Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika


-BOB.   UZLUKSIZ TA`LIM JARAYoNIDA O`ZBeK TILI DARSLARI


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/15
Sana02.03.2018
Hajmi5.01 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15

2-BOB.  
UZLUKSIZ TA`LIM JARAYoNIDA O`ZBeK TILI DARSLARI 
TARKIBIDA ADABIY MATeRIALLARNI ¡RGANISh MeTODIKASI 
 
2.1. Uzluksiz ta`lim tizimida adabiy materiallarni o`rganishga doir 
yondashuvlar, printsiplar va asosiy yo`nalishlar 
 
Badiiy  asarlarni  o`quvchi(talaba)larning  idrok  etish  muammolari  bo`yicha 
o`tkazilgan  nazariy  tahlil  hamda  yoshlarning  qayta  yaratuvchilik  tasavvurlarini 
rivojlantirish shart-sharoitlarini aniqlash natijasida bir qator muhim metodik xulosalar 
chiqardik,  idrok  bilan  bog`liq  psixologik  asoslarni  aniqlab  oldik.  Adabiy  material 
ustida olib borilayotgan ishlarning bugungi holatiga ana shu psixologik asoslar nuqtai 
nazaridan yondashib baho berdik. Endi adabiyot o`qitish metodikasida badiiy asarlarni 
o`rganishga  doir  qanday  yondashuv  va  printsiplar  borligini  ko`rib  chiqamiz.  Ushbu 
yondashuv  va  printsiplar  uzluksiz  ta`lim  tizimida  umuman,  ta`lim  rus  tilida  olib 

 
 
49 
49 
boriladigan  akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlarida  xususan  adabiy  materiallarni 
o`rganish  mazmuni  va  metodlarini  ishlab  chiqish  uchun  yo`nalish  sifatida  ajratilishi 
lozim. 
Uzluksiz  adabiy  ta`limning  bugungi  holatini  o`rganishdan  chiqaril-gan 
xulosalardan  ko`rinib  turibdiki,  o`zbek  tili  dars(mashg`ulot)lari  tarkibida  badiiy 
asarlar  yoki  ulardan  olingan  parchalar  ustida  qanday  ishlash  kerakligi  haqida 
o`qituvchilar  ham,  rusiyzabon  o`quvchilar  ham  aniq tasavvurga,  shuningdek  dasturiy 
ko`rsatmalarga  ega  emaslar.  Shunday  bo`lgach,  ta`lim  rus  tilida  olib  boriladigan 
maktablar,  akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlarida  o`zbek  adabiyotini  o`qitish 
maqsadi, vazifalari, metodikasiga  yo`nalish  bera oladigan  yondashuv  va printsiplarni 
ajratish zaruriyati tug`ildi. 
O`quv  fanini  o`qitishda  ko`zda  tutilishi  lozim  bo`lgan  printsiplardan  biri  asosiy 
maqsadni 
belgilash 
va 
uni 
detallashtirish 
printsipidir. 
O`zbek 
tili 
dars(mashg`ulot)larida  o`quv  matnlari  ikki  xil  maqsad  uchun  xizmat  qiladi:  1) 
o`quvchi(talaba)larni  o`qishga,  ya`ni  o`zbek  tilidagi  matnni  o`qib  undan  axborot 
olishga  o`rgatish;  2)  nutq  o`stirish.  ¡zbek  tili  o`qituvchisi  badiiy  matnni  rusiyzabon 
o`quvchi(talaba)ga o`qitib, mazmunini o`zlashtirish yuzasidangina ish olib borar ekan, 
bunda  u  matndagi  axborotni  qo`lga  kiritishni  matn  ustida  ishlashning  asosiy 
maqsadiga aylantiradi. Adabiy material shunchaki o`quv matni emas. Shuning uchun 
ham  o`qishga  o`rgatish  maqsadi  adabiy  asarni  o`qib-o`rganishning  asosiy  maqsadi 
bo`la  olmaydi.  Bugungi  kunda  o`qituvchi  ko`zlagan  maqsad  bilan  badiiy  matndan 
ko`zda  tutilgan  maqsad  o`rtasida  keskin  ziddiyat  mavjud.  Shunga  ko`ra  ham  o`quv 
matni  bilan  badiiy  matnni  farqlab  o`qib-o`rganish  printsipiga  amal  qilish  ana  shu 
ziddiyatni bartaraf etish uchun yo`l ochadi.  
Demak,  adabiy  material  ustida  olib  boriladigan  ishlarning  asosiy  yo`nalishi 
asosiy  maqsadning  qanday  belgilanishiga  bevosita  bog`liqdir.  Asosiy  maqsad  adabiy 
o`qishni tashkil etish va joriy qilishdir. 
“Uroki  russkogo  yazыka  i  literaturы  v  natsional`noy  shkole”  qo`llanmasida 
ilmiylik,  ta`limni  hayot  bilan  bog`lash,  muntazamlilik,  izchillik,  saviyaga  moslik, 
o`qishga  ijobiy  munosabatni  rag`batlantirish,  o`quvchidagi  onglilik,  faollik  va 
mustaqillik, butun sinf, guruh bilan olib boriladigan va yakka tartibdagi ish shakllarini 
optimal birlashtirish kabi printsiplar izohlanadi [113,14-20].  
Umumdidaktik talablar: ta`lim beruvchi, tarbiyalovchi va rivojlan-tiruvchi ta`lim 
birligini amalga oshirish, o`quvchilarning fikrlash va ijodiy faolligini rag`batlantirish, 
adabiy  ta`limga  yordam  berish,  o`quvchilarning  estetik  va  emotsional  rivojlanishiga 
ko`maklashish  va  b.  (F.I.Korovkin,  e.V.Kvitkovskiy,  V.N.Fedorova,  T.I.Shamova  va 
b.).  
Alohida,  qo`shimcha  talablar:  ikkala  adabiyot  kurslarining  o`zaro  bog`lanishini 
amalga  oshirish;  adabiyotlarning  o`zaro  ta`sirini  ochib  beradigan  materiallarni  jalb 
etish; o`quvchilarning nutqini o`stirishga  diqqatni chuqurroq qaratish; darslikda lug`at 
ishining  maqsad  sari  yo`naltirilgan  tizimining  mavjudligi  (faol  o`zlashtirishga 
qaratilgan  leksikani  minimumlashtirish,  faol  va  passiv  o`zlashtirish  uchun 
mo`ljallangan so`zlarni kiritishni farqlash, leksik topshiriqlar) va b. [18,11]. 
Bir  necha  bor  ta`kid-laganimizdek,  badiiy  asarni  o`qib-o`rganishda  uning 
mazmuni  birlamchi  emas.  Asarni  badiiy  idrok  etish,  obrazlarini  anglash,  umuman, 

 
 
50 
50 
undan estetik zavq olish birlamchi sanaladi. Ta`lim va tarbiya birligi printsipiga nisbat 
berib  masalaga  qaraydigan  bo`lsak,  “O`zbek  adabiyoti”  davlat  ta`lim  standartida 
[22,158]  belgilangan  maqsad  –  “ma`naviy  dunyosi  boy,  o`zbek  xalqining  axloqiy 
qadriyatlarini  biladigan,  shu  bois,  o`zbeklarni  chuqurroq  anglaydigan  qalbi  uyg`oq 
o`zbekistonlikni  tarbiyalash”  –  asosiy  maqsad  emas,  balki  ta`lim  va  tarbiya  bilan 
bog`liq ikki asosiy maqsadning biri, lekin adabiy ta`limdan keyingisi sanaladi. Adabiy 
matnni  to`g`ri  o`qiy  olmagan,  obrazli  ifodalarni  tushunmagan  o`quvchining  undan 
tarbiya  topishi  kutilganidek  bo`lmasligi  aniq.  Lekin  adabiy  materialni  o`qib 
o`rganishdan  ko`zlanadigan  asosiy  maqsad  ta`lim  va  tarbiyadir.  Adabiy  materialni 
tarbiyadan ajratib bo`lmaydi. 
Shunday  qilib,  printsiplarga  to`xtalishning  dastlabki  qadamidanoq  biz 
umumpedagogik  va  xususiy  metodik  printsiplarga  to`qnash  keldik.  Metodik 
adabiyotlarda  belgilanishiga  ko`ra,  muayyan  qonuniyatlar  va  printsiplar  ierarxiyasi 
hamda ularga asoslangan echimlar mavjud: 1) umumpedagogik (ta`lim va tarbiyaning 
o`zaro  aloqasi,  tarbiyaga  kompleks  yondashuv,  o`quv  fani  uchun  umumiy  va  o`ziga 
xos  bo`lgan  maqsadlarni  aniqlash  va  boshqa  shu  kabilar);  2)  umummetodik 
qonuniyatlar va printsiplar (adabiyot o`qitishning konkret maqsadlarini belgilab olish, 
maktab  tahlili  printsiplari,  metodlar  tizimi,  adabiy  bilimlar  manbalari  nisbati  va  shu 
kabilar);  3)  xususiy  metodik  (ayrim  janrlarni  o`rganish  xususiyatlari,  yozuvchi 
biografiyasini 
o`rganish 
xusuiyatlari, 
kursning 
yirik 
bo`limlari 
bo`yicha 
mashg`ulotlarning  qurilish  xususiyatlari  va  boshqalar);  4)  konkret  metodik  (berilgan 
asarni  o`rganish  xususiyatlari,  ushbu  darsning  mashg`ulotlar  tizimidagi  xarakteri  va 
boshqalar).  Ushbu  qonuniyatlar  va  printsiplarning  hammasi  konkret  faoliyatda 
o`quvchilarga  adabiyot  orqali  ajralmas,  yagona  ta`lim  va  tarbiya  berish  jarayoniga 
qo`shilib ketgan holda birgalikda amal qiladi [15,8].  
Adabiy  material  ustida  olib  boriladigan  ishlarning  asosiy  yo`nalishi  ta`lim  va 
tarbiya birligidan tashqari, tarbiyaga majmuaviy  yondashuvda ham o`z aksini topadi. 
Badiiy  asarni  o`qish  jarayonida  nutq  madaniyati  sayqal  topadi,  estetik  zavqlanish 
yuzaga keladi, badiiy did rivoj topadi. 
Adabiy  materiallarni  o`qib-o`rganishning  asosiy  maqsadlari  zamirida  konkret 
maqsadlar doirasi belgilanadi. 
Xullas,  ta`lim  va  tarbiyaning  o`zaro  aloqadorligi,  birligi  printsipi  ham  adabiy 
ta`lim  berish,  ham  adabiy  asar  orqali  tarbiyalash  asosiy  maqsadlar  ekanligini 
anglatadi. 
O`zbek  tili  mashg`ulotlarida  adabiy  ta`limning  o`ziga  xos  maqsadlari  ham 
mavjud.  Bular  sirasiga  rusiyzabon  talabalarni  badiiy  matnni  to`liq  va  chuqur 
tushungan holda idrok  etishga tayyorlash va shunga  erishish, mo``jaz  parcha  asosida 
ularda  estetik  zavq  uyg`otish,  yoshlarni  adabiy  matnni  ifodali  o`qishga  o`rgatish, 
asarning ta`limiy va tarbiyaviy ta`sirini oshirish niyatida uni tahlil qilish va boshqalar 
kiradi.  
Ba`zi  xususiy  maqsadlar  adabiy  materiallarni  tanlashga  ham  o`z  ta`sirini 
o`tkazadi.  Masalan,  ifodali  o`qish  xususiy  maqsad  sanaladi.  Lekin  adabiy  material 
tanlashda  uning  ifodalilik  jihati  ta`lim  mazmunini  belgilashga  yo`naltiruvchi  tus 
beradi. 

 
 
51 
51 
Xususiy maqsadlardan yana biri – mo``jaz parcha asosida estetik zavq uyg`otish. 
Ushbu  printsipni  ham  adabiy  material  tanlashda  inobatga  olmay  bo`lmaydi: 
tanlanadigan parcha o`quvchi(talaba)da estetik zavq uyg`ota oladigan bo`lishi shart. 
Tabiiyki,  xususiy  maqsadlar  ta`lim  usullarini  tanlash  va  amalga  oshirish  uchun 
turtki  beradi.  ¡zbek tili o`qituvchisi o`z  oldiga ana  shu o`ziga xos  maqsadlarni qo`ya 
olsa, u o`z-o`zidan adabiy ta`lim usullariga murojaat etadi. 
O`quvchilarning  o`quv  faoliyati  tavsifi  asosiga  quyidagi  muhim  printsiplar 
qo`yilgan: bilimlar va faoliyatning o`zaro shartlanganligi; badiiy bilish – idrok, tahlil 
qilish  va  baho  berish  jarayonlarining  o`zaro  aloqadorligi;  asarni  shakl  va  mazmun 
birligida  o`rganish  [56,109].    Ushbu  printsiplar  adabiyot  darslarida  o`quvchilarning 
o`quv faoliyatiga rahbarlik qilish yo`llarini belgilab beradi. 
Asarning  ta`lim-tarbiyaviy  jihati  insonlarning  o`tmish  tajribasi,  hayot  tajribasini 
bugungi  kun  mavqeidan  turib  anglash  va  xulosalar  chiqarishda  namoyon  bo`ladi. 
Shunga  ko`ra  ham  badiiy  asarga  tarixiylik  printsipi  nuqtai  nazaridan  ham 
munosabatda bo`lish talab etiladi. 
Badiiy  asarlarning  mazmunini  hisobga  olmaydigan  bir  chiziqli  illyustrativ 
talqinlar  tarafdorlari  odatda  tarixiylik  printsipiga  amal  qilish  zarurligiga  ilova 
qiladilar. Lekin istorizm printsipi, ma`lumki, u yoki bu asarni dunyoga keltirgan aniq, 
tarixiy  realiyalarni  yoritishdan  tashqari,  shuningdek  uning  mazmuniga,  jamiyatning 
bundan bu yongi taraqqiyotidagi ob`ektiv ahamiyatiga qarashlarning kengligini taklif 
etadilar.  Tarixiylikning  bundan  tashqaridagi  tushunchasi  soddalshtirilgan  ma`ni  kasb 
etadi.  Ayniqsa,  san`at  asariga  tatbiqan  tarixiylik  ularning  o`ziga  xosligini, 
sintezlovchi,  umumlashtiruvchi  ahamiyatini  diqqat  bilan  hisobga  olish  zimmasiga 
yuklaydi [120,41]. 
Adabiy asarning ayni umumlashtiruvchilik ahamiyati o`z davridan o`tib yashash, 
barhayot  qolish,  boshqa  davrlar,  boshqa  avlodlarning  harakatdagi  mulkiga  aylanish, 
ular  ma`naviy  hayotining  bir  qismi  bo`lib  qolish,  o`tmish  tajribasini  zamona  bilan 
bog`lash imkonini beradi. 
O`quvchilarning rus adabiyoti darslarida olgan bilim, ko`nikma va malakalariga 
tayanish  printsipi.  Ushbu  printsipga  amal  qilishning  ahamiyati  shundaki,  o`zbek  tili 
darslarida  o`quvchilarning  adabiyot  nazariyasiga  doir  rus  adabiyoti  darslarida  olgan 
bilimlarni  takror  o`rganishning  oldi  olinadi,  shu  bilimlarga  tayanish  zarurligi 
asoslanadi. 
Yosh xususiyatlarini hisobga olish printsipi akademik litsey va kasb-hunar kolleji 
talabalarining  mustaqilligi  umumta`lim  maktabi  o`quvchilarining  mustaqilligidan 
farqlanadigan jihatlarni hisobga olishda namoyon bo`ladi. 
Uzluksiz 
adabiy 
ta`lim 
tizimida 
badiiy 
asarlarni 
o`rganishdagi 
muvaffaqiyatlarning  o`zbek  tilini  o`rganishdagi  muvaffaqiyatlarga  bog`liqligi 
printsipi. Ayniqsa, lug`at minimumida adabiy mavzularda muammoli suhbatlar uchun 
imkon beradigan leksik materiallar ko`zda tutilishi lozim. 
Badiiy  asarlar  tili  so`zlashuv  nutqidan  keskin  farq  qiladi.  O`zbek  tili  lug`at 
minimumida faol o`zlashtiriladigan so`zlargina qamrab olingan. Lekin bugungi kunda 
amaldagi  “O`zbek  tili”  darsliklariga  kiritilgan  so`zlarni  tanlash  uchun  xizmat  qilishi 
kerak  bo`lgan  lug`at  minimumi  ham  yo`q.  Darsliklardagi  so`zlar  mavzuviylik  talabi, 

 
 
52 
52 
matnlarda  uchraganligiga  qarab  havola  qilingan,  oqibatda  ular  aralash-quralash 
joylashgan.  
Ilmiy maqola tipidagi matnlarda ishlatiladigan so`zlar ko`proq ilmiy uslubga xos 
bo`lib,  stilistik  neytral  sanaladi,  jonli  so`zlashuv  nutqidan  yiroq.  Badiiy  asarlarning 
tarkibidagi dialoglar ayni so`zlashuv nutqini ifoda etadi. 
Badiiy  asarning  mazmunini  tushunish  ikki  darajada  bo`ladi:  faktik  (mantiqiy) 
mazmun, emotsional-badiiy idrok. 
Tushunish mantiqiydan motivlar, maqsadlar, tag ma`noni anglashga qarab boradi 
[27,33].  Ikkinchi  darajaga  ko`tarilish  uchun  asarning  badiiy  matniga  kirib  borish 
kerak.  Birinchi  darajada  to`xtalganda,  ikkinchi  daraja  bilan  ziddiyat  tug`iladi. 
Tushunish darajalari tahlil darajalariga olib keladi. 
Tahlilni  o`quvchilarning  bilim  doirasini  kengaytirishga  aylantirib  yubormaslik 
printsipi.  (Personajning  xarakteri,  asarning  g`oyaviy  mazmuni,  uning  tarixiy-adabiy 
ahamiyati  va  boshqalar  –  bilimlar...)  Boshqacha  aytganda,  tahlil  ko`pincha  mavhum 
mantiqiy  faoliyatnigina  aks  ettirib,  o`quvchi  shaxsining  emotsional  tomoniga  hech 
qanaqasiga o`tmaydi. Ayni paytda asarning chinakam tahlili o`quvchining intellektual 
faoliyatini  qo`zg`otgan  holda  badiiy  matnni  emotsional  idrok  etishlarini 
chuqurlashtirishi, ularning emotsional olamini boyitishi kerak [27,34-35]. 
O`quv  fani  sifatida  aniqlik  printsipi  ta`minlanishi  kerak.  Aniqlik  quyidagilarda 
namoyon bo`ladi: 
1) oldiga maqsad va vazifalar qo`yilgan; 
2)  kimga  mo`ljallanganligi  aniq  (rusiyzabon,  qozoq,  qirg`iz  va  boshqa  tillarda 
so`zlovchi o`quvchiga yoki talabaga); 
3) pedagogik me`yorlangan. 
O`z chegaralariga ega bo`lishi kerak (DTSda ko`rsatilgan). 
Maktabning ehtiyoji boshqa, yozuvi uchun xos bo`lgan asar boshqa. 
Dastur bilan adabiy material o`rtasidagi ziddiyatlar. 
O`quvchilardagi  bilim  va  malakalar  bazasi  har  xil  maktablarda  har  xil.  Birida 
talablarni pasaytirish, birida kuchaytirishga to`g`ri keladi. 
Nihoyat,  o`zbek  tili  darlarida  adabiy  materiallarni  o`rganishda  uzluksizdik  va 
uzviylik  ta`minlanishi  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Darslar  oralig`idagi  uzilishlar, 
sinflar bo`yicha uzilishlar ularni mutolaa qilish malakalarini bir  maromda  yuksaltirib 
borishga  salbiy  ta`sir  ko`rsatadi.  Uzluksizlik  va  uzviylik  dars  va  dasrdan  tashqari 
tadbirlar orasida ham joriy qilinishi ayni muddaodir. 
Uzluksiz ta`lim tizimida adabiy materiallarni o`rganishda yuqorida bayon etilgan 
yondashuv  va  printsiplarga  amal  qilish  orqali  o`qitish  sohasida  mavjud  ziddiyatlarni 
bartaraf qilish mumkin bo`ladi. Chunonchi: 
1) Lug`at ishi yaxshi yo`lga qo`yilmaganligi tufayli ziddiyatlar; 
2) Nutq o`stirishning talab darajasida emasligi bilan bog`liq ziddiyatlar; 
3)  Adabiy  materialda  o`zbek  tilini  o`rganish  bilan  bog`lanish  yo`lga 
qo`yilmaganligi. 
 
2.2. Uzluksiz ta`lim tizimi bosqichlaridagi o`zbek tili darslarida 
adabiy materiallarni o`rganish metodlari 

 
 
53 
53 
 
Ta`lim  rus  tilida  olib  boriladigan  maktablar,  akademik  litsey  va  kasb-hunar 
kollejlarining  o`zbek  tili  darslarida  badiiy  matn  ustidagi  ishlarni  tashkil  etish  va 
amalga  oshirishda  erishiladigan  samaradorlik  ta`lim  metodlarini  to`g`ri  tanlashga 
bevosita bog`liqdir. Turli tuman metodlar orasidan eng mosi va xosini ajratish, bunda 
yangi  pedagogik  texnologiyani  ham  nazardan  qochirmaslik  kerak.  Lekin  amaliyotda 
ayni  shu  yumushlar  muayyan  qiyinchiliklar  tug`diradi.  Shuning  uchun  ham  adabiyot 
o`qitish metodikasida metodlar tadqiqiga alohida e`tibor beriladi. 
S.N.Redozubov, 
e.A.Adamovich, 
N.N.Shchepetova, 
N.S.Rojdestvenskiy, 
L.A.Gorbushina,  V.G.Goretskiy,  M.M.Omorokovalar  boshlang`ich  sinflarda  badiiy 
asar  ustida  ishlash  metodlarini  haqida  so`z  yuritganlar.  N.I.Kudryashov  [58], 
R.R.Mayman  [63],  e.N.Il`in  [33],  M.G.Êachurin  [53],  M.A.Zal`diner,
 
L.V.Todorov, 
K.T.Ãolenkinalar  yuqori  sinflarda  rus  adabiyotini  o`qitish  metodlarini  yoritganlar. 
O`zbek  adabiyotini  o`qitish  metodikasida  badiiy  asarlarni  o`rganish  shakl,  vosita  va 
metodlari  atroflicha  keng  va  chuqur  yoritilgan.  Bu  boylikni  yaratishda  A.Zunnunov 
[30], S.Ismatov [38], Q.Yo`ldoshev [48; 49], M.Mirqosimova [74; 75], S.Matchonov 
[70],  T.Boboev  [14],  F.Badriev  va  boshqa  metodist  olimlarning  xizmatlari  katta. 
Adabiyot  o`qitishni  davr  talablari  darajasiga  ko`tarish  yuzasidan  O.Sharafiddinov, 
S.Mamajonov, U.Normatov, N.Karimov, A.Kattabekov, A.Abdurazzoqov, O.Madaev, 
V.Qodirov singari olimlarning qo`shgan hissalari ham katta. 
 Lekin o`zbek tilidagi badiiy asarlarni (to`g`rirog`i, ulardan olinadigan bor-yo`g`i 
sanoqli,  ayni  paytda  bir  necha  betlik  parchalarni)  rusiyzabon  o`quvchi(talaba)larga 
o`qitishda bu xazinani bilgan holda undan zarurlarini, o`qituvchi hazm qila biladigan, 
o`quvchi  ko`tara  oladiganlarini  ajratish,  o`ziga  yarasha  yangicha  bir  tizim  holiga 
keltirib  foydalanish  metod  va  usullarini  ko`rsatish  biz  amalga  oshiradigan 
tadqiqotning  muhim  jihatlaridan  biri  sanaladi.  Zero,  o`qituvchi  mudom  metodlarni 
noto`g`ri tanlab dars bersa, o`quvchilar yo ana shu noto`g`ri tanlangan metodlar bilan 
qurollanadilar,  yoki  bu  metodlarni  qabul  qilmaydilar,  natijada  o`qishda  malakasiz 
bo`lib qolaveradilar. 
N.I.Kudryashov bergan ta`rifga ko`ra, har qanday “metod” ob`ektiv va sub`ektiv 
usullar birligini ifoda etadi, chunki unda ob`ektiv voqelik hodisalari va qonuniyatlari 
bilan  shular  asosida  inson  tomonidan  ishlab  chiqilgan  ob`ektiv  olamni  o`rganish, 
tadqiq  etish  va    o`zgartirish  usullarini  bilish  o`zaro  birlashadi  [58,6].  Boshqacha 
aytganda,  ta`lim  metodlari  o`quvchilarning  ta`lim  mazmunini  o`zlashtirishlarini 
ta`minlovchi  o`quv-biluv  va  amaliy  faoliyatni  tashkil  etish  yo`lida  o`qituvchining 
maqsad  sari  qaratilgan  ta`limiy  harakatlari  (amallari)  tizimini  ifoda  etadi.  Ta`kidlash 
joizki, bugun o`quvchilar ham ta`lim sub`ekti sifatida o`zining o`quv-biluv faoliyatini 
uyushtirish ko`nikmalarini egallab bormoqdalar. 
Muammoli  ta`lim,  izlanish,  tadqiqot  olib  borish,  ijodiylik  tavsifiga  ega  bo`lgan 
metodlar  o`tgan  asrning  70-80-yillaridayoq  metodist  olimlarning  diqqat  markazida 
turganligi bejiz emas. Bunda N.I.Kudryashovning “Didaktika sredney shkolы” kitobi 
alohida  o`rin  tutadi.  Bu  kitobda  tilga  olingan,  tasnif  va  tavsif  etilgan  metodlar 
M.A.Zal`diner,  L.V.Todorov,  F.I.Gubinalar  tomonidan  ham  ma`qul  topilgan.  Bular 
quyidagilar:  1.  Tushuntirish-illyustrativ  metod.  2.  Reproduktiv  metod.  3.  Muammoli 
bayon.  4.  Qisman  izlanuvchan  yoki  evristik  metod.  5.  Tadqiqot  metodi  [58,11]. 

 
 
54 
54 
Yuqorida  sanab  ko`rsatilgan  metodlar  nazariy  jihatdan  aniq,  tushunarli,  bir-birini 
to`ldirib  boradigan,  ayni  paytda  sodda  va  universal  deb  e`tirof  etilgan.  Bizningcha 
ham,  ushbu  metodlar  orqali  o`qituvchi  va  o`quvchi  munosabatlarini  to`g`ri  yo`lga 
qo`yish,  o`zaro  faollikka  (interfaollikka)  erishish  uchun  ham  keng  imkoniyatlar 
ochiladi. 
Yuqoridagi metodlar doirasida ishlab chiqiladigan usullar o`quvchilarning o`quv-
biluv va amaliy faoliyatini takomillashtirish, yaxshilash chora-tadbirlarini aytarli keng 
qamrab olib, bir tizimni tashkil etadi va ta`lim-tarbiya samaradorligini oshirish uchun 
xizmat  qiladi.  Shuningdek,  ushbu  metod  va  usullarni  qo`llash  orqali  o`quvchilarning 
o`z  bilimlarini  mustaqil  boyitib  borish  malakalarini  egallashlariga  erishiladi. 
Boshqacha  aytganda,  o`qituvchi  va  o`quvchi  munosabatlarini  to`g`ri  yo`lga  qo`yish, 
o`zaro faollikka (interfaollikka) erishish uchun ham keng imkoniyatlar ochiladi. 
N.I.Kudryashov metodist olimlarning talqinlaridan kelib chiqqan holda adabiyot 
o`qitishning quyidagi uch asosiy metodini tavsiya etadi: 
1.  Adabiy  asarni  xijjalab  o`qishnigina  emas,  balki  o`qilayotgan-larni  tinglash, 
dramatik spektakl`,  kinofil`m  va  hokazolarni tomosha qilishni ko`zda  tutuvchi ijodiy 
idrok etish metodi (ijodiy o`qish metodi). 
2. Tahlil qilish-interpretatsiyalash (izlanish, tadqiq etish) metodi
3. Adabiyot o`qitishda ikki tomonlama aspekt: san`at va ilm-fanni joriy etishning 
muhim vositasi bo`lmish sintezlash (birlashtirish) metodi [58, 17-18]. 
Muallifning  fikricha,  ko`rsatilgan  metodlarning  uchalasi  asarni  o`rganishning 
barcha  bosqichlarida  qo`llanishi  mumkin.  Lekin  ijodiy  idrok  etish  (ijodiy  o`qish) 
ko`proq  birinchi  va  ikkinchi,  tahlil  qiluvchi-interpretatsiyalovchi  metod  ko`proq 
ikkinchi, sintezlovchi metod ko`proq uchinchi bosqichda ishlatiladi [58,18]. 
Ijodiy  o`qish  metodiga  “Adabiyot  o`qitish  metodikasi”  kitobida  ham  keng  o`rin 
ajratilgan [29].  
Badiiy asarni o`qishda ilmiy, publitsistik, o`quv matnini o`qishdan farqli o`laroq 
so`zga,  jumlaga,  ritmga  katta  e`tibor  beriladi.  Bunday  o`qish  o`quvchining  qayta 
yaratish  faoliyatini,  ijodiy  tasavvurini  (xayolotini)  uyg`otadi,  uni  obrazli  fikrlashga 
undaydi,  his-tuyg`ularini  jonlantiradi,  junbushga  keltiradi.  Tabiiyki,  asarlar  janriga 
qarab har xil o`qiladi: ertak “cho`pchak aytishni” talab qiladi, qo`shiq kuylashda to`liq 
idrok etiladi, she`rlar badiiy o`qish orqali tinglovchiga kuchli zavq bag`ishlaydi. Ijodiy 
o`qishning  o`ziga  xosligi  ayni  badiiy  idrokni,  badiiy  kechinmalarni  faollashtirishda, 
san`at vositalari yordamida badiiy moyilliklar va qobiliyatlarni shakllantirishda yaqqol 
ko`rinadi. 
Ijodiy idrok etish (ijodiy o`qish) metodi adabiyot o`qitish metodikasida tamoman 
yangilik  emas.  O`zbek  maktablarining  adabiyot  darslarida  o`qituvchining  ifodali 
(idealda  –  badiiy)  o`qishiga,  badiiy  so`z  ustalarining  o`qishiga,  p`esalardan  ayrim 
sahnalarni 
aktyorlarning 
 
o`qishiga 
(magnit 
yozuvi 
orqali, 
radio- 
va 
teleeshittirishlarda)  tez-tez  murojaat  etib  turiladi.  Yangilik  jihati  shundaki, 
N.I.Kudryashov  ham,  “Adabiyot  o`qitish  metodikasi”  mualliflari  ham  bu  metod 
tarkibiga  quyidagi  ish  usullarini  ham  kiritadilar:  o`quvchilarni  ifodali  o`qishga 
o`rgatish,  o`qituvchining  badiiy  matnni  sharhlab  o`qishi  (izohli  o`qish)  hamda 
ularning asarni to`g`ri va imkon qadar yanada chuqurroq, emotsional idrok etishlarini 
ta`minlash maqsadini ko`zda tutuvchi so`zi; o`qilgan asardan o`quvchilarning bevosita 

 
 
55 
55 
olgan  taassurotlarini  chuqurlashtirish  maqsadiga  ega  bo`lgan  va  ularning  diqqatini 
uning  muhim  g`oyaviy  va  badiiy  xususiyatlari  sari  yo`naltiradigan  suhbat  yoki 
bevosita o`qilgan asardan kelib chiqadigan biror – badiiy, axloqiy, ijtimoiy-siyosiy – 
muammo  qo`yish;  asar  o`rganilgandan  keyin  o`quvchilarning  asarni  tadqiq  etish 
jarayonida  to`yingan  badiiy  kechinmalarini  faollashtirish  maqsadini  ko`zda  tutuvchi 
o`qituvchining  so`zi  yoki  suhbat  [58,60;  29,66-67].  Ko`rinib  turibdiki,  badiiy  matn 
ustidagi  barcha  ish  turlari  ijodiy  o`qish  metodi  ostida  yagona  tizimga  birlashtirilgan. 
Bugungi  kunda  ayrim  didaktlar  bu  kabi  holatlarni  “darsni  ijodiy  tashkil  etish” 
birikmasi orqali ham ifodalamoqdalar.  
Lekin yuqoridagi usullar sirasida yana bir necha usulni o`z ichiga qamrab olishi 
mumkin  bo`lgani  ham  bor.  Bu  asarni  izohli  o`qish  usulidir.  Aslida,  o`ylashimizcha, 
badiiy  matnni  o`qish  bosqichi  birgina  usul  tariqasida  ajratilmasligi  kerak.  Bu  erda 
parchani o`qish, so`z bilan yoki illyustrativ rasm chizish, qahramonlarga tavsif berish, 
asar tili ustida ishlash kabilar alohida usullar tizimini tashkil etishi mumkin. 
Bugungi  kunda  darslarda  “O`zbek  tili”  darsliklariga  kirgan,    qo`shiq  qilib 
kuylanadigan  she`rlar  asosida  yaratilgan  videokassetalar-dan  keng  foydalanilmoqda. 
Masalan,  “Men  nechun  sevaman  O`zbekistonni”  qo`shig`i.  Shuningdek,  darslarga 
radiopostanovkalar  olib  kirish  imkoniyatlari  ham  mavjud.  Bular  ijodiy  tashkil 
etiladigan darslarni yana ham boy va sermazmun qiladi. 
Biror  shoir  lirikasi  o`rganiladigan  bo`lsa,  emotsional  tuyg`ularga  to`lib  toshish, 
badiiy  kechinmalar  boyligiga  erishish  zaruriyati    ijodiy  o`qish  metodini  qo`llashga 
undaydi.  Bunga  she`rni  o`qituvchining  o`qishi,  magnit  yozuvlaridan  foydalanish, 
o`qituvchining  hayajonli  kirish  so`zi,  suhbat  orqali  erishiladi.  Bular  badiiy  idrokni 
rag`batlantiradi. 
e.N.Il`in  adabiy  ta`lim  mazmuni  va  metodlarida,  bir  tomondan,  o`quvchi 
ehtiyojlarini,  ikkinchi  tomondan,  ta`limning  dolzarb  muammolarini  qamrab  olgan 
holda  ma`naviy  kontakt  (yaqinlik)  metodi  mohiyatini  doira  orqali  birlashtirilgan 
quyidagi chizmada ko`zda tutuvchi jihatlar tarzida aks ettiradi [33,10-11]:  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
                                     Ñåâèø 
                            Òóøóíèø 
                                Äàðäêàøëèê 
                                    Қàáóë šèëèø      
                                        Êœìàê 
                             
                      
                      Áèëèìëàðíè  
                èíñîíïàðâàðëàøòèðèø 
                      ïðèíöèïè 
 
                              
                                    
Κèëó 
                           äîíî èíñîí, 
                           óíèíã šàëáè
 
 
Katalog: lektions -> ozbek%20adabiyoti -> O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> O'zbekiston respublikasi xalq ta'lim vazirligi ajiniyоz nomidagi
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Navoiyshunoslik
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> O'zbekiston respublikasi xalq ta'lim vazirligi ajiniyоz nomidagi nukus davlat pedagogika
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Chet el adabiyoti tarixi
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> O’zbеk аdаbiyoti kаfеdrаsi

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling