Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/15
Sana02.03.2018
Hajmi5.01 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15

 
 
1.2. Uzluksiz ta`lim tizimida adabiy materiallarni o`rganishning 
bugungi holati 
 
Ta`lim  rus  tilida  olib  boriladigan  maktablar,  akademik  litsey  va  kasb-hunar 
kollejlarining o`zbek tili dars(mashg`ulot)lari tarkibida  adabiy materiallarni o`rganish 
ishini ro`yobga chiqaruvchilar – o`zbek tili o`qituvchilari. Aytish mumkinki, aksariyat 
o`zbek  tili  o`qituvchilarining  adabiyot  o`qitish  metodikasidan  maxsus  tayyorgarligi 
yo`q.  Ularning  oz  qismi  o`zbek  adabiyoti  nazariyasidan,  o`zbek  adabiyoti 
namunalaridan,  adabiyot  o`qitishning  shakl,  vosita  hamda  usullaridan  qisman 
xabardor. 
O`qituvchilar  orasida  o`tkazilgan  so`rovnoma  ular  adabiy  materiallar  ustida 
quyidagi tarzda ish olib boradilar: 
Adabiy matnni o`qishdan oldin:   
Ma`lum  bo`lishicha,  100  o`qituvchining  62  nafari  adabiy  matnni  o`qitishdan 
avval lug`at ishi tashkil etadi. Bunday lug`at ishi o`quvchi-(talaba)larni badiiy asardan 
olingan parcha mazmunini dastlabki mutolaadan keyinoq to`liq tushunishdan tashqari 
estetik zavq olishga tayyorlaydi. Yangi so`zlar, ayniqsa, asosiy mazmun bilan bog`liq 
leksik  materiallar,  buning  ustiga  ko`plab  ma`nosi  unutilgan  so`zlar  ustida  oldindan 
tegishli  ishlar  bajarilmas  ekan,  o`qishdan  ko`zlangan  maqsadga  erishib  ham 
bo`lmaydi. Hatto, ma`nosi unutilgan so`zlarni e`tiborsiz qoldirib, faqat yangilari bilan 
ishlash  ham  kutilgan  natijani  yo`qqa  chiqarishi  mumkin.  O`qituvchilarning  62  foizi 
yuqoridagi  kabi  bir  yoqlamalikka  yo`l  qo`yganda,  darsning  samarasiga  putur  etishi 

 
 
29 
29 
mumkin  bo`lgan  bir  vaziyatda  38  nafar  muallimning  ish  usuli  maqbul  emasligi  o`z-
o`zidan ayon bo`ladi.   
73 o`qituvchi matnni o`qishdan oldin o`quvchilarga savol va topshiriqlar havola 
qiladi. Bunday savol va topshiriqlar tinglovchilarning ham diqqatini matn mazmunini 
tushunishga,  uni  badiiy  idrok  etishga  safarbar  etadi.  Aks  holda  ayrim  o`quvchilar 
o`qiyotgan  odamni  eshitmasdan,  o`z  ishlari  bilan  band  bo`lib  o`tirishlari  mumkin. 
Buni kuzatilgan darslar ham to`liq tasdiqlaydi.  
51  o`qituvchi  kirish  so`zidan  ilgari  bolalar  oldiga  muammolar  qo`yadi.  Ma`lum 
bo`lishicha, o`qishdan oldin matnga doir savol va topshiriqlar havola etish kerak deb 
hisoblagan 73 o`qituvchi ularni muammo qo`yish bilan tenglashtirmagan. Aslida savol 
va  topshiriq  bilan  muammo  qo`yish  ham  mumkin.  Boshqa  jihatdan  qaraganda,  matn 
mazmuniga doir savol va topshiriqlarning muammoli vaziyat hosil qilishga dahli yo`q. 
Nima  bo`lgan  taqdirda  ham,  o`qishdan  oldin  yuzaga  keltiriladigan  muammolilik 
tarafdorlari  kamaygan  (51%).  Yoshlarni  qiziqtirish  uchun  esa  o`qishdan  avval  ular 
oldiga  biror  bir  muammo  qo`yish  badiiy  matn  ustida  ishlashning  muhim  jihati 
sanaladi. 
44  kishi  kirish  so`zida  davr  sharhiga  o`rin  ajratadi.  Bu  bir  tomondan  ob`ektiv 
holat bo`lsa kerak. Chunki ayrim asarlar borki, ularda tasvirlangan davrga sharh berish 
taqozo etilmasligi ham mumkin. 
69  o`qituvchining  kirish  so`zida  yozuvchi  yoki  shoirning  hayoti  va  ijodiy 
faoliyati    haqida  ma`lumot  aks  etadi.  59  o`qituvchi  o`z  kirish  so`zida  asarning 
yaratilish tarixi haqida ma`lumot berib o`tadi.  
Adabiy matnni o`qish paytida:   
O`qituvchilarning  bir  qismi  badiiy  matnni  o`quvchilarga  ovoz  chiqarib  o`qishni 
topshirsalar,  yana  bir  qismi  buni  talab  etmaydi.  Vaholonki,  adabiy  materiallarni 
o`rganishning  asosiy  unsuri  –  bu  ularni  o`qishdir.  O`quvchilardan  matnni  ovoz 
chiqarib  o`qishni  talab  etmasligi  amaliyotda  yo`l  qo`yilishi  mumkin  bo`lgan  eng 
jiddiy kamchiliklardan biri deb baholanishi kerak.  
O`qituvchilar  matnni  o`qish  jarayonida  unda  uchragan  notanish  so`zlarni 
tushuntiradilar. Aytish joizki, asosiy lug`at ishini o`qish chog`iga qoldirayotgan ushbu 
o`qituvchilar  o`quvchilarning  adabiy  matnni  birinchi  o`qishdayoq  mazmunini  to`liq 
tushunishlariga  erishish,  shu  yo`l  bilan  asarning  ularda  estetik  zavq  uyg`otishini 
ta`minlash chorasini ko`rmaydilar, ana shunday chora-tadbir sifatida oldindan leksik-
grammatik tayyorgarlik olib bormaydilar. 
O`qituvchi matndagi milliy qadriyatlar bilan bog`liq tushunchalarni izohlaydilar. 
Rusiyzabon o`zbek xalqiga xos qadriyatlar asosida yaratilgan badiiy obrazlarni to`g`ri 
qabul qila olsin va shu qadriyatdan ko`zda tutilgan estetik zavq yuzaga kelsin uchun 
tegishli izohlar berilishi shart. 
Ko`pchilik  o`qituvchilar  izohli  o`qish  o`tkazadilar.  Lekin      bunday  usuldan 
foydalanmaydiganlar  badiiy  idrokning  dastlabki  erishilgan  marra  saviyasida  to`xtab 
qolishi bilan tavsiflanuvchi kamchilikka yo`l qo`yadilar. 
O`qituvchi  o`quvchilarni  ifodali  o`qishga  o`rgatish  zarur  deb  hisoblaydi. Aslida 
ifodali  o`qish  adabiy  matn  tahlili  yo`lidagi  dastlabki  qadamdir.  Asarni  ifodali 
o`qitmaslik unga o`quv matni sifatida qarash natijasi sanaladi. 

 
 
30 
30 
O`qituvchilar  badiiy  matnni  so`zma-so`z  o`qib  tushuntirish  metodidan  ham 
foydalanadilar.  Bunday  o`qish  o`zbek  tili  darslarida  ko`pincha  tarjimali  o`qish  tusini 
oladi.  Asarni  so`zma-so`z  o`qib  tushuntirish  o`quvchilarning  leksik  va  grammatik 
hozirligi  bo`sh  bo`lgan,  ular  matnni  birinchi  o`qishdayoq  mazmunini  anglashga 
oldindan  tayyorlanmagan  sinflarda  vaziyat  taqozosi  bilan  qo`llanadigan  usuldir. 
Bunday o`qish chog`ida asar estetik zavq uyg`ota olmaydi, albatta.  
Ijobiy holat sifatida ta`kidlash lozimki, ayrim o`qituvchilar badiiy matn mazmuni 
asosida rasm solish usulini qo`llaydilar.  
Adabiy matn o`qilgandan keyin:  
Ayrim  o`qituvchilargina  badiiy  asarni  tahlil  qilish  usulidan,  evristik  suhbatdan, 
qisman  izlanish  yoki  evristik  metoddan  foydalandilar.  Ta`kidlash  joizki,  ushbu 
metodlar badiiy  matn ustida tajriba olib borishni ko`zda tutadi. Demak, o`qituvchilar 
bu yo`nalishda oz ishlaydilar.  
Ba`zi  o`qituvchilar  parchaga  doir  reja  tuzdiradilar,  obrazlarga  qiyosiy  tavsif 
berish  ustida  ish  olib  boradilar.  Bugungi  kunda  har  bir  asar  qahramoni  o`ziga  xos 
ekanligi nazarda tutilganda, “obrazlarga tavsif” tushunchasi bilan kifoyalanish to`g`ri 
bo`ladi.  
So`rovnomadan adabiy materiallarni o`rganishda lektsiya va seminar usullaridan 
foydalanuvchilar ko`p emasligi ma`lum bo`ldi.  
Adabiy  materialni  o`rganishning  eng  muhim  jihati  uni  hayot  bilan  bog`lashdir. 
Bunday tadbirni amalga oshiradigan o`qituvchilar ko`p ekanligi kishini quvontiradi.  
Asar  tili  ustida  olib  boriladigan  o`qituvchilar  ko`p  emas.  Bu  narsa  aksariyat 
maktablarda 
badiiy 
asardan 
keltirilgan 
parchaning 
badiiy 
xususiyatlarini 
o`rganishning yaxshi ahvolda emasligidan dalolat beradi.  
O`qituvchilar  asarda  tasvirlangan  voqea-hodisalarni  hayotdan  ko`chirilgan 
nusxadan  farqlashga  o`rgatish  ustida  ish  olib  borishini  aks  ettirganlar;  ayrim 
o`qituchvchilar hissiy-timsolli idrok va fikrlash faoliyatiga e`tibor beradilar; ularning 
ko`pchiligi  parcha  ustidagi  ishlar  yakunida  o`qituvchining  xulosa  so`ziga  o`rin 
ajratadi. 
Kitobxon  o`qishdan  uch  xil  maqsadni  ko`zlaydi:  1)  bilish  uchun  o`qiydi,  2) 
bajara olish uchun o`qiydi, 3) zavq olish uchun o`qiydi. Bularning birinchisi ma`rifiy, 
ikkinchisi  aqliy-irodaviy,  uchinchisi  estetik  maqsadni  ko`zda  tutadi.  Qaysi  maqsad 
bilan o`qish adabiy  materialga bog`liq bo`lsa, shu maqsadga erishuv o`quvchilarning 
kitobxonligiga,  bilim  va  yosh  saviyasiga  bog`liqdir.  Shubhasiz,  o`qituvchi  darsdan 
ko`zlagan  niyat  ham  hal  qiluvchi  rol`  o`ynaydi.  Biz  kuzatgan  darslarda  biror 
o`qituvchi adabiy matndan estetik samara olishni rejalashtirmagan. Darsning maqsadi 
deb  matn  ta`kidlangan:  "Abdulla  Qahhor"  matni  ustida  ishlash,  "G`afur  G`ulom" 
matnini o`qish, "Ko`k konvert" matni bilan ishlash va hokazo. 
Aksariyat  o`qituvchilar  matn  ustidagi  ishlarni  mazmuni  yuzasidan  savollarga 
javob olish, mazmunini so`zlatish bilan yakunlaydilar. 
Muallimlar  she`rlarni  o`kuvchilarga    o`qitib,  rus  tiliga  tarjima  qildiradilar. 
Navbatdagi  butun  bir  darsni  she`rni  yoddan  ayttirib  so`rashga  bag`ishlaydilarki, 
bunday  mashg`ulotda  estetik  samara  emas,  she`rdan  bezish  kuzatiladi.  O`quvchilar 
she`rni ifodasiz, beta`sir, g`uj-g`uj talaffuz xatolari bilan, ba`zan chalkashliklarga yo`l 
qo`yib aytsalar ham, o`qituvchi ko`pincha ularni to`xtatmaydi, tuzatmaydi ham. She`r 

 
 
31 
31 
o`qiyotgan  bolaga  o`rtoqlari  quloq  solmaydi,  e`tibor  bermaydi.  Bunday  darsda 
o`qituvchi  o`quvchilarni  yomon  baho  qo`yish  bilan  dahshatga  soladi,  she`rni  so`rash 
bilan qo`rqitadi, ayni paytda ushbu san`at asarining zavq ulashish uchun yaratilganini 
unutib  qo`yadi,  shoirning  she`r  ijod  qilishidagi  iztiroblarini  xayoliga  keltirmaydi, 
binobarin, asar bolalar ma`naviyati uchun xizmat qilmaydi. 
T.F.Kurdyumova  o`qituvchilarning  ish  tajribasidagi  quyidagi  kamchiliklarga 
e`tiborni alohida qaratadi: 
-o`quvchilarning  badiiy  asar  bilan  dastlabki  tanishuvini  darsning  emotsional 
markaziga aylantira olmaslik, ularda kechinmalar uyg`ota bilmaslik; 
-badiiy asar tahlilida o`quvchilarning matn bilan muloqot usullarida bir xillik va 
so`zga etarli e`tibor qaratmaslik; 
-asar bilan tanishuv nima berganini ta`kilovchi dasrning yorqin xotimalanmasligi 
[60,29]. 
T.G.Braje metodik qo`llanmalarni amaliyotga joriy etish haqida gapirib shunday 
deydi: “O`qituvchi amaliy echimlar asosiga singdirilgan qonuniyatlar va printsiplarni 
anglab  etgan  taqdirdagina  metodik  qo`llanmadan  samarali  foydalanishi  mumkin. 
Nazariy  anglanmagan  amaliy  echimlar  o`z  holicha  hamma  vaqt  ham  o`qituvchining 
metodik  boyligiga  organik  ravishda  qo`shilavermaydi  va  muvaffaqiyat  keltirmaydi. 
Agar  o`qituvchi  nazariy  pozitsiyadan  turib  anglab  etmasa,  hatto  boy  va  qiziqarli 
tajriba ham “sandiqqa tushib ketish” tendentsiyasiga ega” [15,8]. 
Adabiy  materiallar  ustidagi  ishlarni  tashkil  etishga  da`vat  qilingan  o`zbek  tili 
o`qituvchisi  o`zbek  adabiyotini  ham,  rus  adabiyotini  ham  yaxshi  bilishi,  adabiyot 
o`qitish  metodikasi  bilan  qurollangan  bo`lishi  kerak.  Adabiyot  o`qituvchisi  qanday 
bilim  va  malakalarga  egalik  qilishi  kerakligi  R.Keldiyorovning  tadqiqot  ishida  [54] 
atroflicha yoritilgan, shu bois bu masalaga maxsus to`xtalmaymiz.  
O`zbek  tili  o`qituvchilari  adabiy  materiallarni  o`qitish  ishlarini  tashkil  etishda 
mavjud  manbalarga:  kontseptsiya,  standart,  dastur  va  darsliklarning  metodik 
strukturasiga asoslanadilar. Ayniqsa, darslikning metodik strukturasi ma`lum ma`noda 
yo`l  ko`rsatkich  vazifasini  bajarishi  mumkin,  chunki  darslik  qolipidan  chetga 
chiqmaydigan  o`qituvchi  uning  savol  va  topshiriqlar  tizimiga  ergashadi.  Ilg`or  ish 
tajribali  o`qituvchilargina  mavjud  qolipdan  chetga  chiqib  ishlay  oladilar.  Lekin, 
hamonki, o`qituvchi kontseptsiya, standart, dastur va darsliklar bilan ish ko`rar ekan, 
shu  hujjatlarda  qanday  yo`l-yo`riqlar  berilganini  ko`rib  chiqish  zaruriyati  paydo 
bo`lishi turgan gap. 
Rusiyzabon  o`quvchi(talaba)larga  o`zbek  adabiyotini  o`qitish  zarurligi  dastlabki 
rasmiy  hujjat  –  kontseptsiya  talabidir.  Dastlabki  loyiha  R.Yo`ldoshev  tomonidan 
tuzilgan.  1992  yili  loyiha  sifatida  yaratilgan  “Rus  maktablarida  o`zbek  tili  va 
adabiyotini  o`qitish  kontseptsiyasi”  loyihasining  ikkinchi  qismi  [41,17-21]  o`zbek 
adabiyotini o`qitishga doir yo`riqlarni ifoda etadi. Bu erda ta`kidlanishicha, “Adabiyot 
o`qitish  quyidagi  shakllarda  va  izchillikda  amalga  oshiriladi:  izohli  o`qish,  adabiy 
o`qish,  adabiyot  nazariyasi  (tarixi).  Har  bir  bosqich  o`ziga  xos  jihatlari  bilan  o`zaro 
farqlanadi, o`ziga yarasha ish usullari bilan ajralib turadi” (18-bet). “Badiiy asarlarni 
o`qishga  o`rgatishda  ularning  tabiatidan  kelib  chiqadigan  o`ziga  xos  xususiyatlari 
hisobga  olinishi  zarur.  Obrazli  san`at  asarlarini  “o`qishga”  o`rgatish  obrazlarni  ko`z 
oldiga  keltira  bilishga  o`rgatish  demakdir.  Bunday  o`qishdan  o`quvchilarning 

 
 
32 
32 
tasavvuri  boyiydi”  (19-bet).  “O`quvchi  o`zbek      tilidagi  badiiy  asarni  o`qish 
jarayonida  matn  mazmunini  tushunishdan  tashqari  uni  obrazli  idrok  etmog`i  kerak. 
Ifodali o`qish asarni obrazli idrok etishga yordam beradi. O`quvchilarni asar matnidan 
obrazlarni  (manzaralarni,  kartinalarni)  ko`ra  bilishga  o`rgatish,  ularda  ichki 
kechinmalar  uyg`ota  bilishga  erishish darkor”  (19-bet.)  “O`quvchilarning  tasavvurini 
kengaytirishda ularni o`zbek tilidagi badiiy tasvir usullari bilan tanishtirib borish ham 
muhim  ahamiyatga  ega.  Shuningdek,  rus  adabiyotini  o`rganish  jarayonida  hosil 
qilingan malakalar nazarda tutilmog`i lozim” (20-bet). “Dastlab badiiy asar mazmuni 
ustida ish olib boriladi, so`ngra uni tahlil etishga kirishiladi. O`quvchining diqqati asar 
qahramoniga  qaratiladi.  5-sinf  o`quvchilari  qahramonning  asosiy  fazilatlarini 
ko`rsatish bilan kifoyalanadilar. 8-sinfdan boshlab hikoya yoki parchadan kelib chiqib 
unga kengroq tavsif berish talab etiladi” (20-bet). 
Ma`lum  bo`ladiki,  kontseptsiya  loyihasida  adabiy  materiallar  ustida  olib 
boriladigan  ishlarning  asosiy  yo`nalishlari  o`z  aksini  topgan.  Bu  yo`nalishlar 
quyidagilarda  namoyon  bo`ladi:    asarni  ifodali  o`qish  va  undan  estetik  zavq  olish 
(kechinmalar  uyg`otish);  so`z  asosida  manzara  yaratish;  asarni  obrazlilik  va  til 
vositalari  nuqtai  nazaridan  tahlil  qilish;  obrazlarga  tavsif  berish;  adabiy-nazariy 
tushunchalarni o`zlashtirish. 
O`zbekiston  Respublikasi  Xalq  vazirligi  tomonidan  tasdiqlangan  “Ta`lim  rus 
tilida  olib  boriladigan  sinf(guruh)larda  o`zbek  tili  va  adabiyotini  o`qitish 
kontseptsiyasi”da [100] “O`zbek adabiyoti namunalaridan foydalanish” degan bo`lim 
ajratilgan  bo`lib,  bu  erda  shunday  yo`riq  beriladi:  “Tayanch  va  o`rta  maktablarda 
o`zbek adabiyoti materiallari izohli o`qish tarzida beriladi. Izohli o`qish orqali badiiy 
asardan olingan parcha mazmuni va uning til xususiyatlari anglatiladi, matnni ifodali 
o`qish  va  obrazli  idrok  etish  ko`nikmasi  shakllantiriladi.  ¡quvchilar  tasvirlanayotgan 
voqea  yoki  lavhani,  asar  qahramonining  fazilatlarini  izohlab  umumiy  tarzda  fikr 
ifodalash, sanash va ko`rsatishda mashq qiladilar. 
O`quvchi  o`zbek  tilidagi  badiiy  asarni  ifodali  o`qish  jarayonida  matn  tuzilishini 
tushunishdan  tashqari,  uning  mazmunini  idrok  etadi.  Bunda  o`quvchilarni  asardagi 
obrazlar  (manzaralar,  lavhalar),  qahramonlarning  kechinmalarini  tushuna  bilishga 
o`rgatish katta ahamiyat kasb etadi” [100,].  
Ta`lim  boshqa  tillarda  (aslida  rus  tilida)  olib  boriladigan  maktablar  uchun 
yaratilgan  “O`zbek  tili”  davlat  ta`lim  standartida  [22,246-261]  talab  etilishicha, 
boshlang`ich  sinflarda  o`quvchilar  “she`rni,  badiiy  parchani  ifodali  o`qiy  olishlari, 
sinfda va sinfdan tashqari o`rganilgan 20-25 ta she`rni yoddan ayta bilishlari”, “voqea-
hodisalarga  va  asar  qahramonlariga  munosabat  bildirgan  holda  tushunib  o`qishlari” 
(254-bet);  umumiy  o`rta  ta`lim  bosqichida  esa  ulardan  quyidagilar    talab  etiladi: 
“O`zbek  mumtoz  adabiyotining  yirik  namoyandalari,  XX  asr  zamonaviy  o`zbek 
adabiyotining  yirik  namoyandalari,  xalq  qo`shiqlari,  rivoyatlari  va  latifalari.  G`azal, 
ruboiy, doston” (258-bet). 
Shuningdek,  “Badiiy  asarni  (yoki  undan  olingan  parcha),  she`rni  ifodali  o`qiy 
olishlari. 
V-IX  sinflarda  o`rganilgan  she`rlardan  50  ga  yaqinini  yoddan  ifodali  ayta 
bilishlari, o`zbek xalq og`zaki ijodi namunalaridan (maqol, topishmoq, qo`shiq, matal) 
ayta olishlari. 

 
 
33 
33 
Matnni til xususiyatlarini izohlagan holda o`qishlari” (261-bet) lozim. 
Xullas,  DTS  talablarining  ta`lim  rus  tilida  olib  boriladigan  maktablarda  adabiy 
materiallarni o`rganishga doir qismida badiiy idrok, badiiy obraz ustidagi ishlar, asar 
tahlili masalalari etarli aks etmay qolgan. 
Ta`lim boshqa tillarda (aslida rus tilida – R.N.) olib boriladigan maktablar uchun 
yaratilgan  “¡zbek  tili”  davlat  ta`lim  standarti  bilan  bir  vaqtda,  bir  hujjatning  o`zida 
ta`lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablar uchun yaratilgan “O`zbek adabiyoti” 
davlat  ta`lim  standartida  [22,158-163]  ham  e`lon  qilingan.  Ushbu  standart  ta`lim 
o`zbek va rus tillaridan boshqa tillarda olib boriladigan ta`lim muassasalarida o`zbek 
adabiyotini  o`qitish  mazmunini  me`yorlaydi.  Unda  ta`lim  boshqa  tillarda  olib 
boriladigan  ta`lim  muassasalarida  o`zbek  adabiyotini  o`qitishning  maqsadi  ma`naviy 
dunyosi boy, o`zbek xalqining axloqiy qadriyatlarini biladigan, shu bois, o`zbeklarni 
chuqurroq  anglaydigan  qalbi  uyg`oq  o`zbekistonlikni  tarbiyalashdir  [22,158]  deb 
belgilangan.  Standartda  ta`kidlanishicha,  “V-VII  sinflarda  o`zbek  adabiyotiga  doir 
materiallar  “O`zbek tili  va  adabiyoti” darsligi tarkibida berilishi  va  alohida  soatlarda 
o`rganilishi  zarur”,  “Tavsiya  etilgan  materiallar  izohli  o`qish  (kursiv  –R.N.niki) 
shaklida o`rganiladi”; o`quvchi “o`zbek va o`z adabiyoti namunalarini taqqoslab, ikki 
xalqning  borliqni  anglashi  va  badiiy  tasvirlashidagi  o`ziga  xosliklarni  ilg`ab  oladi” 
[22,158]. 
Ushbu  standartda  ta`lim  boshqa  tillarda  olib  boriladigan  umumiy  o`rta  maktab 
bitiruvchisining  bilimi,  ko`nikma  va  malakalariga  nisbatan  quyidagi  talablar  ham 
belgilangan [22,]: 
Asarni idrok etish va tahlil qilishga doir: badiiy asar namunalarini ifodali o`qiy 
olishi;  dostonlar  qahramonlari  haqida  mulohaza  yurita  olishi;  latifalardagi  Afandi 
obraziga munosabat bildira olishi va o`z xalqi og`zaki ijodi qahramoni bilan taqqoslay 
olishi;  lug`at  yordamida  tahlil  qilingan  asarlarning  mazmuniga  munosabat  bildira 
olishi  (bu  ham  ko`proq  mumtoz  asarlarga  nisbatan  qo`llanadi);  o`rganilgan  g`azalni 
lug`at yordamida o`qib, mazmuniga qisqacha munosabat bildirishi; (o`rganilgan emas, 
o`rganilayotgan g`azal); o`qilgan asarlarga tayangan holda o`zbek xalqiga xos bo`lgan 
estetik-psixologik  xususiyatlarni  ajrata  olish  va  o`z  xalqi  xususiyatlari  bilan 
taqqoslashi;  o`rganilgan  badiiy  asar  obrazlariga  og`zaki  va  yozma  ta`rif  bera  olishi; 
o`rganilgan g`azalni lug`at yordamida baytma-bayt o`qib, tahlil qila olishi; o`rganilgan 
mumtoz  adabiyot  namunalari  qahramonlariga  yozma  va  og`zaki  tavsif  bera  olishi; 
g`azalni  o`z  tushunchasi  doirasida  mustaqil  sharhlay  olishi;  g`azallardagi  insoniy  va 
ilohiy muhabbatni ajrata olishi, ulardagi oshiq-ma`shuqa obrazlarini taqqoslay olishi; 
mumtoz  adabiyot  namunalaridagi  oshiq  va  ma`shuqa  obrazini  ajrata  olishi; 
o`rganilgan  asarlar  yuzasidan  insho  yoza  olishi;  o`zbek  adabiyoti  namunalarini 
o`rganish  mobaynida  o`zbeklarning  milliy  tafakkuriga  xos  bo`lgan  jihatlarni  ilg`ay 
olishi;  hozirgi  zamon  o`zbek  adabiyotidagi  adabiy  turlar,  janrlar  va  adabiy 
tushunchalar  definitsiyasini  bilishi  hamda  kitobxonlik  amaliyotida  qo`llay  olishi; 
o`rganilgan  asarning  zarur  jihatini  ochib  beruvchi  unsurlarni  topa  olishi;  zamonaviy 
adabiy qahramonlarning xususiyatlarini ocha olishi; 
Adabiyot  nazariyasiga  doir  ma`lumotlarga  doir:  ertak,  maqol,  topishmoq,  tez 
aytish  va  hikmat  kabi  atamalarni  bilishi,  ularni  bir-biridan  ajrata  olishi;  o`rganilgan 
o`zbek  xalq  og`zaki  ijodi  namunalariga  nisbatan  o`z  xalqi  ijodidagi  mazmunan  mos 

 
 
34 
34 
keladigan  namunalarni  ayta  olishi  va  ularga  munosabat  bildira  olishi;  zamonaviy 
o`zbek adabiyoti janrlarini bilishi va o`z adabiyoti bilan taqqoslay olishi; o`zbek xalq 
qo`shiqlari,  rivoyatlari  haqida  bilishi  va  ulardan  namunalar  ayta  olishi;  o`z  xalqi 
qo`shiqlari  bilan  taqqoslab,  o`xshash  va  farqli  tomonlarini  ko`rsata  olishi;  ruboiy 
janri  xususiyatlari  haqida  ma`lumot  bera  olishi  va  o`z  adabiyoti  bilan  taqqoslashi; 
tuyuq,  qit`a,  g`azal,  doston  tushunchalari  faqat  Sharq  adabiyotiga  xos  ekanligini 
bilishi  va  o`z  adabiyoti  tushunchalari  bilan  taqqoslay  olishi;  o`zbek  mumtoz 
adabiyotining shoh janri - g`azal haqida fikr ayta olishi; mumtoz va zamonaviy o`zbek 
adabiyotiga  xos  bo`lgan  adabiy  janrlarni  farqlay  olishi,  ularni  o`z  adabiyoti  janrlari 
bilan taqqoslay olishi (yuqorida shu kabi talab bor edi, ya`ni takror); 
Amaliy  malakalar:  5-6  badiiy  matnni  yoddan  ayta  olishi;  o`zbekcha  tez 
aytishlardan  talab  darajasida  (nafas  olmasdan  kim  ko`p  ayta  olish)  6-8  tasini  ayta 
olishi;  o`zbek  adabiyotiga  hurmat  bilan  qaraydigan  va  mustaqil  ravishda  o`zbekcha 
badiiy  asarlar  o`qiydigan  bo`lishi;  mumtoz  asarlar  uchun  tuzilgan  lug`atlardan 
foydalana  olishi;  (bunga  unchalik  zaruriyat  bo`lmaydi,  chunki  mumtoz  asarlar  bu 
darajada  o`rganilmaydi  –  R.N.);  matn  yuzasidan  savollarga  javob  bera  olishi 
maqsadga muvofiqdir. [16,159-161]. 
Eslatish  joizki,  o`zbek  klassik  adabiyoti  janrlari  (doston,  she`riy  hikoya, 
“sayohatnoma”lar) va ulardagi vazn, qofiyalanish sistemasi, syujet, kompozitsiya kabi 
nazariy  masalalar  o`rgatilishi  natijasida  o`quvchilarning  adabiyot  haqidagi  bilim 
doirasi yanada kengaytiriladi [8,4]. 
Demak,  ta`lim  boshqa  tillarda  olib  boriladigan  maktablar  o`quvchilari  o`zbek 
xalq  og`zaki  ijodidan  namunalar  (o`zbek  xalq  qo`shiqlari,  rivoyatlari,  ertak,  maqol, 
topishmoq,  tez  aytish  va  hikmat,  latifalar,  bizningcha,  eng  murakkabi  –  dostonlar) 
bilan,  o`zbek  mumtoz  adabiyoti  asarlaridan  namunalar  (tuyuq,  qit`a,  g`azal,  doston) 
bilan tanishishlari kerakligi yo`riqning minimal talablariga kirgan. Bu o`rinda adabiy 
materiallarni  o`qib-o`rganish  bilan  bog`liq  egallanadigan  bilimlar,  ko`nikma  va 
malakalar sirasi ham maksimal darajada ko`rsatilgan deb hisoblash mumkin. Masalan, 
o`rganilgan  mumtoz  adabiyot  namunalari  qahramonlariga  yozma  va  og`zaki  tavsif 
bera  olishi; g`azalni o`z tushunchasi doirasida  mustaqil sharhlay  olishi;  g`azallardagi 
insoniy  va  ilohiy  muhabbatni  ajrata  olishi,  ulardagi  oshiq-ma`shuqa  obrazlarini 
taqqoslay  olishi;  o`rganilgan  asarlar  yuzasidan  insho  yoza  olishi  va  boshqalar. 
Rusiyzabon o`quvchilarning bu darajada adabiy tayyorgarlikka ega bo`lishlari maxsus 
adabiyot darslari ko`zda tutilmagan, adabiy materiallar o`zbek tili dars(mashg`ulot)lari 
tarkibida o`tiladigan bir sharoitda egallab bo`lmaydigan marra sanalishi mumkin. 
Ko`rinib turibdiki, bu talablar o`zbek maktablarining o`quvchilari egallashi lozim 
bo`lgan  talablarga  yaqin  turadi.  Lekin  bu  talablar  rusiyzabon  o`quvchilarga  nisbatan 
maksimal  daraja ham,  minimal  daraja ham  bo`la olmaydi.  Chunki  adabiy  materiallar 
o`zbek tili darslari tarkibidagina o`rganiladi. Xullas, DTS talablarining ta`lim boshqa 
tillarda olib boriladigan maktablar uchun deb belgilangan qismini ta`lim rus tilida olib 
boriladigan maktablarga nisbatan to`g`ridan-to`g`ri tatbiq etishning iloji yo`q.  
Milliy  maktablarda  rus  adabiyotini  o`qitishning  umumiy  masalalari,  rus 
bo`lmaganlar  uchun  darslik  yaratish  amaliyoti  A.A.Lipaev,  K.V.Mal`tseva, 
e.F.Infant`ev,  L.A.Sheyman  va  boshqalar  tomonidan  yoritilgan.  Bu  ishlarda 
darsliklarning tarkibiy komponentlari belgilangan: badiiy matnlardan tashqari - o`quv 

 
 
35 
35 
maqolalari,  turli  xil  lug`atlar,  keng  tarmoqlangan  savol  va  topshiriqlar  tizimi  va  b.; 
bunda  quyidagi  asosiy  printsiplarga  rioya  etish  taviya  qilingan:  adabiy  asarlarni 
chuqur  o`ylab  tekstual  o`rganish,  o`rganishning  tarbiyaviy  yo`nalganligi,  o`quv 
fanining o`ziga xos xususiyatini hisobga olish. 
Bugungi  kunda  uzluksiz  o`zbek  tili  ta`limi  tizimida  adabiy  materiallarni 
o`rganish  qay  ahvolda  ekanligining  dastlabki  ko`rsatkichi  “O`zbek  tili”  darsliklarida 
berilgan  parchalar  va  shu  parchalar  yuzasidan  o`z  ifodasini  topgan  metodik 
strukturada yaqqol namoyon bo`ladi. 
Umumta`lim maktablarining o`zbek tili darslarida adabiy materiallarni o`rganish 
metodikasi  deyarli  ishlanmaganligi  uchun  “O`zbek  tili”  darsliklarining  metodik 
strukturasiga singdirilgan metodika – savol va topshiriqlar tahlili bilan kifoyalanamiz. 
Amaldagi 7-sinf “O`zbek tili” darsligida [106] adabiy materialdan avval “adabiy 
o`qish”ga doir shartli belgi qo`yilgan (doira ichida kitob).  
Adabiy  materialdan  keyin  dastlab  lug`at  joylashtirilgan.  Bu  erda  7  tadan  17 
tagacha so`zning ruscha tarjimasi berilgan.  Masalan, X.To`xtaboevning “Sariq devni 
quvib” romanidan keltirilgan parcha yuzasidan 8 ta so`z, P.Qodirov, “Kiyik poylagan 
qoplon”  hikoyasiga  17  so`zdan  iborat  lug`at  joy  olgan.  Bizningcha,  matnga  doir 
lug`atlar  to`liq  emas.  (Bu  masalaga  kuzatilgan  darslar,  ayrim  nazorat  ishlari 
munosabati bilan yana qaytamiz.) 
Adabiy  asarlar  yuzasidan  berilgan  savol  va  topshiriqlar  asosan  mazmun  ustida 
ishlashga  qaratilgan.  Zulfiyaning  “Maktab  ochildi”  she`ri  bo`yicha  savollar  ichida 
birinchisi  (Yangi  maktab  nima  bilan  qiyoslanadi,  o`quvchilar-chi?)  tasviriy  vositaga 
(nurli  beshik)  e`tiborni  qaratadi.  E`tiborga  molik  ushbu  usul  rivojlantirilmaydi, 
keyingi matnlarda davom ettirilmaydi.  
G`.G`ulom,  “Bilib  qo`yki,  seni  Vatan  kutadi”  she`riga  doir  havola  qilingan 
birinchi  savol  (Shoir  “Seni  Vatan  kutadi”  degan  jumlasi  bilan  nima  demoqchi?) 
mushohadaga,  ikkinchisi  (She`r  sizga  yoqdimi?)  estetik  baho  berishga,  uchinchisi 
(G`afur  G`ulomning  yana  qanday  asarlarini  bilasiz?)  sinfdan  tashqari  o`qilgan 
asarlarni eslashga undaydi. 
Ma`lum  bo`ladiki, darsliklarda  adabiy  material  yuzasidan  tavsiya  qilingan savol 
va  topshiriqlar  o`qituvchilarni  ham,  o`quvchilarni  ham  badiiy  obrazlar  ustida  etarli 
darajada ish olib borish sari da`vat etmaydi. Asosan asar mazmunini o`zlashtirish, shu 
asosda  nutq  o`stirish,  gohida  ifodali  o`qish,  onda-sonda  tasviriy  vositalarni 
(o`xshatish)  aniqlash  tavsifidagi  ish  turlarini  ko`zda  tutadi.  Shubhasiz,  uzduksiz 
adabiy  ta`limni  bular  sira  ham  qondira  olmaydi.  Savol  va  topshiriqlar  tizimini  qayta 
ishlab chiqish talab etiladi.  
Darsliklarning  metodik  strukturasiga  qaraganda,  o`zbek  tili  darslarida  tom 
ma`noda  adabiy  o`qish  metodikasini  joriy  etish  uchun  yo`nalish  berishi  mumkin 
bo`lgan  savol  va  topshiriqlar  asosan  badiiy  matn  mazmunini  o`zlashtirish  atrofidagi 
ish turlarini taqozo etadi, xolos. 
Ta`lim  rus  tilida  olib  boriladigan  maktablar,  akademik  litsey  va  kasb-hunar 
kollejlarining  o`zbek  tili  dars(mashg`ulot)lari  tarkibida    adabiy  materiallarni  badiiy-
estetik  jihatdan  o`rganish  sari  undashi  mumkin  bo`lgan  o`quv  fani  kontseptsiyasi, 
DTSi,  dasturlari  mavjud.  O`zbek  tili  o`qituvchisi  ana  shu  hujjatlar  talablaridan  kelib 

 
 
36 
36 
chiqqan  holda  o`zi  mustaqil  izlanish  natijasida  adabiy  ta`limga  monand  qo`shimcha 
ish turlari, savol va topshiriqlardan foydalanishi mumkin. 
Mavjud sharoitlarda o`zbek tili o`qituvchisi adabiy material ustida ishlashga doir 
metodik  tavsiyalarni  “O`qituvchi  kitobi”dan  olishi  mumkin  edi.  Lekin  6-sinf  uchun 
hozirlangan  “O`qituvchi  kitobi”da  [107]  “adabiy  o`qish”  tushunchasi  ostida  oddiy 
o`quv matni yuzasidan bajariladigan ish turlari tilga olingan, xolos.  Bu erda quyidagi 
mazmunda tushuntirish beriladi: 
“Adabiy  o`qish  darslarida  o`tgan  til  darsi  mavzusiga  mos  ravishda  tanlangan 
o`qish materialining ustida ishlash maqsadlari ko`zda tutilishi tushuntiriladi: 
-o`zbek  tilidagi  matnni  talaffuz  qonun-qoidalariga  rioya  qilgan  holda  matnni 
to`g`ri, ifodali o`qishga o`rganish; 
-matndagi yangi so`zlarni tushunib olish va o`zlashtirish hisobiga so`z boyligini 
oshirish; 
-kerak  bo`lsa,  lug`at  asosida  matndagi  material  mazmuniga  tushunish,  berilgan 
savollarga javob bo`ladigan kerakli materialni ajrata olish; 
-matndagi qahramonlar, ularning xatti-harakatini to`g`ri baholash, ular haqida o`z 
fikr-mulohazalarini ifodalash, ya`ni matn asosida fikr ifodalashni o`rganish (31-bet). 
Adabiy  o`qish  metodikasi  mana  shu ish turlaridan  iborat.  Bu  erda o`quvchilarni 
adabiy  matn  mazmunini  tushunishga  tayyorlash  maqsadida  unutilgan  ko`plab 
so`zlarni  oldindan  takrorlash,  ayrim  so`z  va  so`z  birikmalariga  izoh  berish,  badiiy 
matnni  idrok  etishni  ta`minlash,  asar  tahlili  kabi  talay  ish  turlari  e`tibordan  chetda 
qolgan.  Lekin  mazkur  “O`qituvchi  kitobi”da  “Mavzuga  kirish”  rukni  ostida 
o`qituvchining kirish so`zi tavsiya qilinganligi maqtovga loyiq. Masalan, “Navoiyning 
do`sti”  matni  bo`yicha  quyidagi  kirish  so`zini  o`qiymiz:  o`qituvchi  “bugun  buyuk 
o`zbek mutafakkiri va shoir, o`zbek xalqining buyuk ajdodi Alisher Navoiy hayotidan 
bir  lavhani  o`rganilishi  haqida  gapiradi.  XV  asrda  yashab  ijod  qilgan  A.Navoiy 
nafaqat shoir, balki tilshunos olim va jamoat arbobi bo`lgan. Bolalikdan birga o`sgan 
do`sti  Husayn  Boyqaro  hukmronlik  qilgan  davrda  uning  eng  yaqin  maslahatchisi 
sifatida  mamlakatda  adolat  va  farovonlik  o`rnatish  ishida  katta  hissa  qushganligini 
aytadi.  Bugun  o`rganiladigan  parcha  esa  Navoiyning  yaqin  do`sti  Pahlavon 
Muhammad  haqida  ekanligi  haqida  gapiradi”  (47-bet).  Qo`llanmada  yana  birmuncha 
ma`qulroq  gap  aytilgan:  “O`qituvchi  “Navoiy  va  Pahlamon  Mahmud”  hikoyatini 
o`qib,  bu  hikoyat  yuzasidan  darslikda  berilgan  lug`atga  qo`shimcha  so`zlarni 
xattaxtaga  yozadi.  O`quvchilar  bu  so`zlarni  lug`at  daftarlariga  ko`chirib  oladilar”. 
Lekin  so`zlarni  ko`chirish  dars  vaqtini  behuda  sarflashga  olib  keladi.  Bu  o`rinda 
texnik vositalardan foydalanish zaruriyati ko`proqdir. 
“So`zlovchi  yomg`ir”  she`rini  o`rganish  munosabati  bilan  berilgan  “Mavzuga 
kirish”da  tasviriy  vositalar  ustida  ishlash  ko`zda  tutiladi:  “...o`qituvchi  o`tgan  til 
darsida  tabiat  hodisalarini  tasvirlashni  o`rganganlari,  shu  jumladan  badiiy  asarlarda 
istiora  (metafora)  hamda  jonlantirish  haqida  tushunchaga  ega  bo`lganliklarini 
eslatadi...”. She`r bo`yicha o`tilganlarni mustahkamlashda unda qanday o`xshatish va 
jonlantirishlar qo`llanganligini aytishga doir topshiriqlar berilgan. (53-bet). 
Rusiyzabon o`quvchiga uch xil qiyinchilik tug`iladi: milliy realiyalar, tasvirning 
badiiy usullari, til. 

 
 
37 
37 
Rusiyzabon  o`quvchilarning  o`zbek  tilidagi  so`z  boyligi,  gap  tuzish  malakalari 
aksariyat  sinf(guruh)larda  talab  darajasida  emas.  Bunday  paytlarda  ular  adabiy 
materialning  mazmunini  bir  o`qishda  keragicha  tushuna  olmasliklari  namoyon 
bo`lmoqda.  
O`qituvchining  topshirig`i  bilan  o`quvchi  N.  “Haqimni  bering”  parchasini  rus 
tiliga tarjima qilgan. Parchaning birinchi abzatsini avval aynan keltiramiz: 
Atrofni qorong’ilik bosdi. Yo’lchi jimjit ko’chada tanho aylanib yurib, boynikiga 
qaytdi.  Odatda  Mirzakarimboy  o’tiradigan  mehmonxonaning  derazasidan  chiroq 
yarqirar  edi.  Yo’lchi  uy  eshigini  ochishi  bilan  ko’zlari  boyning  o’qraygan  ko’zlari 
bilan uchrashdi. Lekin u loqaydlik bilan tiz cho’kdi. Ular bir-ikki daqiqa sukut qilib, 
bir-birlarining  g’azabli  ko’zlaridan  ma’no  qidirishdi.  Mirzakarimboy  yonboshdagi 
katta par yostiqni bir tomonga itarib tasbehni sandalga qo’ydi. 
Ana  shu  parchani  rus  tiliga  o`girishda  o`quvchi  ayni  qahramonlarning 
munosabatini noto`g`ri anglashga turki beradigan xatolarga yo`l qo`ygan. Chunonchi, 
u  “Lekin  u  loqaydlik  bilan  tiz  cho’kdi”  gapidagi  “loqaydlik”  so`zini  tashlab  ketgan, 
“tiz cho`kdi” birikmasini rus tilida “poklonilsya” deb ifodalagan. Natijada Yo`lchining 
Mirzakarimboyning  oldiga  kelgandagi  ruhiy  holati  noto`g`ri  anglangan.  Go`yo 
Yo`lchi qo`rquv ostida bo`lgan, shuning uchun Mirzakarimboy ta`zim bajo keltirgan. 
Aslida  Yo`lchi  loqayd  bo`lgan,  ya`ni  biror  bir  qo`rquvni  his  etmagan  holda,  dadillik 
bilan  boy  huzuriga  kirib  kelgan.  Voqeaning  rivoji  ana  shu  ruhiy  holat  bilan  bog`liq 
ravishda sodir bo`lgan. Asosiy tafsilni (loqaydlik bilan) tashlab ketganlik, bir noto`g`ri 
tarjima (tiz cho`kdi – poklonilsya) matnni xato tushunishga olib kelgan. 
O`zbek  tili  darslarida  adabiy  materialni  faqat  oddiy  o`quv  matni  sifatida  qabul 
qilishga  sabab  bo`ladigan  omillar  ko`p.  Ulardan  biri  o`quvchilarning  o`zbek  tilini, 
uning  leksik  va  grammatik  materiallarini  egallashda  dasturdagi  talablar  darajasidan 
orqada  qolayotganliklaridir.  O`zbek  tili  darslarida  davlat  ta`lim  standarti  talablariga 
ko`ra II-IV sinflarda 700, V-IX sinflarda 1400 tub so`z o`rganiladi. Bu so`zlar asosan 
og`zaki nutqda ishlatiladigan so`zlardir. She`rlar, nasriy asarlardan olingan parchalar, 
tarjimai  hollar kitobiy  nutqqa xos, uslubiy  bo`yoqdor  so`zlarga  boy.  Bunday  holatlar 
o`quv  yuklamasining  oshirib  yuborilishiga,  o`quvchilarning  ta`limda  zo`riqishlariga 
sabab bo`ladi. 
Ta`lim  rus  tilidagi  maktablar,  akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlarining 
o`zbek  tili  darslarida  o`quvchi(talaba)lar  o`quv  matnini  o`qish  va  mazmunini 
tushunish,  o`zlashtirishga  shu  darajada  odatlanib  qoladilarki,  badiiy  asardan  olingan 
parchani  ham  o`quv  matni  deb  qabul  qiladilar,  o`qituvchi  qo`llab  kelgan  o`qishga 
o`rganish  metodikasidan  andoza  olib,  ushbu  parchani  ham  o`qib,  mazmunini 
tushunish va o`zlashtirish payida bo`ladilar. 
Viloyat  tumanlarida  joylashgan  maktablarning  rusiyzabon  o`quvchilari  o`zbek 
tilini  amaliy  bilganliklari  uchun  ularda  matn  mazmunini  tushunish  bilan  bog`liq 
qiyinchiliklar  yo`q  darajada.  Ular  badiiy  matnni  idrok  etishga  ham  qodirlar.  Bu 
maktablarda  badiiy  asarlar  ustidagi  ishlarni  tashkil  etishda    o`qituvchilar  adabiyot 
o`qitish  metodikasidan  foydalanadilar.  Birinchidan,  rusiyzabon  o`quvchilarga  o`zbek 
adabiyotini o`qitishda xususiy metodikaga murojaat etish kerakligiga hech kim shubha 
qilmaydi, ikkinchidan, bu jarayonda o`quvchilarda uchraydigan kamchiliklar hisobga 
olinmaydi. 

 
 
38 
38 
Ta`lim  rus  tilida  olib  boriladigan  maktablar  o`quvchilarining  o`zbek  tilidagi 
badiiy  asarlarni  deyarli  mutolaa  qilmasligi,  tom  ma`nodagi  kitobxon  emasligi, 
ularning  adabiy  ta`limini  to`lig`icha  faqat  va  faqat  darsliklar  imkoniyatlariga  bog`liq 
qilib  qo`yadi.  Yoshlarning  o`zbek  yozuvchi  va  shoirlarini  bilishlari,  ularga  o`zbek 
xalqining  atoqli  adiblari  deb  e`zoz  namoyish  etishlari,  milliy  ma`naviyatini  o`z 
qalbiga  jo  etishlari  yoki  bulardan  bebahra  qolishlari,  tabiiyki,  dastur  va  darsliklarga, 
ularda belgilangan ta`lim mazmuniga bog`liq bo`ladi. 
Metodik 
adabiyotlarda, 
xususan, 
A.A.Abdullina, 
Glintershchik, 
N.D.Moldavskaya, Q.Yo`ldoshev, T.Boboev, M.Mirqosimova, S.Matjonov va boshqa 
metodist  olimlarning  tadqiqot  ishlarida,  metodik  qo`llanmalarida  o`quvchilarning 
adabiy tayyorgarligidagi ba`zi aniqlangan kamchiliklar aytib o`tilgan.  
Adabiy  materiallarni  o`rganish  soatlarining  nutq  o`stirish  sari  kuchaytirilganligi 
taqdiridagina adabiy asarni o`rganish samaradorligi amalga oshadi. Shunga ko`ra ham 
quyidagi  qoidalar  muhim:  aqliy  va  nutqiy  rivojlanishning  o`zaro  bog`lanishi,  aqliy, 
nutqiy va emotsional rivojlanish birligi, muloqotning qulay vaziyatini yaratish nutqiy 
qobiliyatlarni  o`stirishning  zaruriy  sharti  sifatida  [18,16].  (L.S.Vigotskiy, 
S.L.Rubinshteyn,  A.N.Sokolov,  A.N.Leont`ev,  N.I.Jinkin  va  b.).  Demak,  badiiy 
matnni o`rganish jarayonida yuqoridagilar ta`minlanishi kerak. 
O`quvchi(talaba)larga  adabiyot  o`qitishning  psixologik,  pedagogik  va  metodik 
(metodologik)  asoslari  ta`lim  rus  tilida  olib  boriladigan  umumiy  o`rta  ta`lim 
maktablari, 
akademik 
litsey 
va 
kasb-hunar 
kollejlarining 
o`zbek 
tili 
dars(mashg`ulot)larida adabiy materiallarni o`rganish metodikasi qaysi yo`nalishlarda 
borishi kerakligi haqida umumiy tushunchaga, xulosaga kelish, ayrim farazlarni ilgari 
surish  imkonini  berdi.  Bundan  tashqari,  umuman  maktabda  adabiyotni  o`rganish 
amaliyotida  shu  vaqtga  qadar  aniqlangan  yutuk  va  kamchiliklar,  o`quvchilarning 
nimaga odatlanganliklari va boshqa bir qator masalalar oydinlashdi. Shunga qaramay 
ana  shu  to`xtamlar,  yutuq  va  kamchiliklarni  ko`zda  tutgan  holda,  muayyan  nuqtai 
nazardan rusiyzabon o`quvchi(talaba)larning o`zbek tilidagi adabiy materiallarni o`qib 
o`rganishlari  qay  holatda  ekanligi  tahliliga  o`tishimiz  mumkin  bo`ladi.  Buning 
muhimligi  shundaki,  haqiqiy  ahvolni  bilmasdan  turib  uni  o`nglash,  uzluksiz  adabiy 
ta`limni  yaxshilash, yangidan  ishlab  chiqish va  boshqa shu kabi rejalar  xususida  fikr 
yuritish noaniqlikka asoslanishdan boshqa narsa bo`la olmaydi. 
A.A.Abdullinaning  ta`kidlovchi  tajriba-sinov  ma`lumotlariga  qaraganda, 
bolalarda  badiiy  obrazlarni  qaytadan  yaratish  malakasining  rivojlanishidagi  mavjud 
daraja  etarli  emas  deb  hisoblash  uchun  asos  berdi.  Bu  xususda  A.A.Abdulina 
aniqlagan quyidagi sabablarni ham bizning holatga to`liq tatbiq etilishi mumkinligini 
ko`rsatdi:  
-  bolalarning  o`qish  jarayonida  o`zlarida  mavjud  bo`lgan  tasavvurlarini  jalb  eta 
olmasliklari; 
-  o`qish  jarayonida  obrazlarni  idrok  etishning  etarlicha  maqsad  sari 
qaratilmaganligi; 
- tilning obrazli vositalaridan etarlicha foydalana olmaslik; 

o`qilganlarga 
nisbatan 
namoyon 
etiladigan 
emotsional 
sohaning 
rivojlanmaganligi [2,7]. 

 
 
39 
39 
Biz  o`zimiz  olib  borgan  kuzatishlar  orqali  quyidagi  kamchiliklarni  ham 
aniqladik: 
-badiiy matndagi sharqona muomala so`zlari (o`rgilay,...); 
-sharqona 
muomala 
odobi 
tufayli 
asar 
qahramonlaridagi 
rusiyzabon 
o`quvchilarning tasavvuriga sig`maydigan xatti-harakatlari;... 
A.A.Abdullina amalga oshirgan nazorat ishlari unga adabiy tayyorgarligiga ko`ra 
o`quvchilarni uch guruhga ajratish imkonini bergan. 
Malakasi past bo`lgan o`quvchilar guruhiga (40%) hikoyada tasvirlanganlarning 
tashqi  tomonlarini  oddiy  reproduktsiya  darajasida  qayta  ifoda  etadiganlar  kiritilgan.  
Ularing  tasavvurida  yaxlit  obraz  paydo  bo`lmaydi,  ushbu  guruhga  xos  chizgilarni 
oxiriga  etkazib  chizish,  xoh  butun  kartinani  bo`lsin,  xoh  uning  ayrim  tafsillarini 
bo`lsin,  aniqlashdagi  noaniqliklar.  Bu  guruh  o`quvchilarga  obrazli  mazmunni 
tushunchaviy  planga  ko`chirish:  tabiat  hodisalarining  ayrim  alomatlarini  o`zaro 
aloqasidan  tashqarida  sanash  tavsiflidir.  Shuningdek  matnning  o`quvchilarga  bo`sh 
ta`siri, yaxlit idrok etilgan kartinani tasvirlay bilmaslik, tasvirlanayotganlarga nisbatan 
emotsional munosabatning yo`qligi kuzatildi [2,6-7]. 
Badiiy  obrazlarni  qayta  yaratish  malakasi  o`rta  darajada  bo`lgan  guruh  (32%) 
tabiat  manzaralarini  etarli  darajada  to`liq  qayta  ifodalay  olmasligi  bilan  farqlanadi. 
O`quvchilar tasvirning biror bir qismini, ayrim obrazli unsurlarni qabul qiladilar, lekin 
ular  o`rtasidagi  bog`lanishlarni  payqamaydilar.  Ularga  badiiy  vositalarga  saylab 
munosabatda bo`lish, “hamdardlikning qisman yuzaga kelishi” xosdir [2,7]. 
Uchinchi guruhga kiritilgan o`quvchilarga (28%) badiiy obrazlarni qayta yaratish 
malakasining  nisbatan  shakllanganligi  xosdir.  Ularning  tasavvurida  asarda  chizilgan 
tabiatning  umumlashgan  badiiy  tasviri  o`ziga  tegishli  konkret  tafsillari  balan  birga 
paydo  bo`ladi.  Yozuvchi  tabiatni  tasvirlash  uchun  foydalanayotgan  badiiy  vositalar 
bolalar  uchun  tushunarli,  ya`ni  ular  tomonidan  emotsional  idrok  etiladi,  obrazli 
tasavvur  uyg`otadi.  Bolalar  tabiat  manzarasini  tasvirlash  uchun  tasviriy-ifodali 
vositalardan  foydalanadilar,  muallif  ifodalagan  his-tuyg`ularga  cho`madilar, 
o`qilganlarga baho beradilar [2,7].  
Amaliyotda  darsning  estetik  vazifalari  axloqiy-etik  masalalar  majmuasi  bilan 
hamma  vaqt  ham  bog`lanavermaydi.  Ayrim  o`qituvchilar  asarning  estetik  jihatlariga 
mohirlik  bilan  sho`ng`ib  ketadilar,  natijada  ijtimoiy-tarbiyaviy,  ya`ni  axloqiy 
jihatlarini  etarli  baholamaydilar,  keng  ma`noda  olganda  darsning  pedagogik 
yo`nalganligini  e`tibordan  chetda  qoldiradilar;  ba`zi  o`qituvchilar  esa,  aksincha, 
asarning badiiy qiymatini ochmasdan, darsni didaktikaga aylantiradilar [50,4]. 
Xullas,  kuzatishlarga  asoslangan  holda  ayta  olamizki,  ta`lim  rus  tilida  olib 
boriladigan  maktablar,  akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlarida  o`zbek  tilidagi 
adabiy  materiallarni  o`quvchilarning  o`qib-o`rganishlari  adabiy  tayyorgarlik 
talablariga javob bermaydi.  
Uzluksiz  ta`lim  tizimida  adabiy  materiallarni  o`qib-o`rganishning  talab 
darajasida  emasligi,  bir  tomondan,  o`zbek  tili  o`qituvchilarining  qo`llarida  metodik 
qo`llanmalarning yo`qligi tufayli sodir bo`layotgan bo`lsa, ikkinchi tomondan, dastur 
talablarining  darsliklarda  o`z  aksini  etarlicha  topmayotganligida,  ularning  adabiy 
matnlarni  o`rganishga  doir  metodik  strukturasi  kamchiliklardan  xoli  emasligida 
ko`rinadi.  
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling