Ajiniez nomidagi nukus davlat pedagogika


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana19.02.2017
Hajmi0.64 Mb.
#721
  1   2   3   4   5   6   7

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIM VAZIRLIGI 

 

AJINIEZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA 



INSTITUTI 

 

 



 

 

 



TARIX  KAFEDRASI 

 

 



 

 

TARIYXIY ULKAShUNOSLIK  

fani bo

,

yicha 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

NUKUS- 2012 



 



KIRISh 



 

O`zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov  «O`zbekistonning  o`z  itiqlol  a 

tarakqiyot  yo`li»  asarida  «xalqning  ma`naviy  dunesining  mustahkamlash  va  rivojlantirish 

O`zbekistonda davlat va jamiyatning eng ahamiyatli vazifasi. 

Ma`naviyat  o`z  xalqining  tarixini,  uning  madaniyatini  va  vazifalarini  chuqur  bilishi 

va  tushunib  etishi  orqali  gina  qudratli  kuchga  aylanadi.  Tarixga  nazar  tashlaganimizda-bu 

xalqning xotirasi ekanligini nazarda  tutishimiz kerak. Xotirasiz har  tomonlama  rivojlangan 

odam bo`lmaganidek o`z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo`lmaydi,- degan edi. 

Mustaqillik  sharofati  bilan  bugungi  kunda  tug`ilgan  o`lka,  avul,  shahar,  ko`cha, 

mahalla va maktabning tarixiga qiziqish ko`chayib bormoqda. 

Bugungi  o`z-zini  anglab,  mustaqilligimiz  kun  sayin  mustahkamlanib  boraetgan 

sharoitda  ona-yurtning  har  bir  farzandi  uchun  Vatan  tarixini  sevish,  o`rganish,  diliga  jo 

etishdan ham muqaddasroq burch bo`lmasa kerak. 

O`lkashunoslik fanining asosiy vazifasi ham shu muloqazadan kelib chiqadi. Bu Fan 

hozirgi  kunda  o`z  mustaqilligini  qo`lga  kiritgan  O`zbekiston  xalqlarining  qadimiy  tarixini, 

uning jahon tarixiy taraqqietiga qushgan katta hissasini,  o`z bag`rinidan Mahammad Muso 

Xorazmiy va Ali Kuchshi singari mashhur matematiklar. Ahmad Farg`oniy, Al` Beruniy va 

Ulug`bekdek  falakiet  bilimdonlari.  Ibn  Sino  kabilar.  Narshaxiy    va  Abulg`oziy  singari 

tarixchilar,  al-Farobiy  kabi  faylasuflar,  Zamaxshariy  kabi  lingivistlarni  etishtirib,  jahon 

taraqqietiga qo`shgan hisssini daliliy ashelar  vositasi bilan isbotlab beradi. 

Xalqimizning  tarixiy,  madaniy  va  me`morchilik  edgorliklari  jahon  madaniy 

merosining  tarkibiy  qismi  bo`lib,  jahon  taraqqietiga  qo`shilgan    g`oyat  katta  ulushidir. 

Shunday  muhim,  nodir,  qimmatli  ahamiyatga  moliy  bo`lgan  moddiy  va  ma`naviy 

edgorliklarni har tomonlama ilmiy va amaliy jihatdan o`rganadigan va tahlil qiladigan Fan-

«Tarixiy o`lkashunoslik» hisoblanadi. 

O`lkashunoslik  deganda  ilmiy  o`lkashunoslik,  jamoat  o`lkashunoslgi  va  maktab 

o`lkashunosligi  tushiniladi.  Ilmiy  o`lkashunoslik  o`lka  tarixi  va  madaniyat  edgorliklrini 

ilmiy  asosda  har  tomonlama  tekshirish,  saqlash  va  o`rganish  bilan  bog`liq  holda  olib 

boriladi. 

Tarixiy o`lkshunolik asosan qo`yidagi masalalarni o`z ichiga oladi: 

Tarixiy  edgorliklar.  Bunga  insoniyat  hayotidagi  eng  muhim  tarixiy  voqealar, 

jamiyatning  rivojlanish  bosqichlari,  atoqli  sarkardalar,  yirik  davlat  fan  va  madaniyat 

arboblarining  nomlari  bilan  bog`liq  voqea  joylari,  o`tmishdan  qolgan  qulezma  asarlari  va 

shu kabilar kiradi. 

Arxeologiya  edgorliklari.  Bunga  kuhna  shaharlar  qurg`onlar,  qal`alar,  qadimiy 

manzilgohlar,  istehqomlar  korxonalar  kanallar,  shuningdek  yo`llarning  qoldiqlari  qadimiy 

dafn joylari, tosh haykallar, qoyalardagi tasvirlar va boshqalar kiradi. 

Shahar qurilshi va me`morchilik edgorliklari. Bularga me`morchilik ansambl`lari va 

komplekslari, tarixiy markazlar, kvartallar, maydonlar, ko`chalar, shaharlar va boshqa aholi 

yashaydigan  joylarning  qoldiqlari  fuqaro,  san`at,  harbiy,  diniy,  xalq  me`morchiligi 

inshoatlari kiradi. 

San`at edgorliklari bunga monumental, tasviriy, amaliy- dekorativ va boshqa turdagi 

san`at asarlari kiradi. 

edgorlik  hujjatlari.  Bunga  markaziy  va  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari  va 

davlat boshqaruv organlaridan qolgan turli hujjatlar, boshqa ezma va chizma hujjatlar kino-

foto  hujjatlari  va  tovush  ezuvlari,  shuningdek,  qadimiy  qulyozmalar  hamda  arxiv 

materiallari, fol`klor va musiqa ezuvlari, nodir bosma nashrlar kiradi. 


 

Etnografiya va toponimik materiallar. Bunga xalq urf-odatlari, moddiy va  ma`naviy 



madaniyat,  xalqlarning  ertak,  fol`klor,  mifologiyasi  hamda  joy  nomlarining  ilmiy  jihatdan 

kelib chiqishini  o`rganish kiradi. 

Bular  bilan  bir  qatorda  tarixiy,  ilmiy,  badiiy  qimmatga  eki  boshqa  xil  madaniy 

qimmatga  ega  bo`lgan  ob`ektlar  hamda  muzeyda  saqlanadigan  eksponatlar  va  o`lardan 

o`quv, ta`lim tarbiya ishlarida foydalanish uslublari o`z aksini topadi. 

Yuqoridagi  manbalarni  o`rganish  va  umumlashtirish  ilmiy  o`lkashunoslik 

tadqiqotlari, jamoat o`lkashunosligi va havaskorlari uchun ham, u eki bu voqealarga tavsif 

berish, turli tarixiy tushunchalarga aniqlik kiritish uchun ham ko`p ma`lumot bo`lib xizmat 

qiladi. 

Tarixiy  o`lkashunoslik  fani  ma`lum  ikki  maqsadni:  birinchidan,  o`z  o`lkasining  va 

hozirgi  haeti  tarixini  har  tomonlama  ilmiy  asosda  o`rganish  yo`li  bilan  to`plangan 

arxeologik,  etnografik,  toponimik,  nodir  qo`lezmlar,  arxiv  hujjatlarini  saralash,  tartibga 

solish  va  tahlil  qilishga,  ikkinchidan,  to`plangan  o`lka  materiallaridan  o`quv  tarbiyaviy 

ishlarda  o`rinli  va  samarali  foydalanib,  esh  avlodni  vatanparvarlik  ruhida  tarbiyalashni 

ko`zda tutadi. 

 

O`lkashunoslikning rivojlanishi 

Reja 

1. O`lkashunoslikning turlari va  asosiy manbalari. 

2. Tarixiy o`lkashunoslikning rivojlanshi (1917 yilga qadar). 

3. Tarixiy o`lkashunoslikning 1917 yildan keyingi ahvoli. 

4. Mustaqillik yillaridagi o`lkashunoslik 

T.t. muzey, arxiv, ekspozitsiya, eksponat.   

 

Adabiyotlar: 

 

1. I.A.Karimov «Yuksak ma`naviyat engilmas kuch»-T., 2008. 

2. I.A.Karimov. «Tarixiy xotirasiz kelajak uyq»-T., 1998. 

3. Nabiev A. Tarixiy o`lkashunoslik.T., 1996 

4. O`zbekiston mustaqil taraqqaiet yo`lida. T.1994 

5. Ashurkov V.R. Katsyuba D.V. Matyushin G.N. Istoricheskoe kraevedenie.M.,  

1980 

6. Jabbarov I. O`zbek xaliq etnografiyasi.T.,1994 



7. Axmedov E. Saydamminova E. O`zbekiston Respublikasi. T.,1995 

8. O`zbekiston qaramlik va mustaqillik yillarida. T., 1996 

9. Shamsuddinov R. Tarixiy merosimizga bir nazar. Andijon. «Meros»,1994 

 

O`lkashunoslik forma jihatidan uch turga bo`lib urganiladi.  



1) ilmiy, ya`ni davlat o`lkashunosligi;  

2) jamoat o`lkashunosligi;  

3) maktab o`lkashunosligi. 

1)  Ilmiy  ya`ni  davlat  o`lkashunosligi  bevosita  davlat  ilmiy  tashkilotlari:  ilmiy 

tadqiqot institutlari, respublika tarix va madaniyat edgorliklarini muqofaza qilish va ulardan 

foydlanish komitetlari, regenal-maxsus muzeylar, respublika Fanlar Akademiyasi qoshidagi 

tarix  arxeologiya  ilmiy-tadqiqot  instituti  ilmiy  xodimlari  tomonidan  tadqiq  qilinib, 

o`rganilib,  topilmalari  esa  respublika  va  viloyatlarning  o`lkashunoslik  muzeylarida 

ekspozitsiya sifatida namoyish qilinadi. 

2) Jamoat o`lkashunosligi qishloq, ovul, poselka, shahar tuman va viloyat hudididagi 

tarixiy  obidalarni  saqlash  va  asrash  ishlariga  boshchilik  qilish  bilan  birga  joylarda 


 

yashaetgan  xalqlarning  kelib  chiqishlari  (etnogenez)  urf-odatlari,  ilg`or  mehnatkashlar, 



mehnat  qahromonlari  xotirasini  abadiylashtrish    uchun  haykallar,  mangu  olovlar, 

momumentlar,  hurmat  taxtalari  tashkil  qiladi.  Bundan  tashqari  jamoa.  o`lkashunoslarga 

numizmatlar,  pechat`,  muxrlarni  urganuvchi-sfragistlar,  tamg`a,  gerblarni  urganuvchi-

geraldistlar,  tosh,  metall,  sopol  va  eg`ochagi  ezuvlarni  urganadigan  epigrafistlar  va 

boshqalar mustaqil ravisha uyushadi. 

3)  Maktab  o`lkashunosligi  tarix,  jamiyatshunoslik  uqutuvchilarining  bevosita 

rahbarligida tashkil qilinadi. Uning a`zolarini V-XI  sinflardan tanlaydi. O`lka materiallari 4  

zvenoga  bo`lingan  holda  to`planadi.  1)  arxeologik  2)  toponimik,  3)  etnografik,  4)  arxiv 

hujjatlari. 

Maktab  tarixiy  o`lkashunosligi  ikkiga  bo`lib,  ya`ni  o`quv  jaraenida  dastur  asosida 

dasturdan tashqari maktabning tarbiyaviy ishlar rejasiga asoslangan holda amalga oshiriladi. 

O`quv  jaraenida  olib  boriladigan  o`lkashunoslik  ishlari  ham  2  maqsadni  ko`zlaydi. 

Birinchi:  o`z  o`lkasining  o`tmishini  arxeologik,    etnografik,  toponimik  va  arxiv  hujjatlari 

asosida  o`rganish  va  to`plagan  o`lkashunoslik  materiallarini  sistemaga  solish;  ikkinchisi 

to`plangan o`lkashunoslik materiallaridan tarix fanlarida foydalanish.  

2.  Rus  olimi  M.V.Lomonosov  o`z  o`lkasini  mukammal  o`rganish  maqsadida  1761 

yili  30  savoldan  iborat  anketa  tuzib,  xalq,  orasiga  tarqatgan  edi.  Ayni  vaqtda  bu  bilan 

o`lkashunoslik    fanlarining  ham  boshlanishiga  asos  solindi.  O`lkani  o`rganish  masalasi 

O`rta Osie, shu jumladan O`zbekiston  hududida, XIX  asirning  yarmida boshlandi. (10 bet. 

Nobiev A. Tarixiy o`lkashunoslik). 

X-XV  asrlardagi  mahalliy  tarixchilar:  Muhammad-Narshaxiy,  Tabariy  va 

Rashididinning asarlari o`zining mazmundorligi va xilma-xilligi bilan ajraladi. Sharqshunos 

A.A.Romaskevich  Rashididdinning  «Jamut  tavorix»  asariga  tuxtar  ekan,  haqli  ravishda  bu 

asar o`zining mazmuni va hajmi jihatidan muhimligini ko`rsatib berishdi, bu asardan keyin 

Eron  tarixchiligida  voqealarni  bu  xilda  baen  qilish  uchun  bo`lgan  intilishni  ko`ramiz  deb 

ezgan edi. Bu O`rta Osie tarixchiligiga ham xos narsa edi. 

XIX asrning 30 yillarida Buxoro saroy tarixchisi Muhammad ekub ezgan «Gulshan-

ul-muluk»  nomli  asari  usha  davr  tarixiy  manbalaridan  biri  hisoblanadi.  Bu  asar  tojik  tilida 

ezilgan  bo`lib,  unda  qadimgi  vaqtdan  to  XIX  asrning  30  yillarigacha  bo`lgan  Buxoro 

amirligidagi siesiy voqealar tarixi beriladi. 

Yana  usha  davrda  tojik  tilida  ezilgan  ikkinchi  manba  Buxoro  saroy  tarixchisi 

Muhammad  Mir  Olimning  «Tarixi  amir  Nasrullo»  nomli  asari  yaratiladi.  U  amir  Nasrullo 

topshiri»i bilan ezilgan. Asar XVII asrning ikkinchi yarmida Buxoro amirligida yuz bergan 

siesiy  kurashlarni,  ichki  va  tashqi  voqealarni  tasvirlash  bilan  boshlanib  amir  Nasrullaning 

hokimiyatga  kelishi,  uning  dastlabki  yillaridagi  davlatni  boshqarishda  tutgan  siesati  bilan 

tugallanadi. Unda 1821-1825 yillardagi qitoy qipchoqlar quzg`oloni, ularning bostirilishlari 

haqida so`zlanadi. 

Tarixiy  manbalardan  biri  Mulla  Ibodulla  va  Mulla  Muhammad  Shariflar  tomonidan 

tojik  tilida  yaratilgan  «Tarixi  amir  Haydar»  nomli  qul  ezma  asarda  ashtarxoniylar  bilan 

mangitlar  sulolasi  tarixi,  amir  Haydarning  otasi  Murodning  tu»ilishidan  boshlab,  to  amir 

Haydarning  o`limi  1826  gacha  Buxoro  amirligida  bo`lib  o`tgan  siesiy  ijtimoiy  iqtisodiy 

xarakterdagi  masalalarga  ham  tuqtalib  o`tilgan.  Unda  1820  yilda  A.F.Negri  boshliq 

Rossiyadan Buxoroga yuborilgan diplomatik missiya to`g`risida ham ma`lumotlar berilgan. 

Muhammad Sharifning huddi usha davrni aks ettiruvchi «toji-tavorix» /Tarixlar toji/ 

nomli  asari  maydonga  keldi.  Unda  mang`itlar  nasabnomasi  turkiy  va  mug`ilqabilalari, 

Chingizxon  va  uning  avlod-ajdodlari,  shayboniylar,  ashtarxoniylar  sulolasining  tarixi 

beriladi. 

XIX    asrning  40  yillarida  ezilgan  yirik  tarixiy  manblardan  biri  Muhammad 

Hakimxon  Turaning  «Muntaxabad  tavorix»  nomli  asaridir.  Unda  XVIII  asrning  70 


 

yillaridan  to  Quqon  xoni  Umorxonning  vafoti  /1822/,  undan  so`ng  taxtga  utirgan 



Madalixongacha bo`lgan davrdagi Quqond xonligi tarixiga doir siesiy voqealar tasvirlangan. 

Hakimxon  Tura  kupchilik  voqealarni  o`z  kuzi  bilan  kurgan.    Ming  sulolasi,  Umarxonning 

hukmronlik qilgan /1809-1822/ vaqtidagi siesiy voqealar aniq izchillik bilan ko`rsatiladi. 

Quqon xonligi tarixiga oid manbalardan biri Mulla Avaz Muxammadning tojik tilida 

ezgan «Tarix jaxonnomai» asari bo`lib u o`z ko`zi bilan ko`rganlarini baen etadi, va tarixiy 

manbalar asosida ezilgan 2 kitob va geografik qushimchadan iborat. 1 qismda odamlarning 

paydo  bo`lishidan  boshlab,  to  XVI  asrgacha  bo`lgan  hukmronlik  tarixi  berilgan.  2  -qism 

temuriylar  sulolasi  tarixiga  bo»ishlanadi.  Quqon  xoni  Olimxon  /1800-1809/  va  Umarxon 

/1809-1822/ hukimronlik davri siesati tuliq berilgan. 

Asarda  ruslarning  Samarqand  va  Kattaqurg`onda  bosib  olishlari  yo`l,  imorat 

qurilishlari,  1847  y.  Toshkent  hokimiga  harakat,  1842  y  .  Quqondagi  Xuja  Qalandar 

boshchiligidagi quzg`olon kabi voqealar aytiladi. 

Quqon xonligi  tarixchiligida Mulla Niez Muxammadning «Tarixi Shoxruxi» degan 

asari diqqatga sazovor. V-XVIII  va  XIX asrning  70  yillarigacha bo`lgan Quqon tarixiga 

oid muxim ma`lumotlarga bo»ishlangan. 

XIX asrning I-yarimida Xiva xinligida ezilgan yirik manba Munis /1778-1827/ otasi 

Avaz saroy  xizmatida  bo`ladi.  Munis  ham saroy  xizmatiga kirib, Eltuzar topshiri»i  bilan u 

o`zining  «Firdavsul  iqbol»  tarixiy  asarin  ezdi.  U  Abul»ozixon  asarlaridan  foydalangan.  U 

1812-yilgacha  tarixiy  voqealarni  olib  kelganda  xon  unga  Mirxondning  «Ravzatussafo» 

asarini fors tilidan o`zbek tiliga tarjima qilish topshiriladi. Munis uning 2-kitobi ustida vafot 

etadi. 

Muhammad Rizo Ogahiy Xiva xoni Ollaqul /1825/1874/ ning topshiri»i bilan Munis 



asarlarini davom ettirib 1827 yillargacha bo`lgan voqealarni ezadi. Keyin o`zining «Riezud-

Davla»  1826-1842  voqealarini,  «Zubdot-it-tovorix»  1842-1845  yillardagi  voqealarni, 

«Jamuil  voqeoti  sultoni»  1846-1855  yillardagi,  «Gulshanid  Davlat»  1856-1865  yillardagi 

o`z ichiga oladi. Ogahiy «Shohidiy iqbol» nomli 5-asarning Xeva xoni Muhammad Rahim 

davri  /1865-1910/  ga  bo»ishlaydi.  Ammo  u  tamomlanmay,    1872  yili  voqealari  bilan 

tugaydi.  V.V.  Bortol`d  «Istoriya  kul`turnoy  jiz`ni  Turkistana»  degan  asarida  «Munis  va 

Ogahiyning  ishlari  va  tarixiy  asar  sifatida  kamchiliklariga  qaramay,  bu  ishlar  baen 

qilishning to`liqligi va faktik materiallarining soni jihatidan bizgacha etib kelgan Buxoro va 

Quqon  xonliklari  tarixi    buyicha  bitilgan  asarlarni  juda  ham  orqada  qoldiradi»,  deb  ezgan 

edi. 


3. XIX asarning  2-yarmida O`rta Osie Rossiya mustamlakasiga aylandi. Ochiqdan-

ochiq  ruslashtirish  siesatiga  rozi  bo`lmagan  maydo  burjua  liberal-progressiv  kayfiyat 

namoyandalari  ta`siri  sezilardi.  Bu  mustamlaka  ma`muriyatini  hadiqsiratdi.  Chor  Rossiya, 

O`rta  Osie  xalq  ommasining  milliy  ongini  ustirishiga  qarshi  ish  ko`rdi.  Lekin,  O`rta 

Osiening  tuzuk  o`rganilmaganligi  ma`muriyat  ishlarini  qiyinlashtiradi.  «Yangidan  qo`lga 

kiritilgan»  ulkani  xo`jalik  jihatidan  ekspluatatsiya  qilish  vazifalarini  tezlik  bilan  amalga 

oshirishga tusqinlik qildi ilmiy tadqiqotlar chunga zarur bo`lib qoldi. 

Mashhur rus zoologi, zoolografiya va sayexi, darvinizmning e`tiqodli tarafdorlaridan 

bo`lgan  N.A.Severtsov    (1827-1836)  kata  yutuqlarga  erishdi.  «Dune  tomi»-Pomir  tog` 

sistemasining  orografiyasini  o`rganishda  mehnat  etdi.    Zoologiya,  botanika,  mineral  va 

paleontologiya kollektsiyalari tuplandi. 

Semenov-Tyan`shanskiy  (1827-1914)  Tyan`shanda  Alip  muzliqlari  borligi 

masalasini  ijobiy  hol  qildi.  U  nemets  geografii  Gumbol`dtning  Tyan`shandagi  vulkan 

hodisalari haqidagi fikrlari rad qildi. 

Tabiatshunos,  sayex  A.P.Fedchenko  (1844-1873)  Far»ona  vodiysi,  Oloyni    1-marta 

tekshirdi.  Oloy  orqasidagi  tizma  tog`liklarning  eng  baland  joyini  u  ochdi.  U  Zarafshon 

vodiysi bilan Qizilqumni ham tekshirdi. 


 

Geolog  va  geograf  I.V.  Mushketov  /1850/1902/  Shimoliy  Tyan`shan`  to»  sistemasi 



orografiyasining geologik asoslarini dastlab u ko`rsatdi. Turkiston minerallarining dastlabki 

ruyhatini tuzib chiqdi. 

1877-1879  y. Geonetik razvetka Oloy, Pamir, Buxoro, Xisor, Amudar`e bo`ylab ish 

obordi. 1880 yili Zarafshon muzligiga ekspeditsiya qilishdi. 1881 yili u G.D. Ramonovskiy 

bilan  birga  Turkistonning  1-geologiya  xaritasini  tuzdi.  U  «Turkistonning  geologiya  va 

orografiya ta`rifi» monografiyasini ezdi. 

Hozirgi  zamon  ilmiy  tuproqshunosligiga  asos  solgan,  rus  olimi  V.V.Dokuchaev 

(1846-1903)  1898 yili bu sohada dastlabki ma`lumot berdi. 

 1867  yili  Turkiston  harbiy  topografiya  bo`limi  tuzildi.  U  O`rta  Osiening  bosh 

xaritasini  tuzishga  kirishdi.  1867  yili  Toshkent  metereologik  stantsiya  tuzildi.  1874  yili 

Toshkentda  astronomiya  observatoriyasi  yaratildi.  1874  yili  uning  xodimlari  O`rta  Osie 

hududida  qariyb  870  astronomiya  punktlarini  aniqladi.  1869  yili  D.D.  Gedeonovning 

Toshkent kengligining uzgarishi xaqidagi tadqiqotlari 1895-1986) diqqotga loyiqdir. 

1868  yil  yanvarda  Turkistonstatistika  komiteti  tuzildi.  Uning  tashabbusi  Bilan  1872 

yildan  «Turkiston  ulkasi  statistikasi  uchun  materiallar»  chiqarila  boshlandi.  (1872-1976 

yillarda  hammasi  bo`lib  5  tuplam  chiqarildi)  1887  yil  1  yanvar`dan  boshlab  Sirdare 

(Toshkentda)  Samarqand  (Samarqandta),  Farg`ona  (Yangi  Marg`ilonda)  viloyatlari 

statistika  komitetlari  tuzildi.  Ular    sharhlar  nashr  qilib,  ularda  xalq  xo`jaligi,  irrigatsiya 

sistemasi,  aholi  va  uning  mashg`uloti,  ulpon  va  soliqlar,  ma`muriy  tuzilish,  cog`liqni 

saqlash  va  maorif,  jamoat  obodonchiligi,  ob-havo,  ko`zatishi  va  hakozolar  xaqidagi 

mufassal  ma`lumotlar  berildi.  1886-1913  yilga  oid  «Sirdare  viloyati  sharxlari»    Yangi 

Marg`ilon, Skobelev, 1889-1916 yillarda nashr qilingan edi. 

1870  yili  Toshkentda  Turkiston  xalq  kutubxonasi  ochilgan  edi.  Ochilgan  vaqtida 

1700 jild kitobi bor edi. 1917 yilga borib kitoblar soni 80 ming jtldga etdi. Fonddagi «O`rta 

Osieda    ayniqsa  Turkiston  asarlari  va  maqolalar  tuplami»  ahamiyatga  ega.  Rus  bibliografi 

V.I.  Mejov  uni  tuzushga  qatnashdi.  Ishni  u  Peterburgda  1868  yildan  boshlab  20  yil  olib 

bordi.  1888  yili  katta  tomlar  soni  416  ga  etganda  «mablag`  yo`q»  deb  tuxtatildi.  Mejov  3 

kitobdan  iborat  tizimli  va  al`favit  ko`rsatkich  tuzgan.  1871  yili  A.L.Kun`  va  boshqalar 

«Turkiston  al`bomi»  ni  tuzib  tamomlaganlar.  U  1262  dona  rangli  surat  va  fotosutratlar 

etishtirilgan  447  kartadan  iborat  bo`lib,  3  kutubxonasi  va  Turkiston  kutubxonasi  fanlar 

Akademiyasi kutubxonasi va Turkiston kutubxonasi foxrlangan edi.  

1903  y  aprel`da  O`rta  va  Sharqiy  Osieni  tarixiy,  arxeologik  lingvistik  va  etnografik 

jihatdan  o`rganish  komiteti  tuzildi.  Arxeologiya  to`plamlari  Toshkent  (1871  y.  ochilgan), 

Samarqand (1874 y. ochilgan) va Farg`ona 1899 y.och muzeylarida saqlanadi. 

O`rta  Osie  tarixiga  oid  eng  muhim  manbalardan  biri  X  asr  muallifi  Muhammad 

Narshaxinig  «Buxoro  tarixi»  asari  N.S.Likoshin  tomonidan  rus  tiliga  tarjima  qilnib,  1897 

yili  nashr  etilishi  ahamiyatli    bo`ldi.  1895    yili  N.I.Veselovskiy  rahbarligida  arxitektor 

A.V.Shchusev va boshqa mutaxassislar ishtirokida Imperator Arxeologiya komissiyasi Guri 

Amirni  arxitektura,  dekoratsiya  nuqtay  nazaridan  urganish  uchun  ekspeditsiya  uyushtirdi. 

Uning  natijasi  1905  yili  al`bomda  nashr  etildi.  Xalq  xo`jaligini  urganishda 

A.F.Midendorfning «Farg`ona vodiysi» asari ahamiyatga ega. 

1908 yilda A.A.Bogalyubov tomonidan tuzilgan al`bom bosilib chiqdi. Unda ko`p xil 

gilam  nushalari  ko`rsatildi.  U  1-marta  ularni  ilmiy  asosda  klassifikatsiya  qilishga  urinib 

kurgandi.  Gilamlarni  ta`riflovchi  A.Fal`kerzam,  S.M.Dudin  va  boshqalarning  kitoblari 

chiqarildi. 

O`rta Osie olimlar jamiyati, ilmiy-meditsina jamiyati, mahollliy ahamiyatga ega edi. 

Umumrossiya  ilmiy  jamiyatlarning  filiallari  Rus  geografiya  jamiyati.  Rus  texnika 


 

jamiyatining hamda tabiat antropologiya va etnografiya xovaskorlari jamiyatining Turkiston 



bo`limchalari edi. 

1870  yili  O`rta  Osie  olimlari  jamiyati  paydo  bo`ldi.  Tarix,  etnografiya,  geografiya, 

statistika,  ekonomikalik  ma`lumot  to`plamlari.  Uning  birinchi  ochiq  majlisi  1871  yili  28-

yanvar`dan  boshlagan.  A.P.Fedchenko  ishtiroki  bilan  tabiat  antropologiya  va  etnografiya 

xavaskorlari jamiyati Turkiston bo`limlarining xotiralari» degan birinchi va so`ngi asarlarini 

bosib  chiqardi.  Unda  N.A.Severtsovning  «Pomir  umurtqali,  faunasidan  ma`lumotlar» 

maqolasi,  N.B.Teyxning  ulka  iqlim  ta`rifiga  ba»ishlangan    ishlari  kirdi.  Jamiyatning  1878 

yili  V.F.Oshanin  rahbarligi  ostida  tashkil  qilingan  ekspeditsiya  natijalarida  Buyuk  Petr 

tizma to»lari ochildi. Muqsuv daresining Manbalaridagi muzlik topib, unga A.P.Fedchenko 

nomi  berildi.  Mablag`  yo`qligi  tufayli  1893  yili  bo`lim  ishini  tuxtatdilar.  O`lkada  ishlab 

turgan  havaskor  arxeologlar  1895  yili  Turkiston  arxeologiya  xavaskorlari  tugaragiga 

birlashdi.  Ular  tomonidan  Farg`ona  tog`  tizmalaridagi  Saymolitosh  suratlarini,  Biya-

Nayman ossuariylarini topdi. 

1897  yili rus geografiya jamiyatining Turkiston bo`limi tashkil topdi. U orqali Orol 

dengizi, Balxash ko`li, Turkiston muzliklari, hayvonat dunesini o`rganildi. 

Turkiston  qishloq  xo`jalik  jamoati  kurgazma,  qishloq  xo`jalik  xodimlari  s`ezdi 

o`tkazildi.  1900  yili  Toshkentda  qishloq  xo`jalik  muzeyi  ochildi,  kontrol-urug`chilik 

stantsiyasi  va  boshqa  erdamchi  muassasalar  tashkil  etildi.  Ulkada  hammasi  bo`lib  15  ka 

yaqin ilmiy jamiyat ish olib bordi. 

1899-1903  yillar  ichida  D.S.Berg    /1876-1950/  O`rta  Osiening  eng  katta  suv 

havzalari-Orol  dengizi  bilan  Balxash  ko`lini  tadqiq  qilib  chiqdi.  1908  yilda  L.S.Bergning 

«Orol dengizi» degan monografiyasi bosildi. 

G.B.Leonov  Tolas  Olatova  muzliklarini,  N.L.Karjenevskiy  Seldara  va  Korasel 

muzliklarini tadqiq qildi. 

V.F.Oshanin  ulka  hayvonat  dun`esini  tadqiq  qilishni  davom  ettirdi.  B.A.Fedchenko 

va  uning  onasi  O.A.Fedchenko  ulkaning  o`simlik  dunesini  urgandi.  B.A.Fedchenkoning 

1915  yilda  e`lon  qilingan  «Turkiston  o`simliklari  degan  asarida  O`rta  Osieda  ma`lum 

bo`lgan  5030  dan  ko`proq  o`simlik  xillari  kursatib  utilgan.  Turkistonda  bo`lgan  elshilarini 

B.Ya.Korolenko,  G.B.Leonov  va  boshqalar  urgangan.  Sharqshunoslik  jamoati  Toshkent 

bo`limi 1901-1913 yillarda faoliyat ko`rsatdi. 

1917  yilga  qadar  ulka  ilmiy  jamiyatlari  tomonidan  hammasi  bo`lib,  rus  geografiya 

jamiyatining  Turkiston  bo`limi  «Axboratining»  13  tomi  /1898-1917  yillar/,  Turkiston 

arxeologiya  va  xavaskorlar  tugaragining  majlisi  qarorlari  va  axborotlaridan  21  tulpam 

/1896-1917/  Turkiston  qishloq  xo`jaligi  jamiyati  tomonidan  «Turkiston  qishloq  xo`jaligi» 

jurnalidan  142    son  /1906-1917/»  Turkiston  dehqon  jurnalining  50    son  /1915-1917/, 

Sharqshunoslik jamiyati Toshkent bo`limi «Axborotning 6 soni /1908-1909/ chiqarilgan edi. 

1907 yilda bibliograf I.V.Dmitrevskiy rahbarligi ostida «Turkiston tuplamini» tuzish ishlari 

yangidan boshlandi. 1917-yilga qadar to`plam tomlarining soni 394 ga etkazilgan edi. 

Akademik  V.V.  Bartol`d  bir  qator  tarixiy  asarlarini  yaratdi.  Uning  «Turkiston 

mug`ullar hujumi davrida» 1898-1900 yillar/ monografiyasi, «Ulug`bek va uning zamoni», 

«Turkistonning  sug`orish  tarxiga  doir»  degan  shuningdek  1894  yilda  bosilib  chiqqan 

«Turkistonda  arxeologik  tadqiqotlar  masalalariga  doir»  kitoblari  bor.  Polkovnik 

A.G.Serebrennikov to`plagan O`rta Osieni zabt etish tarixiga oid materiallar O`rta Osiening 

1899  yildan  1876  yilgacha  o`tgan  davr  tarixini  urganishda  ma`lum  darajada  qiziqarli 

manbalar  1895  yili  oktyabr`  oyida  Turkiston  arxeologiya  xavaskorlari  tugaragi  va  uning 

ustavi tasdiqlandi, tugarakka Turkiston general gubernatori baron B.A.Brevskiy faxriy Rais 

qilib  saylangan.  Tugarakning  108  a`zosi  bo`lib  ular  ichida  V.V.Bartol`d,  D.M.Levshin, 

N.S.Likoshin, K.V.Aristov, V.F.Oshanin va boshqalar bo`ldi. 

Ilmiy jamiyatlar xuzurida ulkashunos faollar, mahalliy muhbirlar paydo bo`ldi. 


 

Mirzo  Buxoriy  arxeologik-numizmatik  kollektsiyalar  tuplab,  bir  qismi  Sankt-



Peterburgdagi Ermitaj kollektsiyalariga kirgan. 

Ajoyib  san`atkor  xottot  Mirzo  Borot  Mullo  Qosimov  Samarqand  va  uning 

atroflaridagi  ko`pdan-ko`p  qadim  zamon  edgorliklarning  suratini  chizgan.  Ulug`bek 

madrasasining g`oyat aniq chizmasini taerlagan. 

A.L.Kunning  Iskandarqul  ekspeditsiyasida  1870  yil  /  qatnashgan  Mirzo  Abdullo 

Abduroxman  fanga  qadimgi  toshlarga  va  dahma  toshlariga  ezilgan  xotlar  qayd  qilingan 

ajoyib kundalik daftar qoldirib ketgan. 

Toshkentlik  Akrom  Asqaror  mashhur  rus  sharqshunosi  N.I.Veselevskiyning 

Turkiston buylab qilgan saexatlarida hamisha unga yo`ldosh va kumakchi bo`lgan. U faqat 

tanga 


chaqalardan  15  mingdan  ko`p  kollektsiya  to`plagan.  U  1891  yil  vafot  etgash  uning 

boy  arxeologik  kollektsiyani  Peterburga  olib  ketilgan.  Bu  kollektsiya  haqida  professor 

Evarnitskiy «Asqarovning arxeologik kollektsiyasi» maqolasini «Turkistonskie vedomosti» 

gazetasining  1892  yil,    31-sonida  berib,  unda  kollektsiya    17  dona  oltin  pul,  1370  dona 

kumushpul, 13274 dona miss pul, neolitning tosh bolg`asi, bronza, keton, bir buloq nefrit va 

hakozalar  bor  deb  ko`rsatadi.  Asqarovga  arxeologiya  faniga  qilgan  xizmatlari  uchun  1887 

yilda rus arxeologiya jamiyatining medali bilan mukafatlangan. 

Xavaskor  geograflardon  Olimxo`jo  Yunusov,  Mirzo  Hokim  va  boshqalar  rus 

geografiya jamiyati Turkeston bu`limining xodimlari bo`lib ishladi. 

Sattarxon  Abdugaffarov  birmuncha  vaxt  «Turkiston  viloyatining  gazetasida 

«tarjimonlik  qilib  turgan.  Turkiston  muallimlari  seminariyasida  o`zbek  va  fors  tillaridan 

praktikant-repititorlik  qilgan.  U  1876  yilda  Peterburgda  chaqirilgan  III  xalqaro 

sharqshunoslar s`ezdiga A.Kun`, Muhammedqulov, Abdullo Niezolar bilan birga qatnashdi. 

U  rus  tilida  «Rossiyaning  istilosiga  qadar  Quqon  xonligining  ichki  ahvoli  vedomosti 

gazetasining  1892   yil, 26,36 soni va 1893  yil 61 sonida bostirdi. Unda Xujand, Uratepa, 

Toshkentdagi xalqi quzg`olonlari haqida ma`lumotlar bor. 

Toshkentlik tarixchi Muhammad Soliq Qaraxo`ja o`g`li o`zining 1890-1885 yillarda 

ezgan  «Jadidan  Tashkand»  asarida  Iskandar  Tura  degan  rus  olimining  tarixi  ezganligini 

aytadi.  Aslida  u  Aleksandr  Kun`  edi.  Muhammad  Soliqning  yuqoridagi  kitobi  1200  bet 

bo`lib  tojik  tilida  ezilgan.  1-  qismi  hukmdorlar  orasidagi  urushlarga:  2-  qismi  Quqon  va 

Toshkent  tarixiga  bag`ishlangan,  1885-yilda  Jahongir  Tura  «Intihob  Tavarix  mamlakati 

Rusiya» /Rossiyaning qisqacha tarixi/ asarini o`zbek tilida ezgan. Bu Jahangir Tura nomini 

olgan  odam,  Quqon  xonligi,  Namangan  va  Toshkentda  yashagan,  o`zbek  xalqining  tarixi, 

tili va urf-odatlarini urganishda  ma`lum qissa qhshgan Vladimir Petrovich Nalivkin /1862-

1918/  edi.  Uning  ilmiy  faoliyati  O`rta  Osie  xaliqlari  tarixi,  tili  va  etnografiyasini 

urganishdan  boshlandi.  U  rafiqasi  M.V.Nalivkina  bilan  hamkorlikda  «Farg`ona  mahalliy 

aholisi aellarining turmushi haqida ocherk degan kitob ezdi. 

5.  Qadriyatimiz  o`z  ulkamiz  tarixini  urganishdan  boshlanish  hesh  kimga  sir  emas. 

etmish  yildan  ortiq  davr  mobaynida  tariximizda  chalkashlik  va  xatolikarga  yo`l  qo`yib 

kelindi. 

1917  yilgacha  yashagan  sharqshunos  olimlar  va  mahalliy  tarixchilarning  ulkani 

urganishga  bo»ishlangan asarlari unitildi. Ulka bilan bevosita shug`ullanganlar  millatchilik 

tam»asiga duchor bo`ldilar. 

Mustaqilligimizgacha  bo`lgan  davrdagi  dorilfunun,  pedagogika  oliy  o`quv  yurtlari 

tarix  fakul`tetlari  uchun  ezilgan  darsliklarda  ulkamiz  tarixini  urganishga  dyaerli  e`tibor 

berilmadi.  Darslikning  birinchi  bo`limida  «Ibtidoiy  jamoa  tuzush»  degan  mavuda 

Rossiyaning evropa qismida paleolit, neolit, eneolit davrlariga  doir manzil va makonlarning 

kamlgi,  sobiq  soji  tarixi  uchun  misol  bo`la  olmaganligi  hamda  usha  hududda  qo`ldorlik 

tuzumi va uning rivojiga oid ma`lumotlarning kamligi sababligigina Kavkaz orti, O`rta Osie 

tanlab olingan. Masalan: O`zbekistonda mezolit davri miloddan avvalgi 12 ming yillikdan 5 


 

ming  yillikgacha  davom  etgan  bo`lib,  usha  vaqtda  ibtidoiy  tasviriy  san`at  boshqa 



joylardagiga  qaraganda  ancha  rivojlangan,  Takatosh,  san`at  obidalari  Surxondareda, 

Zarautsoy,  Jizzaxda,  Takatosh,  Buxoroda,  Sarmish,  Qaraungursoy,  Toshkent  vohasida 

Korazov, Xujakent, Parkent hududlaridan topib urganilganligi haqiqat. 

Termiz  yaqinidagi  Ayritomda  toshga  uyilgan  burtma  rasmlar  Xorazdagi  To`proq 

qal`adan  chiqqan  sarov  devoriga  ishlangan  rasmlar  Surxondare  Xolchaen,  Dalvarzin 

tepadan  topilgan  haykallar  xalqimizning  uziga  xos  yuksak  madaniyatini  ko`rsatadi.  Ammo 

bunday nodir topilmalar ulkamiz farzandlariga tanishtirilmadi. 

1917 yilga qador ulkamizda har xil fanlarning rivojiga o`z xissalarini qo`shib kelgan 

mahalliy  kishilarning  nomlari  keyinchalik  esdan  chiqarib  yuborilgan.  Masalan:  ulkamizda 

boyliklar  qidirgan,  qur»oshin  va  faruza  kanlarni  topgan  xujandlik  mullo  Sangin. 

Chimkentda  ulkadagi  1-rus  tuzem  maktabini  ochishda  faollik  ko`rsatgan  Turkiston 

viloyatining  gazetasida  ma`sul  muharrilik  qilgan.  Turkiston  muallimlar  seminariyasida 

o`zbek  va  fars  tillarida  dars  bergan,  duneviy  bilimlarning  tarqalishiga  kata  qissa  qo`shgan 

Sattarxon  Abdug`offorov,  o`zbek  arxeologiyasi  rivojiga  kata  qissa  qo`shgan  Samarqandlik 

Mirzo Buxoriy, Mirzo Abdulloxorning nomlari unutildi. 

Mirzo  Barot  Mirzo  Qosimov,  Mirzo  Ubdullo  Abduroxman,  O`rta  Osieda  eng 

qadimda  zarb  etilgan  tanga  nomlarini  urganishga  ko`p  kollektsiya  tu`lagan  Akrompolvan 

Asqarov  nomlarini  urganishga  e`tibor  berilmadi.  Havaskor-geograflardan  Olimxo`ja 

Yunusov,  Mirzo  Hokim  va  boshqalar  Rus  geografiya  jamiyati  Turkiston  bo`limining 

jonkuyar  xodimlari  edi.  Mana  shunday  yuzlab  olimlar  ojoyib  olimlar  faoliyatini  urganish 

mumkin  bo`lmadi. Numizmatika- faniga bo`lgan qiziqish past darajada qoldi. Bu sohadagi 

tadqiqotlarning  ulkamizga  xos  urganilish  talabga  javob  bermadi.  Shunusi  ashinarliki,  1917 

yildan  so`ng  to  hozirgi  kunimizgacha  ulkashunoslik  fani  ulkamiz  tarixini  davrma-davr 

o`rganishdan  iborat  o`z  vazifasini  bajarmay,  ko`proq  Rossiyaning  evropa  qismidagi 

ulkalarni urganish bilan mashg`ul bo`lib kelaveradi. Masalan: Moskvaning tashkil topi shva 

uning 1- knyaz Yuriy  Dolgorukiy  1147  yilda Moskvaga asos solganligini bilamiz-u ammo 

o`z ona dierimizda Miloddon oldingi III asrda Grek Baktriya davlatiga asos solib, 1- tanga 

zarb etgan Diadot haqida uylab ham ko`rmaganmiz, Samarqand hokimi Gurakning Kusam 

Ibn Abbosga qarshi olib borgan shiddatli janglari, Shoxi-Zinda ansambli bilan bo»liq tarixiy 

afsonalar  haqida  tasavvurga  ham  ega  bulmadik.  Bunday  misollarni  juda  ko`plab 

keltirishimiz mumkin. 

Ulkashunomlik  besh  asosiy  mnbaga:  arxeologiya,  etnografiya,  toponimika  va  arxiv 

hujjatlari hamda muzey materiallariga tayanib ish tutadi. 

Hozirgi kunda ulkashunoslik Fani oldida quyidagi eng ma`suliyatli vazifalar turibdi: 

kuxna  tarixiy  shaharoarilagi  saexat  mazmunini  tuchuntiruvchilarga  to`g`ri  ilmiy  yo`nalish 

berish:  viloyat  voha  va  vodiylardagi  ulkashunoslik  muzeylariga,  ma`lumotlarga  va  yo`l 

ko`rsatkichlar  taerlash  markaziy  arxivlardan  hujjatlarni  urganish  nodir  qul  ezma  asarlarini 

urgnish, ularni aholi keng ommasiga etkazish. 

Ushbu  vazifalar  amalga  oshirilsa  mustaqil  davlatimiz  O`zbekkistonning  haqiqiy 

vatanparvarlarini tarbiyalab etishtirishga munosib xissa qo`lilgan bo`ladi. 



Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling