Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti Tarix taʼlim yoʻnalishi


Download 36.5 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi36.5 Kb.
#1623179
Bog'liq
M.Jahongirning yillik amaliyot hisoboti


Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika
instituti Tarix fakulteti Tarix taʼlim yoʻnalishi
2-G kurs amaliyotchi talabasi
Masharipov Jahongirning
2022-2023-oʻquv yilida
,, 4+2 amaliyoti " boʻyicha bajargan ishlari
HISOBOT
2022-2023-oʻquv yilida biz ,,4+2 amaliyoti" davrini Nukus shahar No 38--sonli maktabda 2 semestr davomida ishtirok etdik. Ushbu davr mobaynida biz maktabning O'zbek tili o'qituvchisi Xayitboyeva Barno ustozga biriktirildim va amaliyot davrida quyidagicha faoliyat olib bordim:
1.Amaliyotchi talabaning amaliyot rejasi.
Ajiniyoz nomidagi NDPI Tarix fakulteti ,, Tarix " kafedrasi tomonidan ishlab chiqilgan ,, Oʻquv tanishuv (4+2 tartibdagi amaliyot rejasi ) bilan tanishib chiqdik va shu yoʻnalish boʻyicha oʻz vazifalarimizni olib bordik.
2. Kundalik.
Eng birinchi amaliyot kunlarimiz, albatta, oʻziga yarasha qiyinchiliklar bilan kechdi. Biz boradigan maktabimizda qozoq va qoraqalpoq sinflar edi ularda Jahon tarixi, Oʻzbekiston tarixi va Qoraqalpogʻiston tarixi fanlari oʻtiladi. Viloyatdan kelgan kursdoshlarimiz yangi mavzuni tushuntirib berishda qiynalardi. Lekin men qoraqalpoq tilini bilganligim uchun qiynalmadim. Keyinchalik esa guruhimiz maktab jamoasi va oʻquvchilar bilan yaxshigina kirishib ketti. Hozirda esa hammasi iz-iziga tushib ketgan. Dars oʻtishda ham avvalgidek qiyinchiliklar va kamchiliklar sezilmayapti.
3. Ish reja ( oʻquv predmetlari boʻyicha)
O'zbek tili oʻqituvchisi Xayitboyeva Barno dars berish jarayonini kuzatdik. Sinfga kirib kelishi, kiyinishi, oʻzini qanday tutishi, muomala madaniyati, sinfda yaxshi muhit yarata olishi, oʻquvchilar bilan tezda kirishib ketishini kuzatdik. Keyingi darslarda ustozimizdan darslarni oʻzimiz oʻtishga ruhsat sóragandik, ular ruhsat berdilar. Ustozimiz bizga bergan ish rejalar asosida dars oʻtishni boshladik. 5-D sinfiga Qoraqalpogʻiston tarixdan "Janubiy Orolboʻyi xalqlariga moʻgʻullar bosqini", 6-E sinfga Jahon tarixi fanidan "Yunon kaloniyalari",5-E sinfga Jahon tarixi fanidan "Chorak nazorat ishi"oldim. Mavzularda ochiq darslar tashkil qildim Birgina Barno ustozning dars oʻtish jarayonini oʻrganish bilan cheklanib qolmasdan, Xolmurodova Dilfuza, Yakubova Feruza, Seytanova Nargiza, Narmanova ustozlarimizning dars oʻtish jarayonlarini ham kuzatdim. Bir-biridan mahoratli ustozlarimizdan koʻp narsalar oʻrgandim.
4. Dars ishlanmasi
Darslarimiz ish reja asosida olib boriladi. Hamma amaliyotchi talabalarda dars ishlanmasi bor va hammamiz shu mavzular asosida belgilangan sinflarda dars oʻtamiz. Dars oʻtish jarayonining oʻziga yarasha kuchli mas'uliyati bor. Oʻquvchiga notoʻgʻri ma'lumot berishga haqqimiz yoʻq. Darsimiz qiziqarli boʻlib oʻtishi uchun qisqagina 45 daqiqa vaqt ichida bir yoki ikki ta metod qoʻllaymiz. Bu bilan oʻquvchilarning darsga qiziqishi va yangi mavzuni qanchalik mustahkamlaganini bilib olishimiz mumkin
5. Dars tahlili
Maktabga borganimizda Xayitboyeva Barno, Xolmurodova Dilfuza, Yakubova Feruza, Seytanova Nargiza ustozlarning darslarini kuzatamiz. Ulardan koʻp narsalar oʻrganamiz. Menga eng yoqqan ustozimiz Xojamuratova Maral ustozning oʻquvchilar bilan olib borgan muomala madaniyati, dars oʻtish jarayoni, oʻzini tutishi va kiyinishi boʻldi. Ustozimiz anchagina tajribali va juda mahoratli ayol. Ular oʻquvchilarga dars oʻtish bilan cheklanib qolmasdan, biz talabalar bilan ham pedagogik mahoratlarni oʻrgatib boradilar.
6. Tarbiyaviy ish reja
O'zbek tili oʻqituvchisi Xayitboyeva Barno 5-"D"sinfning sinf rahbari. Biz har juma kuni birinchi soatda 5 -"D"sinfga tarbiyaviy soatga kiramiz. Ustozimiz oʻquvchilar bilan tarbiyaviy darsni oʻtib boʻlganidan keyin, oʻquvchilar ta'lim-tarbiyasi boʻyicha gaplashadilar. Muammo yoki kamchiliklari boʻlsa hal qilishga harakat qiladilar. Keyin biz oʻquvchilar bilan oʻzaro fikr almashamiz.
7. Tarbiyaviy soatlar ishlanmasi
Tarbiyaviy soatda faqatgina oʻquvchilar ta'lim-tarbiyasi bilan cheklanib qolmasdan, tarbiyaviy soatlar dars ishlanmasidagi har bir mavzu boʻyicha bahs-munozara olib bordik. Darsdagi har bir mavzu qiziqarli boʻlib oʻtishini taʼminlash maqsadida tezkor savol-javoblar, aqliy hujum oʻyinlarini oʻtkazib turdik. Oʻquvchilar koʻzidagi ishonchni koʻrib biz yana ham koʻproq oʻzimizni ustimizda ishlashda davom etdik.
8. Tarbiyaviy tadbir ssenariysi
Maktabda turli xilldagi tadbirlar tashkil etishda qatnashdim.. Zahiriddin Muhammad Boburning tavalludi, 9-aprel Amir Temur tavalludi , dekabr oyida Tarix fani oyligini oʻquvchilar bilan koʻtarinki kayfiyatda oʻtkazdik. Maktabda biz tashkillashtirgan bu tadbirlarni eshitib, amaliyotchi domlalarimiz xursand boʻldilar. Tadbirda qatnashgan har bir maktab oʻquvchilarni maqtov yorliq va estalik sovgʻalari bilan ragʻbatlantirdik.
9. Sinf rahbarining hujjatlari
Qozoq tili oʻqituvchisi Xaytiboyeva Barno ustozning 5-"D"sinf oʻquvchilari bilan anchagina doʻstona munosabat oʻrnata oldik. "Sinf rahbari hujjatlari" bilan ham tanishib chiqdik. Sinf rahbari boʻlishlik anchagina mas'uliyat talab qilishiga yana bir bor amin boʻldik.
10. Oʻquvchi va sinf jamoasiga pedagogik-psixalogik tavsifnoma
Biz kirib, dars beradigan har bir sinf, har bir oʻquvchining oʻziga xos xarakteri bor. Boʻlgʻusi pedagog sifatida har biri oʻquvchi bilan alohida shugʻullanish kerakligi tushunib yetdik.
Biz kirib dars beradigan 5-"D" sinf oʻquvchisi Otanazarova Maftuna ilk bor darsga kirgan paytimizdan boshlab e'tibor bergandim. U sinfdagi eng orasta, eng aqlli va bilimdon oʻquvchi sifatida koʻzga tashlanib turardi. U 38-sonli maktabning 5-sinfida oʻqiydi.


Hisobot yozuvchi: Masharipov Jahongir
Download 36.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling