tiklanishiga asos bo’ldi desak mubolag’a bo’lmaydi. Ularni azaliy orzusi amalga oshdi ajdodlarimiz barpo etmoqchi bo’lgan insonparvar, go’zal, har tomonlama mukammal mustaqil davlat tuzuldi va biz yoshlar ushbu yurtda dunyo xalqlari havas bilan boqayotgan ta’lim tizimi asosida tahsil olmoqdamiz, bu esa bizda milliy iftixorni jumbushga keltirib ozod o’tayotgan har bir daqiqamizga shukronalar aytib, O’zbekistonimizning ravnaqiga munosib hissamizni qo’shib, huddi bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobir singari vatanparvarlik ruhida ijod qilib yashashga undaydi.

Istiqlol

Istiqloldan so’z ochsam agar, Juda katta roman bo’ladi. Vatanimni bir ko’rish uchun, Qayonlardan mehmon keladi . Ajdodlarim qurgan bu yurtda, Yashayapman faxrga to’lib. Onamdayin asrayin seni, Xizmatingni qilgayman kulib. Har kun tongda ertaroq turib, Hayqiraman iftixorimsan. Mening baxtim ota makonim, Or nomusim O’zbekistinim.
Download 18.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling