Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/15
Sana02.03.2018
Hajmi5.01 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15

Ìàúíàâèé êîíòàêò 
ìåòîäè 
Мавзуни 
танлаш 
       Китоб 
Ўқóâ÷è 
Áèëèìëàðíè 
òàíëàø 

 
 
56 
56 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Rusiyzbon  o`quvchi  o`zbek  adabiyoti  namunalarini  o`qir  ekan,  o`zi  uchun 
ma`naviy-axloqiy  yaqinlik topa bilishi, shu yaqinlik orqali asar qahramonlarini sevib 
qolishi, ularni tushunishi, dardlariga sherik bo`lishi, o`zi qalbiga olib kirishi, o`z yaqin 
kishilariga ko`mak berish hissini tuyishi ko`zda tutiladi.  
Ichiga olib ko`rsatilgan unsurlarni birlashtiruvchi  d o i r a  markazidan tayanch 
bosh  printsip  –  bilimlarni  insonparvarlashtirish  printsipi  joy  olgan.  Ushbu  printsip 
tanlanadigan asarga ham, ta`lim oladigan o`quvchiga ham birday taalluqli. Asar to`g`ri 
tanlanmas  ekan,  ta`lim  jarayonini  insonparvarlashtirish  haqida  so`z  ham  bo`lishi 
mumkin emas. 
Chizmadan  ayon  bo`lishicha,  bilimlarni  insonparvarlashtirish  printsipi  asosan 
oqil  va  dono  insonga,  uning  qalbiga  qaratiladi.  Ayniqsa,  komp`yuter  o`yinlari  yosh 
qalblarni  dag`allashtirayotgan  bugungi  kunda  komil  insonni  tarbiyalash  imkonini 
beradigan  adabiy  materiallar,  ta`lim  metodlaridan  muhim  va  mas`uliyatli  vazifalarni 
hal etish vositasi bo`la olish kutiladi.   
Ma`naviy  yaqinlik  metodi  qo`llanganda,  dars  san`at  hodisasi  sifatiga  ega  bo`la 
boradi. 
“Metodika  prepodavaniya  russkoy  literaturы  â  natsional`noy    shkole” 
qo`llanmasida  ta`kidlanadiki,  rus  maktabida  ham,  milliy  maktabda  ham  rus 
adabiyotini o`qitishning asosiy metodlari umumiyligicha qoladi. (Biz bu fikrni ta`lim 
rus tilida olib boriladigan maktablarda, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida rus 
adabiyotini va o`zbek tili darslari tarkibida o`zbek adabiyoti namunalarini o`rganishga 
nisbatan  ma`lum  ma`noda  qabul  qilishimiz  mumkin.)  Bularga  quyidagilar  kiritiladi: 
o`qish  metodi;  izohli-illyustrativ  metod;  reproduktiv  metod;  evristik  metod  [72,10]. 
Darvoqe,  o`qish  metodida,  bir  tomondan,  o`quvchilarning  o`qish  jarayonini 
boshqaradigan o`qituvchining faoliyati namoyon bo`ladi, ikkinchi tomondan, kitobxon 
badiiy asarni bevosita, emotsional idrok etadi, uning g`oyaviy-estetik boyligini hissiy 
qabul qiladi. Bizningcha ham, badiiy matnni o`qish adabiyotni o`rganishda etakchilik 
qilishi zarur, degan fikr o`rinli.  
Adabiyotshunoslik  metodi  o`quvchilarning  san`atga,  uning  o`ziga  xos 
xususiyatlariga 
bo`lgan 
qarashlari 
tizimini, 
shuningdek, 
dunyoqarashini 
shakllantirishda  katta  ahamiyat  kasb  etadi  [58,55].  O`quvchilarning  o`quv-biluv 
faoliyati  mantiqiga  ko`ra  asarni  chuqurlashtirib  o`rganish  bosqichiga  o`tilganda  rus 
adabiyoti  darslarida  olingan  adabiy-nazariy  bilimlar,  ilgari  egallangan  ko`nikma  va  
malakalarni  safarbar etgan  holda  asar  tahlil  qilinadi, shuningdek, bu  jarayonda  yangi 
bilimlar va malakalar qo`lga kiritiladi. O`zbek tili darslarida adabiyotshunoslik metodi 
ayni  shu  ma`noda,  ya`ni  o`quvchidagi  mavjud  bilimlardan  foydalanish  ma`nosida 
Äàðñ ñàíúàò ќîäèñàñè 
ñèôàòèäà 

 
 
57 
57 
joriy  etiladi.  O`quv-biluvning  bu  bosqichida  dastlabki  o`qish  chog`ida  tug`ilgan  his-
hayajon badiiy idrokni chuqurlashtirishga olib keladi. 
Bu  o`rinda  prof.  Q.Yo`ldoshevning  quyidagi  fikri  e`tiborga  loyiq:  “Endilikda 
adabiyot  nazariyasi  bo`yicha  beriladigan  bilimlar  ham  o`quvchilar  tafakkurini  sinash 
va  uni  qiynash  vositasi  emas,  balki  badiiy  asarni  o`qish  va  tahlil  etishga  ko`mak 
beradigan  ma`lumotlar  tarzida  qaraladigan  bo`ldi”  [49,87].  Muallifning  mana  bu 
so`zlari  bunga  izoh  bo`la  oladi:  “Aslida,  adabiyot  tarixiga  daxldor  biror  faktni 
sharillatib  aytib  bera  oladigan,  ammo  ma`naviyatida  ezgu  fazilatlar  bo`lmagan 
o`quvchidan  ko`ra,  ayrim  adabiy  faktlarning  xronologiyasini  bilmasa  ham,  badiiy 
asarlarning  qahramonlariga  xos  eng  insoniy  fazilatlarni  o`z  tabiatiga  singdirib  ola 
bilgan o`quvchilar jamiyatimiz uchun ko`proq zarurdir [49,88]. 
Asarni o`zlashtirish odatda kishining o`zida paydo bo`lgan savollarni, yo axloqiy, 
yoki  ijtimoiy,  yohud  badiiy  muammolarni  anglab  etishi,  hal  etishga  intilishi  bilan 
bog`liqdir.  O`qituvchi  o`quvchilarga  ushbu  muammolarni  aniqlash,  ularni  hal  etish 
yo`llarini topishga yordam beradi; asarni tahlil qilishga, janr xususiyatlari rang-barang 
bo`lgan  holatida yaxlit bir butunligini tushunishga o`rgatadi, mushohada yuritish, o`z 
o`ylarini  obrazli  so`zlar  orqali,  bog`lanishli,  izchil,  isbot  qiluvchi  nutq  shaklida 
og`zaki  yoki  yozma  ifodalash  ko`nikmalarini  hosil  qilish  sari  yo`naltiradi.  Bunga 
evristik metod yordam beradi. 
N.I.Kudryashov  adabiyot  o`qitish  metodlari  haqidagi  o`z  talqinlarini  davom 
ettirib,  ijodiy  o`qish  metodiga  alohida  urg`u  beradi.  Ushbu  metodning  ifodali  va 
sharhli  o`qish,  o`qituvchi  va  o`quvchilarning  so`zi,  o`quvchilar  bilan  suhbat,  badiiy 
asar va hayotiy kuzatishlar asosida topshiriqlarni muhokama qilish, savollar va rejalar 
tuzish, yozma ishlar va boshqa ko`rinishlarini ta`kidlaydi. Shu asnoda evristik suhbat, 
musobaqa metodi, tadqiqot metodini tilga oladi. Lekin o`quvchilar kerakli malakalarni 
egallagan  bo`lsalar,  suhbat  o`quvchilarning  savollar  yoki  topshiriqlar  asosidagi 
mustaqil ishlari bilan almashtirilishi mumkinligi ham uqtiriladi [58,61]. 
Evristik  suhbat  usuliga  xos  tahliliy  ish  turlari:  epizod  yoki  yaxlit  asar  tahlili, 
qayta  hikoya  qilish,  qo`yilgan  savolga  javob  berish  uchun  tsitatalar  tanlash,  reja 
tuzish,  qahramon  obrazini  tahlil  qilish,  qahramonlarga  qiyosiy  xarakteristika  berish; 
o`z  kengaytirilgan  javobiga,  ma`ruzasiga,  inshoga  reja  tuzish;  asar  tahlili,  turli  xil 
san`at  asarlarining  qiyosiy  tahlili,  qo`yilgan  muammo  tahlili  natijalarining  konspekti 
tariqasidagi  bayoni;  bahs-munozaradagi  chiqishlar,  xususiy  va  umumlashtiruvchi 
mavzulardagi insholar; asar, tanqidiy maqola va boshqalar ustidagi mustaqil ishlar. 
Lekin keyingi yillarda metodik adabiyotlarda suhbat metodi amaliyotda noto`g`ri 
shakllar  kasb  etib,  o`quvchilarning  rivojlanishini  to`xtatib  qo`ymoqda,  degan  fikrlar 
ham  uchray  boshladi.  Ko`pincha  o`qituvchi  suhbat  yo`li  bilan  mutlaqo  yangi  yoki 
talay  yangiliklarni o`zida aks ettirgan o`quv materialini tushuntirishga harakat qiladi. 
Bunday suhbatda odatda zukkoroq o`quvchilarning katta bo`lmagan qismi qatnashadi. 
Faolligi  kamroq  bo`lgan  o`quvchilarning  qolgan  qismi  savollar  va  javoblardan  oz 
narsa oladi, ko`pincha suhbat mazmunini ilg`ay bilmaydi. O`qituvchi bunday “bayon 
qilish”dan  keyin  yangi  materialni  mustahkamlashga  o`tadi  [20,11].  Badiiy  adabiyot 
asari  uning  g`oyasini  aniq  va  yaqqol  ochib  beradigan,  obrazlarini  yorqin  chizib 
ko`rsatadigan,  chuqur  kechinmalar  uyg`otadigan  jonli  ifodali  so`zni  talqiq  etishga 

 
 
58 
58 
qaratilgan  suhbat  orqaligina  o`quvchilar  tomonidan  to`liqroq  va  chuqurroq  idrok 
etiladi. 
K.T.Ãolenkinaning  fikricha,  o`qituvchi  suhbat  chog`ida  o`quvchilarni  mustaqil 
ishlashga:  o`z  misollarini  keltirish,  darslikdan,  o`qish  kitobidan  tegishli  materialni 
topishga  jalb  etishi,  bundan  tashqari,  bu  ishlarni  o`zlashtirishga  yordam  beradigan 
kerakli  misollarni  yozib  borish,  chizmalar  chizish    bilan  baqamti  tashkil  etish  lozim 
[20, 14]. 
Lekin  o`zbek  tili  darslarida  yuqoridagi  metodlarni  joriy  etish  qiyin  kechmoqda. 
Ba`zi  o`qituvchilardagi  o`ta  faollik  rusiyzabon  o`quvchilarning  o`quv  faoliyatini 
tashkil etishga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Ular o`zlari savol bergandan keyinoq o`quvchi 
qiyinchilikka  duch  keldi  deguncha  yordam  qo`lini  cho`zadilar,  oqibatda  bu  bolalar 
muammoni mustaqil hal etish yo`llarini qidirish imkoniyatiga ega bo`lmay qoladilar, 
ularning  mustaqilligi  ham,  faolligi  ham  bo`g`ib  qo`yiladi.  Shuni  ham  e`tirof  etish 
kerakki,  savollarga  tayyor  javoblar  berib  qo`yishni  ma`qul  ko`radigan  o`qituvchilar 
ham kam emas. 
Interfaol  usul  qo`llangan  darslarda  suhbatda  juft-juft  yoki  jamoa  bo`lib 
qatnashish  talab  etiladi.  O`quvchilar  bunday  jamoaviy  suhbatlar  chog`ida  o`qilgan 
kitob  haqida  o`z  taassurotlari  bilan  o`rtoqlashadilar,  butun  asarga  baholari  aks  etgan 
o`z fikr(taqriz)larini, shuningdek, qahramonlarga va yozuvchining mahoratiga bergan 
qisqa  tavsiflarini  aytadilar  yoki  o`kiydilar.  “Hamma  hammaga  o`rgatadi”  interfaol 
usuli ham shunday hamkorlikdagi harakatni ko`zda tutadi. 
Suhbat  o`quvchilarni  mustaqil  aqliy  faoliyatga  safarbar  etsin  uchun  ularning 
diqqatini  parchada  ko`tarilgan  asosiy  masalalarga  qaratish  kerak.  Bunga  erishish 
uchun  suhbat  strukturasi  o`qituvchi  tomonidan  oldindan  o`ylab  chiqiladi,  rejasi 
tuziladi [9,16]. 
Shuni hamisha yodda tutish kerakki, adabiy mavzularda o`tkaziladigan suhbatlar 
o`qituvchilarni  asosiy  vazifadan:  adabiy  asar  asosida  o`quvchilarni  g`oyaviy,  etik  va 
estetik tarbiyalashdan chetga olib ketmasligi kerak.  
Suhbatlarni  bahs-munozara  tariqasida  tashkil  etishning  ta`limiy  va  tarbiyaviy 
ahamiyati  katta.  Bahs-munozara  o`quvchilarni  mantiqiy  fikrlashga,  ularda  yuksak 
axloqiy fazilatlarni tarbiyalashga yordam beradi. Yoshlar asar qahramonlarining xulqi, 
xatti-harakatlarining sabablari, maqsadlari haqida bir-birlariga nisbatan odob doirasida 
muloqotga  kiradilar.  Bir  tomondan,  o`z  fikrlarini  asoslash  va  himoya  qilish  payida 
bo`ladilar,  ikkinchi  tomondan,  o`z  qarashlarini,  e`tirozlarini  samimiy  tarzda 
ifodalashga intiladilar. Bunday bahs-munozaralarda o`quvchilar berilib qatnashadilar. 
Shubhasiz,  bunday  usulning  muvaffaqiyati  ularni  to`lqinlantiradigan,  faol  fikrlashga 
undaydigan  savollar  berilishiga  bog`liq.  Albatta,  F.Badrievning  fikricha,  bahs-
munozara  uchun  tanlangan  masala  o`quvchilarning  bilim  saviyasiga  mos  kelishi, 
xohish-istaklari va qiziqishlarini hisobga olishi, daftarga qaramay so`zga chiqishlariga 
imkon berishi darkor [9,20]. 
M.Mirqosimova  yozuvchining  hayoti  va  ijodini  o`rganishda,  asarlarni  tahlil 
qilishda  munozara,  ijodiy  bahslashish  usuli  foydali  ekanligini  alohida  ta`kidlaydi. 
Zero,  munozara  darslarining  mazmunli  o`tishi  uchun  har  ikki  taraf:  o`qituvchi  va 
o`quvchilar  mavzuga  nisbatan  o`z  mulohazalarini,  bahsli  fikrlarini  to`plagan 
bo`lishlari,  ijodiy  tahlil  etilayotgan  asarlarni  mustaqil  o`qib  o`rgangan  bo`lishlari 

 
 
59 
59 
kerak  [74,17].  Ta`lim  rus  tilida  olib  boriladigan  akademik  litsey  va  kasb-hunar 
kollejlarida  o`zbek  adabiyoti  namunalarini  o`rganish  yuzasidan  tashkil  etiladigan 
darslarda  talabalarning  mustaqil  fikrlashlari  bilim,  ko`nikma  va  malakalarni 
shakllantirish  borasidagi  barcha  muvaffaqiyatlar  garovi  sanaladi.  Yoshlarning 
mustaqil  fikrlashlari  uchun  keng  imkoniyatlar  yaratib  berish  esa  samarali  ta`limning 
muhim omillari sirasiga kiradi. Tafakkur mustaqilligi ma`lum darajada bilim olishdagi 
mustaqillikka  tayanadi, o`z  navbatida uni  ma`nan  va  ruhan  oziqlantirib turadi.  Lekin 
rusiyzabon  talabalarni  o`zbek  tilidagi  adabiy  matnlarni  o`qish  jarayonida  mustaqal 
fikrlashga  o`rgatish  masalasida  metodik  yo`l-yo`riqlar  etarli  emasligidan  o`zbek  tili 
o`qituvchilari talay qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar.  
Mustaqil  fikrlashni  rivojlantirish  va  adabiyotshunoslik  metodi  unsurlarining 
egallanishidagi  navbatdagi  pog`onani  tadqiqotchilik  metodi  ta`minlaydi.  Uning 
maqsadi  –  o`quvchilarni  adabiy  asarni  mustaqil  o`rganishga,  ularning  g`oyaviy  va 
badiiy  qiymatini  baholay  bilishga  tayyorlash,  ularni  baholash  me`yorlarini  ishlab 
chiqish,  badiiy  didni  takomillashtirish  [58,63].  Bu  metod  evristik  metodga  yaqin, 
birining  ikkinchisidan  jiddiy  farqi  o`qituvchining  ta`lim  beruvchilik  roli  hamda 
o`quvchilarning  o`quv,  biluv  faoliyatidagi  tafovutlarda  ko`rinadi.  O`qituvchi  butun 
sinf oldiga umumiy muammo qo`yadi, bunda ushbu muammoning bir qator qirralarini 
o`quvchilar guruh bo`lib yoki yakka tartibda ishlab chiqiladi. 
Tadqiqotchilik  metodida  o`quvchilarning  faoliyati  turlari:  o`rganilayotgan 
asardan  parcha,  lavhaning  mustaqil  tahlili,  yaxlit,  maktabda  o`rganilmaydigan  asar 
tahlili;  ikki  yoki  bir  necha  asarni  mavzuviy,  muammoli-g`oyaviy,  nazariy-adabiy, 
tarixiy-adabiy  planlarda  taqqoslash;  tanqid  paytida  asarga,  qahramon  obraziga  o`z 
fikrlarini asoslagan holda ikki yoki bir nechta nuqtai nazarni taqqoslash, tahlil qilish; 
adabiy  asarni  uning  sahnalashtirilishi  bilan  taqqoslash;  spektaklni,  drama 
qahramonining  aktyorlar  tomonidan  har  xil  o`ynalishiga  mustaqil  baho  berish; 
ko`rilgan kinokartina, tasviriy san`at ko`rgazmasi, tele- va radiopostanovkalarga baho 
berish;  o`lkashunoslik  izlanishlari  va  boshqa  ishlar.  Ularning  natijalari  seminar  yoki 
odatdagi  sinf  mashg`ulotlaridagi  ma`ruza  ko`rinishida,  boshqa  sinflar  o`quvchilari 
uchun qilingan ma`ruzalarda, insholarda, bahslardagi chiqishlarda, maktab gazetasida 
yoki  maktab  adabiy  jurnalida,  tuman  yoki  shahar  gazetasida  yoki  jurnalidagi 
maqolada rasmiylashtirilishi mumkin [58,63-64]. 
Reproduktiv  metod  ham  faol  o`quv  faoliyatini  talab  etadi:  o`quvchilarga 
etkazilayotgan bilimlarning xarakteri mexanik yodda saqlab qolishni emas, balki ongli 
o`zlashtirishni  talab  etadi.  Bundan  tashqari,  bilimlarning  mustahkamligi  ham  yodda 
olib  qolishga  bo`lgan  ko`rsatmagagina  emas,  balki  fikrlash  faoliyati  jadalligiga  ham 
bog`liqdir.  
Reproduktiv  metodda  o`quvchilar  bajaradigan  faoliyat  turlari:  o`qituvchi 
lektsiyasining  rejasi  va  konspektini  yozib  borish,  darslikdan  o`qilgan  maqolalar, 
tanqidiy  maqolalarning  rejasi,  konspekti  yoki  tezislarini  tuzish,  sinxronik  jadvallar 
tuzish; o`qituvchining lektsiyasi, darslik, o`quv qo`llanmalari bo`yicha barcha mavjud 
materiallardan  foydalangan holda umumlashtiruvchi tavsifdagi ma`ruzalar,  referatlar, 
insholar  tayyorlash  [58,65].  Eslatish  joizki,  rusiyzabon  o`quvchilarning  o`zbekcha 
nutqi  etarli  shakllanmagan  sinf(guruh)larda  ushbu  metod  doirasida  yuqorida  tilga 
olingan  darajada  bajarilishi  lozim  bo`lgan  ish  turlaridan  foydalanishning  iloji  yo`q. 

 
 
60 
60 
Lekin  viloyatlarda  tuman  markazidan  olisroqda  joylashgan  ta`lim  muassasalarida, 
shuningdek, o`zbek tilini amaliy biladigan talabalar yig`ilib qolgan guruhlarda ularni 
qisman qo`llash mumkin bo`ladi.   
Bir  metod  doirasida  bajariladigan  amallar,  o`quvchilar  ko`rsatadigan  faoliyat 
turlari operatsiyalar ko`rinishida izchil, lekin  mustaqillik va uni   ijodiy  ijro  etishdagi 
o`sib  boruvchi  bosqichlilik  asosida  amalga  oshiriladi.  Shunday  bo`lgach,  ta`lim 
metodi ham  muqarrar  ravishda  bir  metod doirasidagi o`quvchi ko`rsatadigan faoliyat 
bosqichlariga monand tanlanadi.  Ba`zan har bir bosqich alohida metod holida ish olib 
borishni  taqozo  etishi  ham  mumkin.  Bunda  metodlar  bosqichlilikka  monand 
quyidagicha  nomlanadi:  propedevtik  –  asarni  idrok  etish  uchun,  asl  o`qish  ta`lim 
metodi  sifatida,  bayon  etish-izlanish  metod,  o`quvchilarning  reproduktiv-emotsional 
va fikrlash faoliyatini boshqarish metodi, izlanish-bayon etish metod, o`quvchilarning 
ijodiy faoliyatini yaratish va mustahkamlash metodi [27,21-22]. 
Ta`lim  metodini  nima  bilan  bog`lash  kerak  degan  savol  tug`iladi.  Shubhasiz, 
metod  adabiy  asarni  o`rganish  bosqichlari,  o`quv-biluv  jarayonining  mantiqi, 
o`quvchilarning  o`quv-biluv  faoliyati,  ularning  adabiy  ta`limini  chuqurlashtirish 
mantiqi  bilan  tanlanadi.  Umuman,  metodlarning  bir  qismi  asarni  o`qib  badiiy  idrok 
etish, yana bir qismi adabiy-nazariy tushunchalarni o`rganish bilan bog`lanadi. O`zbek 
tili  darslarida  nazariy  bilimlar  oz  ko`zda  tutiladi:  g`azal,  ruboiy,  qit`a,  fard  va 
boshqalar.  Lekin  o`quvchilarning  rus  adabiyotidan  olgan  bilimlarini  ular  yodiga 
tushirish va ushbu bilimlardan foydalanish ishlariga tez-tez murojaat etib turiladi. 
M.A.Zal`diner, L.V.Todorov, F.I.Gubinalar o`quvchilarning o`quv-biluv faoliyati 
bilan bog`liq bosqichlarni quyidagicha tavsiflaydilar [27,22-24]: 
Birinchi  bosqich –  asar bilan  tanishish, uning  mazmunini  tushunish,  asliyatdan 
o`qishga  ruhan  tayyorgarlik.  Bu  bosqich  uchun  propedevtik  metod  tavsiya  etiladi. 
O`quvchilar  asarni  idrok  etishga  o`quv-biluv,  emotsional  va  lug`at  jihatdan  hozirlik 
ko`radilar. 
O`quvchilarning  o`quv-biluv  faoliyati  mantiqidagi  ikkinchi  bosqich  –  matnni 
dastlabki  idrok  etish,  o`qish  madaniyati  shakllanmagan  o`quvchilar  avval  lug`at  ishi 
bilan  mashg`ul  bo`ladilar,  bunda  matn  mazmunini  mantiqiy  tushunish  jarayoni 
kechadi.  Emotsional  idrok  keyin  yuzaga  chiqadi.  Bu  bosqichga  ta`lim  metodi 
sifatidagi asl o`qish qo`llanadi. Bunday o`qishda qo`llanadigan usullar: nutq mahsuli 
va so`z san`ati hodisasi bo`lmish matnni tarkibiy tahlil qilish, syujetning rivojlantirilib 
borilishi, personajlar xatti-harakatini antitsipatsiyalash va b. 
Uchinchi  bosqich  –  asarni  chuqurlashtirib  o`rganish,  turli  tomonlarini  tahlil 
qilish.  Maqsad  –  o`quvchilarning  emotsional  idrokini  chuqurlashtirgan  holda 
intellektual  faoliyatini  uyg`otish.  Unga  bayon  etish-izlanish  metodi  mos  keladi. 
O`qituvchi  o`quvchilarga  muayyan  bilimlarni  bayon  qiladi,  ayni  paytda  izlanishga 
doir  vazifalar  qo`yadi,  o`quvchilarni  ularni  bajarishga  doir  aqliy  operatsiyalar  bilan 
qurollantiradi,  o`quvchilarda  reproduktiv-mahsuldor  tafakkur-nutqiy  mahsulotni 
yaratish  malakasini  shakllantiradi  (o`qitish  usullari:  bilimlarni  muammoli  bayon 
qilish, topshiriqlarni bajarishga mo`ljal beruvchi ko`rsatma, ifodali o`qishga o`rgatish, 
qayta  yaratuvchi  tasavvurni  rivojlantirish,  malakalarni  ko`chirishni  egallash,  adabiy 
tahlil usullaridan foydalanish va b.). 

 
 
61 
61 
O`quv-biluv  faoliyati  mantiqidagi  so`nggi  bosqich  –  bilimlarni  ijodiy  qo`llash. 
Bilimlarni qo`llash oldingi bosqichlarda ham bor. Lekin bu erda u shu ma`noda asosan 
reproduktiv xarakterda bo`ladiki, o`quvchi o`zi tayyor holda egallagan bilimlarni ongli 
ravishda  tilga  oladi  (o`qituvchining  xabarida;  darslik  materialida;  mazmuni  bo`yicha 
topshiriqlar bajarilgan badiiy matnda).  
O`quv-biluv  faoliyati  mantiqidagi  so`nggi  bosqichda  esa  bilimlarni  qo`llash 
garchi  o`qituvchi  tomonidan  yo`naltirilib,  boshqarilsa  ham,  ko`proq  mustaqil 
xarakterda  bo`ladi.  Faoliyatning  bunday  tavsifini  izlanish-bayon  etish  metodi  ifoda 
etadi. 
Prof.  Q.Yo`ldoshev  adabiy  ta`limning  vazifalarini  amalga  oshirish  ishlarini 
shartli ravishda uch bosqichga bo`ladi: birinchi bosqich –    k u z a t i sh yoki qabul 
qilish bosqichi…; ikkinchi bosqich – m u-  sh o h a d a bosqichi…; uchinchi bosqich – 
f a o l i ya t bosqichi [49,119]. Bizningcha, ushbu tasnif amaliyotga yaqinroq. 
“Adabiyot  o`qitish  metodikasi”da  adabiy      asarni    o`rganishning  quyidagi 
bosqichlari  ko`rsatilgan:  a)  kirish  mashg`ulotlari;  b)matn  ustida  ishlash;  v)  mavzuga 
bog`liq adabiy-nazariy tushunchalarni o`rganish; g) adabiy asar tahlili; d) yakunlovchi 
mashg`ulotlar [3,38]. Bular shartli, albatta. 
O`quv  yili  davomida  Vatan  adabiyotini  o`rganayotgan  har  bir  o`quvchi  darsda 
ham,  uyda  ham  turli  xildagi  o`quv  malakalarini  egallab  olishlari  kerak.  Bu  ishlar 
ichida katta vaqt va mehnat talab etadiganlari oz emas: badiiy asarni mustaqil o`qish 
va ovoz chiqarib o`qish, maxsus tayyorgarlik asosidagi ifodali o`qish, yod olish, turli 
xildagi  qayta  hikoyalar,  asarni  tahlil  qilish  bilan  bog`liq  ko`pgina  ish  turlari  – 
ko`chirmalar  (tsitatalar)  olish,  tanlab  olib  qayta  hikoya  qilish,  epizod,  har  xil 
vaziyatlarni  tahlil  qilish,  qahramonlarga  tavsif  berish,  majmuadagi,  darslikdagi 
savollarga  javoblar  tayyorlash,  ijodiy  og`zaki  va  yozma  ishlarning  xilma-xil  tiplarini 
tuzish  –  illyustratsiya  yozish,  so`zli  og`zaki  tasvirlash,  shaxsiy  taassurotlar  asosida 
insholar,  shuningdek,  adabiy-tanqidiy  insholar  yozish;  yuqori  sinflarda  bulardan 
tashqari,  darslikning  tanqidiy  va  ilmiy  maqolalarini  o`zlashtirish,  bahslar, 
seminarlarda  qatnashish  va  boshqa  talay  ish  turlari.  Binobarin,  har  bir  ish  turiga 
o`rgatish  kerak,  o`quvchilarga  ish  usullarini  ko`rsatishgina  emas,  ularni  shu  usullar 
bilan qurollantirish lozim.  Amaliyotda esa ko`pincha shunday bo`ladiki, o`quvchilar 
uyga  vazifa  qilib  berilgan  yangi  ishlarni  bajarish  usullarini  o`zlari  qidirishga  majbur 
bo`ladilar,  ba`zan  kuch  va  vaqtlarini  behuda  sarflab,  samarasiz  izlanishlarga  majbur 
bo`ladilar.  [58,68].  O`quvchilarning  adabiy  asarni  o`qib  o`rganish,  tahlil  qilish, 
o`zlashtirish  metodlarini  asta-sekin  egallay  borishlari ta`lim  jarayonining  eng  muhim 
unsuri hisoblanadi. Rusiyzabon o`quvchilarning muayyan qismi ana shunday bilim va 
malakalarni, 
ish 
usullarini 
qo`lga 
kiritgan 
bo`ladilar. 
O`zbek 
tili 
dars(mashg`ulot)larida buni inobatga olmoq joiz. 
S.Matchon  o`quv-biluv  malakalari  haqida  gapirib  shunday  deydi:  “Ta`lim 
olishdagi malakasizlik, o`quv predmetlarini o`zlashtirishga nisbatan bo`lgan loqaydlik 
har qanday fanni tinkani quritadigan og`ir mehnat va majburiyatga aylaniradi... Bilim 
va  uni  o`zlashtirish  o`rtasidagi  nomutanosiblik  shundaki,  o`qituvchi  hali  bu  borada 
tegishli  ko`nikma  va  malakasi  bo`lmagan  o`quvchilardan  yangi-yangi  bilimlarni 
egallashni talab etadi” [70,3]. 

 
 
62 
62 
M.A.Ribnikovaning fikri: “…biz har bir asarda matn ustidagi hamma ish turlarini 
–  rejalashtirishni  ham,  ifodali  o`qishni  ham,  ko`chirmalar  olishni  ham, 
kinoillyustratsiyani  ham,  tegishli  musiqaviy  plastinkani  tinglashni  ham  yo`lga 
qo`yishimiz  majburiy  emas.  Bu  haddan  tashqari  ortiqcha  ish  bo`lib  ketardi.  Undan 
ham  oshib  aytadigan  bo`lsak:  hamma  narsani  bir  xil  chuqurlik  o`lchovida  o`tish 
mumkin emas. Ayrim katta bo`lmagan asarlar, katta asarlardan ayrim sahnalar tanlay 
bilish  va  shu  tanlangan  materialda  o`qish  san`atiga,  fikrlay  bilishga,  badiiy  so`zni 
egallashga  o`rgatishni  o`z  oldiga  maqsad  qilib  qo`ygan  holda  ular  ustida  mufassal 
ishlay  bilish  kerak.  Qolgan  barcha  materiallarni  esa  jadal  ishlash  metodlaridan 
ekstensiv  ishlash  metodlariga  o`tgan  holda  tezroq,  qayishqoqroq  o`tish  mumkin 
[63,67]. 
Pedagogik texnologiya – o`zaro bog`liq holda faoliyat  ko`rsatuvchi bo`limlar va 
tizimlar  majmuasi.  U  ta`limni  ma`lum  tizimga  keltirish  va  rivojlantirishga  xizmat 
kiladi. Bunday ta`lim turlarida esa, yuksak axloqiy fazilatlarga, huquqiy madaniyatga 
ega bo`lgan shaxslarni kamol toptirishga  yordam beruvchi pedagogik texnologiyalar 
qo`llanadi.    
Hozirgi  kunda  fidoiy  o`qituvchilarning  ijodiy  izlanishlari  orqali  bir  qancha 
zamonaviy  ta`lim  usullari  ishlab  chiqildi.  Bunday  usullardan  samarali  foydalanish 
uchun o`qituvchi o`z fanini puxta bilishi, ilg`or zamonaviy o`qitish usullaridan yaxshi 
xabardor  bo`lib,  ulardan  samarali  foydalanish  yo`llarini  kashf  eta  olish  lozim. 
Shundagina o`qitish sifati ham, o`quvchilarning fanni o`zlashtirish samaradorligi ham 
yuqori  bo`ladi.    Lekin  darslarda  shablonga  o`rin  bo`lmasligi,  yangiliklarni,  yangi 
usullarni  tinmay  izlash  va  joriy  etish  lozim.  Bugungi  an`anaviy  darsni  noan`anaviy 
darslar  quymasisiz  tasavvur  qilib  bo`lmaydi.  Lekin,  A.A.Murashov  aytganidek,  har 
qanday  originallikka  o`quvchilar  tez  orada  ko`nikib  ketadilar,  shuning  uchun  ushbu 
originallikni  axborot  berish  va  tarbiyaviy  vazifasi  dasturiy  qat`iy  chegaraga 
sig`adigan,  ravshanki,  ilg`or  o`qituvchilar  qurollangan  yangi  usullarni  mustasno 
etmagan holda ishlab turgan darslar tsikli yakuni sifatida taqdim etish kerak [78,11].  
Davlat  tilidan  dars  beruvchi  o`qituvchi  tom  ma`noda  ijodkor  bo`lishi  shart.   
Zero,  adabiyot,  ona  tili,  davlat  tili  darslari    tarbiya-tashviqot,  ham  notiqlik,  ham  
san`atkorlik, ham savodxonlikning mujassamlashgan ko`rinishlari hisoblanadi. 
Bugungi  kunda  adabiyot  darslarida  muammoli  ta`lim  masalalariga  e`tibor  katta. 
O`quvchi  ta`lim  sub`ekti  sifatida  badiiy  asarni  o`qishdan  tashqari  shu  asar  ustida 
izlanishlar  ham  olib  boradi.  Ayniqsa,  u  erda  ko`tarilgan  hayot  saboqlar, 
qahramonlarning  axloqiy  kamolot  sari  intilishlari  shular  haqidagi  o`ylarga  turtki 
beradi. Shu boisdan ham muammoli ta`lim usuliga Q.Yo`ldoshev, Q.Husanboevaning 
tadqiqot ishlarida keng o`rin ajratilgan. 
Darsda  o`quvchilar  oldiga  muammoli  savollar  qo`yilib,  shu  savollar  atrofida 
bahs-munozara  uyushtiriladi,  shu  yo`l  bilan  yaratilgan  muammoli  vaziyatda  har  bir 
o`quvchi  o`z  mavqeini  himoya  qilishni  o`rganadi.  Muammoli  savol  yoki  topshiriq 
oldindan uy vazifasi sifatida berib qo`yilishi ham mumkin.  
Adabiy  materiallarni  o`rganish  mashg`ulotlarida  o`qituvchi  o`quvchilar  oldiga 
muammoli  savollar  qo`yar  ekan,  bu  bilan  u  yoshlarning  hayotiy  taassurotlarini 
boyitishga,  asarning  badiiy  jihatlari,  til  xususiyatlari  haqidagi  tushunchalarini 
kengaytirishi lozim. 

 
 
63 
63 
M.G.Kachurinning  eslatishicha,  Stoyuninning  sevimli  metodi  –  analitik  suhbat 
bo`lib,  bunday  suhbat  asarni  uning  axloqiy  ahamiyati  nuqtai  nazaridan  o`ziga  xos 
jamoa bo`lib tadqiq etish sanaladi [36,11]. O`quvchilar o`z kitobxonlik mehnatlari va 
o`quv  faoliyatlari  adabiy  hayotning  zaruriy  bir  qismi  ekanligini  tasavvur  qilishlari 
uchun ham yuqoridagi usul foydalidir.  
O`quvchilarning  mustaqil  fikrlashini  mustaqillik  namoyon  etishdan  tashqari, 
yana ikki xil ma`noda tushunish mumkin: 
1) keng ma`noda, ya`ni o`quvchida “shaxslik sifatlarini shakllantirish, ma`naviy 
kamolotini  ta`minlash  va  bu  yo`lda  mustaqil  mulohaza  yuritishga o`rgatish”  [127,  6] 
mazmunida; 
2) tor ma`noda, ya`ni bilimlarni o`zlashtirish, ta`lim jarayonida faol ishtirok etish 
ma`nosida. 
Akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlari  talabalarida  mustaqil  fikrlash  bilan 
bog`liq shaxslik sifatlari barcha o`quv fanlari darslarida shakllanib boradi. O`zbek tili 
mashg`ulotlari  ana  shu  yo`nalishdagi  ishlar  o`zanida  o`zining  munosib  hissasini 
qo`shmog`i zarur.  
O`zbek  maktablarida  adabiyot  o`qitish  metodikasi  sohasida  S.Doli-mov, 
A.Zunnunov, S.Ismatov, Q.Ahmedov, Q.Yo`ldoshev, S.Matchonov, M.Mirqosimova, 
T.Niyozmetova,  S.Yaminova,  Q.Husanboeva  kabi  metodist  olimlar  o`quvchilarni 
mustaqil  fikrlashga  o`rgatish  muammolarini  yoritib  berganlar.  Mustaqillik  yillarida 
o`quvchi(talaba)larni mustaqil fikrlashga o`rgatish ishiga qo`yiladigan talablar tubdan 
o`zgardi. O`qituvchi va o`quvchi munosabati o`zgardi. Ana shu o`zgarishlar aks etgan 
qator  tadqiqotlar  ham  amalga  oshirildi  (Q.Yo`ldoshev,  Q.Husanboeva,  M.Saidov  va 
boshqalar).  Lekin  uzluksiz  o`zbek  tili  ta`limida  ushbu  muammo  maxsus 
yoritilmaganligi  adabiy  materiallarni  o`rganish  samaradorligida  yaqqol  namoyon 
bo`lmoqda. 
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining o`zbek tili mashg`ulotlarida adabiy 
materiallarni o`qib-o`rganish jarayonini erkinlashtirish, mustaqil fikrlash uchun zarur 
shart-sharoitlarni  yuzaga  keltirish,  bu  jarayonni  metodik  jihatdan  qo`llab-quvvatlash 
muammoni hal etish chora-tadbirlari sirasiga kiradi.  
Mashg`ulotlarni  erkinlashtirish  shuning  uchun  ham  kerakki,  talabaning  adabiy 
matnni  o`qish  va  tahlil  qilishda  yo`l  qo`yadigan  xatolari  ko`pincha  bahoga  (ballga) 
ta`sir etadi. Shuning uchun bahoni mustaqil fikrlashga g`ov bo`ladigan omillardan biri 
sifatida tan olish va uni bartaraf etish yo`llarini izlash lozim. Albatta, bu ish tashkiliy 
masalani  qayta  ko`rish,  isloh  qilish  yo`li  bilan  qisqa  fursatda    amalga  oshirilishi 
mumkin.  Lekin  asosiy  qiyinchilik  bunda  emas.  Gap  to`g`ri  metodik  echimlar  topa 
bilishdadir.  
Kishining  bilimi  qanchalik  ko`p  bo`lsa,  ma`naviyati  qanchalik  boy  bo`lsa,  o`z 
bilim  kuchiga  ishonchi  qanchalik  barqaror  bo`lsa,  u  qaror  qabul  qilishda  shunchalik 
mustaqil  bo`ladi.  Zero,  bilim,  ma`naviyat  qo`shilib,  qarashlarni,  e`tiqodni  yuzaga 
keltiradi.  
Darhaqiqat,  talaba  adabiy  matnni  o`qish  jarayonida  to`liq  mustaqil  bo`lishi 
mumkin. Buning uchun unda etarli so`z boyligi, turli xil sintaktik qurilishdagi gaplar 
mazmunini  tushunish  yo`lidagi  tahlil  qilish  va  sintezlash,  umumlashmalar  chiqara 

 
 
64 
64 
olish quvvati shakllangan bo`lishi darkor. Bu borada quyidagi ishlarni amalga oshirish 
joiz: 
1)  adabiy  matnni  o`qishga  qadar  o`zbek  tilini  o`rganish  jarayonida  lug`at  ishi 
hamda turli xil sintaktik qurilmalarni tahliliy o`qishni yo`lga qo`yish va talabalarda bu 
borada tegishli bilim, ko`nikma va malakalarni hosil qilish lozim; 
2)  adabiy  matnni  mustaqil  o`qish  uchun  mashg`ulotda  kattaroq  lug`atga, 
grammatik  vositalar,  so`z  birikmalari  izohiga  ega  bo`lgan  zarur  axborot 
texnologiyalaridan foydalanish kerak. 
Albatta, adabiy matn mazmunini to`liq tushunishni ta`minlovchi ashyolar mavjud 
bo`lgan  sharoitda  ham  mustaqil  fikrlashni  tayyorlovchi  choralar  ko`rilmog`i,  ish 
turlari  joriy  etilmog`i  darkor.  Bunda  talabalarning  ta`limiy  o`qish  chog`ida  ayrim 
leksik  va  grammatik  xato  qilishlarga  yo`l  qo`yish,  guruhli  ishlar  jarayonida  bir-
birining  nuqsonlarini  ko`rsatib  turish  va  asta-sekin,  og`riqlarsiz  bartaraf  etish    ana 
shunday choralardan biridir. 
O`quvchi(talaba)larni  mustaqil  fikrlashga  o`rgatishda  o`zbek  tili  darslarida, 
adabiy matn ustidagi mashg`ulotlarda bajariladigan har bir ish turida muammoli ta`lim 
unsurlarini  qo`llashga  harakat  qilish,  ularni  bahs-munozaraga,  fikrlar  bellashuviga 
tortish muhim o`rin tutadi.  
Adabiy  materialni  o`qish  jarayonida  talabalarning  so`z  boyligini,  grammatik 
vositalarga  doir  bilimlarini  oshirish  asosiy  maqsad  emas.  Bular  adabiy  o`qishga 
o`tishda bir ko`prik, xolos. Asosiy maqsad badiiy asarning mo`ljalidan kelib chiqqan 
holda talabani milliy ma`naviyat, o`zbek xalqining hayoti  bilan yaqindan tanishtirish, 
yoshlarning turmush tajribasini orttirishdir. 
O`zbek  xalqining  milliy  ma`naviyati,  turmush  tarzi  bilan  tanishmoqchi  bo`lgan 
odamga  badiiy  asarlar  yordamga  keladi.  Aksincha,  shunchaki  uning  ko`rgan-
kechirganlari  esa  taassurotlarning  yuzaki,  nuqsonli  bo`lishiga  o`rin  qoldiradi.  Badiiy 
fil`mlarda  ham  o`zbeklarning  hayoti  yaqqol  tasvirlanadi.  Lekin  hayotda  ham, 
fil`mlarda ham odamlar orasidagi sharqona munosabatlarning motivlarini ilg`ash qiyin 
kechadi. Badiiy asarda esa yozuvchining munosabati, pozitsiyasi, qahamonlarning bir-
birlariga  bergan  baholari  qo`shilib  boradi.  Mustaqil  fikrlovchi  talaba  uchun  adabiy 
materialni  o`qib-o`rganish  bilan  bog`liq  bilim,  ko`nikma  va  malakalar  nihoyatda 
zarurligi ana shunda ham namoyon bo`ladi. 
Binobarin,  o`quvchi(talaba)  o`zining  fikrini  mustaqil  bayon  eta  olishdan  tortib 
ayrim  muammoli  vaziyatlarda  mustaqil  qaror  qabul  qila  bilishigacha  bo`lgan 
darajalarda malaka hosil qilishi lozim. Adabiy materiallar talabaning hayot tajribasini 
ishga  solish  asosida  turli  xil  hayotiy  vaziyatlarda  to`g`ri  xulosaga,  to`g`ri  echimga, 
to`g`ri yo`l tanlash, belgilashga o`rgatuvchi maktab vazifasini o`taydi.  
Kuzatishlarning ko`rsatishicha, yuqori sinf o`quvchilari, ayniqsa, akademik litsey 
va  kasb-hunar  kollejlari  talabalari  bahslar,  munozaralar,  fikr  almashuvlarni  darsdagi 
eng qiziqarli o`rinlar deb hisoblaydilar [19,16]. R.V.Glintershchik o`tkazgan suhbatlar 
ularning quyidagi kabi fikrlarini bilish imkonini bergan: “Bahslar qiziqarli, faqat ular 
bizda kamdan-kam bo`ladi”, “Asarni tahlil qilish qiyin, lekin bu ish qiziqarli”, “Hech 
kim  o`z  fikrini  bildirmaganda  dars  zerikarli  bo`ladi,  hamma  kitobdan    yod  olgan 
gaplarini takrorlaydi...”. 

 
 
65 
65 
Bahslashish  ehtiyoji  etilib  kelayotgan  fikrlash  jarayonining  ifodasi  bo`libgina 
qolmay,  shakllanib  kelayotgan  shaxsning  o`zligini  qaror  toptirishi,  o`zining 
bahslashish,  biror  narsani  hal  etish,  mustaqillikda  kattalar  bilan  teng  huquqli 
ekanligini yoqlash ehtiyojidir. Bahs chog`ida o`qituvchi o`quvchilar bilan babbaravar 
haqiqat izlovchisi bo`lib harakat qiladi. Ana shu bahsda u o`z bilimdonligini namoyish 
etadi, chunki kengroq fikrlaydi, yaxshi asoslaydi, bu fazilatlar esa o`quvchilarda katta 
hurmat  uyg`otadi.  Bahslarda  har  bir  o`quvchining  “shaxsiy  fikri”,  o`z  mavqeini 
ifodalash va asoslash malakasi juda qadrlanadi.  
O`quvchi  adabiy  matnni  o`rganishda  faol  mavqeda  bo`lsa,  shunday  mavqe 
ta`minlansa,  uning  mustaqil  fikrlashi  o`z  qobiliyatidan  kuch  oladi.  U  boshqalarning 
fikrlari  bilan  ham  qiziqadi,  ba`zan  ularga  tanqid  ko`zi  bilan  qaraydi. 
R.V.Glintershchikning  aniqlashicha,
 
o`quv-biluv  faolligi  metodik  faollikka  olib 
keladi:  darsda  bunday  o`quvchi  faqat  emotsional  va  aqliy  zo`riqish  daqiqalarinigina 
qadrlaydi, adabiyotni qanday o`rgangan bo`lishini aniq va ravshan anglaydi, o`z aqliy 
faoliyatini  nazorat  qilish  va  yo`naltirishga  harakat  qiladi  [19,  25-26].  Metodist  olim 
S.Matchonovning quyidagi ta`kidi ham g`oyatda o`rinli: “O`qish-o`rganish malaka va 
ko`nikmasi shakllangan kishigina bilimlarni puxta o`zlashtirishi mumkin” [70,3]. 
Darsda kuchli emotsional muhit paydo bo`lishi uchun o`quvchi “material ichida” 
bo`lishi  kerak,  adabiy  matnni  uyda  o`qib  chiqishi  va  o`z  taassurotlari  haqida  o`ziga 
hisobot  berishi  lozim.  Mana  shuning  uchun  ham  uyga  beriladigan  vazifalar  tizimi 
shunday qurilishi kerakki, talaba topshiriqlarning katta qismini “darsdan keyin” emas, 
balki “darsga” mo`ljallab tayyorlab kelsin. 
Xullas,  ta`lim  rus  tilida  olib  boriladigan  akademik  litsey  va  kasb-hunar 
kollejlarida  o`zbek  adabiyoti  namunalarini  o`rganish  yuzasidan  tashkil  etiladigan 
darslarda  talabalarning  mustaqil  fikrlashlari  ularda  mustaqil  bilim  olish,  o`zlarida 
shunga  monand  ko`nikma  va  malakalarni  shakllantirish  zamirida  amalga  oshadi, 
mustaqil fikr bayon qilish, fikr almashish, ayniqsa, bahslashish jarayonida rivojlanadi, 
natijada mashg`ulotlar samarali o`tadi. 
 
 
Katalog: lektions -> ozbek%20adabiyoti -> O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> O'zbekiston respublikasi xalq ta'lim vazirligi ajiniyоz nomidagi
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Navoiyshunoslik
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> O'zbekiston respublikasi xalq ta'lim vazirligi ajiniyоz nomidagi nukus davlat pedagogika
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Chet el adabiyoti tarixi
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti
O`zbek%20tili%20va%20adabiyoti%20yo`nalishi -> O’zbеk аdаbiyoti kаfеdrаsi

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling