Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/15
Sana02.03.2018
Hajmi5.01 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15

Abdulla  Qodiriyning  ““Mehrobdan  chayon”  romanidan  “Jasur  qiz”  parchasi 
“Jasur qiz” parchasi yuzasidan quyidagi mazmun va izchillikda ish olib borish tavsiya 
etildi: 
1. Parchaga doir notanish so`zlar lug`ati ustidagi ish. 
2. O`qituvchining kirish so`zi. 
3. Parchani izohli o`qish. 
4. Rasm chizish. 
5. Parchani savol va topshiriqlar asosida tahlil qilish. 
6. Yakunlovchi suhbat. 
I.  “Jasur  qiz”  parchasini  o`qishga  qadar  (3-4  dars  oldindan  boshlab)  lug`at  ishi 
bajariladi.  Dastlab  “Matnga  doir  lug`at”da  berilgan  so`zlardan  tashqari,  qaysi 
so`zlarning ma`nolari unutilishi mumkinligi laboratoriya metodini qo`llash asosida (3-
4 o`quvchiga o`qitish orqali) aniqlanadi. Bular quyidaglar bo`lishi mumkin: 
Tashqarida  (vo  dvore,  na  ulitse),  yuragi  siqilmoq,  yonboshlamoq  (prislonit`sya 
na  bok),  muzlamoq,  mahsi,  turli  vaziyatga  solib  ko‘rmoq  (probovat`  stavit`  v  raznoe 
polojenie),  azob  (muchenie),  chidamoq,  kafsh,  harakatlantirmoq,  kezinmoq 
(rasxajivat`sya),  chetdagi,  daricha  (okoshko),  tirqish  (otverstvie),  oydin,  ko‘kda, 
zerikmoq  (soskuchit`sya),  cho‘chitmoq,  munosabatsiz  (bestseremonno),  qaltiramoq, 
isyon  (myatej),  istiqbol,  majbur,  chamalamoq,  mantiqsiz,  rizolik,  omonat,  haroratli 
(plamennыy),  o‘spirin,  his  etmoq,  andoza,  ma’qul,  bemahalda,  shubha,  parvosiz, 
hamroh  (poputchik),  muyulish,  ko‘lanka,  zaif,  soch  o‘rimlari,  do‘ndiq,  onda-sonda, 
ishora  qilmoq  (podat`  znak),  qo‘zg‘almoq,  chamasi  (primerno),  ko`zga  chalinmoq  
(brosat`sya v glaza, melkat`).  
Yuqoridagi so`zlarning aksariyat qismi 2-7-sinflar lug`at minimumida bor va ular 
o`rganilgan. Faqat ma`lum sabablarga ko`ra unutilgan bo`lishi mumkin. Lug`at ishini 
tashkil etishda R.Yo`ldoshev, D.Toshxo`jaevalarning tavsiyalaridan [108] foydalanish 
qo`l  keladi.  D.Toshxo`jaeva  o`quvchilarni  “Shiroq”  afsonasini  o`qish  va  mazmunini 
o`z  so`zi  bilan  qayta  hikoya  qilishga  tayyorlash  sinov-tajriba  darslarini  ishlab  chiqar 
ekan,  bir  necha  dars  oldin  boshlanadigan  lug`at  ishi  metodikasini  ham  kengroq 
yoritgan va bu ishlar o`z samarasini bergan. 
“Jasur qiz” parchasini o`qishga bir dars qolganda “Matnga doir lug`at” o`qitiladi, 
so`zlarning talaffuzi mashq qildiriladi. Qisman mustahkamlash ishlari bajariladi. 
Alanglatmoq  (zastavlyat`  oglyadыvat`sya),  turli  vaziyatga  solib  ko‘rmoq 
(probovat`  stavit`  v  raznoe  polojenie),  azob  (muchenie),  ma’shuqa  (vozlyublennaya), 

 
 
128
128
mahbasi,  kafsh,  kezinmoq,  sahn  (ploщad`),  daricha  (okoshko),  tirqish  (otverstvie), 
oydin,  dovul,  "gum-gum",  durkum-durkum,  iskamoq  (vdыxat`),  yuragi  orziqmoq, 
titroq,  mirzoboshiliq,  munosabatsiz  (bestseremonno),  mirzolik,  hayajonini  tindirmoq 
(uspokoit`  svoe  volnenie),  basharti,  og‘ir  oshmmoq,  entikmoq,  mushkulot, 
chamalamoq,  mantiqsiz,  so‘lish  olmoq  (sdelat`  vzdox),  timirskilamoq,  omonat, 
o‘spirin,  bemahalda,  o‘ng‘aysiz,  parvosiz,  ko‘lanka,  zaif,  soch  o‘rimlari,  to‘piq, 
do‘ndiq, ishora qilmoq (podat` znak), bedona mahsi (ichigi), kala kafsh, g‘oyai omol, 
pisand  qilmoq,  ikkilangansimon,  taraddudlanmoq,  ta’ziman,  qo‘zg‘almoq,  dahboshi, 
besoqol (bezborodыy), taqsir, go‘rso‘xta, hiringlamoq (xixikat`). 
II. “Jasur qiz” parchasini o`qish darsi.  
Dars  lug`at-kartochkalar  asosida  asarga  doir  so`zlarni  takrorlashdan  boshlanadi. 
So`ngra  o`qituvchi  qisqa  kirish  so`zi  so`zlaydi.  Bunda  A.Qodiriyning  hayoti,  ijodi, 
romanlari,  “Mehrobdan  chayon”  romani,  bu  asarlarning  badiiy  qiymati,  jahon 
romanchiligiga qo`shgan ulkan hissasi haqida mo``jaz ma`lumot beradi. 
Matnni o`qitishdan oldin o`quvchilarga quyidagi muammoli savol va topshiriqlar 
havola etiladi: 
Nihoyat, “Jasur qiz” parchasi o`qiladi.  
JASUR QIZ 
 
(Abdulla  Qodiriyning  "Mehrobdan  chayon" 
romanidan parcha) 
 
Abdulla Qodiriy 
 
Vaqt  juda  qiyinlik  bilan  o‘tar,  tashqarida  “tiq" 
etgan  tovush  uni  bir  alanglatar  edi.  Bir  xo‘roz 
qichqirig‘i  o‘tganiga  talay  vaqt  bo‘lsa  ham,  hamon 
Ra’no  daraksiz. Yuragi  siqilgan Anvar  goh  o‘tirib,  goh 
yonboshlar,  sovuqda  muzlab  ketgan  mahsilik  oyog‘ini 
turli  vaziyatga  solib  ko‘rar  edi.  Shu  azob  ichida  yana 
talay  vaqt  kechdi.  Ma’shuqa  mahbasiga  tushgan Anvar 
o‘ltirib  chidolmadi.  Kafshini  kiyib,  o‘rnidan  turdi, 
muzlagan  oyog‘ini  isitish  va  og‘riqqa  kirgan  a’zosini 
harakatlantirish  uchun  uy  bo‘yicha  kezina  boshladi. 
Necha  vaqt  sahn  aylanib  yana  o‘ltirdi.  Oy  ham  bota 
boshlagan, chunki chetdagi daricha tirqishi orqali tushib 
turgan kuchsiz oydin izi ham yo‘qolib, uyni qorong‘ilik 
bosgan,  tevarakda  chalingan  dovullarning  "gum-gum" 
ohangi  ichida  xo‘rozlar  ikkinchi  marta  qichqirib 
yuborgan edilar. Ko‘kda durkum-durkum yulduzlar sayr 
etar  edilar.  Tom  boshidan,  botishga  yaqinlashgan  oy 
nuri  arang-arang  ko‘zga  chalinar  edi. Anvar  toza  havo 
iskab, uzun nafas oldi.  
— Zerikmadingizmi? 
Qulog‘i  ostidagi    aytilgan  bu  so‘z  Anvarni 
cho‘chitdi  va  o‘z  yonida  qo‘lida  bir  narsa  ko‘tarib 
turgan Ra’noni ko‘rdi. 
— Ularni uxlatmay chiqolmadim... Uyga kiraylik, 
Anvar aka. 
 
 
 
 
 
 
 
 
Alanglatmoq 
(zastavlyat` 
oglyadыvat`sya),  
 
turli vaziyatga solib ko‘rmoq 
(probovat` 
stavit` 

raznoe 
polojenie)  
azob (muchenie)  
ma’shuqa (vozlyublennaya),  
mahba  
kafsh  
kezinmoq  
sahn (ploщad`) 
daricha (okoshko) 
tirqish (otverstvie) 
oydin 
dovul 
"gum-gum" 
durkum-durkum 
iskamoq (vdыxat`) 
 
 
 
 
 

 
 
129
129
Yuragi  orziqqan  Anvar  Ra’noning  orqasidan 
mashqxonaga kirdi. Ikkisi ko‘rpacha ustiga  yonma-yon 
o‘ltirishdilar. 
—  Kitob  ichidagi  xatni  payqamaysizmi,  deb 
qo‘rqqan  edim,  —  dedi  yarim  tovush  bilan  Ra’no.  — 
Payqamasangiz... 
—  O‘zing  hamma  gapga  tushuna  turib,  yana 
bunchalik achchiq yozganing nimadir, Ra’no? 
—  Chunki  shunchalik  achchiq  yozmasam,  — 
dedi  Ra’no  tovushida  titroq  ohang  bilan,—  siz  kelmas 
edingiz... Siz ...Siz mirzoboshiliqni  yaxshi  ko‘rasiz-a? 
Anvar  bu  munosabatsiz  savoldan  bir  oz  hayron 
bo‘lib turdi. 
— Tushunmadim ... Nima demakchisan? 
—  Siz  mirzoboshiliqni  yaxshi    ko‘rasizmi, 
deyapman? 
— Yaqinda mirzolikni tashlamoqchiman, Ra’no. 
—  Mirzolikni  tashlagandan  so‘ng  nima  ish  
qilasiz? 
— Qo‘qondan ketaman, sayohat  qilaman. 
—  Meni...  meni  ham  o‘zingiz    bilan  olib 
ketmaysizmi? 
Anvar  yana tushunmadi. Ra’noning  yuziga ancha 
qarab turdi: 
— Seni... senga mumkinmi, Ra’no?! 
— Mumkin!  —  deb  qaltiradi  Ra’no,  — 
Mirzoboshiliqni 
hozirdan 
e’tiboran 
tashlasangiz 
mumkin... 
Bu  so‘z Anvarni ham  qaltiratib yubordi. 
— Nima deyapsan, Ra’no! 
Ra’no  bir  necha  vaqt  javob  berolmay  turdi.  
O‘zini to‘xtatib olish, hayajonini tindirish og‘ir edi. 
—  Haligi,  haligi  so‘zingiz  chin  bo‘lsa,  men  ham 
siz  bilan  ketishni  xohlayman...  Basharti  sizga  og‘ir 
oshmasam... 
Anvar jim bo‘lib qoldi, tushiga ham kirmagan bu 
taklifga nima deyishini bilmay entikdi... 
— Basharti sizga og‘ir oshmasam! — dedi takror 
Ra’no. 
„Jasur qiz!"  deb o‘yladi  Anvar.  Chindan ham bu 
jasurona  isyon  xotin-qizlar  tomonidan  Xudoyorning 
hayvoniy istagiga qarshi birinchi ko‘tarilish  edi. Anvar 
istiqbolda qanchalik mushkulot va xatar ko‘rmasin,  bu 
jasoratni 
xush 
qabul 
qilishga 
majbur, 
chunki 
muhabbatdan ham ilgari yigitlik taqozosi shu edi. 
U  o‘z  yaqinida  turgan  qora  tugunni  ushlab  
qaradi. 
— Bu nima, Ra’no! 
— Bu... bu sizning eski kiyimlaringiz. 
— Nima uchun bu? 
— Basharti siz xohlasangiz. 
Anvar  paranjimi,    deb    chamalagan  edi.  
 
 
 
 
yuragi orziqmoq 
titroq 
 
 
 
 
 
mirzoboshiliq 
 
munosabatsiz 
(bestseremonno)  
 
 
 
 
mirzolik,  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
hayajonini 
tindirmoq 
(uspokoit` svoe volnenie) 
basharti 
og‘ir oshmmoq 
 
entikmoq 
 
 
 
 
 
 
mushkulot 
 
 
 
 
 

 
 
130
130
Mantiqsiz bu javob uni shoshirdi. 
—  Xo‘p,    sening  rizoliging  yo‘lida...  —  dedi 
Anvar  yarim  tovushda.  —  mening  eski  kiyimlarim 
senga nima darkor? 
Ra’no  javob  berish  o‘rniga  uzun  so‘lish  olib 
yonidagi tugunini yecha boshladi. 
— Paranji olmadingmi, axir? 
—  Hozir...  —  dedi  Ra’no  va  qorong‘ida    bir  
narsalar qila berdi. 
Paranji  ham  bordir,  deb  o‘ylagan  Anvar  uni  o‘z 
holiga  qo‘yib  turdi.  Biror    daqiqadan    keyin    Ra’no  
yerdan  bir  narsani  tutib  uzatdi,  paranji  kabi  uzaygan 
narsa ichidan "taq"  etgan  bir narsa yerga tushdi. 
— Topib oling shuni. 
—Anvar yerni timirskiladi. 
— Nima edi? 
— Ayamga bergan omonatingiz. 
Anvar  tushgan  narsa  oltinlar  ekanini  payqadi, 
uzoqni  o‘ylagan  Ra’noga    qarshi  yuragida  yana  
haroratliroq muhabbat sezdi. 
— Topdingizmi? 
— Topdim. 
— Turing endi! 
Anvar Ra’no bilan boshlashib hujradan chiqdi va 
o‘z  yonida  paranji  yopingan  qizni  emas,  telpak  va  to‘n 
kiygan yosh o‘spirin bir yigitni ko‘rdi... 
— Bu nimasi, Ra’no? 
Ra’no  javob  berish  o‘rniga  yo‘lakka  qarab  yura 
berdi.  Darvozani  ochib  ko‘chaga  chiqqandan  so‘ng,  
Anvar  Ra’noning  oldiga  tushib  yo‘l  boshladi  va  o‘zida 
yengillik  his  etdi.  Chunki  Ra’noning  yigit  suratiga 
kirishi  andozasi  ma’qul;  bemahalda  paranjilik  xotinni 
boshlab yurish mirshab va qorovullarda har turli shubha 
tug‘dirgani Anvarning o‘zi uchun ham o‘ng‘aysiz bo‘lar 
edi.  Go‘yo bir o‘rtog‘i bilan ketib  borgandek parvosiz 
ko‘ringan Anvar burilishga yetganda o‘zidan o‘n qadam 
orqadagi  hamrohini  kutib  turdi.  Oy  Anvar  to‘xtagan 
muyulishga  ko‘lanka  kabi  zaif  nur  sochar  edi.  Ra’no 
Anvar yoniga yetib, „qayoqqa yuramiz",  degan kabi bir  
yo‘lga va bir hamrohiga qaradi.  Soch o‘rimlarini telpak 
ostiga  bosib,  to‘ni  to‘pig‘i  ustiga  tushayozgan  „yosh 
yigit"  Anvarning  ko‘ziga  yana  ham  do‘ndiqroq 
ko‘rindi. Anvar  Ra’noning  to‘nini  bir  oz  ko‘tartiribroq 
ushlatdi,  onda-sonda  telpagidan  chiqib  qolgan  soch 
tolalarini  yashirdi  va  „o‘ngga"  degan  ishora  qildi. 
Ra’no  oldinda,  undan  ikki-uch  qadam  orqada  Anvar 
yo‘lga  tushdilar.  Yengil  bedona  mahsisi  bilan  kala 
kafshi  kichkina  oyog‘iga  juda  ham  kelishgan  Ra’no, 
go‘yo  uchgandek  tez  yurib  borar,  orqada  kelgan Anvar 
g‘oyai  omolg‘a    oshiqqandek  undan  qolishmaslikka 
tirishar edi.  Uzoq yurdilar. Ellik qadam chamasi narida 
gulxan  va  gulxan  tevaragida  uch-to‘rt  nafar  kishilar 
 
 
chamalamoq 
mantiqsiz 
 
 
 
so‘lish 
olmoq 
(sdelat` 
vzdox),  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
timirskilamoq 
 
omonat 
 
 
 
 
 
 
 
 
o‘spirin 
 
 
 
 
 
bemahalda 
 
 
o‘ng‘aysiz 
parvosiz 
 
 
ko‘lanka 
zaif 
soch o‘rimlari 
to‘piq 
 
do‘ndiq 
 
 
ishora qilmoq (podat` znak)  
 

 
 
131
131
ko‘rinib, Ra’no to‘xtaldi. 
—  To‘xtama,  Ra’no,  —  dedi  orqadan  Anvar.  — 
Sen  pisand  qilmagandek,  parvosiz  gulxan  yonidan  o‘ta 
ber,  men  ular  bilan  so‘zlashib  qolsam,  nariroqda  kutib 
tur. 
— Mirshablar bemahalda qo‘ymas emish-ku. 
— Men bilan seni qo‘yar... qo‘rqmay boraver! 
Ra’no 
ikkilangansimon 
 
yo‘lga 
 
tushdi,  
gulxangacha  o‘n  qadam  qolganda  mirshablardan  biri  
hayqirdi: 
— To‘xta!!! 
Ra’no  Anvarga  qarab,    taraddudlandi,    Anvar  
yura    berishga  ishorat  qilib,  tezlik  bilan  gulxan  yoniga 
yetdi. Anvarni  tanigan  mirshab  va  qorovullar  ta’ziman 
o‘rinlaridan qo‘zg‘aldilar. 
—  Qo‘zg‘almanglar!    —  dedi  Anvar  gulxanda 
isinib.  —  Dahboshi  ham  shu  yerda  ekanlar...    Anvar 
„dahboshi"  deb  atagan  yum-yumaloq  kishi  Qorunboy  
ismlik  bo‘lib,    mirshablarning  qiziqrog‘i,  shuning 
uchun  undan “dahboshi" deb istehzo  qilar edilar. 
—  Yoningizda  besoqol  bilan  bemahalda  nima 
qilib  yuribsiz,  taqsir?  Odamzodga  ishonib  bo‘lmas 
ekan-da... 
Anvar,  “dahboshi"ning  ko‘zi  Ra’noga  tushib 
qolganini  angladi.  Gulxandan  o‘ttiz  qadamcha  nariga 
borib to‘xtagan “besoqol" ga ko‘z qirini tashladi. 
— Ziyofatda edik, dahboshi. 
—Ha-a-a-a,  men  aytdim...  Uy  bu  yoqda  qolib, 
endi qayoqqa ketyapsiz, taqsir? 
Anvar  qo‘lini  yaqindan  isitmoqchi  bo‘lib  gulxan 
tarafga bir qadam  bosdi. 
—  Eshitmadingizmi,  hali?...  men  Rais  ko‘chadan 
... yangi hovli  oldim. 
— Muborak, muborak! 
Anvar  qullug‘  aytib,  ular  bilan  xayrlashdi. 
Mirshablar uning hurmati uchun qo‘zg‘alib qoldilar. 
Gulxanchilardan  ellik  qadamlar  uzoqlashgach, 
Ra’no  Anvarning  yetib  kelishi  uchun    yo‘l  ustida 
to‘xtadi. 
— Nima deyapti u go‘rso‘xta? 
Anvar  hiringlab  kuldi  va  Ra’noning  orqasiga 
qoqdi: 
— Yur, yur yigitcha! Go‘rso‘xta to‘g‘ri aytyapti! 
— Yetayozdikmi, qayerga boramiz? 
— YAqin qoldi, kechagi xotinning uyiga... 
Ra’no  oldinga  tushib  ketdi,  uzoqqina  so‘zsiz 
borgandan keyin orqasiga qayrilib so‘radi: 
— O‘zlari yaxshi odamlarmi? 
— Yaxshi,  yaxshi! —    dedi Anvar  va  o‘n  qadam 
chamasi bordi. 
 —  Sen  uy  egasidan  qochib  o‘tirma,    o‘zi  meni 
og‘am...Tuzukmi, Ra’no? 
bedona mahsi (ichigi)  
kala kafsh 
g‘oyai omol 
 
 
 
 
 
pisand qilmoq 
 
 
 
 
ikkilangansimon  
 
 
 
taraddudlanmoq 
 
 
ta’ziman 
qo‘zg‘almoq 
 
 
 
dahboshi 
 
besoqol (bezborodыy) 
taqsir 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
go‘rso‘xta 
hiringlamoq (xixikat`). 
 

 
 
132
132
—  Xo‘p.  Yana  biroz  yurib,  torroq  bir  ko‘chaga 
burildilar.  Sultonalining  darvozasiga  yetguncha  ikkisi  
ham og‘iz ochib gapirishmadilar. 
 
Dastlab  matnni  o`qituvchi  ayrim  o`rinlarini  izohlagan  holda  ifodali  o`kiy 
boshlaydi. Ma`lum bir qismiga kelgach, o`zbek tilini yaxshi o`zlashtiradigan o`quvchi 
o`qishni  davom  ettiradi.  Parcha  o`qib  bo`lingach,  o`quvchilardan  kim  asarning  qaysi 
o`rinlarini tushunmaganligi so`rab aniqlanadi. So`ngra o`qishdan oldin berilgan savol 
va  topshiriqlar  ustida  ishlanadi.  Oxirida  so`zli  rasm  chizish  tashkil  etiladi.  “Anvar 
bilan  Ra`no  hujrada”,  “Anvar  bilan  Ra`no  hujradan  chiqqanda”,  “Anvar  bilan  Ra`no 
mirshablar  yonidan  o`tayotganda”  lavhalarini  tasvirlash  talab  etiladi.  Uyga  rasmlar 
chizib kelish topshiriladi. 
III. Navbatdagi darsda “Jasur qiz” parchasi talabalarga ifodali o`qitiladi. So`ngra 
ular  chizib  kelgan  rasmlar  asardagi  tasvirlar  bilan  taqqoslanadi.  Ana  shu  ishlardan 
so`ng  talabalarda  hosil  bo`lgan  sub`ektiv  obraz-tasavvur  asosida,  lekin  asardan 
uzoqlashmagan  holda  tahlil  o`tkaziladi.  Bunda  darslikda  keltirilgan  “Savol  va 
topshiriqlar”dan tashqari quyidagi savol va topshiriqlardan ham foydalaniladi:  
1.Nima  uchun  parcha  “Jasur qiz”  deb  nomlangan?  Bunday  fikr kimda  tug`ilgan 
va nima uchun? Shu joylarni topib ifodali o`qib bering. 
2.Anvarning mirzaboshiliqni tashlashi Ra`noga nima uchun kerak edi?  
3.Ra`no bemahalda paranjida ko`chaga chiqishi mumkin edimi?  
4.A.Qodiriy Ra`noga bo`lgan munosabatini kimning so`zlari orqali ifodalaydi? 
5.Yozuvchi  Anvar  bilan  Ra`noning  ruhiy  holatini  ko`proq  qaysi  so`zlar  orqali 
ifodalaydi?  Yuragi  siqilgan,  chidolmadi,  kezina  boshladi,  zerikmadingizmi,  yuragi 
orziqqan, hayron bo`lib turdi kabi so`zlardan nimani bilish mumkin? 
IV.Navbatdagi dars boshida “Jasur qiz” parchasi yakuniy tarzda ifodali o`qitiladi 
va  parchaning  badiiy  obrazlariga,  badiiy  qiymatiga    yaxlit  baho  berish,  ya`ni  o`z 
taassurotlarini aytish so`raladi. 
 
MUNDARIJA 
So`z boshi. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 3 
1-bob. Uzluksiz ta`lim tizimida adabiy materiallarni   
        o`rganishning nazariy va amaliy asoslari . . . . . . . . . .  4  
1.1. Uzluksiz ta`lim jarayonida adabiy materiallarni o`rganishning  
     psixologik asoslari . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .   4  
1.2. Uzluksiz ta`lim tizimida adabiy materiallarni o`rganishning  
     bugungi holati . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 33 
1.3. O`zbek tili mashg`ulotlarida adabiy materiallarni umumiy  
     o`rta ta`lim bosqichi bilan uzviylikda o`rganish mazmunini  
     belgilash. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .  46  
 
2-bob. Uzluksiz ta`lim tizimi bosqichlaridagi o`zbek tili  
       darslarida adabiy materiallarni o`rganishning  
       metodikasi . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 57 
2.1. Uzluksiz ta`lim tizimida adabiy materiallarni o`rganishga doir 

 
 
133
133
     yondashuvlar, printsiplar va asosiy yo`nalishlar . . . . . . . . . . . . .57 
2.2. Uzluksiz ta`lim tizimi bosqichlaridagi o`zbek tili darslarida  
      adabiy materiallarni o`rganish metodlari. . . . . . . . . . . . . . . . 61  
2.3. Akademik litsey va kasb-hunar kollejida adabiy  
     materiallarni o`rganish jarayonida lug`at ishi . . . . . . . . . . . . . . 76  
2.4. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida adabiy materialni  
     o`qishdan oldin va keyin o`tkaziladigan o`qituvchining so`zi . . . . . 86 
2.5. Adabiy materiallarni o`qish va tahlil qilish: savol va       
     topshiriqlar ustida ishlash . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .   96 
 
3-bob. Uzluksiz ta`lim tizimida o`zbek tilidagi adabiy  
      materiallarni darsdan (mashg`ulotdan) tashqari ishlar  
      jarayonida o`rganish  . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .   116 
3.1. Dars(mashg`ulot)dan tashqari ishlar jarayonida adabiy  
     materiallarni o`rganish shakllari, vositalari va metodlari. . . .116  
3.2. Rusiyzabon o`quvchi(talaba)larning o`zbek tilidagi adabiy  
     namunalarni mustaqil o`qishlariga rahbarlik qilish. . . . . . . .  128  
3.3. Adabiy materiallarni o`rganishda axborot texnologiyalaridan   
     foydalanish . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .  142 
 
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 152 
 
 
 
 
 

Katalog: lektions -> ozbek%20adabiyoti -> O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> O'zbekiston respublikasi xalq ta'lim vazirligi ajiniyоz nomidagi
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Navoiyshunoslik
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> O'zbekiston respublikasi xalq ta'lim vazirligi ajiniyоz nomidagi nukus davlat pedagogika
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Chet el adabiyoti tarixi
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> O’zbеk аdаbiyoti kаfеdrаsi

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling