Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika


II. Badiiy asarni idrok etishning mohiyati


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/15
Sana02.03.2018
Hajmi5.01 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15

II. Badiiy asarni idrok etishning mohiyati  
Maktabda  axloqiy,    estetik  tarbiya  tizimida  o`quvchining  ko`z  oldida  tabiat, 
hayot,  insoniy  munosabatlar  manzarasini  keng  ochadigan,  odamlar  xatti-harakatiga, 
hayotga  baho  beradigan,  go`zal  fazilatlarga  e`tiborni  qaratadigan  badiiy  adabiyotga, 
so`z san`atiga katta o`rin ajratilar ekan, ta`lim rus tilidagi maktablar, akademik litsey 
va  kasb-hunar  kollejlarida  o`zbek  tili  ta`limi  jarayoni  ham  ana  shu  imkoniyatlardan 
bebahra  qolmasligi  shart.  Badiiy  adabiyot  yordamida  rusiyzabon  o`quvchi(talaba)ni 
sharqona  axloq  bilan  tanishtirish,  milliy  ma`naviyat  tabiyasini  amalga  oshirish,  unga 
axloqiy-estetik  tarbiya  berish,  hayotiy  saboq  doirasini  kengaytirish  imkoniyatlari 
ortadi.  Lekin  ta`lim  mazmuniga  o`zbek  adabiyotining  go`zal  durdonalaridan 
namunalar  kiritgan  bilan  ular  shunchaki  o`qiladigan  bo`lsa,  ezgu  maqsadlar  amalga 
oshmay qoladi. Ta`lim jarayonida adabiy  asarni to`liq va chuqur badiiy idrok etishni 
ta`minlashgina  kutilgan  natijaga  yo`l  ocha  oladi.  Badiiy  idrok  umumiy  estetik 
tarbiyaning eng muhim qismlari sirasiga kiradi. 
Ruhshunoslik  va  adabiyot  o`qitish  metodikasiga  doir  manbalarda  turli  yoshdagi 
o`quvchilarning  badiiy  asarni  o`qib  idrok  etish  xususiyatlari  haqida  atroflicha 
ma`lumotlarni uchratish mumkin. Yosh xususiyatlari to`g`risida so`z yuritishdan oldin 
idrok bilan bog`liq masalalarning o`zini aniqlab chiqishni lozim deb topdik. 
Psixologiya fanlari doktori prof. P.M.Yakobson idrok tushunchasini shu so`zning 
tor  ma`nosida,  “bunda  ob`ektlarni  idrok  etishning  sezgi  a`zolarimizga  bergan  ta`siri 
bilan bog`liq asl aktlarini ko`zda tutgan holda”, shuningdek, so`zning keng ma`nosida, 
“bunda  predmetni  nisbatan  uzoqroq  idrok  etish  mobaynida,  idrok  etilayotgan 
ob`ektdan  turli  xil  aloqalar  va  munosabatlar  tizimini  aniqlash  chog`ida  kechadigan 

 
 
13 
13 
idrokni  ko`zda  tutgan  holda”  farqlash  zarur  deb  ta`kidlaydi  [89,7].  Bundan  kelib 
chiqadiki,  badiiy  asarni  o`qib  idrok  etganda  kitobxon  qandaydir  tasvirlar,  asar 
qahramonlari, voqea-hodisalardan xabar topibgina qolmay, ular orasidagi sabab-natija 
aloqalariga  dahldor  maummolar  girdobiga  sho`ng`iydi,  o`zicha  muayyan  xulosalar 
chiqaradi. 
N.D.Moldavskaya  o`z  monografiyasida  “idrok  etish  (qabul  qilish)”  terminidan 
hissiy bilish bosqichidagina emas, balki mavhum fikrlash bosqichida ham kechadigan, 
inson ruhiyatining juda keng sohasini (fikrlash bilan bir qatorda axloqiy va estetik his-
tuyg`ular, qayta yaratuvchi va ijodiy tasavvur, mantiqiy va emotsional xotira, maxsus 
qobiliyatlar)  qamrab  oladigan  chuqur  mazmunli  va  keng  jarayon  belgisi  sifatida 
foydalanadi  [76,28].  Muallifning  fikricha,  badiiy  idrok  etish  paytida  kitobxonning 
tafakkuri  bevosita  o`quv-biluv  orqali  qo`lga  kiritiladigan  ma`lumotlarga  emas,  balki 
badiiy  faktlar  va  hodisalarga  tayanadi.  Bu  degani,  kitobxonning  tafakkuri 
rassom(yozuvchi)ning tafakkuri orqali avvalroqdan bavositalangan voqelik hodisalari 
bilan  ish  ko`radi  [76,28].  Tafakkur  orqali  kishi  voqea-hodisalar  haqida  mushohada 
yuritadi.  Muayyan  vaziyatlarda  qahramon  tanlagan  xatti-harakatlarning  to`g`ri  yoki 
noto`g`riligini o`ylaydi, asar davomida qanday echimlar ma`qul topilganligini ko`radi 
va baho beradi. 
O`quvchi  badiiy  asarni  o`qib,  uni  idrok  etishga  doir  bilim,  ko`nikma  va 
malakalarni  egallab  borar  ekan,  adabiy  rivojlanadi,  o`zidagi  so`zli-badiiy  obrazlar 
bilan  fikrlash  qobiliyatini  o`stiradi.  Ma`lumki,  badiiy  obrazni  dastlabki  idrok  etish 
chog`ida  muayyan  aqliy  harakatlar  sirasi  yuzaga  keladi.  Ana  shu  bajariladigan  aqliy 
harakatlar  o`quvchining  matnda  tasvirlangan  obraz  yoki  manzarani  o`z  tasavvurida 
gavdalantirishi  va,  ruhshunoslar  aytganlaridek,  muhrlab  saqlab  qolishga  intilishi 
kiradi.  Lekin  parcha  birinchi  marta  o`qilgandan  keyin  kishi  ko`z  o`ngiga  keladigan 
tasvirga  monand  obraz  (manzara)  hali  to`liq  anglanib  etmagan  bo`ladi.  Vaholonki, 
adabiy  san`atni  o`rganish  uchun  asos  qilib  olinuvchi  tushuncha  badiiy  obrazdir 
[7,170].  Shunga  ko`ra  ham  A.A.Abdullina  ilk  tasavvurning  tug`ilish  bosqichini 
dastlabki  idrok  etish  deb  ataydi  [2,10].  Kitobxon  asarda  tasvirlangan  manzaralarni, 
qahramonning  qiyofasini,  axloqiy  fazilatlarini,  voqea-hodisalar  o`rtasidagi  sabab-
natija bog`lanishlarini etarlicha ko`z oldiga keltira olmay turadi. 
Hali  to`liq  anglanmagan,  o`z  belgilari  bilan  paydo  bo`lish  bosqichida  turgan  bu 
jarayon nihoyalanishi uchun tahlil usulidan foydalanish talab etiladi. Badiiy obrazning 
umumlashma  tavsifini  ochish  uchun  yuzaga  kelgan  dastlabki  tasavvur  tahlilga 
tortiladi.  A.A.Abdullina  buni  Јstabil  holga  keltirish”  deb  tushuntiradi.  Parcha 
o`qilgandan  keyin  o`quvchi(talaba)lar  tomonidan  uning  o`z  tasavvuriga  ko`chgan 
mazmuni  asosida  rasm  chizishlari    shunga,  ya`ni  stabillashtirishga  yordam  beradi. 
Bunda kitobxon badiiy obrazni  ijodiy qayta ishlay boshlaydi. Rasm chizish chog`ida 
o`quvchi(talaba)  o`zida  etishmayotgan  ma`lumotlarni  (bu  ma`lumotlar  e`tiborsiz 
o`tkazib yuborilgan bo`lishi mumkin) asardan uni ko`z yugurtirib o`qish orqali qidira 
boshlaydi va topadi. 
Xullas,  badiiy  obrazning  umumlashgan    ma`no-mazmunini  ochish  uchun  paydo 
bo`lgan  dastlabki  tasavvur  asosida  tahlil  o`tkazish,  shu  maqsadda  dastlabki  idroki 
asosida  bajaradigan  rasm  chizish  orqali  o`quvchilarning  dastlabki  tasavvurlari 
“stabillanadi”.  A.A.Abdullina  shunday  deydi:  “Biz  bolaning  ko`ruv  va  obrazli 

 
 
14 
14 
idrokidagi  ixtirochilikka  moyilligini  nazarda  tutib,  badiiy  obrazning  o`quvchi 
tomonidan  idrok  etilishidagi  bevositalilikni  saqlab  qolishimiz  mumkinki,  bu  narsa 
ishlab  chiqayotgan  metodikamiz  –  kichik  yoshdagi  o`quvchilarda  badiiy  obrazlarni 
ijodiy  qayta  yaratish  malakasini  shakllantirishdek  bosh  maqsad  munosabati  bilan 
muhim  ahamiyat  kasb  etadi”  [2,10].  Bu  o`rinda  muallif  adabiy  material  ustida  olib 
boriladigan  ta`limiy  ishlarning  bosh  maqsadi  va  natijasi  sifatida  “badiiy  obrazlarni 
ijodiy  qayta  yaratish  malakasini  shakllantirish”ni  ajratadi.    Albatta,  bu  maqsad  va 
natija adabiy matnni dastlabki idrok etish bosqichi bilan bog`liq bo`lsa kerak. 
Navbatdagi  bosqichda  stabil  holga  keltirilgan    dastlabki  idrok      etilganlarni 
chuqurroq  tahlil  qilishga  kirishiladi.  Bu  bosqichda  o`qituvchi  idrokning  yana  ham 
to`laqonli  bo`lishini  ta`minlab  beruvchi  bir  qator  so`zlar  ustida  ish  olib  boradi, 
obrazning  biror  bir  muhimroq  belgisiga  o`quvchilarning  diqqatini  qaratadi,  chizilgan 
rasm  bilan  parchadagi  badiiy  obrazni  o`zaro  taqqoslashga  undaydi.  Matn  asosidagi 
mushohadalar jarayonida, tabiiyki, nutq o`stirish ishlari ham amalga oshiriladi, bunga 
talabaning  turmush  tajribasi  jalb  etiladi  va  obrazga  (uning  tafsillariga)  shaxsiy 
munosabati  aniqlanib,  undan  bu  munosabatni  o`zbek  tilida  lo`nda  ifodalash  talab 
etiladi. A.A.Abdullinaning fikricha, ayni shu o`rinda o`quvchida badiiy asar obraziga 
nisbatan  ma`lum  his-tuyg`ular  uyg`onadi  (10-bet).  Bizningcha,  obrazga  nisbatan  his-
tuyg`ular asarni birinchi o`qishdayoq uyg`ona boshlaydi, keyingi jarayonlarda bu his-
tuyg`ular kuchayib boradi, deyish to`g`riroq bo`lsa kerak. 
Nihoyat,  A.A.Abdullinaning  ta`kidlashicha,  sintez  jarayonidan  keyingina 
obrazning dastlabki paydo bo`lgan tasavvuri sub`ektiv obraz-tasavvurga aylanadi. Shu 
bilan  idrok  jarayoni  o`z  mukammalligiga  erishgan  natijani  ifoda  etadi.  Sub`ektiv 
obraz-tasavvur  bolaning  fikran  yaratgan  hikoyasida  aks  etgan  real  voqelik  sifatida 
namoyon  bo`lib,  asardagidan  o`zining  sub`ektiv  munosabatlari  aralashgan  quymalik 
xususiyati  bilan  tafovutga  ega  bo`ladi.  O`quvchining  badiiy  asar  yuzasidan  yuritgan 
mushohadalarida  muallif  yaratgan  obrazdan  ijodiy  foydalana  bilganligi  “adabiy 
tayyorgarlik  ko`rsatkichi  bo`lib  xizmat  qiladi”  (11-bet).  Lekin  sintez  jarayoni 
bo`lmasa,  ushbu  ko`rsatkichga  erishib  bo`lmaydi.  Darhaqiqat,  A.A.Abdullina  asar 
mazmunini  qayta  hikoyalash  haqida  gapirayotgani  yo`q,  balki  uning  hikoyasi,  ya`ni 
xayolan  o`z  asarini  yaratishi  xususida  fikr  yuritmoqda.  Bu  bir-biridan  farqlanadigan 
ikki  xil  hodisadir.  Lekin  bu  erda  o`quvchining  o`z  hikoyasini  vujudga  keltirish 
jarayoni  bilan  qayta  hikoyalash  jarayoni  o`rtasidagi  farqlar  unchalik  aniq 
ko`rsatilmagan.  
Eslatish joizki, badiiy asar mazmunini qayta hikoyalashga ayrim metodistlarning 
munosabati  salbiy.  Professor  Q.Yo`ldoshevning  qat`iy  e`tiroziga  ko`ra  ЈBadiiy 
tahlilga  qo`yiladigan  talablardan  biri  va  eng  muhimi,  qanday  asar  tahlil 
qilinayotganidan  qat`i  nazar,  uning  mazmunini  hikoyalash  mumkin  emasligidir” 
[48,26].  Biz  ham  bu  fikrga qo`shilamiz.  Darhaqiqat,  qayta  hikoya  o`quvchi(talaba)ni 
matn mazmunini o`zlashtirishga undaydi. Aslida, yuqorida ta`kidlaganimizdek, badiiy 
matn mazmuni adabiy materialni o`rganish jarayoni uchun birlamchi emas. 
Badiiy asarni to`laqonli idrok etish ob`ektiv voqelikning sub`ektiv va ayni paytda 
aynan  aks  ettirilishini  ta`minlovchi  jarayonlar  quymasidir.  Asarda  yaratilgan  badiiy 
obrazning qandaydir “nusxa”si idrok natijasi bo`lib maydonga chiqadi. A.A.Abdullina 
bu kopiyani sub`ektiv obraz – tasavvur deb ataydi [2,8]. 

 
 
15 
15 
Sub`ektiv  obrazning  bola  xayolida  shakllanishini  biz  bir  qator  harakatlar 
izchilligi  deb  (bunda  bunday  bo`linishni  shartli  deb  tushunib)  tasavvur  qilamiz:  1) 
badiiy  obrazga  xos  axborot  belgilarini  ajratish,  badiiy  taassurotlarni  to`plash;  2) 
muayyan  ketma-ketlikda  ajratilgan  belgilarni  tahlil  qilish;  3)  ushbu  belgilarni  o`zaro 
solishtirish  va  tanlash,  materialni  o`quvchilar  tasavvurida  yaratish;  4)  belgilar 
yig`indisini mavhumlashtirish va esda olib qolish, to`plangan tasavvurlarni qiyoslash, 
buning  natijasida  o`z  sifat  ko`rsatkichlariga  ko`ra  muallifnikiga  monand  unga 
yaqinlashadigan  yangi  bir  butun  sub`ektiv  obraz  –  tasavvur  paydo  bo`ladi.  [2,8]. 
Boshqacha  aytganda,  idrok  etishning  boshlang`ich  nuqtasi  badiiy  obrazni  dastlabki 
idrok etish, natijasi esa – bola tasavuvurida shakllangan sub`ektiv obraz-tasavvurdir.  
Badiiy  obrazlarni  xayolan  qayta  yaratish  (tasvirlar,  qahramonlarning  qiyofalari 
va  fazilatlari,  voqea-hodisalarni  ko`z  oldida  qayta  gavdalantirish)  ijodiy  jarayon 
ekanligi hech kimda shubha uyg`otmaydi. Bu jarayon shunchaki o`quvchilarning matn 
mazmunini  xayolan  yoki  og`zaki  qayta  hikoya  qilishlari    emas,  balki  unga  yorqin, 
jonli  obrazlar  paydo  etadigan  va  o`qilganlarga  nisbatan  emotsional  munosabat 
uyg`onadigan qilib qayta ishlov berishlari ko`zda tutiladi.  
O`quvchilar o`z hissiy tajribalaridan, hayotiy kuzatishlaridan foydalangan, idrok 
etilganlarni  o`zlaricha  yoritgan  holda  qayta  ifoda  qiladilar.  Kitobxon  yaratayotgan 
obraz  muallif  yaratgan  obrazga  o`xshash  bo`lishi,  lekin  barcha  tafsillariga  ko`ra, 
albatta, u bilan bir xilda bo`lmasligi kerak. Shu ma`noda ijodiy qayta ifodalash haqida 
o`quvchilar  tomonidan  idrok  etilgan  obrazlarning  o`ziga  xos  (sub`ektiv)  tarzda 
tasvirlanayotgan  narsalarga  emotsional  munosabatlari  bilan  bo`yalgan  aks  ettirilishi 
to`g`risida  gapirish  joiz  [2,4].  Muammoli  vaziyatlar  asosida  yuzaga  keltiriladigan 
mushohadalar  kitobxonni  asardan  ijodiy  foydalanishga  undaydi.  Buning  natijasida 
uning o`z munosabati aralashgan asar yuzaga keladi. 
So`zsiz, badiiy asarni o`qish paytida kitobxon ijodkorligi san`atkorning o`zining 
ijodkorligidan  farqlanadi.  Lekin  u  har  qalay  hamijodkorlik  sanaladi,  chunki  u  ham 
ijodkorlik  ruhiyat  qo`zg`otgan,  faol  holatga  keltirgan  tomonlarini  –  emotsional 
xotirani,  xayolotni,  analiz  va  sintezning  rang-barang  tuyg`ularini,  asarni  bir  butun 
ko`ra  bilish,  uning  g`oyaviy-badiiy  ma`nisini  ilg`ay  olish  va  shu  bir  butun  asnosida 
tafsillarni  baholash  va  tushunishni  qo`zg`otadi,  faol  holatga  keltiradi  [95,11].  Ma`ni 
(tagzamin,  tag  ma`no,  ma`no-mazmun)  tushunchasi  o`zbek  tilidagi  metodik 
adabiyotlarda  ko`pincha  rus  tilidagi  smыsl,  podtekst  ma`nosida  ishlatiladi. 
R.V.Banchukov  badiiy  asardagi  podtekst    tushunchasiga  shunday  izoh  beradi: 
“Podtekst – bayonning so`z bilan ifoda etilmagan, ko`zda tutiluvchi ma`no-mazmuni, 
matndan  qonuniy  ravishda  kelib  chiqadigan,  o`zida  kinoyani  (biror  narsaga  shama 
qilishni) aks ettiradigan biror yangi, qo`shimcha ma`no-mazmun.” [12,74]. 
Asarda  tasvirlangan  voqea-hodisalar  haqida  mushohada  yuritish  jarayonida 
kitobxon,  bir  tomondan,  badiiy  asar  bilan  muloqotga  kirsa,  ikkinchi  tomondan, 
tevarakdagi real muhit bilan muloqotda bo`ladi. Adabiy matn har bir kitobxon qalbiga 
o`zining qandaydir  alohida mazmuni, tafsillari, timsollari bilan yo`l topadi, o`quvchi 
o`ziga biror yangilik kashf qiladi, qolaversa, kitobxonning o`zi ham matn mazmuniga 
biror yangilik olib kiradi. F.I.Volkovning fikricha, bunda badiiy asar bilan bo`ladigan 
muloqot  odamning  tevarak  atrofdagi  muhit  bilan  bevosita  muloqoti  tavsiflaydigan 
ayni  o`sha  ikki  tomonlama  ijodiy  ta`sir  xususiyatiga  ega,  badiiy  asar  insonning 

 
 
16 
16 
ma`naviy  dunyosini  shakllantiradi  va  ayni  paytda  u  bilan  –  kitobxon,  tinglovchi, 
tomoshabin  bilan  muloqot  hisobiga  o`zi  boyiydi.  Albatta,  badiiy  asarning  boyishi 
uning  o`zida  emas,  uning  mazmuni  va  shaklida  ham  emas,  balki  badiiy  asarni  idrok 
etayotgan odamning ijodiy tasavvurida sodir bo`ladi [17,58]. 
A.A.Abdullinaning  ta`kidlashicha,  idrok  mohiyatan  badiiy  obrazning  ikki 
bosqichli  strukturasini  aks  ettiradigan  va  fikrlashning  tushunchali  hamda  obrazli 
komponentlari bilan bog`liq bo`lgan bola faoliyatining ikki turidan iborat jarayondir. 
[2,8].  Birinchisiga  biz  badiiy  obrazni  bir  butun  idrok  etish  (kursiv  –  bizniki)  bilan 
bog`liq  faoliyatni  kiritamiz.  Bu  erda  bola  asosan  obrazning  hissiy  qabul  qilinadigan 
konkretligini “ko`radi”. Agar idrok jarayoni faqat shu faoliyat bilan cheklansa, u holda 
qabul  qilish  obraz  elementlarining  ketma-ket  kelgan  formal  reproduktsiyasi,    amalda 
yozuvchi  tomonidan  yaratilgan  obrazning  badiiy  va  estetik  boyligidan  mahrum 
bo`lgan  o`ziga  xos  fotosurati  bo`lib  qoladi.  Ikkinchi  xil  faoliyatga  obrazning 
umumlashgan  ma`no-mazmunini  idrok  etish  (kursiv  –  bizniki)  kiradi.  Bizningcha, 
badiiy 
obrazning 
umumlashgan 
ma`no-mazmunini 
so`zning 
umumlashgan 
funktsiyasidan  foydalangan  holda  bolaning  to`laqonli  idrok  etishiga  erishish  realroq 
sanaladi. [2,9]. 
A.A.Abdullina 
o`quvchilarning 
badiiy 
asarlarni 
idrok 
etish 
jarayoni 
xususiyatlarini quyidagi model tarzida tasvirlaydi: 
Asa
r-ning 
Bad
iiy obrazi 
Bolani
ng 
uni 
dast-labki id- 
rok 
etishi 
Dastla
bki 
idrokning 
stabil-
lashuvi 
Stabil-
lashtiril-gan 
dastlabki 
idrok tahlili 
Asarni 
dast-labki  idrok 
etishning 
tim-
solli 
kompo-
nentlarining 
sintezi 
Asarni 
idrok 
etish 
natija-sida 
olingan 
sub`ektiv  obraz 
– tasavvur 
 
Asarning  badiiy  obrazi      pirovardida  sub`ektiv  obraz-tasavvurga  aylanishi 
yuqoridagi modeldan yaqqol ko`rinib turibdi. 
N.D.Moldavskaya  idrok  jarayonlari  haqida  so`z  yuritar  ekan,  bunday  yozadi: 
“Umumiy  nutqiy  taraqqiyot  asosida  badiiy  adabiyotni  o`qish  tajribasining  asta-sekin 
to`planib  borishiga  qarab  so`zli-badiiy  obrazlar  bilan  yoki,  ba`zan  aytishlaricha, 
adabiy tafakkur yuritgan holda fikrlash qobiliyati ham rivojlanadi. Bu qobiliyat badiiy 
adabiyotni  idrok  etish  jarayonida  shakllanadi  va  ayni  paytda  idrokning  o`zidagi  sifat 
va yuqori saviyani ta`minlab beradi” [77,28]. 
N.D.Moldavskaya badiiy obrazning xususiyatidan, uning asosiy aks ettiruvchilik 
xossalaridan  kelib  chiqib  kitobxonlik  idroki  me`yorlari  (ko`rsatkichlari)  sifatida 
tasavvurlarning  aniqlik  darajasi  va  badiiy  umumlashmaga  kirib  borish  darajasini 
tavsiya  etadi  [77,29].  Bu  me`yorlar  kitobxonning  analitik-sintetik  qobiliyatidagi 
asosiy  xususiyatlarni  (obrazli  konkretlashtirish  va  obrazli  umumlashmalar  chiqarish 
jarayonlari) qayta ifoda etadi.  
Badiiy obrazning o`zida bo`lganidek, uni idrok etishda ham bu ikki xil “o`lchov” 
(tasavvurlarning  aniqlik  darajasi  va  badiiy  umumlashma  chiqarish)  bir-birovisiz 
yashay  olmaydi.  Faqat  umumlashtiruvchi  ma`no-mazmunga  ko`ra  konkret-hissiy 
shakl,  asarning  barcha  detallari  poetik  g`oyaning  ko`p  sonli  va  xilma-xil  jilolarini 
ochgan  holda  asl  ahamiyat  kasb  etadi.  Ammo  obrazli  umumlashtirishning  o`zi  ham, 
N.D.Moldavskayaning  e`tirof  etishicha,  faqat  konkret-hissiy  obrazlardagina  yashay 

 
 
17 
17 
oladi.  [77,29].  Chuqur  uqib  mustaqil  o`qish  kitobxonning  obrazli  fikrlashidagi 
umumlashtirishlar  va  konkretlashtirishlar  uyg`unlikda,  ularning  doimiy  dialektik 
o`zaro aloqadorlikda bo`lishini ko`zda tutadi.  
N.D.Moldavskayaning  tushuntirishiga  ko`ra,  so`zli-obrazli  struktura  doirasida 
qolgan holda idrok etishning kitobxonga turlicha namoyon bo`ladigan ikki darajasini, 
ikki  o`ziga  xos  “ufqini”  belgilash  mumkin.  Agar  kitobxon  voqeaviy-syujet  aloqalari 
darajasida  qolsa,  u  qandaydir  tasvirlar,  harakatlar,  voqea-hodisalar  atrofida 
uyushtirilgan  lavhalarni  ajratishga  harakat  qiladi.  Bunda  u  quyidagi  kabi  lavhalarni 
(shartli  belgilagan  holda)  tilga  oladi:  Ganya  buvining  vasiyati,  Vasyaning  kelishi  va 
yozuvchi  bilan  gaplashishi.  Kitobxon  ushbu  lavhalar  (epizodlar)  orasidagi  aloqalarni 
aniqlashga  urinib,  eng  oddiy  sabab-natija  aloqalarini  qidiradi.  Hikoyaning  obrazli 
strukturasini  tashkil  etishda  boshqa  yo`l  ham,  aloqalarning  bo`lak  zanjiri  ham  borki, 
bular  voqeaviy-syujetli  tomonlarini  element  sifatida  o`z  ichiga  oladi.  “Ikkinchi  ufq” 
kitobxon  nigohiga  birdaniga  ochila  qolmaydi.  Bular  shunday  epizodlarki,  ularda 
ko`zga  ko`rinarli  “yurish-turish”,  “voqea”,  “xatti-harakat”  yo`q  (masalan,  hikoya  va 
vasiyatning  ekspozitsiyasi,  muallifning  Vasya  bilan  suhbati,  yozuvchining  ko`rgan 
tushi, nihoyat, tabiat va vatan haqidagi o`ylar aks etgan yakuniy abzats) [77,32]. 
Shuning  uchun  ham  G.A.Petrova  o`zining  “Esteticheskoe  vospriyatie 
xudojestvennыx  proizvedeniy  shkol`nikami  starshix  klassov”  degan  risolasida 
L.S.Vigotskiyning 
idrok 
etish 
haqidagi 
qarashlariga 
alohida 
to`xtaladi. 
“L.S.Vigotskiy,  -  deydi  u,  -  san`atni  idrok  etishni  odamning  oddiy  estetik 
kechinmalari  deb  emas,  balki  badiiy  tuyg`u,  tasavvur,  ong  qo`shilmasi  sifatida 
tushunadi. Badiiy tuyg`u – bu real, lekin fantaziyaning zo`r berib ishlaydigan faoliyati 
bilan  hal  etiladigan,  asosan  bosh  miya  po`stlog`ida  hal  bo`ladigan  his-tuyg`udir”. 
“...San`at emotsiyalari aqlli emotsiyalardir” [89,6].  
O`quvchining  jonli  taassurotlari,  uning  hayotiy  tajribasi  –  adabiy  asarning 
to`laqonli idrokini shakllantirish asosi deb hisoblash joiz. Matnning keyingi tahlillari 
estetik  idrokni  chuqurlashtiradi,  o`quvchi  dunyoqarashini,    didini,  xarakterini 
shakllantirishga yordam beradi.   
G.A.Petrova  mashhur  metodist  olim  N.I.Kudryashovning  asarni  idrok  etish 
to`g`risidagi  xulosalariga  ham  to`xtaladi.  N.I.Kudryashov  psixologik  tadqiqotlarga 
asoslangan  holda  ta`kidlaydiki,  idrok  –  bu  o`qilayotganlar  mazmunini  tushunishni 
tug`ilayotgan  kechinmalar  bilan  birlashtiradigan  analitik-sintetik  jarayondir.  Badiiy 
asarni idrok etishda tasavvur, his-tuyg`ular, fikr faol ishtirok etadi. Shunga ko`ra ham, 
N.I.Kudryashovning  fikricha,  o`quvchilarni  adabiy  rivojlantirish-ning  asosiy  yo`li 
jonli  taassurotlardan  badiiy  kitobga,  kitobdan  yana  jonli  taassurotlarga,  boyitilgan 
tajribalarga qarab olib borishi kerak [89,7]. 
Badiiy-estetik kategoriyalar  (tipiklik,  realistiklik,  xalqchillik,  badiiylik,  shakl  va 
mazmun  biriligi)  nuqtai  nazaridan  amalga  oshiriladigan  fikrlash  operatsiyalari 
dastlabki  idrokning  emotsional-estetik  kechinmalari  asosida  bir  yo`la  yuzaga  keladi. 
O`ylab olish badiiy zavqning boyishiga, chuqurlashuviga va kuchayishiga olib keladi: 
axir  fikrlash  faoliyati  natijasida  obrazlarni  idrok  etishda  o`zgarishlar  yuz  beradi,  bu 
narsa  esa  yangi,  yanada  chuqur  va  anglanadigan  emotsional-estetik  kechinmalar 
uyg`otadi  [89,9]. 

 
 
18 
18 
Xullas,  o`quvchi(talaba)ning  badiiy  asarni  idrok  etish  saviyalari  ko`pgina 
omillarga,  chunonchi,  kitobxonlik    yoki  tomoshabinlik  madaniyatiga,  psixofiziologik 
xususiyatlariga,  shu  bilan  birga  boshidan  kechirgan  hayotiy  vaziyatlarga  bog`liqdir. 
Shuningdek,  san`at  asarining  mazmuni  xilma-xil  chuqurlikda  tushunilishi  mumkin, 
idrokning  o`zi  badiiy  asar  mazmuniga  mos  kelmasligi  mumkinki,  bu  narsa  badiiy 
adabiyot  xususiyatlaridan  biri  –  mazmunining  ko`p  qatlamliligi,  badiiy  obrazning 
o`ziga xosligi va shaxsning ruhiy tuzilishi, rivojlanish darajasi bilan izohlanadi [77,9]. 
A.A.Abdullinaning 
kuzatishlariga 
ko`ra, 
kichik 
o`quvchilarni 
yorqin 
ifodalanuvchi  emotsionallik  va  idrokning  bevositaliligi,  atrof  voqelikdan  olingan 
sezimlar asosida faktlarni, voqea-hodisalarni, xatti-harakatlarni anglash va baholashga 
intilish  ajratib  turadi.  Lekin  ular  o`qilganlarni  jonli  manzaralarda  hamma  vaqt  ham 
qayta  yarata  olmaydilar,  asardagi  ko`p  narsalarni  payqamay  qoladilar.  Bizningcha, 
bunday  holat  kichkintoylar  tevarak  atrofni  tomosha  qilganda  ham,  voqea-
hodisalarning guvohi bo`lganda ham yuz beradi. A.A.Abdullina o`z mushohadalariga 
xulosa  yasar  ekan,  boshlang`ich  sinflarda  o`quvchilar  o`z  tasavvurlarida  paydo 
bo`layotgan sub`ektiv obrazlarga o`qish jarayonida tayanish malakasini etarli darajada 
egallamay,  yuqori  sinflarda  ham  ko`pincha  badiiy  asarni  faqat  jonli  bo`yoqlardan 
mahrum  bo`lgan  sxemaday  idrok  etishda  davom  etadilar,  tadqiqotchilar 
(V.V.Golubkov,  A.V.Petrovskiy  va  boshqalar)  yuqori  sinflarda  adabiyotga  bo`lgan 
qiziqishning pasayish sababini shunda ko`radilar, deb ta`kidlaydi [2,3]. 
A.A.Abdullinaning  diqqatini  A.I.Grishina  o`tkazgan  tadqiqot  natijasi  o`ziga 
qaratadi.  A.I.Grishinaning  xulosasiga  ko`ra,  qayta  yaratish  malakasini  rivojlantirish 
boshlang`ich  ta`lim  bosqichida  osonroq  qo`lga  kiritiladi.  Lekin  bu  yoshda  boy 
berilgan  imkoniyatlarni  keyinggi  yillarda  to`ldirish  tobora  qiyinlashib  boradi.  Agar 
qayta yaratuvchi tasavvurni rivojlantirish vazifasi e`tiborsiz qoldirilsa, badiiy obrazni 
to`laqonli qayta yaratish malakasi umuman shakllanmasligi mumkin [2,3-4]. 
Katta yoshdagi o`smirlar, 7-sinf o`quvchilari uchun adabiy asarni idrok etishning 
5-sinf  o`quvchilariga  xos  ko`pgina,  umumiy  jihatlari  xarakterlidir.  Ularda  sintezlash 
jarayoni zaif, hissiyotlarini nazorat qilish uncha takomillashmagan bo`ladi. Binobarin, 
ularda  adabiy  qahramonlarga  nisbatan  paydo  bo`ladigan  his-tuyg`ular  tasavvur 
ishidagi sub`ektivchilikni shartlab beradi [89,11]. 
Agar  lirik  asar  o`rta  sinflarda  o`rganiladigan  bo`lsa,  u  holda  bu  yoshda  lirika, 
aytishlaricha, qiyinroq qabul qilinadi. Odatda, she`rda tevarak-atrofdagi olam o`rniga 
ko`pincha  ichki,  ma`naviy  olam  tasvirlanadi.  Keyingisi  haqida  esa  bu  yoshdagi 
o`quvchilarning tasavvuri g`oyatda qorong`i  bo`ladi. Bundan tashqari, lirikani o`qish 
dardkashlikka asoslanadi, o`zgalar tuyg`ulari va o`ylariga dardkash bo`lishga hayotda 
o`zi  nimalarnidir  boshidan  kechirgan  va  sinashta  bo`lgan  odam  qodirdir.  Nihoyat, 
poeziya emotsiyaning muayyan  madaniyatini talab qiladi, voyaga etmagan yoshlarda 
ayni  shu  narsa  etishmaydi.  Yuqori  sinf  o`quvchilari  masalasiga  kelsak,  bu  erda 
manzara  sezilarli  darajada  o`zgaradi:  dastlabki  hissiyotlar  uyg`onadi,  birinchi 
muhabbat  keladi,  o`z  shaxsiga  qiziqish  paydo  bo`ladi,  o`z  ichki  olamini  kashf  etish 
yuz  beradi,  o`quvchilarning  ma`naviy  hayoti  faollashadi,  o`zining  betakror, 
boshqalarga o`xshamagan ekanligini his etish yuzaga keladi [6,81-82]. 
G.A.Petrovaning xulosasiga ko`ra, oliy nerv faoliyatining “badiiy” tipida sezgilar 
va tasavvurlar, “mutafakkirlar”da esa real voqelikdan uzoq bo`lgan va umumlashgan 

 
 
19 
19 
fikrlash ustuvorlik kasb etadi, oliy nerv faoliyatining o`rta tipida o`quv-biluvning biror 
tomonida  yaqqol  ajralib  turadigan  tomonlar  yo`q.  Bu  farqlar  qobiliyatlarning 
yo`nalishlaridagi farqlarni ham belgilab beradi  [89,14]. 
Muallifning  fikricha,    ayni  bir  yosh  orasida  idrok  saviyasi  va  sifatida  jiddiy 
farqlar mavjud bo`lmasligi ham mumkin. Yuqorida tilga olingan farqlar esa shaxsning 
umumiy  madaniyat  darajasi,  uning  ko`rgan  tayyorgarligi,  xususiyatlari,  adabiyotga 
munosabati  va  boshqa  shart-sharoitlar  bilan  belgilanadi.  Bu  shartlardan  tashqari, 
shaxsning  oliy  nerv  faoliyati  muayyan  tipiga  mansubligi  idrok  xususiyatlariga  katta 
ta`sir o`tkazadi [89,12]. 
Badiiy tafakkurning asosiy xususiyati uning konkret-hissiy zamindan ajralmagan, 
uzoqlashmagan  holda  keng  umumlashtirishga  ko`tarila  olish  qobiliyatidir.  Shuning 
uchun  so`zli-badiiy  obrazni  to`laqonli  idrok  etish,  kitobxonlik  “hamkorligi”  ayni 
paytda  yaqqol    namoyon  bo`ladigan  aniqlik  va  umumlashmalar  chiqarishga  qodirlik 
bilan tavsiflanadi. Badiiy idrokning ushbu jihati san`atning mohiyati bilan shartlanadi. 
San`at  voqelikni  uning  bir  butunligida,  umumiyni  yakkada  ifodalash  boyligida, 
yakkaning  hissiy  yorqinligi  va  betakrorligida  estetik  o`zlashtirgan  holda  aks  ettiradi. 
Shuning uchun ham adabiy asarni o`rganish uchun ta`limni didaktik-axborot metodlari 
bilan  cheklamasdan, ushbu kitobxonlik “hamkorligini” joriy etish kerak [7,178]. 
Shunday  qilib,  asar  tahlili  jarayonida  unda  voqelikning  oddiy  tasviri  bayon 
etilgan degan dastlabki tushuncha o`zgaradi va badiiy umumlashma tavsifi ochiladi.  
Xullas, badiiy obrazlarni qayta yaratish malakasini shakllantirish metodikasi to`rt 
bosqichni  o`z  ichiga  oladi.  B  i  r  i  n  ch  i    bosqichda  (1-sinf)  o`quvchilar  obrazlarni 
dastlabki idrokni rasm shaklida stabillashga o`rgatiladi. Matn tahlili tasvirda berilgan 
obrazlarni  rasmda  tasvirlanganlar  bilan  nisbatlashda,  obrazlarni  ko`rsatmali 
tasvirlayotgan  so`z  va  so`z  birikmalarini  topishda  o`z  ifodasini  topadi.  Ushbu 
bosqichda  o`qituvchi  rahbarligi  ostida  tahlil  o`tkaziladi.  Qabul  qilingan  obrazlarni 
nutqda aks ettirish o`quvchilarning ayrim tafsillar va butun rasmni yaxlit sharhlashlari 
shaklida  sodir  bo`ladi.  I  k  k  i  n  ch  i    bosqichda  (I-II  sinflar)  vazifa  aynan  o`shaning 
o`zi  bo`lib  qoladi,  lekin  obrazlarni  dastlabki  idrok  etishni  stabillash  shakli  ortiqcha 
tafsillarni  qisqartirish  hisobiga  soddalashtirish  yuz  beradi  (sxematik  rasm). 
Mikrokartinalarni  topish,  ularning  izchilligini  aniqlash,  obrazlarni  yaratayotgan  so`z 
va so`z birikmalarini ajratishdan iborat matn tahlili o`qituvchi yordamida o`tkaziladi. 
Obrazlarning  bundan  keyingi  qayta  yaaratilishi  va  ularning  nutqiy  shaklda  chizib 
berilishi  sxematik  rasmni  tasirlashni  ifoda  etadi.  U  ch  i  n  ch  i    bosqichda  (II  sinf) 
badiiy  obrazlarni  qayta  yaratishdagi  asosiy  urg`u  obrazlarni  stabillashning  grafik 
usullaridan obrazli mazmunni ifodalashning  so`zli usullariga ko`chiriladi. Bunga shu 
bilan erishiladiki, rasm asta-sekin “o`raladi” va sinf doskasida jamoa bo`lib tasvirlash 
–  obrazli  strukturani  umumlashgan  grafik  sxemada  qaydlash  o`quvchilar  uchun 
dastlabki  idrokni  stabillash  (muqimlash)  shakliga  aylanadi.  Matn  tahlili 
(mikrokartinalarni topish, ularning izchilligini o`rganish, tasvirga kiruvchi so`zlarning 
obrazli  ma`nolarini  ochib  berish)  o`qituvchi  nazorati  ostida  o`tkaziladi,  lekin  bu 
bosqichda  o`quvchilarning  ko`proq  mustaqilligi  ko`zda  tutiladi.  Badiiy  obrazlarni 
bog`lanishli nutq orqali qayta yaratishda so`zdan keng foydalaniladi. T o` r t i n ch i  
bosqichda  (II-III  sinflar)  rasm  kartinali  reja  bilan  almashtiriladi,  so`z  bilan  rasm 
chizish  asar  obrazlarini  qayta  yaratish  vositasiga  aylanadi.  O`quvchilar  tomonidan 

 
 
20 
20 
matnni  tahlil  qilish,  tasvir  uchun  muhim  bo`lgan  so`zlarning  obrazli-emotsional 
ma`nolarini  ochib  berilishi  natijasida  tug`iladigan  sub`ektiv  obraz-tasavvur  qabul 
qilingan  obrazlarni  o`quvchilar  bog`lanishli  nutqida  keyingi  qayta  ifodalashning 
tayanchi bo`lib maydonga chiqadi [2,12]. 
A.A.Abdullina badiiy obrazni qayta yaratish malakasiga umumlashgan murakkab 
malaka  deb  qaraydi,  uni  o`zaro  organik  ravishda  chatishib  ketgan  ikki  malaka: 
obrazlarni  to`g`ri  qayta  yaratish  malakasi  bilan  idrok  etilganlarni  muallif  fikriga 
monand  nutqiy  shaklda  ifodalash  malakasidan  iborat  deb  biladi  [2,4-5].  Albatta, 
rusiyzabon  o`quvchi(talaba)  uchun  ikkinchi  malaka  turi  egallab  bo`lmaydigan 
marraday  ko`rinadi.  Aslida,  bu  o`quvchilarning  o`zbek  tilida  fikrlashigina  asarning 
g`oyaviy-badiiy  qiymatiga  chuqur  kirib  borishni  ta`minlaydi.  Afsuski,  ularning 
aksariyat qismi o`zbek tilida fikrlashdan yiroq.  
Yirik  metodist  olim  G.I.Belen`kiyning  izohlashicha,  murakkab  ruhiy  jarayon 
bo`lmish  kitobxonlik  idrokida  badiiy  matndan  kelib  tushayotgan  “signal”larga 
javoban odamning butun hayotiy tajribasini “harakatga keltiradi”. Kitobxon yozuvchi 
bilan  dialogga  kirar,  uni  qo`llab-quvvatlar  yoki  u  bilan  bahslashar,  o`z  ma`naviy  va 
ruhiy olamini boyitar ekan, o`zi sezmagan holda, ehtimol, o`z irodasiga qarama-qarshi 
o`laroq,  o`zining  olamga,  voqelikka,  odamga,  o`z  hayotiy  mavqeiga  bo`lgan 
qarashlarini  shakllantiradi.  Fojeaviy  ziddiyatlarga  duch  kelib,  katarsisga  uchraydi, 
ruhiy  tozarishga  keladi.  San`at  olamida  kundalik  tasavvurlar  va  hissiyotlar  o`zaro 
chirmashib  ketadi  va  yuksak  fuqarolik  qiymatini  kasb  etadi.  G`oyibona,  asta-sekin 
o`z-o`zini  bilish,  o`z-o`zini  tarbiyalash,  shaxsning  o`z-o`zini  bunyod  etish  jarayoni 
kechadi  [13,7].  Albatta, bu  erda  yozuvchining butun  mahorati namoyon bo`ladi.  Shu 
jihatdan qaraganda N.I.Kudryashovning quyidagi so`zlari o`rinli aytilgan: “Yozuvchi 
ongli yoki ongsiz ravishda o`z kitobxoniga mo`ljal oladi, uning qalbiga kirib borishga 
intiladi, uning axloqiy olamiga ta`sir etishga harakat qiladi”. [58,8]. 
80-90-yillar nasrining yangi qirralari shunda ko`rinadiki, ob`ektiv olam, voqea va 
hodisalar, tashqi tasvir, qahramon xatti-harakatlari, uni o`rab turgan muhit va sharoit, 
zamon va makon endi to`g`ridan-to`g`ri badiiy to`qimaga aylantirilmay, balki ularning 
inson tasavvuri, shuuriga ta`siri, qahramonning unga ongli munosabati, ya`ni aks ta`sir 
sifatida,  ta`sirga  ta`sir  tarzida  badiiyatga  aylantiriladi  [25,3].  “Aks  ettirish  jarayoni 
aslida ta`sir natijasi emas, balki o`zaro ta`sir natijasidir, ya`ni go`yo bir-biriga peshvoz 
kelayotgan jarayonlar natijasidir” (A.N.Leont`ev). 
N.D.Moldavskaya adabiy tayyorgarligi yuqori bo`lgan kishi haqida gapirar ekan 
[76,28],  uning  so`zli-badiiy  obrazlar  bilan  fikrlash  qobiliyati  qay  darajada 
rivojlanganligini ko`zda tutadi. Bu xislat boshqa ko`pgina fazilatlari qatori estetik va 
badiiy  jihatdan  ham  kamolotga  etgan  shaxsning  tavsifiy  belgilariga  kiradi.  Badiiy 
tafakkurning  asosiy  xususiyati  konkret  hissiy  zamindan  uzoqlashmagan  holda  keng 
umumlashmalarga  ko`tarila  bilishidir.  Shuningdek,  badiiy  obrazni  idrok  etish 
o`quvchida  kechadigan  murakkab  emotsional-obrazli  fikrlash  bilan  bog`liq  faoliyat 
bo`lib, u faol kechadi. Aksincha, o`quvchi asarni rus tiliga tarjima qilib o`qiganda, u 
o`zbek  tilida  so`zli  badiiy  fikrlamaydi.  Matnni  o`qib,  o`zbek  tilidagi  materialdan 
ma`lumot  ola  biladigan  yoshlardagina  shu  tilda  fikrlash  uchun  ehtiyoj  tug`ilishi 
mumkin.  Rusiyzabon  o`quvchilar  adabiy  matn  mazmunini  tushunish  maqsadida  uni 

 
 
21 
21 
rus tiliga tarjima qilganda emotsional-obrazli fikrlash jarayoni ham kechmaydi, chunki 
bunday o`qish jarayoni his-tuyg`ular uyg`otmaydi.  
Yaxshigina  adabiy  did  bilan  qurollangan  o`quvchilar  sinfda  o`rganilayotgan 
badiiy  asarni  faolroq  idrok  etadilar,  chuqurroq  tushunib  oladilar,  hamma  o`quv 
materialining  hammasini  durustroq  esda  olib  qoladilar.  Yana  ular  adabiy  hodisalarni 
baholashda  va  adabiyotga  bo`lgan  o`z  qarashlarini  bayon  etish  va  dalillashda 
mustaqilroq bo`ladilar [10,3]. 
Bolaning  adabiy  didi  strukturasi  katta  yoshdagilarnikiga  qaraganda  o`zgacha, 
bolalarda san`at asarini emotsional idrok etish intellekt tomonidan nisbatan oz nazorat 
qilinadi,  ularning hayotiy va kitobxonlik tajribasi ham katta emas. Birinchi navbatda 
garchi ularga rus va chet el mumtoz adiblarning ko`pgina asarlari tushunarli va yaqin 
bo`lsa-da, maxsus bolalar adabiyoti kerak degan shubhaga o`rin qoldirmaydigan fakt 
shu narsa bilan izohlanadi [10,6]. 
Katalog: lektions -> ozbek%20adabiyoti -> O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> O'zbekiston respublikasi xalq ta'lim vazirligi ajiniyоz nomidagi
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Navoiyshunoslik
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> O'zbekiston respublikasi xalq ta'lim vazirligi ajiniyоz nomidagi nukus davlat pedagogika
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Chet el adabiyoti tarixi
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> O’zbеk аdаbiyoti kаfеdrаsi

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling