Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika


Adabiy matn yuzasidan o`tkaziladigan seminar mashg`ulotlari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/15
Sana02.03.2018
Hajmi5.01 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15

 
Adabiy matn yuzasidan o`tkaziladigan seminar mashg`ulotlari
 
 
Ta`lim  rus  tilida  olib  boriladigan  akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlarida 
o`zbek  adabiyoti  namunalarini  o`rganish  yuzasidan  tashkil  etiladigan  seminar-darslar 
o`quvchilarning  ijodiy  faolligini  uyg`otishda,  o`zbek  tilida  badiiy  asarlardan  olingan 
parchalarni qo`shimcha ravishda o`qishlarini tashkil etishda ulkan imkoniyatlarga ega. 
Bunday  darslar  orqali  milliy  ma`naviyat  tarbiyasini  amalga  oshirish  talab  etilgan 
asarlar  minimumini  o`qib  borish  uchun,  zamon  bilan  ulgurib  hamnafaslikda  yangi 
adabiyotlarni bilan tanishish uchun keng imkoniyatlar yaratiladi. 
“Uroki russkogo yazыka i literaturы v natsional`noy shkole” nomli qo`llanmada 
seminar 
mashg`ulotlari 
o`tilgan 
“...materiallarni 
nazariy 
umumlashtirish, 

 
 
120
120
o`quvchilarning  mustaqil  ishlashlarini  tashkil  etish”  maqsadi  bilan  tashkil  etish 
mo`ljallanadi  [113,9].  Shuning  uchun  ularni  dasturning  asosiy  bo`limlari  o`tib 
bo`lingandan  keyin  o`tkazish  tavsiya  etiladi.  O`zbek  tili  mashg`ulotlarida  bunday 
bo`limlar  ajratilmaydi,  shu  bois  seminarlarni  o`tkazishdan  ko`zlanadigan  maqsad 
qo`shimcha ravishda tanlangan adabiy materiallar ustida ishlash sanalishi mumkin. 
Metodist  olim  L.T.Tkachenko  darslikdagi  axborot  (matnlar  mazmuni 
deyilmoqchi  –  maqola  muallifi)  eskirib  boradigan  bo`lgani  uchun  uni  lektsiya 
tariqasida  o`tiladigan  material  bilan  almashtirish  taqozo  etiladi,  degan  fikrni  ilgari 
suradi [103,2].  Uning seminar-dars, zachyot-dars, konferentsiya-dars, bahs-munozara 
darsi kabi dars turlari haqidagi tavsiyalari ham shu maqsad uchun xizmat qiladi.   
Seminar  –  qadimgi  lotin  tilidan  olingan  bo`lib,  nihol,  ko`chat  ma`nosini 
anglatadi.  Aftidan,  qadimgi  faylasuflar  shogirdlarini  o`zlariga  kelgusida  meva 
beradigan  o`rinbosar,  “ko`chat”  (nihol)  etib  tayyorlash  uchun  doira  shaklida 
atroflariga  o`tirg`izganlar.  Maktabda  o`tkaziladigan  seminar-darsning  maqsadi  uni 
yuqoridagi  kabi  tushunishdan  birmuncha  farq  qiladi.  Lekin  mohiyatan  bo`lg`usi 
nihollarni  tarbiyalash  maqsadidan  ham  yiroq  emas.  Zero,  maktab  o`quvchilarni  oliy 
o`quv  yurtidagi,  ishlab  chiqarishdagi  mustaqil  faoliyatga  tayyorlaydi,  binobarin  ular 
seminarga duch keladilar.  
Seminar-darslarning o`z,  alohida shakli bor.  Seminarlarning uch  xil  ko`rinishini 
(faoliyat  tavsifiga  ko`ra)  ajratish  mumkin:  1)  oldindan  berib  qo`yilgan  savollar 
bo`yicha  o`quvchilarning  kengaytirilgan  chiqishlari;  2)  o`quvilarning  referatlari  yoki 
ma`ruzalarining muhokamasi; 3) disput [6, 118].  
Ta`kidlash  joizki,  seminar-darsni  yuqori  sinf  o`quvchilari  bilan  o`tkazish 
mumkin. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida tashkil etish ayni muddaodir. 
Maktabda  ham,  o`rta  maxsus  va  oliy  o`quv  yurtida  ham  o`quvchilar  mustaqil 
faoliyatga o`rgatiladi, shu maqsadda darsning seminar shaklidan foydalaniladi. O`zbek 
tili  mashg`ulotida,  aksariyat  metodistlar  ogohlantirganlaridek,  seminarning  formal 
o`tishi uchun  imkon yo`q: o`quvchilar  o`zlari tayyorlaydigan   ma`ruza  yoki  referatni 
darslikda  bo`lmagani  uchun  ko`chira  olmaydilar.  Ma`ruza  yoki  referat  o`quvchining 
o`zi  tomonidan  tayyorlanadi,  mustaqil  ijodiy  fikrlash  mahsuli  sifatida  taqdim  etiladi. 
“Aktivnыe  formы  prepodavaniya  literaturы:  lektsii  i  seminarы  na  urokax  v  starshix 
klassax” qo`llanmasida ta`kidlanganidek, bunda kitob bilan ishlash jarayoni kechadi.  
O`quvchi  o`qilganlarni  tahlil  qiladi,  muhim  o`rinlarini  va  ma`ruza  uchun  kerak 
bo`lgan  materiallarni  ajratadi,  tanlangan  narsalarini  joy-joyiga  qo`yib  chiqadi,  bular 
haqidagi  o`z  fikrlarini  bayon  qiladi,  qog`ozga  qaramay  gapirishga  tayyorlanadi, 
tinglovchilar bilan aloqaga kirisha olish, ularning xulqiga qarab ish ko`rishni o`ylaydi 
[6, 116].  
Biz  o`zbek  tili  mashg`ulotlarida  qo`shimcha  ravishda  tanlanadigan  badiiy 
parchalarni o`qish bilan bog`liq seminar-dars o`tkazishni tavsiya etamiz. 
O`qituvchi  akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejida  biror  asari  o`rganiladigan 
yozuvchining  boshqa  bir  asaridan  1-2  betlik  parcha    tanlaydi,  shoirning  boshqa  bir 
she`rini  ajratadi.  Tanlangan  badiiy  matn  bir  hafta  oldin  talabalar  bilan  mashg`ulot 
chog`ida  5-7  daqiqa  ichida  o`qib  chiqiladi,  ikki-uch  muammoli  savolga  javoblar 
olinadi.  So`ngra  ushbu  adabiy  materialni  uyda  mustaqil  mutolaa  qilish,  unda 
ko`tarilgan  g`oya,  asardagi  badiiy  obrazlar,  tasviriy  vositalar,  tafsillar  haqida  o`zbek 

 
 
121
121
tilida  mo``jaz  (5-10 gapdan  iborat)  ma`ruza  yoki  referat tayyorlab kelish  vazifa qilib 
topshiriladi. 
Erkin  Vohidovning  “Kulgimizdan  yangrasin  olam”  she`ri  seminar-dars  uchun 
mo`ljallab tanlanishi mumkin.  
KULGIMIZDAN YaNGRASIN OLAM 
Istaymizki, quvnoq kulgining 
Jarangiga ko`milsin olam. 
Nega kulmas ertagi kunning 
Ishqi bilan yashagan odam. 
Istaymizki, xurramlik bo`lsin, 
Sho`x qahqaha bog`lasin qanot. 
Kuy shalola yanglig` quyulsin, 
Qo`shiq bo`lib tuyulsin hayot. 
Istaymizki, qalblarimizni 
Chulg`amasin g`am-qayg`u bir zum. 
Bir nafas ham lablarimizni 
Tark etmasin yorug` tabassum… 
Gulshanlarni to`ldirib kuling, 
Kulgimizdan yangrasin olam. 
Nega kulmas ertagi kunning 
Ishqi bilan yashagan odam. 
Dastlab talabalarga quyidagi lug`at berib qo`yiladi: 
ko`milmoq – zasыpat`sya,  
                             zavalivat`sya 
ishq – lyubov` 
xurramlik – vesel`e 
qahqaha – gromkiy smex, xoxot 
shalola – vodopad 
yanglig` - slovno, podobno, kak  
quyilmoq (quyulmoq) – lit`sya 
tuyulmoq – kazat`sya 
chulg`amoq – oxvatыvat` 
g`am-qayg`u – gore 
bir nafas –  odin mig,  
                           mgnovenie 
tark etmoq – pokinut`  
gulshan – rozariy, tsvetuщiy  
                            kray 
Darsda  she`r  ifodali  o`qilgach,  olingan  taassurotlar  aniqlanadi  va  uyda  uning 
g`oyasi,  tafsillari,  tasviriy  vositalari  haqida  so`z  yuritilgan  bir  necha  gapdan  iborat 
ma`ruza  yoki  referat  yozib  kelish  topshiriladi.  (Eslatish  zarurki,  talabalar  dastlabki 
kezlarda  o`z  fikrlarini  2-3  gap  bilan  bo`lsa  ham,  ifoda  etsalar,  shuni  ham  yutuqqa 
yo`yish mumkin.) 
She`r  matni  ko`paytirilib,  guruhdagi  har  bir  talabaga  beriladi.  U  avvalgi  darsda 
olgan  lug`atdan  foydalanib  mazmunini  to`liq  tushunishga  harakat  qiladi,  notanish 
leksika  uchraganda,  ma`ruzani  shakllantirish  borasida  qiynalgan  o`rinlarida 
o`qituvchiga  murojaat  etadi,  uning  maslahati  bilan  seminarga  tayyorgarlik  ko`radi. 
Metodik  adabiyotlarda  ham    seminardan  oldin  asosli,  ko`pincha  tadqiqotchilik 
tavsifidagi hozirlik ishlari bajarilishi kerakligi tavsiya qilinadi. 
Seminar  mashg`ulotida  butun  sinf  faol  ishlasin  uchun  muammoli  savollar  berib 
qo`yish, ma`ruzachilarga ham, opponentlarga ham hozirlik ko`rish jarayonida yordam 
berish  kerak.  Odatda,  o`quvchilar  asosan  rus  adabiyoti  darslarida,  shuningdek, 

 
 
122
122
seminarlarda  darslarda,  ekskursiyalar  chog`ida,  sinfdan  tashqari  mashg`ulotlarda 
olingan bilimlardan ham foydalanadilar.   
Seminarga  taraddud  ko`rish  jarayoni  yakka  va  guruhli    tashkil  etilishi  mumkin. 
Guruhli shakl tanlanganda, o`qituvchi talabalarni 6X6X6 tarzida bo`lib chiqadi va ular 
orasida musobaqali vaziyat yuzaga keltiradi.  
Jamoa bo`lib tayyorlangan javoblar yoki ma`ruzalar muhokama qilinganda, KVN 
komandalari  bellashuvini  eslatadigan  bellashuv  holati  tug`iladi,  tayyorlangan  javob 
guruh a`zolari tomonidan o`z shaxsiy, zahmat chekilgan javobiday qabul qilinadi, ular 
o`z  fikrlarini  himoya  qiladilar.  Tadqiqotning  ko`rsatishicha,  yuqori  sinf  o`quvchilari 
bahslar,  munozaralar,  fikr  almashuvlar  darsdagi  eng  qiziqarli  o`rinlar  deb 
hisoblaydilar. 
Seminar-darsda  tayyorlab  kelingan  ma`ruzalar,  referatlar  o`qib  berilishi  ham 
mumkin.  Dastlabki  mashg`ulotlarni  shu  tariqa  tashkil  qilish  keyinchalik  bahs-
munozaraga o`tish sharti bilangina ma`qullanadi.  
Shuni  ham  unutmaslik  lozimki,  talabalar  o`zbek  adabiyoti  kitoblaridan  she`r 
haqidagi  ma`lumotlarni  qidirib  topib,  ko`chirib  kelishlari  ham  mumkin.  “Aktivnыe 
formы  prepodavaniya  literaturы:  lektsii  i  seminarы  na  urokax  v  starshix  klassax” 
qo`llanmasida bunday ko`chirishlar ma`qul emasligi quyidagi so`zlar bilan izohlanadi: 
“Ba`zan  e`tiroz  bildirishadi:  aqlli  fikrlarni ko`chirishda ham  o`z  foydasi  bor.  Chuqur 
adashishdir  bu!  Fikrni  ko`chirib  yozish  mumkin  emas!  Matnnigina  ko`chirib  yozish 
mumkin” [6,116]. 
O`quvchilar o`z chiqishlarida hayotga muhabbat, xurramlikda yashashga intilish 
kerakligi  haqida  balandparvoz  so`zlar  aytishlari  ham  mumkin.  Balandparvoz  gaplar 
seminarlardagi  kamchiliklardan  biri  sanaladi.  Bu  so`zlarni  chuqur  samimiyat  bilan 
ham aytish mumkin. Chunki ana shu samamiyat bo`lmasa, ma`ruza tinglovchilarning 
qalbiga ta`sir etmaydi, biror tuyg`u uyg`otmaydi.  
Bunday  darsda  qatnashish  o`quvchidan  o`z  shaxsiy  mavqeida,  shaxsiy  fikrida 
qattiq  turib,  himoyalanishni  ham  talab  etadi.  Shundagina  undagi  mustaqillik  o`zbek 
tili mashg`ulotlarida ham o`zini namoyon qila boshlaydi. 
Xullas, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o`zbek adabiyoti namunalarini 
o`rganish yuzasidan tashkil etiladigan seminar-darslar rusiyzabon talabalarning ijodiy 
faolligini oshirish uchun xizmat qiluvchi qudratli omil hisoblanadi.
 
Seminar ham o`quvchilarning ijodiy faolligini uyg`otishda ulkan imkoniyatlarga 
ega.  
Metodik  adabiyotlarda  faoliyat  tavsifiga  ko`ra  seminarlarning  uch  xil  ko`rinishi 
ajratiladi:  1)  oldindan  berib  qo`yilgan  savollar  bo`yicha  o`quvchilarning 
kengaytirilgan  chiqishlari;  2)  o`quvchilarning  referatlari  yoki  ma`ruzalarining 
muhokamasi;  3)  disput  (L.T.Panteleeva  tavsiya  etgan  boshqacha  tasnif:  seminar-
suhbat, seminar-bahs, seminar-praktikum, seminar-konferentsiya) [6,118]. 
Kichik  insho  tabiatiga  ko`ra  izchillik  va  tugallikni  talab  etadigan,  tafakkur 
intizomini hosil qiladigan ham o`ylash uchun rag`bat beradigan ish shaklidir. Hatto 8-
9-sinf  o`quvchilari  ham  shunday  ishlarning  zarurligini  anglab  etadilar.  Buni 
Q.Husanboeva tashkil etgan sinov darslari ham isbotlaydi. 

 
 
123
123
Sinfdan  tashqari  o`qishga  dasturda  eng  oxirgi  o`rinda  e`tibor  berilgan.  U  ... 
yordam  beradi,  ...  xizmat  qiladi,  ...  omillik  ko`rsatadi,  degan  gaplar  bilan.  Aslida 
birinchi darajali. 
O`zbek  tilini  to`laqonli  o`rganish  kerakligini  ko`rsatadigan  omillardan  biri  shu 
tilda xat-hujjat, kitob o`qishga o`rganishdir. 
Oldindan savollar berib qo`yib, sirtqi adabiy viktorina o`tkazish mumkin. 
Mashg`ulot  (mashg`ulot  uyda  o`qilgan  kitobni  o`qish  bosqichi)  asar  muallifi 
haqidagi  suhbatdan  boshlanadi.  So`ng  parcha  mazmuni  yuzasidan  savol-javob 
o`tkaziladi.  O`quvchilarning  axborotlari  (chiqishlari)  tinglanadi.  O`qituvchi  o`zining 
yakuniy so`zi bilan mashg`ulotning shu qismiga xulosa yasaydi. 
Asar  qahramonlarini  taqqoslash  me`daga  tegadigan  bo`lmasligi,  o`quvchilarga 
zo`rlab  tiqishtirilmasligi  kerak,  balki  u  yoki  bu  mavzular  yoki  muammolar  bo`yicha 
tabiiy  tug`ilishi  zarurki,  bunda  o`quvchilar  o`xshashliknigina  topmay,  balki 
qahramonlar  tavsifidagi  davr  va  asar  yaratilgan  zamon  bilan  bog`liq  ravishda 
tafovutlarni,  muallif  munosabatlarini,  badiiy  vazifalarni  hamda  uslubiy  o`ziga 
xosligini ham topishlari lozim. 
Asar kitobxonda va tinglovchiga qanchalik chuqur estetik kechinmalar uyg`otsa, 
ta`siri ham shunchalik to`laroq bo`ladi. 
Obzor  mavzularni  o`rganishda  o`quvchilar  faoliyati  ustidan  rahbarlikning 
taxminiy izchilligi quyidagicha bo`lishi kerak: 
1. Guruhli va yakka topshiriqlar asosida (mavzu ustidagi ishlarning boshlanishiga 
qadar)  asarni  oldindan  o`qib  chiqishni  uyushtirish  va  o`quvchilarning  zarur 
axborotlarini tayyorlash, ifodali o`qishlari va b. 
2. O`qituvchining o`quvchilarning mavzu ustidagi ish rejasini belgilab beruvchi, 
badiiy  asar,  darslik,  tanqidiy  maqola  ustidagi  mustaqil  ishlarini  tashkil  etuvchi, 
muammoli savollar va topshiriqlarni mo`ljallovchi kirish (ustanovochnaya) lektsiyasi. 
3. Tekstual o`rganish uchun ayrim sahnalar, boblar, bo`limlarni tanlash.  
4. O`quvchilarning ma`ruzalari va axborotlarini tayyorlash, seminar, bahs tashkil 
etish (taxminiy savollar va topshiriqlar bo`yicha). 
5.  Eng  muhim  muammoli  savollar  asosida  yakuniy  seminar  o`tkazish. 
Umumlashtiruvchi  lektsiya,  sinfdan  tashqari  o`qish  uchun  adabiyotlar  tavsiya  etish 
[6,36]. 
 
3.3. Adabiy materiallarni o`rganishda axborot texnologiyalaridan 
foydalanish. 
  
Davr  talabi  bilan  bugungi  kunda  uzluksiz  ta`lim  tizimiga  zamonaviy  axborot 
texnologiyalari  dadil  kirib  kelmoqda.  Ta`lim  rus  tilida  olib  boriladigan  akademik 
litsey  va  kasb-hunar  kollejlarining  o`zbek  tili  mashg`ulotlarida,  adabiy  materiallarni 
o`rganishda  turli  xildagi  axborotlar,  zarur  ma`lumotlarni  o`zida  mujassamlashtirgan 
axborot  texnologiyalaridan,  shu  jumladan,  elektron  darsliklardan  foydalanish  katta 
ahamiyat  kasb  etmoqda.  Bugina  emas,  elektron  variantdagi  badiiy  asarlar 
kitobxonlarga xavola qilinmoqda.  

 
 
124
124
Axborot  manbalari  o`quvchi(talaba)larga  quyidagi  ma`lumotlarni  bera  oladi: 
yangi  nashrdan  chiqqan  badiiy  asarlar;  yozuvchi  yoki  shoirning  hayoti  va  ijodiy 
faoliyati, uning asarlari va ularga doir annotatsiyalar; adabiy davr haqida qisqa sharh, 
shu davrda yashab ijod qilgan yozuvchi va shoirlar haqidagi ma`lumotlar; adabiy asar 
mazmunini  rusiyzabon  o`quvchi  yoki  talabalar  o`qib  tushuna  olishi  uchun  lug`at; 
asarga  doir  savol  va  topshiriqlar;  asar  yoki  undan  olingan  parcha  yuzasidan  testlar; 
asarning til xususiyatlarini anglashga doir vazifalar. 
O`zbek  tili  o`qituvchisining  maktab,  akademik  litsey  va  kasb-hunar  kolleji 
kutubxonachisi  bilan  hamkorligi  axborot  texnologiyalarining  amal  qilishida  muhim 
o`rin tutadi. 
O`quvchi  talabalar  turli  xil  sanalar,  bayramlarga  tayyorgarlik  ko`rar  ekanlar, 
tadbirlarni  tashkil  etish  va  o`tkazish  uchun  she`riy  va  nasriy  asarlardan  parchalar 
qidiradilar.  Komp`yuter  xotirasida  xilma-xil  sanalar,  bayramlarga  mos  tanlangan 
asarlar  bo`lsa,  o`quvchi(talaba)lar  ularni  o`qib  yoki  ko`zdan  kechirib,  keragini 
tanlaydilar va ko`chirib oladilar (printerdan chiqartiradilar). Bu erda she`riy va nasriy 
asar matniga doir mukammal lug`at tavsiya qilinishi ham foydadan xoli emas. 
She`riy va nasriy asarlar quyidagi ruknlar ostida joylashtirilishi mumkin: 
O`zbekiston Respublikasining mustaqilli. 
Oltin kuz. 
O`qituvchilar va murabbiylar kuni va h.k. 
Yozuvchi  yoki  shoirning  hayoti  hamda  ijodiy  faoliyati,  asarlari,  ularga  doir 
annotatsiyalar  dasturiy  adabiy  materiallar  va  darsdan  tashqari  o`qish  uchun 
mo`ljallangan,  shuningdek,  tadbirlarda  foydalanish  mumkin  bo`lgan  asarlar  hajmida 
tayyorlanib, 
komp`yuter 
xotirasiga 
kiritilgani 
ma`qul. 
Bu 
materiallarga 
o`quvchi(talaba)lar  istagan  paytda  murojaat  etishlari  mumkin.  Komp`yuterlashtirish 
imkoniyati  bo`lmagan  sharoitda,  har  bir  yozuvchi  yoki  shoir  hayoti  hamda  ijodi 
bo`yicha al`bomlar tuzish maqsadga muvofiqdir. 
Nashriyotlar  chiqarilgan  al`bomlardan  foydalanish  va  materiallarni  ham 
komp`yuterga  kiritish  katta  naf  keltiradi.  Bu  al`bomlarning  yaxshi  tomoni  shundaki, 
ular  illyustrativ  materiallar  bilan boyitilgan.  Bu  borada diafil`mlar  ham  alohida o`rin 
tutadi.  Adabiyot  darslarida  ta`limning  texnika  vositalaridan  foydalanish  xususida 
tadqiqot  olib  borgan  H.Ernazarovning  ““Oygul  bilan  Baxtiyor”  ertagini  o`rganishda 
o`quv diafil`mlaridan foydalanish” degan maqolasida bunday deyiladi: “Diafil`mning 
ahamiyati  shundaki,  u  o`quvchilarning  badiiy  asarda  tasvirlangan  joy,  voqea  va 
obrazlar  haqida  to`liq  tasavvur  hosil  qilishlariga  yordam  beradi”  [122,148].  Lekin 
bugungi  kunda  diafil`mlarni  komp`yuter  xotirasiga  joylash  ulardan  foydalanish 
imkoniyatlarini yana ham oshiradi. 
Badiiy  asar  yuzasidan  yaratilgan  videotasmalar  ovozi  bo`ladi.  Lekin  u  erda  aks 
ettirilgan  tabiat,  uy-joy  tasvirlari,  qahramonlarning  portretlari,  voqeadan  keltirilgan 
lavha  ustidagi  ishlar  ko`rsatmalilikdan  foydalanishga  doir  metodika  asosida 
uyushtirilmog`i  lozim.  Bu  o`rinda  professor  S.Nishonovaning  adabiyot  darslarida 
tasviriy  san`at  asarlari  tahlili  [184]  mazmunidagi  metodik  tavsiyalari  alohida  o`rin 
tutadi.    

 
 
125
125
Davr  sharhlari,  ma`lum  davrda  yashab  ijod  qilgan  yozuvchi  va  shoirlarning 
tarjimai  holiga  oid  ma`lumotlar  yoshlar  adabiy  saviyasining  o`sishida  muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
Metodist  olima  T.R.Niyazmetovaning  “Adabiy  ta`limda  komp`yuter  va  axborot 
texnologiyalaridan foydalanish” degan  maqolasida 7-sinfda  Zulfiya  hayoti  va  ijodiga 
doir  videotasmalar,  “Umr  daftari”  deb  nomlangan  ko`rsatuvdan  yozib  olingan 
lavhalarni  o`quvchilar  e`tiboriga  havola  etish  xususida  qimmatli  maslahatlar  beradi 
[185].    
Adabiy asarni o`qib, uning mazmunini rusiyzabon o`quvchi yoki talaba tushuna 
olishi uchun komp`yuterda matnni o`ng tarafiga lug`at berish mumkin. Masalan: 
YULDUZLI TUNLAR 
 
Pirimqul Qodirov 
 
Yigirma  uch  yoshli  Humoyunning  yigit  yuragi    kasallikni  
axiri  yengdi.  Oradan    bir    hafta    o‘tgach,  u    kasal  ko‘rishga 
kelganlarni  o‘rnidan  turib  qabul  qildi.  Yana  ikki  kundan  so‘ng 
otasini borib ko‘rish uchun o‘zi uydan chiqdi.  
Bobur  kutubxonaning  xonai  xosida  qadimiy  bir    qo‘l  
yozmani o‘qib o‘tirgan edi. Humoyun uning qarshisida tiz cho‘kib: 
 Men sizning iltijongiz bilan shifo topmishmen! — dedi. 
 O‘zimga    kelganimdan    beri    xudodan  tilaymenki,    siz 
men  uchun  qilgan  tasaddiqni  dargohida  qabul  etmasin!    Bu  ulug‘  
davlatni  barpo  etdingiz,  hammamizning  suyangan  tog‘imiz 
o‘zingizsiz! Parvardigor bizga rahm  qilsin!   
—  Mana,  shukur,  yuribmen-ku, o‘g‘lim. Hozirgi isitma-yu 
uyqusizlik menda bulturdan beri bor. 
—  Ruhoniylar:  „Hazratim  o‘g‘liga  kelgan  naqd  ajalni 
o‘zlariga oldilar", — deb ko‘nglimga g‘ulg‘ula solmoqdalar! 
—  Sen  nechun  ularga  ishonursen?  Boshimizga  og‘ir  kun 
tushganda  shayxulislom  menga  o‘z  hukmini  o‘tkazmoqchi  bo‘ldi. 
Mana, xayriyat, tuzalib ketding. Agar o‘shanda uning gapiga kirib,  
ko‘hinur olmosini tasadduq qilsam, ruhoniylar g‘olib chiqmasdimi? 
„Humoyunni  biz  qutqarib  qoldik,    podshohdan  ham  biz  zo‘rmiz!" 
deb    tantana  qilmasmidi?  Seni  bir  umrga  qarzdor  qilib 
qo‘ymasmidi?  
—  Ilohim,  siz  haqingizdagi  karomatlari  ham  yolg‘on 
chiqsin! 
—  Har    qalay,  sen  bir  narsani  unutma.  Ruhoniylar 
podshohning  tepasiga  chiqib  olsa,    tamom!  Samarqanddagi 
Abdullatifning  inqirozi-yu,  otaga  qarshi  qilich  ko‘tarishi  shundan 
boshlangan. 
— 
Toki 
tirikmen, 
bu 
o‘gitingizni 
yodimdan  
chiqarmasmen!...  Endi...  hazratim,  Saibhal    chegarasida  yana 
tajovuzlar  bo‘lmoqda  emish.  Men  ertaga  jo‘nab  ketay,  ijozat 
bering.  
 Bobur hozir aytmoqchi bo‘lgan so‘ziga alohida e’tibor talab 
qilib, bir lahza jim turdi. 
Matnga doir lug‘at 
 
xonai 
xos; 
xobgoh 
— 
spal`nya 
tiz  cho`kmoq  –  vstat`  na 
koleni  
iltijo — pros`ba, mol`ba 
tasadduq  –  jertva  (jertvo-
prinoshenie) 
dargoh — dom, dvorets 
Ko‘hinur  olmosi  —  almaz 
Kuxinura 
parvardigor – tvorets 
shukur – slava bogu 
karomat 
 
chudo, 
predskazenie 
ruhoniy —  duxovnoe litso 
naqd - tochno 
ajal - smert` 
g`ulg`ula  solmoq  –  seyat` 
smutu 
shayxulislom  -  sheyx-ul`-
islam (glava duxovenstva) 
inqiroz — upadok 
o‘git 
— 
dobro`y 
sovet, 
nravouchenie 
girdob — puchina 
mezon  —  mizan  (nazvanie 
sed`mogo 
mesyatsa 
solnechnogo 
goda,  sootvetsvuyuqego  periodu  22 
sentyabrya – 21 oktyabrya)               
qavs  —  kavs  (nazvanie 
devyatogo  mesyatsa  solnechnogo 
goda) 
asorat — oslojnenie 
hazrat — velichestvo 
 
  
Metodist olim R.Yo`ldoshevning fikricha, ma`nosi unutilgan va notanish so`zlar 
va  so`z  shakllarining  anglanishini  turli  yo`llar  bilan  (shuningdek,  illyustrativ 
materiallar  yordamida)  ta`minlash  ma`lum  darajada  o`qishning  sintetik  (tarjimasiz) 
kechishini  ta`minlaydi  yoki  tarjimali  o`qishga  bo`lgan  ehtiyojni  kamaytiradi  [46]. 

 
 
126
126
“Sovremennыy  urok  russkogo  yazыka  i  literaturы”  qo`llanmasida  ta`kidlanganidek, 
o`quvchilarning lisoniy hozirligi etarli bo`lmasa, qo`shimcha tayanchlarni o`z vaqtida 
yaratib  berish  zarur  [98,130].  Yuqoridagi  kabi  lug`atlar  ana  shunday  tayanch 
vazifasini o`taydi.  
Bugungi kunda asar yoki undan olingan parcha yuzasidan, shuningdek, yozuvchi 
yoki shoirning hayoti hamda ijodi, u yashab ijod qilgan adabiy muhit va davr bo`yicha 
xilma-xil testlar yaratilgan. Ularni darslar rus tilida olib boriladigan sinf(guruh)lardagi 
adabiy  ta`lim  imkoniyatlariga  moslab  qaytadan  ko`rib  chiqish  zarurati  paydo 
bo`lmoqda.  Bu  testlarni  komp`yuterlar  xotirasiga  kiritish  yangi  axborot 
texnologiyalarini 
qo`llash 
uchun 
qulay 
shart-sharoitlar 
vujudga 
keltiradi. 
Tabaqalashtirilgan ta`limni joriy etishda ham bunday testlarning o`z o`rni bor. 
Rusiyzabon 
o`quvchi(talaba)larni 
nazarda 
tutgan 
holda 
asarning 
til 
xususiyatlarini anglatishga doir vazifalar tizimi xali yaratilganicha yo`q. Bu ish ta`lim 
rus  tilida  olib  boriladigan  sinf(guruh)larning  rus  adabiyoti  darslarida  o`zlashtirilgan 
nazariy  ma`lumotlarni  hisobga  olgan,  o`zbek  adabiyotiga  xos  yangi  tushunchalarni 
bayon etgan holda amalga oshiriladi. 
O`zbek tili mashg`ulotlari uchun ma`lumotlar omborini yaratish bugungi kunning 
dolzarb  muammolaridan  biri  ekanligi  yuqoridagi  mushohadalarimizdan  ham  yaqqol 
ko`rinib  turibdi.  Bu  boradagi  harakatlar  endi  boshlanganini,  xali  mo`ljalda  qilinishi 
lozim bo`lgan ishlarning ko`lami keng ekanini qayd etish joiz.  
Ma`lumotlar  (bilimlar)  omboridan  foydalanish  tartibi  ham  bir  xil  emas:  maxsus 
komp`yuter  darsi  ajratish,  komp`yuterdagi  bilimlar  omboridan  darsning  ma`lum  bir 
qismida alohida bosqich sifatida foydalanish, o`quvchi(talaba)larning guruhli va yalpi 
mustaqil ishlarini tashkil etish, darsdan tashqari o`qishni uyushtirish. 
Xullas,  o`zbek  tili  mashg`ulotlari  tarkibida  adabiy  materiallarni  o`rganish 
jarayoniga va mashg`ulotlardan tashqari tadbirlarga axborot texnologiyalarining kirib 
kelishi,  yoshlarning  bilim  olish  doirasini  sezilarli  darajada  kengaytiradi,  ularning 
mustaqil o`qib-o`rganishlari, izlanishlari uchun yo`l ochadi.  
A.A.Murashov  ogohlantirganidek,  axborot  texnologiyalaridan  bilib  foydalanish 
zarur. Uning fikricha, “Eng ilg`or texnik vositalardan foydalanish mumkin. Lekin agar 
pedagogning qalbi bolalarda ezgulik uyg`ota olmas ekan, hech qanday texnika yordam 
berishga qodir emas” [78,3-4].  
Davlat  tili  ta`limi  jarayonida  o`quvchilarning  har  tomonlama  bilimini  
mustahkamlash  va  nutq  faoliyatini  o`stirish,  ularni  mustaqil  fikrlashga  o`rgatish 
borasida pedagogik texnologiyalarning amaliy ahamiyati katta. 
Xullas,  biror  yozuvchi  yoki  shoirning  tavallud  kuniga,  ijodiga  bag`ishlangan 
adabiy  kecha  yoki  adib  bilan  uchrashuv  kechasiga  ko`riladigan  tayyorgarlik  ishlari 
ma`ruza  matnini  tuzishda  tom  ma`nodagi  sharhli  va`zga  yaqin  bo`lgani  uchun  uning 
asosiy shartlarini hisobga olib tuziladi. 
Ta`lim  rus  tilida  olib  boriladigan  maktablar,  akademik  litseylar  va  kasb-hunar 
kollejlari  o`quvchi(talaba)larida  o`zbek  tilida  kitobxonlik  ko`nikmalarini  hosil  qilish 
adabiy tayyorgarlikning uzviy bir qismi sanaladi 
Darsdan  tashqari  o`qish  sharhli  o`qish  shaklida  yoki  dars-suhbat,  fikr  almashuv 
shaklida o`tkazadi. Dars ko`rinishi jihatidan maslahat-dars, suhbat, izohli o`qish darsi, 

 
 
127
127
adabiy  kompozitsiya,  dars-lektsiya  va  boshqalar,  ba`zan  qayta  hikoya-tahlillar 
shaklida bo`lishi mumkin.  
Darslar quyidagi parchalar asosida amalga oshiriladi: 
1.  Darsda  o`rganish  uchun:  A.Qodiriyning  “Mehrobdan  chayon”  romanidan 
“Jasur qiz” parchasi. 
2.  Sinfdan  tashqari  o`qish  uchun:  A.Qodiriyning  “Mehrobdan  chayon” 
romanidan  “Nega  erga  qaraysan,  Ra`no?”,  “Anvarning  andishasi”,  Anvarning 
Xudoyorxon bilan dialogi aks etgan parchalari. 
A.Qodiriyning  “Mehrobdan  chayon”  romanidan  “Jasur  qiz”  parchasini 
o`rganishga  doir  ishlanmalarimizda    tavsiyalarimizni  to`liq  aks  ettirishga  harakat 
qildik.  
Katalog: lektions -> ozbek%20adabiyoti -> O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> O'zbekiston respublikasi xalq ta'lim vazirligi ajiniyоz nomidagi
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Navoiyshunoslik
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> O'zbekiston respublikasi xalq ta'lim vazirligi ajiniyоz nomidagi nukus davlat pedagogika
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Chet el adabiyoti tarixi
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> O’zbеk аdаbiyoti kаfеdrаsi

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling