Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika


 O`zbek tili mashg`ulotlarida adabiy materiallarni umumiy o`rta ta`lim


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/15
Sana02.03.2018
Hajmi5.01 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15

 
1.3. O`zbek tili mashg`ulotlarida adabiy materiallarni umumiy o`rta ta`lim 
bosqichi bilan uzviylikda o`rganish mazmunini belgilash  
 
Rusiyzabon  o`quvchiga  kichik  bir  parcha  orqali  yozuvchining  ijodi  haqida  oz 
bo`lsa-da,  tushuncha  hosil  qilib  bo`lmaydi,  albatta.  Asar  tanlashda  kontsentrlar,  bir 
yozuvchining asarlarini tobora kengroq o`rganish asosida boyib boruvchi takrorlanish 
amalga 
oshirilishi 
maqsadga 
muvofiqdir 
[120,108]. 
Takrorlanuvchanlik, 
kontsentriklik  printsipi  quyi  sinflarda  tushunmaslik  tufayli  yo`qotishlar  o`rnini 
to`ldirishga yordam beradi. 
Badiiy  asar  tanlashda  uni  o`quvchi(talaba)larning  idrok  etishi  bilan  bog`liq 
quyidagi muammolarga ahamiyat berish lozim: 
-badiiy  asardan  tanlanadigan  parchaning  adabiy  ta`limni  amalga  oshirish  uchun 
beradigan imkoniyatlari; 
-rusiyzabon o`quvchi(talaba)larning parcha mazmunini tushunishdan tashqari uni 
badiiy idrok etish imkoniyatlari va xususiyatlari; 
-parchani  o`qib-o`rganish  jarayonida  badiiy  timsollar,  tasviriy  vositalar,  nazariy 
ma`lumotlar ustida olib boriladigan ishlar, axloqiy va estetik tarbiya muammolari; 
-rusiyzbon o`quvchi(talaba)larning o`zbekcha nutqini o`stirish; 
-kitob o`qish va unga rahbarlik. 
Adabiy  materialda  hayot  tajribasi  o`z  aksini  topadi.  ¡zbek  adabiyoti 
namunalarida  o`zbek  xalqining  hayot  tajribasi,  turmush  tarzi  yoritiladi.  Buni 
bilmagan rusiyzabon talaba ba`zi masalalarda o`zbeklarni tushuna olmasligi mumkin. 
Bu  tajriba  asarning  badiiy  obrazlari  orqali  kitobxon  qalbiga  va  shuuriga  yo`l  topadi. 
Lekin  IV-VI  ñinf  o`quvchilari,  S.Ismatov  amalga  oshirgan  kuzatishlarga  qaraganda, 
adabiy  asarda  tasvirlangan  turli  xarakterdagi  kishilarni  mustaqil  ravishda  bir-biridan 
ajrata olish qobiliyatiga ega bo`lolmaydilar, albatta [38,7]. Chunki ular bu yoshda  eng 
yaxshi  fazilatlar  haqidagina  dastlabki  tasavvurga  ega  bo`ladilar,  tavsif  bildiruvchi 
so`zlarni ham oz biladilar. 
Akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlarida  o`zbek  adabiyoti  namunalaridan 
parchalar ustida ishlash kerakligiga munosabatimiz ijobiy. Bunday munosabatning o`z 
asoslari bor, albatta. ЈTa`lim o`zbek tilida olib borilmaydigan sinf(guruh)larda o`zbek 
tili va adabiyotini o`qitish kontseptsiyasi”ning nomi dalolat berib turganidek, umumiy 
o`rta  ta`lim  bosqichidan  keyin  ham  (endigi  bosqichda  sinf  emas,  guruhlarda)  badiiy 
asarlardan namunalar o`rganish ishi davom ettiriladi [100]. ЈO`zbek tili” davlat ta`lim 
standartiga berilgan sharhlarda ”nutqiy kommunikativ malakani egallash orqali o`zbek 
tilini  o`rgatishning  umumta`limiy  maqsadini,  milliy  madaniyatni  egallash  malakasi 
esa  tarbiyaviy  maqsadni  ko`zda  tutadi”  deyilib,  uch  xil  malaka  izohlanadi.  Bu 
malakalarning  uchinchisi    ЈAdabiy  o`qish  va  milliy  ma`naviyat”  sarlahasi  ostida 
tavsiflanadi.  Standartda  ta`kidlanishicha,  ЈO`zbek  adabiyotining  ixcham  va  go`zal 
namunalari,  xalqning  tarixiy,  madaniy  hayotiga  xos  muhim  lavhalar,  jahon  milliy 
madaniyatiga hissa qo`ygan o`zbek xalqi vakillarining ijodiy merosini o`rganish ham 
ko`zda tutiladi” [22,249]. Ta`lim bosqichlariga nisbatan olganda va uzluksizlik hamda 
uzviylik printsipiga amal qilinganda buni shunday tushunish mumkinki, adabiy o`qish 
hech shak-hubhasiz o`rta maxsus ta`lim bosqichida ham to`xtamasligi kerak.  

 
 
41 
41 
ЈO`zbekiston  davlat  standarti:  O`zbekiston  uzluksiz  ta`lim  standartlari  davlat 
tizimi.  o`rta  maxsus,  kasb-hunar  ta`limi  umumta`lim  fanlari”  degan  hujjatning  Ј5. 
Akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlari  o`quvchilari  o`zlashtirishi  zarur  bo`lgan 
umumta`lim  fanlari  mazmuniga  qo`yiladigan  talablar”  qismida  o`zbek  tili  bo`yicha 
belgilangan  talablar  orasida  quyidagi  so`zlarni  o`qish  mumkin:  ЈO`zbekiston  tarixi, 
milliy adabiyot namunalaridan parchalarni o`qish, mazmunini so`zlab berish, yodlash” 
[22,36-37].  Afsuski,  o`rta  maxsus,  kasb-hunar  ta`limining  ЈO`zbek  tili”  o`quv 
dasturida  o`zbek  adabiyoti  namunalaridan  parchalar  o`qish  haqida  biror  so`z 
aytilmagan  [22,168-184].  Shunga  qaramay,  davlat  ta`lim  standartini  joriy  etish 
kerakligi  ana  shu  parchalarni  tanlash,  o`qib  o`rganish  ishlarini  tashkil  etish  va  shu 
asosda  o`zbek  adiblarining  merosi  haqida  rusiyzabon  talabalarda  tasavvur  paydo 
qilish,  ya`ni  ta`lim  mazmuni  va  metodlarini    ishlab  chiqish    dolzarb,  ayni  paytda 
metodist olimlar jiddiy shug`ullanmagan bir muammo sanaladi. 
O`quv  fani  metodikasi  oldida  davr  bilan  hamohang  o`zgarib  turadigan  ijtimoiy 
buyurtmadan  kelib  chiqqan  holda  nimani,  qancha,  qachon,  qanday  o`qitish  kerak 
degan  abadiy  savol  tug`ilib  turadi.  O`zbekiston  Respublikasining  mustaqilligi 
mustahkamlanayotgan,  milliy  ma`naviyat,  milliy  istiqlol  g`oyasi  yosh  avlod  ongiga 
singdirilayotgan  bugungi  kunda  ta`lim  boshqa  tillarda  olib  boriladigan  sinf  va 
guruhlarda o`rganish uchun o`zbek adabiyoti namunalaridan parchalar tanlash, ularni 
qaysi  tamoyillar  asosida,  qay  hajmda  ajratish,  bu  parchalar  ustida  qay  tarzda  ishlash 
zarurligi  masalalari  o`z  ahamiyatini  yo`qotayotgani  yo`q.  Badiiy  asarlar 
kommunikativ  motivlar  rang-barangligi  bilan  kengroq  tanishish  va  o`zlashtirish 
uchun,  ya`ni  o`zbek  tilida  fikr  bayon  qilish  va  fikr  almashish  niyatlaridan  atroflicha 
xabardor  bo`lish,  ifodali  nutqni  egallash  uchun  ham  zarur.  Shuningdek,  leksika, 
morfologiya  va  sintaksisning  funktsional-stilistik  tavsifini  o`zlashtirish  maqsadida 
ham yuqori sinflarda adabiy materiallarni ko`paytirish kerak. 
Rus  adabiyoti  bo`yicha  9-10-sinflar  uchun  quyidagi  adabiy  ta`lim  mazmuni 
tavsiya etiladi: a) realistik adabiyot qisqa kursi o`rgatiladi; b) yozuvchining biror asari 
emas,  balki  ijodi  o`rganiladi;  v)  o`rganilayotgan  asar  tarixiy-adabiy  jarayon  unsuri 
sifatida  taqdim  etiladi,  g)  rus  va  o`zbek  adabiyoti  aloqalari  ular  orasida  qiyosiy 
tipologiya bergan holda o`rganiladi, d) yozuvchilar emas, balki o`rganiladigan asarlar 
miqdori  ko`paytiriladi,  zamonaviy  ahamiyati  bo`lganlari,  e)  bilimlargina  emas,  balki 
malakalar  ham  chuqurlashtiriladi  –  tahlil  qilish  va  insho  yozish;  yo)  TTV  xilma-
xillashib  bormoqda;  j)  adabiyot  nazariyasi  muntazamlikda  alohida  asar  bilan 
bog`lanishda o`rganilmoqda [27,44]. O`zbek tili darslari tarkibida o`zbek adabiyotini 
maxsus  kurs  sifatida  o`rganish  mumkin  bo`lmagani  uchun  yuqoridagi  ta`lim 
mazmunini andoza etib olishning sira ham iloji yo`q. Lekin rusiyzabon o`quvchilarda 
ayrim  nazariy  tushunchalar  shakllanishi,  ayniqsa,  o`zbek  adabiyotida  ham  realistik 
asarlar borligi haqida tushuncha hosil qilish zarur deb hisoblaymiz. 
Akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlarida  o`rganish  uchun  mo`ljallab  o`zbek 
adabiyoti  namunalaridan  parchalar  tanlash  ishi  umumiy  o`rta  ta`lim  maktablarida 
o`zbek  tili  o`quv  fani  mazmunini  uzviylik  tamoyiliga  asoslangan  holda  rivojlantirish 
yo`nalishida amalga oshiriladi. Rusiyzabon o`quvchilarga o`zbek adabiyotini o`qitish 
mazmunini  belgilash  tamoyillari,  nazariy  negizlari  tomonidan  tadqiq  etilgan. 

 
 
42 
42 
Ta`limning navbatdagi bosqichlarida ushbu tadqiqot natijalaridan foydalanish mumkin 
deb hisoblaymiz. 
R.R.Mayman  V.I.Vodovozovning  quyidagi  bir  fikrini  ma`qullaydi:  bir  asarni 
o`rganib  bo`lmasdan  boshqasiga  o`tgandan  ko`ra  bir  necha  asarni  asosli  ravishda 
to`liq  o`rgangan  yaxshi;  lekin  me`yorni  ham  bilish  kerakki,  bir  asar  bilan  hamma 
narsani bir yo`la tushuntirishga erishish  mumkin emas. Agar o`qituvchi bir asar ustida 
uzoqroq  qolib  ketsa,  mashg`ulot  qanchalik  mohirona  olib  borilmasin,  o`quvchilar 
mashg`ulotga bo`lgan qiziqishlarini yo`qota borishlari mumkin [62,63].  
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o`rganish ma`qul bo`lgan asarlardan 
parchalarni  tanlashda  nimalarga  e`tibor  berish  lozimligi  muhim  masala  sanaladi.  Bu 
o`rinda  talabaning  matnni  o`qishdan  nimani    kutayotganligini  bilish  kerak  bo`ladi. 
Albatta,  birinchi navbatda  ular  o`zbek  xalqini  anglab etgisi,  uning hayoti,  an`analari, 
urf-odatlari,  orzu-umidlarini,  intilayotgan  milliy  istiqlol  g`oyasini,  ma`naviyatini 
bilgisi  keladi.  Zero,  M.M.Imomkarimova  to`g`ri  tushuntirib  o`tganidek,  har  bir 
millatning  o`zi  qadrlaydigan  madaniyati,  tili,  marosimlari  va  odob-axloq  normalari, 
o`ziga  xos  madaniy  va  ma`naviy  qadriyatlari,  milliy  qahramonlari,  tahqirlanishi  aslo 
mumkin  bo`lmagan  urf-odatlari,  udumlari,  turmush  tarzi  va  qon-qardoshlik  belgilari 
mavjud [34,8]. 
Cheksiz  g`oyalar,  hayotiy  masalalar,  badiiy  obrazlar  orasidan  rusiyzabon 
talabalarni tanishtirish uchun eng keraklilarini ajratish benihoya katta va mas`uliyatli 
ishdir.  Akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlari  uchun  jami  30  atrofida  (bu  bizning 
taxminimiz,  albatta)  adabiyot  namunalaridan  parcha  tanlanadigan  bo`lsa,  bu 
namunalar barcha talablarga javob bermog`i lozim. Zero, mashg`ulotlarda muhokama 
qilinadigan  tor  doiradagi  masalalar  tashkil  etadigan  kichik  ko`lamning  o`zi  
yuritiladigan  mushohadalar,  hosil  qilinadigan  tasavvurlar,  uyg`otilajak  hissiyotlar 
samaradorligini ta`minlab beradi.  
Rusiyzabon  o`quvchi(talaba)larga  o`zbek  adabiyoti  namunalarini  o`rgatish 
metodikasiga kelganda, bu boradagi tadqiqotlar endigina boshlanmoqda.  Lekin ta`lim 
metodlari  parcha  qay  tarzda  va  qay  darajada  o`rganilishiga  qarab  ajratiladi. 
Amaliyotda  bo`layotgani  kabi  asarni  o`qish  va  mazmuni  yuzasidan  savol-javob 
o`tkazish,  mazmunini  so`zlatish  kabi  olib  boriladigan  ishlarda  adabiyotni  o`rganish, 
adabiy tayyorgarlik unsurlari ko`zga tashlanmaydi. 
Uslub  –  bu  asosida  badiiy  mazmun  birligi  yuzaga  keltiriladigan  printsiplar 
sifatidagi  metodlardan  farqli  o`laroq  ularga  asoslanib  badiiy  shakl  birligi  vujudga 
keltiriladigan  printsiplar.  Boshqacha  aytganda,  metod  badiiy  mazmun  strukturasini, 
uslub – badiiy shakl strukturasini belgilab beradi [17,128]. 
Adabiy ta`limda o`quvchilarning yoshiga qarab qaysi sinfda qanday o`quv-biluv 
maqsadlari  qo`yilayotganligini  aniq  belgilab  olish  kerak.  Agar,  tabiiyki,    quyi 
sinflarda  asarning  voqea-hodisalar  tomoni,  qahramonlar  obrazlarining  xususiyatlari 
ajratilsa,  yuqori  sinflarda  qonuniy  ravishda  badiiy  adabiyotning  estetik,  ideologik, 
ijtimoiy  mohiyatidan  kelib  chiqadigan  yanada  har tomonlama  va  murakkab  vazifalar 
qo`yilishi darkor [120,52-53]. 
Yuqoridagi mushohadalardan ma`lum bo`ladiki, ta`lim rus tilida olib boriladigan 
akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlarining  o`zbek  tili  mashg`ulotlarida  adabiy 
materiallarni o`rganish mazmuni va metodlari borasida amalga oshiriladigan bir qator 

 
 
43 
43 
tadqiqotlarning  yo`nalishlarini  belgilab  beruvchi  nazariy  asoslar  mavjud.  Ana  shu 
asoslarga tayangan holda quyidagi masalalarga oydinlik kiritish davr taqozosi: 
- asar tanlash; 
-  o`zbek  tili  mashg`ulotlarida  talabalarning  istaklari,  adabiy  materiallarni 
o`rganish imkoniyatlarini aniqlash; 
- hajman kichik parcha ustida olib boriladigan ishlar ko`lamini ajratib, chegaralab 
olish. 
XX  asr  o`zbek  adabiyotining  nodir  namunalari  orasidan  rusiyzabon  o`quvchilar 
uchun  mo`ljallab  asar  tanlashda  yuqorida  sanab  ko`rsatilgan  talablardan  tashqari  ana 
shu davr adabiyotiga nisbatan mavjud tanqidiy qarashlar nazarda tutilmog`i lozim. Bu 
borada professorlar U.Normatov, N.Karimovlarning yaratgan asarlari, tadqiqot ishlari 
muhim  yo`nalish  beradi.  Ayniqsa,  N.F.Karimovning  “XX  asr  o`zbek  adabiyoti 
taraqqiyotining  o`ziga  xos  xususiyatlari  va  milliy  istiqlol  mafkurasi”  mavzusidagi 
doktorlik dissertatsiyasi [51] alohida o`rin tutadi. 
Xulosa  o`rnida  shuni  ta`kidlash  joizki,  rusiyzabon  talabalarga  o`zbek  adabiyoti 
namunalaridan  parchalar  tanlash  va  ular  ustida  olib  boriladigan  ishlarni  belgilab 
chiqish mashg`ulotlar samaradorligini oshirishning muhim omili hisoblanadi. 
e.Abduvalitov  ta`lim  boshqa  tillarda  olib  boriladigan  maktablar  uchun  tuzilgan 
“O`zbek tili” dasturini tahlil qilar ekan, quyidagi kabi kamchilikka e`tiborni qaratadi: 
“...undagi  adabiy  o`qish  uchun  tavsiya  etilgan  asarlar  badiiy  mukammalligiga  ko`ra 
tanlanmay, balki mavzu talabi bo`yicha nutq o`stirish maqsadiga xizmat qilishi ko`zda 
tutilgan” [1,19]. Darhaqiqat, bugungi kunda dasturlar asosan mavzuviylik tamoyiliga 
amal qilib, rejalashtirishga yaqin shaklda yaratilgan.  
Ta`lim rus tilida olib boriladigan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida olib 
borilgan  kuzatishlardan  ma`lumki,  o`zbek  adabiyoti  namunalari  uch  xil  yo`nalishda 
o`rganiladi:  1)  o`zbek  tili  mashg`ulotlarida  dasturiy  talablar  (darslar  uchun 
rejalashtirilgan 
mavzular) 
doirasida; 
2) 
mustaqil 
o`qish 
jarayonida; 
3) 
mashg`ulotlardan  tashqari  olib  boriladigan  ishlarda.  Ana  shu  yo`nalishlarda  umumiy 
o`rta  ta`lim  bosqichida  tanishiladigan  adabiy  materiallar  bilan  o`rta  maxsus  ta`lim 
bosqichida  o`qiladigan  adabiy  materiallar  o`rtasida  uzviylik  ta`minlanishi  kerakligi 
isbot  talab  etmaydigan  narsadir.  Ushbu  maqolada  o`zbek  tili  mashg`ulotlarida 
o`rganish uchun tanlanadigan adabiy materiallar haqida so`z yuritamiz. 
Akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlaridagi  o`zbek  tli  mashg`ulotlari  uchun 
mo`ljallanadigan  adabiy  asarlar  va  ulardan  olinadigan  parchalarga  nisbatan  bir  qator 
talablar qo`yiladi. Asar tanlash uch nuqtai nazardan amalga oshiriladi: 1) tanlanadigan 
asarning mazmun xususiyatlari; 2) o`quv yili bo`yicha asarlar miqdori; 3) ajratiladigan 
parchalar hajmi. 
Tanlanadigan  asarlar  mazmuni  talabalarning  o`zbek  xalqini  bilishlariga  yordam 
berishi  va  ayni  paytda  hayotiy  tajribalarini  ham  orttirishi  maqsadga  muvofiqdir.  Bu 
narsa ulardagi o`zbekona turmush tarzini bilish ehtiyoj bilan quvvatlanadi. Ravshanki, 
o`zbeklarning hayot tarzida boshqa millat vakillarining hayot tarzidan  farq qiladigan 
jihatlar  bor.  Ana  shu  tomonlarini  anglab  etish  muloqot  madaniyatini  egallashda  va 
samimiyat,  ma`naviyatimizga,  qadriyatlarimizga  hurmat    ko`rsatish  tuyg`ularini 
qalbiga jo etishda muhim o`rin tutadi.  

 
 
44 
44 
e.Abduvalitovning 
ta`kidlashicha, 
“Turli 
oldi-qochdi, 
ishqiy-sarguzasht 
kitoblarga  keng  yo`l  ochib  qo`yilgan  hozirgi  sharoitda  duch  kelgan  asarni  mutolaa 
qilish  zararini  hech  narsa  bilan  qoplab  bo`lmaganidek,  milliy  istiqlol  g`oyasini 
singdirishga,  ruhan  va  ma`nan  barkamol  insonni  tarbiyalashga  xizmat  qiluvchi 
asarlarni  mutolaa  qilish  imkoniyatini  boy  berishning  o`rnini  ham  hech  narsa  bilan 
to`ldirib bo`lmaydi” [1,28]. 
O`qituvchi shuni o`zi uchun qoida qilib olishi kerakki, rusiyzabon talaba o`zbek 
tili  mashg`ulotlarida  o`zi  o`rganadigan  badiiy  asarlardan  o`zbek  xalqining  hayoti  va 
urf-odatlari,  udumlari  haqidagi  ma`lumotlarni  kutadi.  Bu  erda  turli  millat  odamlar 
orasidagi munosabatlar (hayot maktabi) bilan tanishish ham bor, albatta.  
R.V.Glintershchik  aytganidek,  “adabiy  asardagi  chek-cheki  yo`q  g`oyalar, 
masalalar, 
obrazlardan 
sinfda 
o`quvchilar 
oldiga 
qo`yish 
zarur 
bo`lgan 
muammolarning  nisbatan  tor  doirasini  ajratish”  [19,10-11]  masalasi  ta`lim  rus  tilida 
olib  boriladigan  akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlarining  o`zbek  tili 
mashg`ulotlari  imkoniyati  nuqtai  nazaridan  nihoyatda  dolzarb  sanaladi.  Olimning 
fikridan shuni anglash mumkinki, ta`lim mazmuni uchun asardan ko`ra ko`proq unda 
aks  etgan  hayotiy  masalani  tanlash  muhimroqdir.  Bu  degani  asar  o`zbek  xalqini 
anglash uchun xizmat qiladigan bo`lishi bilan birga rusiyzabon talabalarning turmush 
tajribasini  ham  orttirishga  yordam  berishi  kerakligi  o`z-o`zidan  ravshandir.  Shuning 
uchun  tanlanadigan  asarlar    o`zbek  xalqi  bilan  bog`liq  voqelik  haqida  bilim  berishi 
ham talab etiladi. O`zbek xalqining hayot tarzi, urf-odatlari, udumlari – bular to`qima 
emas.  Badiiy  asarning  o`quv-biluv  qiymati  ham  shunda.  Asarga  baho  berganda,  u 
hayotning  qaysi  muammolaridan  saboq  bera  oladi,  rusiyzabon  talabaga  milliylikdan 
nimalarni o`rgata oladi, degan savol berish kerak. 
Akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlari  uchun  tanlanadigan  asarlar  umumiy 
o`rta ta`lim bosqichi bilan uzviylikka ega bo`lishi kerak.  
O`qishlar  boshqa  tillarda  olib  boriladigan  maktablarning  V-IX  sinflari  uchun 
o`zbek  tili  o`quv  fanidan  yaratilgan  amadagi  dasturga  [111]  qarab  hukm 
chiqariladigan bo`lsa, aytish lozimki, 7-9-sinflarda adabiy-tarixiy davr sharhlari ham, 
tarjimai  hollarga  oid  mahlumotlar  ham,  adabiy-nazariy  tushunchalar  haqidagi 
ma`lumotlar ham ko`zda tutilmagan. Biz buni kamchilik deb ayta olmaymizki, dastlab 
ushbu  masalaning  o`zini  ilmiy  jihatdan  asoslab  o`rganib  chiqish  lozim.  Juda 
bo`lmaganda,  rus  adabiyoti  darslarida  o`rganilgan  ma`lumotlarni  esga  tushirishni 
rejalashtirish  mumkin.  Masalan,  8-9-sinflar  bosqichida  rus  adabiyoti  darslarida 
tanqidiy realizm adabiyoti, san`atning badiiy rivojlanish bosqichi o`tiladi. 
O`zbek adabiyotiga doir materiallar mazmunini belgilashda ta`lim rus tilida olib 
boriladigan  kechki  (smenali)  maktablarning  X-XII  sinflari  uchun  1991  yili  nashr 
qilingan  "O`zbek  tili  va  adabiyoti"  dasturi  o`ziga  xos  olg`a  qo`yilgan  qadamdir.  Bu 
dasturda adabiy materiallarga katta e`tibor qaratilgan. 10-12-sinflarning o`quv soatlari 
imkon  berishiga  ko`ra  unda  eng  qadimgi  yodgorliklardan  boshlab  zamonaviy 
adabiyotga qadar xronologik izchillikda davr sharhlari, tarjimai hollar, adabiy asarlar 
tavsiya etilgan. Ushbu dastur asosida X-XII sinflar “O`zbek tili va adabiyoti” darsligi 
yaratilgan  va  1995  yili  nashr  qilingan.  Ushbu  darslikda  ilk  bor  rus  guruhlari  uchun 
adabiy-tarixiy  davr  sharhlari  berilgan.  To`g`ri,  akademik  litsey  va  kasb-hunar 
kollejlarida  o`zbek  tili  mashg`ulotlari  uchun  jami  78  o`quv  soati  ajratilgan.  Shuning 

 
 
45 
45 
30-40  soatida  adabiy  materiallarni  o`rganishga  vaqt  ajratish  mumkin.  O`qituvchi 
“O`zbek  tili  va  adabiyoti”  darsligida  berilgan,  amaliyotda  sinashta  bo`lgan  adabiy 
materiallardan  bir  qadar  foydalanishi  maqsadga  muvofiqdir.  Lekin  adabiy 
materiallardan butunlay foydalanmaslik uzluksiz ta`lim tizimining so`z yuritilayotgan 
bosqichida  milliy  ma`naviyat  tarbiyasida  bo`shliqlar  yuzaga  kelishi  uchun  sabab 
bo`lishi aniq. 
Akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlari  talabalari  yosh  jihatdan  kechki 
(smenali) maktablar o`quvchilari bilan teng kelgani uchun ana shu o`quvchilar uchun 
o`zbek  tilidan  yaratilgan  dastur  va  darsliklarda  berilgan  adabiy  materiallarga  ko`z 
tashlash  o`rinli  deb  hisobladik.  Kechki  (smenali  rus  maktablarining  X-XII  sinflari 
uchun  1991  yili  yaratilgan  “O`zbek  tili  va  adabiyoti”  dasturi  loyihasining  “Uqtirish 
xati”da  quyidagi  izoh  berilgan:  “Yoshlarga  adabiy  davr  haqida,  olim,  adib,  davlat 
arbobi,  shoir,  yozuvchining  hayoti  va  ijodiy  faoliyati  to`g`risida  ma`lumot  berishni 
ko`zda tutuvchi matnlar o`quv predmeti dasturida aniq ko`rsatiladi. Bunday matnlarni 
o`qish ulardagi tarixiy, ilmiy-ijtimoiy, tarjima holga doir adabiy ma`lumotlarni o`qib-
o`rganishga, o`zlashtirib olishga qaratiladi” (7-bet). 
O`zbek adabiyotiga doir materiallar mazmunini belgilashda mazkur dastur o`ziga 
xos  olg`a  qo`yilgan  qadam  bo`ldi.  Unda  eng  qadimgi  yodgorliklardan  boshlab 
zamonaviy  adabiyotga  qadar  xronologik  izchillik  tavsiya  etildi.  XX  asr  o`zbek 
adabiyoti  XII  sinf  dasturida  aks  ettirildi.  Bu  erda  atoqli  shoir  va  yozuvchilarning 
(Hamza,  Abdurauf  Fitrat  va  boshqalarning)  hayoti  va  ijodi  haqida  ma`lumot  berish 
ham rejalashtirildi. 
Dasturning  yana  bir  o`ziga  xos  ijobiy  jihati  shundaki,  unda  adabiy  materiallar, 
ayniqsa, o`rganiladigan adiblar ijodi davrlashtirilgan holatda berilgan, ammo yozuvchi 
(shoir)  faoliyatini  o`rganish  belgilangani  holda,  ijodining  qaysi  jihatlari  bilan 
o`quvchilarni tanishtirish kerakligi dasturda aniq ko`rsatilmadi. 
Ta`lim  rus  tilida  olib  boriladigan  kechki  smenali  maktablarning  10-12-sinflari 
uchun  yaratilgan  “O`zbek  tili  va  adabiyoti”  dasturi  asosida  shu  sinflar  uchun 
yaratilgan  va  nashr  qilingan  “O`zbek  tili  va  adabiyoti”  darsligida  dastur  tahlilida 
bayon etilgan ayrim kamchiliklarni bartaraf etishga harakat seziladi, har holda kitobda 
o`zbek  adabiyotiga  boshqa  materiallarga  qaraganda  nisbatan  keng  o`rin  ajratilgan. 
Birinchi  marta  rus  guruhlarida  adabiy-tarixiy  davr  sharhlari  berilgan.  Lekin  obzorlar 
faqat  mumtoz  adabiyot  uchun  berilib,  XX  asr  o`zbek  adabiyotiga  doir  qismlarda 
bunday sharhlar ko`zda tutilmagan. 
Ta`lim rus tilida olib boriladigan maktablarning 8-sinfi uchun yaratilgan “O`zbek 
tili”,  kechki  smenali  maktablarning  10-12-sinflari  uchun  ham  yaratilgan  “O`zbek  tili 
va  adabiyoti”  darsliklari  endilikda  o`tmishda  qoldi.  Bu  darsliklarning  iste`moldan 
chiqishiga sabab sinov sifatida tuzilgan yangi dasturlarning tasdiqlanishi bo`ldi. Lekin 
1998 yili R.Yo`ldoshev boshchiligida yaratilgan 2-9-sinflar uchun yaratilgan “O`zbek 
tili  va  adabiyoti”  dasturi  ham,  kechki  smenali  maktablarning  10-12-sinflari  uchun 
1991 yili tuzilgan “O`zbek tili va adabiyoti” dasturi ham aslida yangi dasturlar edi.    
Hukumatimizning milliy ma`naviyat, milliy qadriyatlar, milliy istiqlol mafkurasi, 
nihoyat, maktabda buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning asarlarini o`rganish haqidagi 
farmonlarida ta`lim boshqa tillarda olib boriladigan sinf(guruh)lar uchun tayyorlangan 
dastur  va  darsliklarni  qayta  ishlab  chiqish,  yangilarini  shu  nuqtai  nazardan  yaratish 

 
 
46 
46 
vazifalari ilgari surildi. Shunga ko`ra ham rusiyzabon o`quvchilar hikoyadan yirikroq 
adabiy materiallarni o`rganish orqali o`zbek milliy xarakterini, uning shakllanishidagi 
tarixiy  xususiyatlarni  bilib  olishlari,  izlanishlaridagi  milliy  va  umuminsoniy 
mazmunni, bu izlanishlardagi an`ana va dinamikani anglab etishlari darkor. 
Buyuk  mutafakkir  Alisher  Navoiy  turkiy  tilni  (bugungi  o`zbek  tilini)  yuksak 
badiiyat  cho`qqisiga  olib  chiqdi.  Shunga  ko`ra  ham  san`atkorning  asarlari  hozirgi 
avlod  uchun  uch  tomonlama  qimmatlidir:  1)  ma`naviyat  tarbiyasi;  2)  yuksak  badiiy 
ijod namunalari; 3) o`zbek tilining o`sha davr va undan keyingi zamonlar so`z boyligi. 
Zamonamizning madaniyatlilik darajasini oshirmoqchi bo`lgan har bir fuqaro ana shu 
uch merosdan bahramand bo`lish baxtiga muyassar bo`lib, uni tatib ko`rmog`i darkor. 
Hukumatimizning  buyuk  shoir  Alisher  Navoiyning  asarlarini,  ijod  qirralarini 
maktabda  o`rganish  masalalarini  vazifa  qilib  qo`yishining  boisi  ham  shunda.  Bu 
borada  Navoiy  viloyatida  1999,  2000  yillarda  “Davlat  tili  haqida”gi  qonun  qabul 
qilingan  tarixiy  sana  arafasida  o`tkazilgan  anjuman-seminar  alohida  ko`rik  bo`ldi 
deyish  mumkin.  Maktablarda  shoir  asarlarini  o`rganish  alohida  yo`nalish  kasb 
etganligi bolalarning g`azalxonligidan, Navoiy asarlari bilimdonligidan bilish mumkin 
bo`ldi.  Hatto  bir  rusiyzabon  o`quvchining  20  dan  ortiq  g`azalni  qiroat  bilan  yoddan 
aytib  mehmonlarni  kutib  olganligi  undagi  qiziqishning  nechog`lik  katta  ekanligidan 
dalolat beradi.             
Buyuk  mutafakkir  Alisher  Navoiyning,  qolabersa,  mumtoz  allomalar, 
shoirlarning asarlarini o`qib o`rganish imkoniyatini yaratish lozim.  
Umumiy o`rta ta`lim  maktabini bitirgan rusiyzabon o`quvchilar akademik litsey 
va kasb-hunar kollejlariga o`zbek  adabiyotidan  ma`lum  darajadagi  tayyorgarlik  bilan 
keladilar. Bu tayyorgarlik 8-9-sinf ЈO`zbek tili” darsliklariga XX asr o`zbek adabiyoti 
haqida  umumiy  tasavvur  paydo  etuvchi  materiallarning  etarlicha  kiritilgani  bilan 
tavsiflanadi.  Bundan  tashqari,  ta`lim  rus  tilida  olib  boriladigan  maktablarda  darsdan 
tashqari  tadbirlar  (o`zbek  yozuvchi  va  shoirlarining  tavallud  kunlari,  ular  bilan 
o`tkaziladigan uchrashuvlar, kitobxonlik anjumanlari va b.) orqali tasavvurlari yanada 
kengaytiriladi.  Shunday  bo`lgach,  akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlarida  olib 
boriladigan  mashg`ulotlar  va  mashg`ulotlardan  tashqari  tadbirlarda  bu  ishlar  davom 
ettirilishi tabiiy. 
Asardan  tahlil  bo`yicha  ishlarni  o`tkazish  uchun  parcha  (fragment)  tanlash 
yuzasidan  “Sovershenstvovanie  prepodavaniya  literaturo`  v  shkole”  qo`llanmasida 
uch xil talab qo`yilgan: 
Birinchidan, parcha asarning g`oyaviy-badiiy o`ziga xosligini to`liq aks ettirishi, 
tavsifli,  uning  uchun  “vakolatli”  va  ayni  paytda  asarga  singdirilgan  fikrning 
o`quvchilar  tomonidan  ularning  ma`no-mazmuni  mualliflik  pozitsiyasi  doirasida 
etarlicha ravshan bo`lmog`li lozim… 
Ikkinchidan,  tarbiya  vazifalaridan  kelib  chiqqan  holda  tahlil  uchun  tavsiya 
qilinayotgan sahna va epizodlar o`quvchilarni muallif bilan birga echimlar qidirishga, 
o`z  shaxsiy  pozitsiyasini  tanlash  va  anglashga  majbur  qilishi  muhimdir.  Bunga  esa 
matnning ochiq muammoliligi, mazmunining ziddiyatliligi yordam beradi… 
Nihoyat, asardan tahlil uchun lavha tanlashga qo`yilgan keyingi eng muhim talab 
–  o`quvchining  ishdagi  mustaqilligini  va,  binobarin,  unga  taklif  etiladigan  matnning 
yangiligini hisobga olish [56,116-117]. 

 
 
47 
47 
Matnlar asta-sekin kattalashib borishi kerak. 
Har  bir  yangi  matnning  yangiligi  nisbiy  bo`lib,  oldingi  bilim  va  malakalarni 
qo`llash uchun yangi o`quv-biluv vaziyatini yaratadi. Buning uchun qanchalik tanish 
ekanligini  aniqlab  olish  lozim.  Hatto  avvalgi  darsda  o`qilgan  matnni  o`qish  va  tahlil 
qilishga berganda, qilingan tahlillarni umumlashtirish, birlashtirish mumkin. G`oyaviy 
ma`no-mazmunni  shakl  bilan  solishtirish  mumkin.  Adabiyot  fani  shunday 
imkoniyatga  ega.  Bunga  idrokning  shaxsiy  tavsifga  ega  ekanligi,  kitobxonning 
individualligi  imkon  beradi.  O`quvchilarga  parcha  olib  o`rganilgan  asardan  boshqa 
parcha  tanlab  o`qishga  berish  mumkin.  Bunda  egallangan  malakalar  va  g`oyaviy 
talqin  metodlarini  qo`llagan  holda  mustaqil  ishlash  ko`zda  tutilishi  mumkin.  Bu 
o`rinda bilim va malakalardan foydalanish yanada ijodiyroq tavsifda bo`ladi. Nihoyat, 
o`quvchilarga  yangi  asardan  olingan,  lekin  o`z  g`oyaviy-mavzuviy  asosi,  pafosi, 
uslubiy  xususiyatlari  o`rganlariga  yaqin  parcha  tavsiya  etilishi  mumkin.  Bu  holatda 
o`quvchilar  matnni  mustaqil  o`qiganda  uni  tahlil  qilish  va  uning  g`oyaviy-badiiy 
mazmuniga  baho  berish  malakalarini  qanchalik  chuqur,  egiluvchan  va  erkin 
egallaganliklarini namoyish etishlari kerak. 
5-sinf  o`quvchilari  o`tkir  syujetli  asarlarni,  “urush  haqida”,  josuslar  to`g`risida, 
sarguzashtlar  haqidagi  kitoblarni  yaxshi  ko`radilar,  ularga  yorqin  kuchli  xarakterga 
ega bo`lgan qahramonlar yoqadi.  
Ta`lim mazmunida quyidagilarni ham nazarda tutish lozim bo`ladi: 
1.Dars(mashg`ulot)dan  tashqari  o`qiladigan  asarlar,  beriladigan  adabiy-nazariy 
ma`lumotlar. 
2.O`zbek  tili  darslarining  ayrim  bosqich  ish  turlari  (eshitish  mashqlari,  diktant, 
bayon) bilan bog`lab tanishtiriladigan adabiy materiallar. 
3.Darsdan  tashqari  tadbirlar  orqali  tanishiladigan  adabiy  materiallar  (yozuvchi 
yoki shoirning tarjimai holi, ijodiy faoliyati, ayrim asarlari, sharhi va`zlar). 
Eshitish mashqi biror asardan olingan parcha, yozuvchining tarjimai holi, ijodiy 
faoliyati  bilan  qisqa  tarzda  tanishtirishning  qulay  shakllaridan  biridir.  Har  uchinchi 
yoki to`rtinchi dars boshida yoki o`rtasida o`tkaziladigan eshitish mashqlari uchun (yil 
bo`yi  bu  mashqlar  anchagina  bo`ladi)  tanlanadigan  material  shu  sinfda  o`quv  yili 
mobaynida  o`rganiladigan  adabiy  materiallar  bilan  uyg`un  kelgani  ma`qul.  Shunda 
ular tizimli ravishda boyitilishi mumkin.    
Masalan,  akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlarida  A.Navoiy,  Zahiriddin 
Muhammad  Bobur,  Furqat,  Muqimiy,  Zavqiy,  Cho`lpon,  A.Qodiriy,  Oybek, 
A.Qahhor, H.Olimjon, Zulfiya, S.Zunnunova va boshqa yozuvchi hamda shoirlarning 
tarjimai  hollaridan  lavhalar,  ijodiy  faoliyatidan  biror  voqea,  ayrim  asarlarining 
yaratilishi bilan bog`liq hodisa, jarayon va boshqalar olinishi mumkin. 
Diktantlar  uchun  badiiy-tasviriy  vositalari  (o`xshatish,  sifatlash  va  boshqalar) 
bo`lgan  kichik-kichik  parchalar  yoki  ayrim-ayrim  gaplar  olinishi  maqsadga 
muvofiqdir.  
 
 
 
 
 
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling